cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TATU Litsey (Rasmiy kanali)

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litsey rasmiy kanali ☎️ Biz bilan bog'lanish uchun : (71) 235-03-69 @direktorga_murojat_bot 💻 Veb-sayt: tatual.uz

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
969
المشتركون
+824 ساعات
+997 أيام
+20130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:09
Video unavailableShow in Telegram
VID_20240616_061056.mp45.28 MB
👍 6 2🔥 1🥰 1
00:55
Video unavailableShow in Telegram
VID_20240614_105734.mp420.89 MB
👍 11 4🥰 2
👍 17 6🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 2024- yil 14- iyun🇺🇿 Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida "Xayr litsey, salom universitet" Diplom topshirish tadbiri o'tkazildi. 🟢 Tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi 🟢 Tadbirga Toshkent axborot texnologialari universiteti professor- o'qituvchilari, "Yangi Tarnov" mahallasi xodimlari, ota-onalar taklif etildi 🟢 Tadbir jarayonida akademik litseyda a'lo baholarga o'qigan hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda eng faol ishtirok etgan, ko'rik- tanlov va olimpiadalarda g'olib bo'lgan bitiruvchilar Qizil diplom, Tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi 🟢 Tadbirning badiiy qismida bitiruvchilar hamda ularning ota- onalari tomonidan dil izhorlari bildirildi. 🟢 Bitiruvchilarimizni tabriklash uchun "Meridian" guruhi a'zolari qo'shiq va kuylari bilan barcha xushnud qildi. Ushbu musiqa guruhiga akademik litsey rahbariyati va jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiriladi.
إظهار الكل...
👍 5 1
Repost from OTFIV | Toshkent
Photo unavailableShow in Telegram
#Diqqat "Ma'rifat soati" Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga! Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://www.youtube.com/watch?v=lO4Ho2eChMA sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar! Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi. Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi: — akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi; — iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi; — har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi; — 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi; — soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza; — bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi; — iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi. Aziz bitiruvchilar! Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin! Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir. Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz. Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 5👏 2 1
إظهار الكل...
"Gapiring" tok-shousi // Yoshlarni ilim-fanga qiziqtirish

Obuna bo'ling:

https://bit.ly/my5tv

Instagram @

https://www.instagram.com/my5tv/

Facebook @

https://www.facebook.com/my5tv

Telegram @

https://t.me/my5tv

🔥 2
01:02
Video unavailableShow in Telegram
IMG_1279.MP483.38 MB
👍 9
Repost from Edu.uz
03:16
Video unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Qabul_2024
Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
0620.mp46.54 MB
3
Repost from OTFIV | Toshkent
Photo unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Qabul_2024 ⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi 💬 Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi. 📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. 📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. *Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin. ❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
إظهار الكل...
2👍 1