cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

إظهار المزيد
Uzbekistan2 154لم يتم تحديد اللغةالتعليم3 862
مشاركات الإعلانات
38 421
المشتركون
-9924 ساعات
-7297 أيام
-3 71430 أيام
توزيع وقت النشر

جاري تحميل البيانات...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تحليل النشر
المشاركاتالمشاهدات
الأسهم
ديناميات المشاهدات
01
Endi OTMda kim grant yutsa, stipendiyani ham oʻsha oladi 25-may kuni Prezidentning “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. ❗️Hujjatga koʻra, birinchi yilda grantga kirgan talaba ikkinchi yili yillik baholari qoniqarsiz boʻlsa, kontraktga tushib ketadi. ☑️Farmonda yozilishicha, taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi. ↪️Yaʼni, birinchi yilda grantga kirgan talaba OTM da “tekin” oʻqiydi va stipendiya oladi. Keyingi oʻquv yilida agar u kontraktga tushib ketsa, davlat hisobidan stipendiya olmaydi. Agar kontraktni stipendiyali qilib toʻlsa, unda oladigan stipendiyasi oʻzi toʻlagan pul hisobidan boʻladi. ↪️Shu hisobda, ikkinchi va undan yuqori kurslar mobaynida 1 yillik grant yutgan talabalar ham shunday imtiyozga ega boʻladi. Yaʼni, 1 yil mobaynida “tekin” oʻqiydi va davlat hisobidan stipendiya oladi. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
4 05743Loading...
02
Kimnidir koʻndirish yoki ishontirishga toʻgʻri keladimi? Unda bu kitob sizga yordam beradi💯 Xalqaro ekspert Grant Kardonning “Savdo sanʼati” kitobi ilk bor oʻzbek tilida nashr qilindi. Bu kitob sotish tamoyillari, ishontirish yoki koʻndirish usullarini keltiradi. Kitob tovar, xizmat yoki gʻoyani sotishni, ikkinchi tomon ogʻriqlarini oʻrganib, muammolariga yechim berishni oʻrgatadi. “Savdo sanʼati” kitobida savdodan tashqari muvaffaqiyatli kun tartibini tuzish, to‘g‘ri maqsad qoʻyish, ish va oilada ajoyib natijalarga erishish borasida soʻz yuritiladi. Siz ham kitobni o‘qing va doim “Ha” javobini oling: asaxiy.uz/u/6656cde4351e5
3 3029Loading...
03
#Qonunchilik_yangiliklari ⚡️2024/2025-o‘quv yili qabuli 5-iyundan boshlanadi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda: 🚩 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 🚩 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2️⃣ bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi (bunda ...); 📌o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi; 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Shuningdek, kollej va texnikumlar qabulida abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydilar. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
4 68751Loading...
04
🔍 Tajribali FRILANSER izlayapsizmi? LOYIHA OVLOVCHI sahifasi orqali barcha zamonaviy xizmatlarni (Grafik dizayner, marketolog, dasturchi, kopirayter, animator vahokazo) taklif qilayotgan frilanserlar bilan bog'lanishingiz mumkin. 👉🏻 Hoziroq Obuna Bo'ling: @loyihaovlovchi Frilanser sifatida profilingizni joylashtirish uchun murojaat qiling: @BoshRais
4 0351Loading...
05
⚡️Oliy taʼlim muassasalari talabalarni ragʻbatlantirish uchun toʻlovlardan daromad soligʻi ushlab qoladimi? ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
4 78613Loading...
06
ITga qiziqadiganlar uchun Javohir Amazon va Bloomberg kompaniyalariga qanday o’tgani hamda tajribalari haqida yozib boradi. Javohirni blogiga qo'shilib, kuzatib borishni tavsiya qilaman. Muvaffaqiyatga eltuvchi insaydlar mana shu kanalda: 👉 https://t.me/javokhir_notes/80
5 3189Loading...
07
🗣Mana shu daqiqalar, beg'ubor bolalik onlari mana bugun yana kimlar uchundir yakunlandi. Bir umr esda qolarlik xotiralar, sho'xlik, do'stlik, ilk sevgini his qilgan onlar... Maktab davringizdan eng esda qolarli xotirani kommentga yozib keting... ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
4 08812Loading...
08
🔔 Maktab davrini sog'inganlar uchun "So'nggi qo'ngiroq"! 🎶 Ravshan Sobirov & Setora - Xayr maktabim Maktab davrlarini sog'inganlar bormi? Maktabdagi qiziqarli voqealarni, esda qolarli holatlar bo'lsa, komentda yozib qoldiring. Bir maktab davrlarini eslaylik... 🎓 @TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4 56331Loading...
09
Media files
4 5778Loading...
10
Qachonlardir Oʻzbekistondagi OTMga kira olmagan talaba Harvardda fan doktori ilmiy darajasini oldi Iqtisodchi, doktorant Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi oʻzbekistonlik boʻldi. Maʼlumot uchun, u oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Markaziy bankida yetakchi iqtisodchi lavozimida ham ishlagan. “Chet elda, AQShda magistraturani oʻqiganman, hozir doktorlik ishimni yoqlayapman. Singapurda emas, Toshkentdagi Singapur menejment institutida oʻqiganman. Oʻzbekistonda davlat universitetida oʻqimaganimning sababi 1-avgustdagi imtihondan oʻta olmaganman. Buning oqibatida hozir yopilib ketgan xalqaro biznes maktabi – Kelajak ilmi degan nodavlat ilmiy majmuasiga kirganman va Singapur institutiga oʻqishni koʻchirganman. Oʻqishimning trayektoriyasi keyin meni Amerikaga olib keldi. Baʼzilar “shu paytgacha qanaqa yutugʻing bor”, deb soʻrashadi va yutugʻimni Harvardda oʻqiyotganim deb bilishadi. Lekin men eng katta yutugʻim 1 avgustda imtihondan oʻta olmaganim, deb bilaman. Chunki oʻsha imtihondan oʻtib davlat universitetiga kirganimda balki hozirgi oʻrnimda boʻlmasdim”, deya oʻz tarixini gapirib bergan edi Qobilov bir paytlar bergan intervyusida. Boʻlajak olim oʻz yutugʻidan faxrlanar ekan, oʻz fikrida Oʻzbekistondagi OTM hamda maktab orasidagi farq haqida ham quyidagicha fikr bildirib ketgan edi: “Kirolmaganim sababi ham kulgili: hozirgacha ham bu muammo boʻlsa kerak, yaʼni test – talabalarni saralash tizimi, menimcha, juda ham yaxshi ishlamaydi. Chunki maktabni bitirayotgan abituriyent bilan universitet orasida katta boʻshliq bor. Yaʼni maktablar universitetga talabalarni tayyorlamayapti. Maktabda olingan bilim oʻqishga kirishga yetarli emas. Hamma qatori men ham qancha-qancha pul sarflab repetitorlarga borganman, shu narsaning oʻzini muammo deb bilaman”, degan edi u oʻshanda. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
5 62240Loading...
11
Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, sho‘ba mudiri, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘basi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
5 1762Loading...
12
Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati boʻyicha yengilliklar berildi ↪️Jumladan, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. ↪️Soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻonaga, yaʼni B1 darajasiga tushiriladi. ➡️Ammo sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
9 01093Loading...
13
Bu kitobni o'qisangiz, muammolarga ko'z yumasiz Jamiyatimizda kitobxonlikning keng targ'iboti uchun "Abadiyat" loyihasini qarshi oling! Loyihada turli insonlardan qahramonlar tanlab olinadi va kitob taqdim qilinadi. Loyiha davomida yigitlar o'zlari uchun ko'p narsani isbotladilar, biri ota-onasini xursand qilishni, ikkinchisi esa onasining qarzlarini uzishni maqsad qildi. Batafsil YouTubeda tomosha qiling. 👉 https://youtu.be/1w7NtRtbuik @abadiyat_uz
6 23011Loading...
14
Bugun Toshkentdagi barcha muzeylarga kirish bepul Biz sizga shahardagi eng ko‘rkam 5 ta muzeyga borishni taklif qilamiz. ↪️1. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Tel: +998712391083 Soat 9:00 dan 20:00 gacha ↪️2. Temuriylar tarixi davlat muzeyi Tel: +998712320213 Soat 10:00 dan 22:00 gacha ↪️3. O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi Tel: +998712564042 Soat 09:00 dan 17:00 gacha ↪️4. Qurolli kuchlar muzeyi Tel: +998712698929 Soat 10:00 dan 17:00 gacha ↪️5. Shon-sharaf muzeyi Tel: +998950610749 Soat 9:00 dan 18:00 gacha ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
8 32955Loading...
15
Operator qiz kerak 📌 Manzil: Yunusobod tumani Yunusobod metrodan 5 daqiqalik yo’l. — Kompaniya: Oziq-ovqat sanoati uyushmasi — Ish turi: offline. Toshkent shahri — Talablar: Sotuv sohasida kamida 1 yil tajribaga ega bo’lishi kerak! Rus tilida erkin so’zlasha olishi, kompaniya qadriyatlariga amal qilishi, ofis dasturlaridan bemalol foydalana olishi! Berilgan bilimlarni tezda o’zlashtira olishi kerak — Maosh: 2 – 8 mln so’m — Ish vaqti: 9:00 – 18:00 — Murojaat uchun: @ufia_uz — Telefon: +998997232111
5 89624Loading...
16
📌 Bakalavrni san'at va musiqa yo'nalishlarini tamomlagan talabalardan magistraturaga kirishda xorijiy til bilish sertifikati endi talab qilinmasligi mumkin. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
1131Loading...
17
💥Bugun, 11 may – oshqozon bayrami, xohlagan narsani yeyish kuni ekan! Bugungi kunda har bir kishi o‘zining sevimli taomlari bilan "oshqozonini to‘ydirish" huquqiga ega, bu juda ko‘p kaloriyalarni o‘z ichiga olishi mumkin va juda sog‘lom emas. Hurmatli talabalar, bugungi kun bilan oshqozoningizni tabriklab, uni xursand qiling. Talabalik – oltin davr, faqat buni o‘qishni bitirgach anglab yetasiz. Bugun kursdoshlar bilan yig‘ilishga Oshqozon bayrami shunchaki bir yaxshi bahona, nima dedinglar... ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
10 935139Loading...
18
📌 Tug‘iliboq universitetga borayotgan bolalar Namanganlik Muhammadyusuf dunyoga kelganiga 8 oy bo‘ldi. U tug‘ilganidan 3 oy o‘tib ilk bor OTM binosiga kelgan, chunki onasi – Namangan davlat universiteti sirtqi ta’lim talabasi. Kun.uz qisqa videolavhada oliygohda o‘qiyotgan talaba-onalar haqida hikoya qiladi. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
8 17328Loading...
19
📌Talabalari xorijda o‘qiyotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etildi O‘zbekistonning qariyb 110 ming talabasi chet elda tahsil olyapti. Dunyo miqyosida oxirgi 20 yilda o‘qish uchun xorijga ketganlar soni 2,2 milliondan 6,39 millionga yetgan. Maʼlumotga koʻra, eng koʻp talabani oʻz bagʻrida jamlagan davlat AQSh boʻlgan. Bu davlatga 2021-yilda 833 ming nafar xorij talabasi oʻqish uchun borgan. Quyida 5 ta eng koʻp xorij talabalarini qabul qilgan davlatlar keltirilgan: 1) AQSh – 833 ming nafar; 2) Buyuk Britaniya – 601 ming nafar; 3) Avstraliya – taxminan 378 ming nafar; 4) Germaniya – 376 ming nafar; 5) Kanada – 318 ming nafar. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
7 81524Loading...
20
📌 Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. ❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
6 06328Loading...
21
1 daqiqada birgina telefon orqali slayd tayyorlatishni istaysizmi? ▪️ Oʻzbekistonda ilk bor 1 daqiqada ajoyib dizaynda slayd tayyorlab beruvchi bot yaratildi. ▪️ Hoziroq start bosing, foydalaning, baholaringiz doimo 5 boʻlsin😉 ▫️ Linkni bossangiz kifoya: @Slaydrobot
6 36075Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Endi OTMda kim grant yutsa, stipendiyani ham oʻsha oladi 25-may kuni Prezidentning “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. ❗️Hujjatga koʻra, birinchi yilda grantga kirgan talaba ikkinchi yili yillik baholari qoniqarsiz boʻlsa, kontraktga tushib ketadi. ☑️Farmonda yozilishicha, taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi. ↪️Yaʼni, birinchi yilda grantga kirgan talaba OTM da “tekin” oʻqiydi va stipendiya oladi. Keyingi oʻquv yilida agar u kontraktga tushib ketsa, davlat hisobidan stipendiya olmaydi. Agar kontraktni stipendiyali qilib toʻlsa, unda oladigan stipendiyasi oʻzi toʻlagan pul hisobidan boʻladi. ↪️Shu hisobda, ikkinchi va undan yuqori kurslar mobaynida 1 yillik grant yutgan talabalar ham shunday imtiyozga ega boʻladi. Yaʼni, 1 yil mobaynida “tekin” oʻqiydi va davlat hisobidan stipendiya oladi. TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
إظهار الكل...
👍 20
Photo unavailableShow in Telegram
Kimnidir koʻndirish yoki ishontirishga toʻgʻri keladimi? Unda bu kitob sizga yordam beradi💯 Xalqaro ekspert Grant Kardonning “Savdo sanʼati” kitobi ilk bor oʻzbek tilida nashr qilindi. Bu kitob sotish tamoyillari, ishontirish yoki koʻndirish usullarini keltiradi. Kitob tovar, xizmat yoki gʻoyani sotishni, ikkinchi tomon ogʻriqlarini oʻrganib, muammolariga yechim berishni oʻrgatadi. “Savdo sanʼati” kitobida savdodan tashqari muvaffaqiyatli kun tartibini tuzish, to‘g‘ri maqsad qoʻyish, ish va oilada ajoyib natijalarga erishish borasida soʻz yuritiladi. Siz ham kitobni o‘qing va doim “Ha” javobini oling: asaxiy.uz/u/6656cde4351e5
إظهار الكل...
👍 5 1
👉 Kitobni xarid qilish 👈
#Qonunchilik_yangiliklari ⚡️2024/2025-o‘quv yili qabuli 5-iyundan boshlanadi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda: 🚩 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 🚩 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2️⃣ bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi (bunda ...); 📌o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi; 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Shuningdek, kollej va texnikumlar qabulida abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydilar. TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
إظهار الكل...
👍 17👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
🔍 Tajribali FRILANSER izlayapsizmi? LOYIHA OVLOVCHI sahifasi orqali barcha zamonaviy xizmatlarni (Grafik dizayner, marketolog, dasturchi, kopirayter, animator vahokazo) taklif qilayotgan frilanserlar bilan bog'lanishingiz mumkin. 👉🏻 Hoziroq Obuna Bo'ling: @loyihaovlovchi Frilanser sifatida profilingizni joylashtirish uchun murojaat qiling: @BoshRais
إظهار الكل...
👍 3
👉🏻 Sahifaga Obuna Bo'ling 👈🏻
02:13
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Oliy taʼlim muassasalari talabalarni ragʻbatlantirish uchun toʻlovlardan daromad soligʻi ushlab qoladimi? TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
إظهار الكل...
Intervyu_Shuxrat_Ismoilov_720P.mp417.90 MB
👍 7
00:50
Video unavailableShow in Telegram
ITga qiziqadiganlar uchun Javohir Amazon va Bloomberg kompaniyalariga qanday o’tgani hamda tajribalari haqida yozib boradi. Javohirni blogiga qo'shilib, kuzatib borishni tavsiya qilaman. Muvaffaqiyatga eltuvchi insaydlar mana shu kanalda: 👉 https://t.me/javokhir_notes/80
إظهار الكل...
IMG_2938.MP49.77 MB
🔥 4
👉 Kanalga obuna bo'lish 👈
00:30
Video unavailableShow in Telegram
🗣Mana shu daqiqalar, beg'ubor bolalik onlari mana bugun yana kimlar uchundir yakunlandi. Bir umr esda qolarlik xotiralar, sho'xlik, do'stlik, ilk sevgini his qilgan onlar... Maktab davringizdan eng esda qolarli xotirani kommentga yozib keting... TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
إظهار الكل...
7eb334af3c0ff540766383362b3df3ed4181347302d422d95e43bdc8b07d3235.mp43.19 MB
😢 16 2👍 1
06:01
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Maktab davrini sog'inganlar uchun "So'nggi qo'ngiroq"! 🎶 Ravshan Sobirov & Setora - Xayr maktabim Maktab davrlarini sog'inganlar bormi? Maktabdagi qiziqarli voqealarni, esda qolarli holatlar bo'lsa, komentda yozib qoldiring. Bir maktab davrlarini eslaylik... 🎓 @TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
إظهار الكل...
video_2022-05-25_19-18-25.mp429.29 MB
👍 9👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍 7👎 3👏 2😁 2🔥 1
👉 Lichkadan yozish
👉 Spamlar uchun
Photo unavailableShow in Telegram
Qachonlardir Oʻzbekistondagi OTMga kira olmagan talaba Harvardda fan doktori ilmiy darajasini oldi Iqtisodchi, doktorant Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi oʻzbekistonlik boʻldi. Maʼlumot uchun, u oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Markaziy bankida yetakchi iqtisodchi lavozimida ham ishlagan.
“Chet elda, AQShda magistraturani oʻqiganman, hozir doktorlik ishimni yoqlayapman. Singapurda emas, Toshkentdagi Singapur menejment institutida oʻqiganman. Oʻzbekistonda davlat universitetida oʻqimaganimning sababi 1-avgustdagi imtihondan oʻta olmaganman. Buning oqibatida hozir yopilib ketgan xalqaro biznes maktabi – Kelajak ilmi degan nodavlat ilmiy majmuasiga kirganman va Singapur institutiga oʻqishni koʻchirganman. Oʻqishimning trayektoriyasi keyin meni Amerikaga olib keldi. Baʼzilar “shu paytgacha qanaqa yutugʻing bor”, deb soʻrashadi va yutugʻimni Harvardda oʻqiyotganim deb bilishadi. Lekin men eng katta yutugʻim 1 avgustda imtihondan oʻta olmaganim, deb bilaman. Chunki oʻsha imtihondan oʻtib davlat universitetiga kirganimda balki hozirgi oʻrnimda boʻlmasdim”,
deya oʻz tarixini gapirib bergan edi Qobilov bir paytlar bergan intervyusida. Boʻlajak olim oʻz yutugʻidan faxrlanar ekan, oʻz fikrida Oʻzbekistondagi OTM hamda maktab orasidagi farq haqida ham quyidagicha fikr bildirib ketgan edi:
“Kirolmaganim sababi ham kulgili: hozirgacha ham bu muammo boʻlsa kerak, yaʼni test – talabalarni saralash tizimi, menimcha, juda ham yaxshi ishlamaydi. Chunki maktabni bitirayotgan abituriyent bilan universitet orasida katta boʻshliq bor. Yaʼni maktablar universitetga talabalarni tayyorlamayapti. Maktabda olingan bilim oʻqishga kirishga yetarli emas. Hamma qatori men ham qancha-qancha pul sarflab repetitorlarga borganman, shu narsaning oʻzini muammo deb bilaman”,
degan edi u oʻshanda. TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
إظهار الكل...
👍 54👏 5😁 3😢 3