Muhammad Uralov
الذهاب إلى القناة على Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
إظهار المزيد684
المشتركون
+124 ساعات
-17 أيام
+1930 أيام
أرشيف المشاركات
Menga farqi yo’q
1. Qarorlarimiz katta yoki kichik, miyamizdan bir xil energiya oladi.
2. Katta qarorlarga energiyasi qolmagan odam o’zini chalg’itishni boshlaydi. Qaror qabul qilishni cho’zish uchun. Keyin o’zini yomon his qiladi.
3. Hayotimdagi kichik qarorlarni barchasini men uchun qabul qilishadi. Ular xursand, men ham.
4. Nonushtaga nima yeyishimni tanlamayman, kiyadigan kiyimimni ham.
5. Yo’l biladigan joyimga ham navigator yoqaman, taksi uchun yandex chaqiraman.
6. Shopping sotuvchining tavsiyasi bilan bo’ladi, ovqatlanish esa ofitsiant fikri bilan.
7. Ortib qolgan mental energiya kitob tanlash, maqola mavzusini o’ylash, ishda muhim qarorlar qabul qilishda ishlatiladi.
8. Tushlikka nima yeyishini 10 minut o’ylaydigan, lekin maqsadlari haqida 5 daqiqa ham o’ylab ko’rmaganlarni ko’rsam achinib ketaman. Qornini desert bilan to’ydirib, ovqat yeyolmay qolgan kabi ular.
9. Maydalashma, yiriklasholmay qolasan.
@azizrakhimov_blog
Va'da berish va uni bajarish
Muvaffaqiyatning qoq markazida va'da berish va majburiyatlarni bajarish qobilyati yotadi.
Inson avvalo rivojlanishi uchun o'zidagi o'zgartirishi yoki butunlay yoqotishi shart bo'lgan xato kamchiliklarini, rivojlanishga muhtoj qismlarini va ojizligini tan olishi kerak.
Keyin tan olingan xatolarni tuzatish yo'lida harakat qilsak, va'da bersak, maqsadlar qo'ysak va eng qiyin vaqtlarda ham ularni bajarsak muvaffaqiyatga erisha olamiz.
O'zimiz va atrofdagilarga bergan va'dalarimizni bajarib borar ekanmiz yutuqlarimiz ko'payib kamchiliklarimiz kamayib boradi.
Insonning o'z-o'ziga bergan va'dasini ustidan chiqishi atrofdagilarga bergan va'dalarini bajarishdan ko'ra muhimroqdir. Chunki aynan shu jarayon bizga ichki ishonch va motivatsiya bera oladi.
@MuhammadUralov
Nega?
Bu dunyoda fikrlashni o'rgangan va uni doim qo'llab yurgan insonlar yutadi. Buni qanday amalga oshirishni bilmaysanmi? Nega deb o'zingga savol berishni o'rgan!
Nega ertaroq turishim kerak? Javobini topsang ertalab turishing osonlashadi.
Nega aynan bu ishni tanlaganman?
- agar topsang ishingda baxtliroq bo'lasan.
Nega mendan ko'ra uni ko'proq hurmat qilishadi?
-Chunki u inson boshqalarga xuddi shunday munosabatda bo'lar.
Nega men bu yo'ldan ketyapman?
- kelajagingni aniqroq ko'rasan.
Nega hozir internetdaman?
- vaqtingni isrof qilishni to'xtatasan.
Nega rejalarim o'xshamayapti?
- intizomli bo'lishni o'rganasan.
Nega men emas u?
- o'z xatolaringni ko'ra boshlaysan.
Nega? Nega? Nega? Har bir vaziyatga nega deb tanqidiy yondashar ekanmiz, albatta, uning javobini topamiz.
P/S: Sen bilgan dunyoning eng boy insoni Elon Muskning SpaceX korparatsiyasi yaralishiga ham aynan shu "Nega ?" savoli sabab bo'lgan.
@MuhammadUralov
Nega kitob o'qishim kerak?
1. Senda ko'pi bilan 60-70 yil umr bor. Har bir kitob muallifi esa o'z umrini shu kitobga investitsiya qilgan bo'ladi. Bu degani 10ta kitob o'qisang 600 yil umr ko'rgan kabi biliming bo'ladi.
2. Ayollar doim o'zlaridan kuchliroq erkaklarni yoqtiradi. Bizning hech qanday karomatimizsiz ham Alloh bizni ulardan jismonan kuchli yaratgan endi aqlan kuchayishimiz esa o'z mehnatimizga bog'liq.
3. Aqilli emas Dono bo'lish uchun o'qishing kerak. Aqilli odam - o'z xatolaridan xulosa qiladigan inson. Dono odam - boshqalarning xatosini ko'rib o'ziga xulosa oladigan insondir.Umr va resurslar cheklangan demak hamma xatolarni qilib ko'rish bizga qimmatga tushadi.
4. O'zingni anglash uchun o'qi. Nega yashayapsan? Nega bu dunyoga kelding? Nega yig'laysan? Nega dangasasan? O'zingni, o'zligingni, tanangni, harakatlaringni va eng muhimi Yaratuvchingni anglash uchun o'qi.
5. Boshqarilivchi emas boshqaruvchi bo'lish uchun o'qi. Bu dunyoni albatta aqilliroq insonlar boshqaradi. Ular katta tashkilotlarni, korxonalarni, davlatlarni va hatto butun dunyoni boshqaradilar. O'qimasang albatta ularga ishlaysan.
6. Vaqtimiz va energiyamizni qimmatroqqa sota olishimiz uchun o'qimiz. Sen qanchalik ko'p o'qisang, sening qiymating shunga yarasha ortib boradi. 1 soati 1000$ turadigan huquqshunoslar aynan O'zbekistonda ishlashmoqda.
7. Dam olish uchun, sokinlik, yolg'iz qolish, fikrlash, tafakkur va mazza qilish uchun o'qi kitobni.
@MuhammadUralov
Rasmdagi asalni dunyo chumolilarni esa odam deb qarang. Agar siz dunyodan xuddi birinchi rasmdagi chumolilar kabi oz-oz o'z ehtiyojingizcha olsangiz bu sizga foydali bo'ladi.
Lekin ikkinchi rasmdagi kabi dunyoni ichiga sho'ng'ib ketsangiz u sizni cho'ktirib halok qiladi.
P/S: bu postda kambag'al bo'lib yashashga targ'ib yo'q. Musulmon kishi albatta boy bo'lishga harakat qilishi kerak ( Haloldan). Shunda musulmon jamiyati ham rivojlanadi.
Faqatgina dunyoni qalbingizga kirishiga yo'l qo'ymang!
@MuhammadUralov
Sevgi haqida
Sevmoq bu - fe'l. Sevgi esa - hissiyot - sevmoq fe'lining mevasi. Shunday ekan biz bilgan Bollywood va Hollywood kinolaridagi sevgi aslida Reactive insonlar ishonadigan va nazorat qilib bo'lmas hissiyotdir. Bu kinolar bizni o'z hissiyotlarimizni boshqara olmasligimizga ishontirib qo'yishadi. Lekin ular doim ham haqiqatni tasvirlashmaydi. Hissiyotlar harakatlarni nazorat qilyaptimi demak siz mas'uliyatdan qochyapsiz. Proactive odamlar sevishni fe'l sifatida tushunishadi. Bu hissiyot siz yoqtirgan biror insonni qadrlash, tushunish, mehr berish, hamdardl bo'lish, uni tinglash uning uchun nimalarnidir qurbon qilish orqali erishiladigan tuyg'udir. Agar bu tuyg'u haqida bilmoqchi bo'lsangiz hech qanday javobsiz ham sevayotgan va mehr berayotgan insonlarga qarang. Masalan ota - onaning farzandiga bo'lgan muhabbati. Proactive insonlar qadriyatlarni har doim hissiyotdan ustun qo'yishadi va bu tuyg'uni mehnatlari evaziga boshqara olishadi. Oilasida qandaydir muammolar tufayli endi bir - biriga bo'lgan muhabbatini yo'qotgan ikki taraf esa buni yana sevish orqali (ikkinchi tomonni tinglash, ko'nglini ochish, qo'llab-quvvatlash va ma'qullashlar) orqali qayta tiklasa bo'lishini bilishlari kerak. O'z oilangiz uchun albatta kurashing va uni asrab qoling. Axir, hammasi o'z qo'lingda ekanligini endi sen bilasan-ku! )
@MuhammadUralov
REACTIVE odamlarning so'zlari: Mening borim shu, meni qo'limdan hech narsa kelmaydi, ular menga bu uchun ruxsat berishmaydi, u meni kayfiyatimni tushirdi.
PROACTIVE odamlarning so'zlari: Buni boshqa yo'li bo'lishi kerak, men boshqa yondashuv topa olaman, o'z hissiyotlarimni boshqara olaman, men o'zgartira olaman, men qila olaman...
@MuhammadUralov
O'zingizni o'zingiz tanlang: Proactivity yoki Reactivity
Proactivity- biror bir hodisani sodir bo'lishini oldindan sezish va unga tayyorlanish. Masalan examiningiz bor siz unga examga 10kun qolganda uxlamasdan emas 1yil oldin kam kamdan tayyorlanib kelasiz va o'zingizning hozirgi holatingizga o'zingiz javobgarligingizni his qilasiz.
Reactivity- teskarisi exam keganda shoshib qolasiz va qandaydir harakatlar qilishga harakat qilasiz.
Umumiy olganda reactive odamlar uning hozirgi yomon holatiga o'zi emas uning ota - onasi, do'stlari, ustozi umuman atrof-muhiti aybdor deb o'ylaydi. Uning kayfiyati ham nimagadur bog'langan havo quyoshli bo'lsa kayfiyati yaxshi, bulutli bo'lsa kayfiyati yomon va kuni samarasiz o'tadi. Odamlar ularni maqtasa xursand, agar ular haqida yomon gap gapirishsa yana xafa umuman ular o'z hayotlari, kayfiyatlari va xissiyotlari nazoratini tashqi olam qo'liga to'liq topshirib qo'ygan.
Proactive odamlar esa tashqi olamga e'tibor bermaydi, ha ular ham boshqa odamlardan har xil gaplar eshitadi ba'zan ta'sir qiladi lekin ular nima muhimligini biladi ularning hayoti, xissiyotlari, kayfiyati ularning qadriyatlari tomonidan boshqariladi. Ular hammasi tez o'tib ketishini bilishadi va qiyin vaziyatlarda ham o'zlari uchun muhim ishlar bilan shug'ullana olishadi. Ular barchasiga o'zlari javobgarligini bilishadi. Mening bugungi holatim kecha qilgan qarorlarim natijasidir deb ishonishadi. Kecha dars qildim bugun examdan o'tdim va yuzim yorug' bo'ldi. Bugun barchani yonida uyalib qoldim chunki kecha presentation tayyorlash o'rniga do'stlarim bilan computer o'ynagandim lekin buni rad etib dars qilish o'z qo'limda edi deyishadi.
Reactive odamlar esa hammasiga do'stlarini ayblashadi ular bo'lmaganda dars qilardim va uyalib qolmasdim deb vaholanki tanlov o'zlarining qo'lida edi-ku. Qisqasi proactive bo'lishga harakat qiling o'zingiz uchun o'zingiz javobgarsiz na atrof-muhitingiz, na do'st-u birodar, ob-havolar sizga bahona bo'lmasin o'z kelajagingiz uchun SIZ va yana SIZ javobgarsiz.
@MuhammadUralov
Ichki xotirjamlik
Ibn Sino tadqiqot o'tkazadilar, ikkita bir xil og'irlikdagi, turdagi va yoshdagi qo'zichoqlarni teng sharoitda bir xil ovqat bilan boqadilar. Ikkisi ham qafasda boqiladi, lekin faqat bittasiga ko'rinadigan qilib yoniga qafasda bo'rini olib kelib qo'yadi. Bir oydan keyin bo'ri unga hech narsa qila olmasligi aniq bo'lsa ham( chunki u ham qafasda edi) uni yonidagi qo'zichoq madorsizlik, zaiflik va nimjonlikdan o'ladi. Sabab esa doimiy qo'rquv va stress edi. Ikkinchi qo'zichoq esa bo'rini ko'rmagani uchun yaxshi yetilib, vazni ham ancha to'lishadi. Chunki unda xotirjamlik va sakinat bor edi.
Bu tajribada Ibn Sino doimiy ruhiy bosimning salomatlik va tanaga ijobiy va salbiy ta’sirini kuzatdi. Keraksiz qo'rquv, tashvish, va stress hatto inson tanasiga zarar yetkazadi. Bekorga xotirjamlik yarim sog'lik deb aytilmagan. Ertangi kuningizni o'ylab ko'p siqilishdan saqlaning barchasi sizning yaratgan zot qo'lida ekanligini eslang. Albatta sabablar ustiga qurilgan bu dunyoda sababini( harakat) qilishdan to'xtamang.
“Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, u ularga yetarlidir”. -Taloq surasi / 3-oyat.
@MuhammadUralov
Hayotingizni o'zgartiruvchi 5ta odat
1. Chalg'imang.
- har kuni kamida 3soat hech qanday chalg'ishlarsiz o'z ustingizda ishlang
- hech qanday ijtimoiy tarmoqlar va telefonsiz!
- diqqatingizni bir joyga jamlashingiz sizni vaqtingizni barakaliroq qiladi.
2. Har kuni bir vaqtda uyg'onish va turishni odat qiling.
- bu sizni energiyangizni oshiradi
- albatta quyoshdan oldin uyg'oning.
3. Muvaffaqiyat qurbonlik talab qiladi.
- ko'plab ziyofatlar, har xil TV ko'rsatuvlar, keraksiz video o'yinlar va zararli ovqatlar (fast food) mativatsiyangizni so'ndiradi
- uzoq muddatga tuzilgan maqsadlar uchun hozirgi lazzatlardan voz kechishni va qattiq mehnat qilishni o'rganing.
4. Jismoniy mehnat.
- haftasiga kamida 3kun zalga borib shug'ullaning
- uyda ertalab yugurishga chiqing va uy mashg'ulotlarini bajaring( hovli bo'lsa juda qulay)
- bu sizda iroda va chidamlilikni shakllantiradi, energiyangizni oshiradi va intizomni o'rgatadi.
- eng muhimi doimiylikni saqlab qoling.
5. Bitta oddiy ishga qanday yondashishingiz sizni katta ishlarga bo'lgan munosabatingizni ham aniqlab beradi.
- agar siz oddiygina zalda 100% energiyangiz bilan ishlamas ekansiz, o'z biznesingiz yoki ishingizga ham jonkuyarlik qilmaysiz!
- hamma narsani iloji boricha professionallik bilan qilishga kirishing va hayotingiz qanday o'zgarganini sezasiz.
P/S: sizning kelajagingiz sizning kundalik kichik odatlaringizga bog'liq. Hayotingizni o'zgartirmoqchimisiz avval odatlaringizdan boshlang!
@MuhammadUralov
Фотиҳа сурасида "иҳдинас сиротал мустақийм" деган сўзлар бор. "Бизни энг тўғри йўлга йўналтиргин" деган маънони англатади.
Эътибор беринг, бу сўзлар ҳар бир мусулмоннинг тилидан ҳар куни бир неча марта янграйди, намознинг ҳар бир ракаатида айтилади. Эътибор беринг, бу сўзлар иймон келтирган, ўзини мусулмонман деб ҳисоблаган инсонлар томонидан такрорланади, такрорланаверади. "Ахир шундоқ ҳам мусулмонман, тўғри йўлдаманку" эмас.
Яъни, бизнинг мусулмон эканимиз, беш вақт намоз ўқишимиз биз учун ҳали ҳеч нарсанинг кафолатини бермайди. Мана, биз яхши мусулмонмиз, жаннатнинг калитини чўнтагимизга солдик, деб эрта-ю кеч бошқаларни муҳокама қилиб ўтириш керак эмаслигини билдиради. Энг аввал ва ҳар куни ўзимизга ўзимиз ҳисоб бериш кераклигини англашимиз, тўғри йўлдан адаштирмаслигини Ўзидан сўрашимиз лозим бўлади.
Буни нафақат Фотиҳа сурасини тиловати ўлароқ айтишимиз, балки бутун маъноси билан хис қилишимиз, амалларимизда ва бошқаларга бўлган муносабатимизда сувайирғич қилишимиз керак.
Иҳдинас сиротал мустақийм.
Жума муборак!
@MuhammadUralov
Во Умаро!!!
Айтишларича, Умар ибн Абдулазизнинг қизчалари бир кун ҳузурларига йиғлаб кирди. Ўша пайтда у ёшгина қизча бўлиб, у кун эса ҳайит куни эди.
- Сизни нима йиғлатди, деб амирул-муъминийн сўрадилар.
Қизлари: "Ҳамма болалар бугун янги кийимлар кийишди, мен амирул-мумининнинг қизи бўла туриб, эски кийимдаман", дея жавоб қилди.
Умар унинг йиғисидан таъсирланиб, Байтулмол хазиначиси олдига бордилар ва унга: "Кейинги ой маошимни менга бериб тура оласизми", дедилар.
Хазинабон: "Нега, ё амирал-муъминийн", деди.
Умар унга бўлган воқеани айтиб бердилар.
Шунда хазинабон: Мен қаршимасман, лекин битта шартим бор, деди.
Умар: У қандай шарт экан, дедилар. Хазинабон: "Менга кейинги ойгача тирик қолиб, олдиндан олмоқчи бўлган маошингизни тўлаб бера олишингизга кафолат беринг", деди.
Умар уни қолдириб, уйларига қайтдилар. Фарзандлари: "Отажон, нима бўлди", деб сўрашди.
Умар дедилар: "Ё сабр қиласизлар ва ҳаммамиз баробар жаннатга кирамиз, ёки сабр қилмайсизлар ва отангиз дўзахга киради". Шунда болалари: "Сабр қиламиз, отажон", дея жавоб қилишди.
Қанийди бизда ҳам мана шу учлик бўлганда эди; Умар, хазиначи ва Умар болалари...
@MuhammadUralov
Rahmatli Xojiboy Tojiboyev nafaqat yirik kulgu ustasi balki shu hazil-mutoyibalarni ichiga minglab ma'noni ham singdirolgan Daholardan biri edi.
Albatta maqsadni katta olish kerak. Mehnat va intizom esa maqsadli odamning xulqi bo'lishi kerak!
@MuhammadUralov
When you forget the word but still have enough vocabulary to explain about it 😂😂
@MuhammadUralov
Khabib Nurmagamedov: Ba'zi insonlar musulmon ekanligini boshqalar bilishini hohlamaydi va buni aytishga uyalishadi. Bunday odamlar judayam ko'p. Lekin men umuman uyalmayman. Hamma va barcha mening do'stlarim mening ( alkogol) ichmasligimni va faqat halol taomlar yeyishimni bilishadi. Hattoki bugun Old Traffordga borganimda yonimda Alex Ferguson, Usain Bolt va Patrice Evra bor edi. Shu payt Alex Ferguson mendan Vino ichasanmi deb so'rab qoldi. Balki, u uchun bu yaxshidir, uni yomonlamoqchi emasman. Lekin men unga men ichmasligimni tushuntirishim kerak edi. Buni ikkita yo'li bor edi:
Birinchisi: To'g'ridan-to'g'ri yo'q, yo'q, yo'q men hech qachon ichmayman, ahir men musulmon-ku deyish.
Lekin men ikkinchi yo'l bilan tushuntirdim. Yo'q do'stlar bu yaxshi emas agar men hozir ichsam hammangizni urib ag'darib tashlashim mumkin😁. Bu yaxshi fikr emas)
@MuhammadUralov
O'zga yurtga ilm olish uchun ketayotgan har bir farzand ota-onasidan eshitishni hohlaydigan jumlalar:
"Boraver, dunyo kez, olim bo'l, o'zingdan iz qoldir, sendan keyin keladiganlarning hayotlarini yengilashtirish uchun harakat qil".
Abdulloh ibn Muborakni otalari aynan shu so'zlar bilan kuzatib qo'yishgan edi. Keyin nimalar ro'y berganini esa o'zingiz bilasiz...
@MuhammadUralov
Translation: uz-en
Sentences that every child going to another country to study wants to hear from their parents:
"Go, travel the world, be a scientist, leave a mark on yourself, work to renew the lives of those who come after you."
Abdullah ibn Mubarak was followed by his father with these words. Then you know what happened ...
@MuhammadUralov
Yoshim ulg'aygani sari anglab yetayotgan eng katta haqiqatlarimdan biri hayotda albatta bitta yaxshi Ustoz bo'lishi kerak ekan. " Ustozsiz bir haftalik yo'lni, yetti yilda bosib o'tasan" degan gap rost ekanligini tushunmoqdaman. Bu dunyo va oxiratda yuksak marralarni ko'zlayapsizmi?! Bu ish bitta yaxshi Ustoz topishdan boshlanishini unutmang!
Hozirgi davrgacha menga ilm va bilim bergan har bir ustozimdan bir umr qarzdorman va ular yonida tazimdaman. Eng quvonarlisi ular shu blogimni kuzatib borishadi))
Bayramingiz muborak, ilmingiz va obro'yingiz har doim yuksalaversin Aziz ustozlar...
@MuhammadUralov
MUSULMONLAR boy bo'lishlari kerak. Shunda dunyoda adolat hukm suradi. Ishsizlik kamayib, insonlar bahtli yashaydi. Yo'qsillar toptalmaydi, ilm xor qilinmaydi, O'QITUVCHI va TABIBLAR kamsitilib, obro'lari to'kilmaydi. Ayollar ishlash uchun tashqariga chiqmaydi. Islom dini yomonotliq qilinmaydi.
"Savdogarlar ustozi"
P.s : Har bir jumlada hozirgi jamiyatimizda bo'layotgan ishlarning teskarisini ko'rayapman. Ishsizlik ko'p minglab musulmonlar boshqa yurtlarda sargardon, o'qituvchi va tabiblar obro'si tugul kaltak tagida qolishmoqda. Ayollarimizning Dubay va Turkiyadagi ayollarimizning aniq sonini men bilmayman. Islomni esa din dushmanlari Terror so'ziga sinonim qilib talqin qilishmoqda.....
@MuhammadUralov
