cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Shahrisabz tumani hokimligi

Axborot xizmati Murojaat uchun: @Shthmurbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 539
المشتركون
-224 ساعات
-207 أيام
+8730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Shahrisabz tumanida pilla yig‘im-terimi boshlanishi arafasida Shu munosabat bilan pillachilik korxonasi tomonidan jonliq so‘yilib, osh tarqatildi. Tadbirda Qur'on tilovat o‘qilib, bu yil pilla hosili mo‘l bo‘lishini so‘rab, duo qilindi. Ta'kidlash joiz, bu yil tumanimizda fermer va kasanachilar tomonidan 365 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan.  Bir kilogramm pillaning narxi esa 40 ming so‘m etib belgilandi. Bu ham aholi bandligini ta'minlash va qo‘shimcha daromad olishi uchun qulay imkoniyat. Ayni paytda pilla yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etishda barcha qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari ko‘maklashmoqda. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
إظهار الكل...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati Ahmoqning yetti belgisi bor. 1. O‘zi uchun foydasiz narsalar haqida ko‘p gapiradi. 2. Undan so‘ralmagan paytda fikrini bildiradi. 3. Ko‘p kuladi. 4. O‘zini hammadan aqlli deb biladi. 5. O‘rinli tanqidni qabul qilmaydi. 6. O‘z fikrini hech qachon o‘zgartirmaydi. 7. Hukmida bo‘lmagan hodisalarni o‘zgartirishga urinadi. Jaloliddin Rumiy 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
إظهار الكل...
👍 9🔥 3👏 1
Fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini onlayn savdoga chiqarish imkoni yaratildi Bugun Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan Shahrisabz tuman hokimligida mahallalardagi hokim yordamchilari uchun yangi ishlab chiqilgan “UZEX AGRO” elektron platformasining ishlash mexanizmlari haqida seminar tashkil etildi. Unda Respublika tovar-xomashyo birjasi mutasaddilari, tuman hokimining 1-o‘rinbosari, tumandagi tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari va mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdi. Seminarda “UZEX AGRO” elektron platformasining ishlash mexanizmlari tushuntirib o‘tildi. Endi mazkur platforma orqali fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini onlayn savdoga chiqarish imkoni bo‘ladi. Hokim yordamchilariga platformaning afzallik tomonlari, mahsulotni joylashtirish, saqlash va logistika xizmatlarini tashkil etish yuzasidan tushunchalar berildi. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
إظهار الكل...
👍 1
Shahrisabz tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan "Miraki" MFY hududida 2024-yil "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan nihollarni muhofaza qilish yuzasidan fuqorolarga tushuntirish ishlari olib borilib, chorva mollarini ushbu ekilgan nihollarni shikastlantirmaslik, nobut qilamaslik bo‘yicha ogohlantirildi. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
إظهار الكل...
👍 1
Eksport barqaror iqtisodiyot garovi Joriy yilda Shahrisabz tumanida eksport prognoz rejalarining bajarilishiga alohida e'tibor qaratilgan. Zero tuman boʻyicha 300 gektardan ortiq maydonga turli eksportbop mahsulotlar ekilib, horijga sotish maqsad qilingan. Shundan kelib chiqqan holda tuman prokurori Bahodir Xudoyqulov tumanda faoliyat koʻrsatib kelayotgan "Gold way express" va "Olmosagroeksport" MChJ mas'ullari bilan uchrashib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksporti borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni muhokama qildi. Shuningdek, oʻzaro tushunish ruhida oʻtkazilgan uchrashuvda mavjud muammo va masalalarga ham toʻxtalib, atroflicha suhbat yakunida tadbirkorlarning muammolarini hal etish, ularning faoliyatiga koʻmaklashish prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlanib, tuman prokuraturasi amaliy yordamga doim shayligi bildirildi. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
إظهار الكل...
👍 3🎉 1
Eksport barqaror iqtisodiyot garovi Joriy yilda Shahrisabz tumani prokurori Bahodir Xudoyqulov mahsulotlarni eksport qiladigan korxona va mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda 2024 yilgi eksport prognoz rejasini bajarish, eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetishtiruvchi korxonalar sonini oshirish, ularning mavjud muammolarini zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berib oʻtdi. https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
إظهار الكل...
#Shahrisabz_tumani #Uch_avlod_uchrashuvi ✅ Yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimizning hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasini yoshlarga yetkazish kelajakda o`z munosib o`rnilarini topsihida muhim ahamiyat kasb etadi. ❇️ Tumandagi "Polmon" MFYda joylashgan 33-maktabda "Uch avlod uchrashuvi" bo`lib o`tdi. Unda tuman hokimligi vakillari, tuman Nuroniylar jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo`linmasi, mahalla faollari va maktab o`quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda so`zga chiqqanlar yoshlarga ibrat yoʼlini koʼrsatib, ularni vaqtni qadrlashga, hayotning har bir onidan unumli foydalanishga chaqirishdi hamda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, yurtboshimiz jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʼamxoʼrlik, mehr-oqibat koʼrsatish maqsadida olib borayotgan islohotlari, inson qadr-qimmatini yuksaltirish borasidagi tashabbuslari xususida bir qator iliq fikrlar bildirishdi. @rmmm_shahrisabz_tumani
إظهار الكل...
👍 3
أرشيف المشاركات