cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Dilnura blogi

Shaxsiy fikr va mulohazalar. Qaydnomalar. Ko‘proq kitoblar haqida - @Dilnurasbooks

إظهار المزيد
Tajikistan6 077لم يتم تحديد اللغةالكتب21 950
مشاركات الإعلانات
207
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+17 أيام
-130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

​​Ba‘zan o‘zimni yaxshi ko‘rib ketaman. Ba‘zan deganim doim emas, masalan o‘zimga erkinlik bergan vaqtlarim, telbaga aylangan tunlarim... Ha, aynan tunlarim. Chunki, kunduzi men boshqa menman, qoliplashgan, rasmiy, kurashuvchan, irodali va hokazo. Tunda esa, tunda - kitoblarimga, hayollarimga, orzularimga, musiqalarimga, ko‘z yoshlarimga eng muhimi o‘zimga erk beraman. Tonggacha film ko‘rish oqibatida yoki film qahramonlari sabab overthinkingdan aziyat chekishim mumkin. Yana tunda quloqchinlarimni taqqancha soatlab Sezen Aksuni tinglayman. Qayerdandir topib olgan musiqa ta'sirida allanimalarni qoralayman.  Derazamni ochib sovuq havodan o‘pkamni to‘ldirib nafas olaman, kitoblarimga termulaman, to‘g‘ri kelgan narsa haqida o‘ylayman. Tunda chegara bilmas biriga aylanaman va bu hadsizlik menga yoqadi. Agarda "O‘limingga qadar haqiqatda yashagan kunlaring necha kun?" deya so‘rashsa, o‘zimga erkinlik bergan tunlarimni sanayman... Aslida, hayot ba‘zi tunlarda o‘zing bo‘lishing emas butun hayot davomida o‘zing bo‘lishdir, lekin hayot doim ham biz xohlagandek kechmaydi. Boshqa gapim yo‘q. Ikki o‘t orasida qolganman. Ichimdan bir olov qalamimni ilmiy kontent tomon yo‘naltirsa biri badiiyatga yo‘llaydi. Qo‘nar shoxi noaniq musichadek pir-pir qanot qoqyapman hozircha... Nima bo‘lganda ham avval o‘zimni anglashim, tanishim, tushunishim qolgan bari anglamlar soyasida oydinlashadi. Aytgandim-ku, na uyoqlik na buyoqlik bo‘ldi bu yozg‘i ham. @Dilnurasblog
إظهار الكل...

Открыть комментарии
Bugun bir narsani anglab yetdim, sen qancha o‘qima, o‘z ustingda ishlama, qanchalik bilimli bo‘lma bu jamiyat va davlat uchun dastlab uy ishlarini qiladigan "ishchi"san xolos. Masalan, men universitetni tamomlaganman, SamDU juda konservativ va zulmkor universitet edi. O‘sha 4 yil davomida 30 millionga yaqin kontrakt to‘lab, ta‘lim va universitet muhitidan depressiyaga tushib, yig‘lab o‘qiganman. Aa hozir maktabda o‘qituvchilar xonasini tozalashga majburman. Xullas, odam bilmini va salohiyatini qadrlaydigan muhitda ishlashi kerak.
إظهار الكل...
Onkologiya bilan og‘riyotgan bolalar o'tkazayotgan selfi-marafonni kuzatish, beminnat layk bosish va ularni kuzatish turib o‘zingiz bilan o‘zingiz suhbatlashishingiz uchun manzil qoldiraman: @senkuchlisan. Ko‘ngilli ravishda boshqalar bilan "ulashishingiz" hech yo‘qsa har biriga yurakchalar orqali yuqori kayfiyat ulashishingiz mumkin:)
إظهار الكل...
Yarim tunda miyamdagilarni qoralamasam bu kecha ham uyqu harom bo‘lishini anglab yetdim, shu sababli yozyapman. Biror ishga kirishishdan oldin yomonlikni ko‘zlaydigan insonni bilmayman. Har holda eng yomon inson ham o‘zi aralashayotgan ishni yomonlik demaydi, yaxshilik deb oqlashga harakat qiladi. Xullas, maktabga ishga kirishimdan oldin juda ko‘p narsaga erishish mumkinligini, ko‘p narsa qila olishimga ko‘zim yetgandi. Afsuski, vaqt o‘tgani sari umidsizlik va tushkunlik ruhiyatim, fikrlarimga o‘z nuqsini uribdi. O‘zimni oqlash niyatidan yiroqman, ayblarimni bilaman, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun universitetda o'rgatilgan bir ishga yaramaydigan metodikalar-u, konservativ o‘qituvchilardan o‘rgangan uslublaringni o‘zi yetmaydi. Bu uchun yillar chig‘irig‘i, asablarning yemirilishi, tushkunlik, aybdorlik, o‘zingni pichoqqa ozgina ilungilik bilan g‘alabalar oqlash, ortirilgan qattiqo‘llik va keskinlik kerak. Mayli, bu boshqa masala. Gapni po‘stkallasi o‘rtoqlar, vaziyat siz o‘ylagandan ming chandon yomon. Ya‘ni tizim Mariana cho‘kmasi qadar chirib, botib ketgan. Eng yomoni bu emas, yomoni tiz va jamiyat o‘qituvchiga singdirgan o‘ta itoatkorlik, sabrlilik, qo‘rquv, ichki va tashqi senzura, ota-onani o‘qituvchidan farzandini tarbiyalashlarini kutishlari, tizimni bo‘lsa sement zavodiga, qurilishga, ko‘mirxonaga va otxona tozalashga "men" degan ilg‘orlikni kutishlari odamni har tomonlama ezadi. Yo‘q, bu chindan ayanchli emas ayanchlisi, o‘zingni shu qobiqqa moslashib qolayotganingni, befarqlikka ko‘nayotganingni, aslida bularga majbur ekaning, chora mavjud bo‘la turib uni topolmayotganing bari jamlanib ruhiyatingni shu qadar ezadi-ki, kasbingni tashlab ketish uchun har kecha qasam ichib ertalab yana umid bilan ishga otlanishing, surunkali tushkunlik va o‘zingni ovutishing ortiq normal bo‘lib ko‘rinishni boshlaydi. Nolish niyatim yo‘q, ammo bir narsani tizim ichidagi kichik murvat bo‘lgan insondan eshitishingizni xohlagan bo‘lardim, bu tizimda kattakonlardan boshqa hammaga qiyin. O‘quvchilardan tortib o‘qituvchiga qadar bo‘g‘iladi. Iloji bo'lsa o‘qituvchidan farzandingizni tarbiyalashini kutmang, chunki farzand sizga kerak edi, shu tufayli uni dunyoga keltirdingiz. Va guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi, tizimga moslashib sifatli bilim berolmaydigan o‘qituvchilar har yerda bo‘lishini hisobga olgan holda o‘zingiz ham farzandingizni darslari, qiziqishlari bilan shug‘ullaning. Har holda biz utopiyada emas antiutopiyada yashaymiz. Bu meni iqrornomamdir balki. Balki, sizlarni ogoh etuvchi xatim va yo balkida jamiyat bilan tizimning normativlariga moslashib, ichimdagi oliy maqsadlardan, tuyg‘ulardan mosuvo bo‘lishdan qo‘rqib o‘zimga eslatayotgan eslatmalarimdir. Yoki ziyolilarni birlashib ta‘limni haqiqatda isloh qilish vaqti yetganini, bu yo‘lda faqat millat ziyolilarini emas xalqning ham o‘rni borligini va ularni qo‘llab-quvvatlash vaqti kelganini eslatmoqchi(dir)man. @Dilnurasblog
إظهار الكل...
​​Yoza yoza toshlarga g'azal, Samarqandni oshiqlar qurgan. © Erkin Samandar @Dilnurasblog
إظهار الكل...

𝖪𝗈'𝗉𝖼𝗁𝗂𝗅𝗂𝗄 𝗄𝖺𝗇𝖺𝗅𝗀𝖺 𝗊𝗈'𝗌𝗁𝗂𝗅𝗀𝗂𝗌𝗂 𝗄𝖾𝗅𝗆𝖺𝗒𝖽𝗂. 𝖭𝖾𝗀𝖺 𝖻𝗂𝗅𝖺𝗌𝗂𝗓𝗆𝗂? 𝖪𝖾𝗋𝖺𝗄𝗌𝗂𝗓 𝗋𝖺𝗌𝗆𝗅𝖺𝗋, 𝗏𝗂𝖽𝖾𝗈𝗅𝖺𝗋 𝗄𝗈'𝗉 𝗍𝖺𝗌𝗁𝗅𝖺𝗇𝗀𝖺𝗇 𝗇𝖺𝗋𝗌𝖺𝗅𝖺𝗋 𝗎𝗅𝖺𝗋𝗀𝖺 𝗒𝗈𝗊𝗆𝖺𝗒𝖽𝗂. 𝖲𝗁𝖺𝗑𝗌𝖺𝗇 𝗆𝖾𝗇 𝗎𝖼𝗁𝗎𝗇 𝗁𝖺𝗆:) 𝖫𝖾𝗄𝗂𝗇 𝗆𝖾𝗇 𝗈𝖽𝖽𝗂𝗒𝗅𝗂𝗄 𝗍𝖺𝗋𝖺𝖿𝖽𝗈𝗋𝗂𝗆𝖺𝗇. 𝖲𝗁𝗎𝗇𝗂𝗇𝗀 𝗎𝖼𝗁𝗎𝗇 𝗄𝖺𝗇𝖺𝗅𝗂𝗆𝖽𝖺 𝗈'𝗓𝗂𝗆 𝗍𝗈𝗆𝗈𝗇𝗂𝗆𝖽𝖺𝗇 𝗈𝗅𝗂𝗇𝗀𝖺𝗇 𝗋𝖺𝗌𝗆𝗅𝖺𝗋 𝗍𝖺𝗌𝗁𝗅𝖺𝗇𝖺𝖽𝗂 ( 𝗁𝖺𝗆𝗆𝖺𝗌𝗂 𝗆𝖾𝗇𝗂𝗄𝗂 𝖻𝗈'𝗅𝗆𝖺𝗒𝖽𝗂 𝖻𝖺'𝗓𝗂𝖽𝖺😁) 𝗌𝗁𝗎𝗇𝖼𝗁𝖺𝗄𝗂 𝗄𝗎𝗓𝖺𝗍𝗂𝗇𝗀! 𝖱𝖾𝖺𝗄𝗌𝗂𝗒𝖺𝗅𝖺𝗋 𝗆𝖾𝗇𝗀𝖺 𝗍𝖺𝖻𝖺𝗌𝗌𝗎𝗆 𝗈𝗅𝗂𝖻 𝗄𝖾𝗅𝖺𝖽𝗂😊🤎 T.me/kalibri_soul
إظهار الكل...
My soul🪶

• 𝑆ℎ𝑢𝑛𝑐ℎ𝑎𝑘𝑖 𝑘𝑢𝑧𝑎𝑡𝑖𝑛𝑔 𝑦𝑜𝑞𝑠𝑎, 𝑏𝑢 𝑏𝑒𝑙𝑔𝑖! 🕊️ • 𝑆𝑖𝑡𝑎𝑡𝑎𝑙𝑎𝑟 𝑣𝑎 𝑖𝑞𝑡𝑖𝑏𝑜𝑠𝑙𝑎𝑟... 22.03.2024🫧

​​"Ruhoniy qizi". Oruell Xudoga ishonmay qo'yganlar oldida ikki yo‘l bo‘ladi yo jamiyatga baralla o‘zining e'tiqodini ochiqlaydi va katta bosim ostida yashaydi yoki e'tiqodini yashirgan holda osuda hayot kechiradi. Oruellni o‘zbek kitobxonlari antiutopik kitoblari bilan yaxshi tanigan. "Ruhoniy qizi" esa biz o'qigan Oruell asarlaridan tubdan farq qiladi. Asarda Oruell inson va uning e'tiqodi haqida qalam tebratadi. Doroti - ruhoniyning e'tiqodli qizi. U cherkov uchun borini beradigan, otasiga tirgak, ibodatlarini vaqtida qiladigan, nafsi bilan kurashadigan o‘ta vazmin qiz. E‘tiqodini yanada mustahkamlash uchun o‘zi yoqtirmaydigan ishlarni qilishga o‘zini majburlaydi, nafsiga doir yoki dinida yomon deyilgan fikrlar aqliga kelsa tanasiga igna sanchib o‘zini jazolaydi. Vaqt o‘tib xotirasini yo‘qotishi orqali boshiga juda og‘ir sinovlar tushadi, o‘zini qaytadan kashf etadi va hayotini boshqatdan qurishga intiladi. Xotirasi tiklanganda xotirasiga qo‘shib e'tiqodini yo‘qotganini ham sezadi. Tug‘ilganidan boshlab cherkov hayotidan boshqasini ko‘rmagan Doroti ibodat va cherkovsiz ham yashash mumkinligidan hayron qoladi. Taqdir sinovlari sabab turli hayot, turli insonlarni ko‘radi. Boshiga tushganlari uni o‘zligidan uzoqlashtirib yangi shaxsiyat tomon yetaklaydi. Kambag‘allik, og‘ir mehnat, haftalab davom etgan ochlik uni befarq insonga aylantiradi. Hayotini yaxshilash uchun maktabda o‘qituvchilik qilishni boshlaganida esa asarga ikkinchi mohiyat - ta‘limning abgor ahvoliga doir tasvirlar kirib keladi. Avvaliga ahvolni yaxshilashga harakat qilayotgan Doroti  keyinchalik ishini yo‘qotish xavfi tug'ilgach harakatlarini to‘xtatadi va qoliplashgan o‘qitish uslubiga qaytadi. Oxirida u otasining yoniga qaytadi va avvalgi hayotini qaytadan yashashni boshlaydi. Faqat avvalgi e‘tiqodi va ishonchi yo‘qotgan  Doroti "ruhoniyning  iymonli qizi" rolini o‘ynaydi. O‘zining holatiga nisbatan Doroti shunday deydi: "E‘tiqodim o‘zgardi ammo ma'naviy dunyoyim o‘zgarmadi va insonlarga ziyoni tegmas ekan o‘zingni e'tiqodli qilib ko‘rsatishing yomon emas" Asarda insonning ichki kurashi, iztiroblari, o‘z e'tiqodi va harakatlarini so'roq qilishi bilan bir qatorda, inson uchun non-suv va  yotar joyning naqadar muhim ekanligi, birlamchi ehtiyojlarsiz inson e'tiqodi va insoniyligini yo‘qotishi hech gap emasligini ko‘rsatiladi. Tagi bo‘sh ustun qulashga mahkum bo‘lganidek, to‘liq anglab, qabul qilinmagan e‘tiqod yo'qolishini asar qahramonlari misolida ko‘ramiz. E‘tiqod - bu faqat ibodatdan emas, u his qilish, anglash, ishonish va  sezish kabi hissiyotlardan ham tashkil topishi kerak. Tolstoy aytganidek, "Xudoni anglashdan ham ko‘ra Uni his qilish muhimroqdir". Aslida, Doroti birgina shaxs emas u insoniyatga tegishli qahramon. U davr ruhiyatini, insoniyat tarixida takrorlanadigan holatlarni mujassamlashgan aksidir. "Ruhoniy qizi" - nimalar qilmaslik kerakligini anglatishga doir fikr beradi o‘quvchiga. Mutolaa jarayoniga kelsak, qisman zerikarli, bir maromda davom etadigan kitob. Tarjimasi boshida g‘alis tuyulgandi keyinchalik tarjimaga doir kichik xatolarni (masalan, o‘zbek tilida mavjud bo‘lishiga qaramasdan rus tilidagi so‘zlar qo‘llanilgan) va muharrir qalami ostidan sizgan ba'zi xatolarni aytmasa yaxshi davom etdi. Lekin, asarda Oruell ruhiyatini his qilmadim. Bu muallif bilan bog‘liqmi yoki tarjima bilan bilmadim. Kitobni esa tavsiya qilaman. O‘qishga arziydigan kitob. @Dilnurasblog
إظهار الكل...

Xalq murojaati uchun "xalq portali" ishga tushirildi: http://t.me/anonaskbot?start=QGXMe8JnvEukcur
إظهار الكل...
Анонимные сообщения 🔵

Бот для получения анонимных сообщений в Телеграме Тех. поддержка бота — @botomanager

Mustaqillikdan keyin Sobiq sovet mafkurasi ostida SSSR tarixidan ham uzoqlashtirilganmizni tushunib qoldim. Yaqin 2-3 yil ichida jadid adabiyoti namunalari keskin nashr etilganini hisobga olmasa, XX asr adabiyoti va publitsistikasidagi sara asarlar unuttirilgan yoki eski deya chetga surib qo‘yilgan. Vaholanki, sovet davrida, ayniqsa 1980-1990-yillar oralig‘ida erklik va mustaqillik, davlatchilikka doir masalalar ko'tarilgan asarlar, she‘rlar, maqola va esselar talaygina. Ba'zilari hali ham aktual. Qiziq, kimdan nimani yashirishmoqchi bo‘lgam ekan-a? Yoki haqiqiy qahramonlarning o'rtaga chiqishi kimlarnidir rohatsiz etarmikan? @Dilnurasblog
إظهار الكل...
Mustamlaka davrida o‘zbekistonliklar tarixsiz, tilsiz, alifbosiz, erkinliksiz, milliy ongsiz (g‘oya), tabiiy va milliy boyliklarsiz "bo‘g‘ilgan". Har yangi avlod yetishganda ziyolilar, fikrlovchilar tegirmondan o'tkazilgan. Hozirgi ahvolimiz ham yaqin o‘tmishdan deyarli farq qilmaydi. Farqi, hozir mustaqillikka ega, ammo hali ham milliy g‘urursiz, o‘zliksiz, ozodlik qadrini bilmaydigan bir avlod yetish(tiril)moqda. O‘zbek ekanligidan uyaladigan, milliy g‘oyasiga ega bo‘lmagan befarq avlod yetishtirishi mumkin bo‘lgan keyingi naslni tasavvur qilishga ham qo‘rqadi odam. Siyosiy tahlilkalar va qo‘rqituvlar sabab fitratimizga siyosat qo‘rquvini singdirishdi, tariximizni ko'kka ko'tarib propaganda quroliga aylantirishganda tarixdan bezdik, yuksak ma'naviyat deya milliy g'oyaga ega bo‘lish fikridan uzoqlashtirishdi, diniy terrorizm, diniy terrorizm deya dindan nafratlantirishdi, umuman millat, vatan, siyosat uyoqda tursin ertangi kuniga nisbatan qiziqishi yo‘q ommaga aylandik. Lekin hali umid bor. Chunki, sabablar aniq bo‘lgani sari "dardga davo" topiladi, rivojlanish bosqichi tezlashadi. @Dilnurasblog
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.