cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Huquq fanidan testlar

Huquq fanidan 🏛 Atamalar 📜 Quiz testlar ⚜️ Kerakli ma'lumotlar 🌐 Kunlik viktorina testlar Taklif va murojaatlar uchun @ustoz_diyorbek_otajonov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 304
المشتركون
-8424 ساعات
-487 أيام
+15730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

✅ BMBA bayonoti boʻyicha qayta e’tiroz. 🏢 Baholash agentligining Huquqshunoslik fanlariga oid e’tirozlar bo‘yicha bergan Bayonati juda yuzaki tuyuldi. Va bu bayonotdan keyin «Yuridik ta'lim» loyihasi BMBA dan yana bir necha muhim jihatlarga ham oydinlik kiritishini talab qiladi: Birinchidan, BMBA bayonotida savollar abituriyentlarning qonunni kundalik hayotda qay darajada tatbiq qila olishlarini aniqlashga yo'naltirilganini aytib o'tmoqda. Qonunni aniq tatbiq etish bu yuristlarning vazifasi. Hurmatli BMBA mutaxassislari, sizlarga Yurist tayyorlash yoki yuristlarni atestatsiyadan oʻtkazish topshirilmagan edi. Sizlar hali kecha maktabni tugatgan oʻquvchini Huquqshunoslik fanlaridan boshlang‘ich bilimi qay darajada ekanligini aniqlab bersangiz yetarli. Qonunni moddaga qo'yib, tatbiq etish Oliy oʻquv yurtlarida o'rgatiladi. Ikkinchidan, normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan test tuzilshi barchaga ma’lum edi. Ammo nega testlar koʻproq Huquqshunoslikning asosiy tishunchalaridan emas, balki aynan qonunchilikdagi o'zgarishlardan tuzilgan ?! Xuddiki bu testlar ning maqsadi abituriyentlarning Huquqshunoslik fanlaridan olgan fundamental bilimlarini sinash emas, balki ularni iloji boricha yuqori natijadan uzoqlashtirishdek. Uchinchidan, Agentligning o'zi ham ba'zi qonuniy majburiyatlarni bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘ralganligini tan oldi. Bu oqibatni biz yuristlar Sanksiya deb ataymiz. Va testlarda abituriyentlardan to'gridan-to'g'ri Sanksiya so'ralmoqda. Bu kabi Sanksiyalarni to‘liq yoddan yuristlar ham, pedagoglar ham va shu test tuzuvchilar ham bilmasligiga ishonchimiz komil. Chunki professional yuristlar, Sanksiya bu vaziyatdan va holatdan kelib chiqib belgilanishini yaxshi bilishadi. To'rtinchidan, Bayonotda savollarning DTS boʻyicha tuzilganligi aytilmoqda. DTS ko‘ra savollar abituriyentlarning xotirasini, ularning yodlab qolish qobilaytiga emas, balki abituriyentlarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashini tekshirishga yo‘naltirilgan bo'lishi kerak deyilgan. Ammo bu yilgi savollar mantiqiy fikrlashga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bo'ldi. «Bayroq soat nechada ko'tariladi va tushiriladi», «bayroqning uzunligi» , «madhiya televediyada soat nechada yangrashi kerak ?» , «saylov uchastkalarida madhiya soat nechada qo‘yiladi ?» kabi savollar abituriyentning mantiqiy fikrlashiga yo‘naltirilmaganligi aniq. ✅ Bu biz sanab o'tgan asosiy jihatlar xolos. Bu kabi savollar juda koʻp. Tegishli vazirlik va mutassaddilardan vaziyatga kengroq e'tibor berishni so‘rab qolamiz. © Manba: «Yuridik ta'lim». 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @HUQUQ_DTM
إظهار الكل...
👍 22🔥 9👏 3
Natijalar chiqa boshladi. Oʻz natijangizni shaxsiy kabinetingiz orqali yoki botlar yordamida koʻrishingiz mumkin.
إظهار الكل...
11👍 5🔥 2
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1. my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda. 2. mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: @mandat2021bot @mandat2021_1_bot @mandat2021_2_bot @mandat2021_3_bot @mandat2021_4_bot 4. Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda. 📥@HUQUQ_DTM
إظهار الكل...
👍 5 1
Kimga qanday savollar tushdi?
إظهار الكل...
👍 11
HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINING QAYSI TOIFASIDA QANDAY AVTOTRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH MUMKIN ? Qonunchilikka ko‘ra, haydovchi tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart: ✅ «A» — moped, motosikl va ularga tenglashtirilgan mototransport vositalari; ✅ «B» — ruxsat etilgan to‘liq vazni 3 500 kilogrammdan oshmaydigan yoki haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lmagan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarilgan qo‘l bilan boshqariladigan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan «B» toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lgan lekin «B» toifadagi avtotransport vositasining aslahalangan vaznidan ortiq bo‘lmagan va avtotransport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘liq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan tirkamali «B» toifadagi avtotransport vositalari; ✅ «C» — ruxsat etilgan to‘liq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan «C» toifadagi avtotransport vositalari; ✅ «D» — yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan «D» toifadagi avtotransport vositalari; ✅ «BE» — tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq yoki tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni jihozlangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq bo‘lgan «B» toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘liq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan «B» toifadagi avtotransport vositalari; ✅ «CE» — tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lgan «C» toifadagi avtotransport vositalari; ✅ «DE» — tirkamasining ruxsat etilgan to‘liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lgan «D» toifadagi avtotransport vositalari hamda bo‘g‘imli avtobuslar. 📥@Huquq_dtm
إظهار الكل...
👍 2
Hammaga omad. Biz sizlar uchun duodamiz. Barcha maksimal ball olishiga tilakdoshmiz. Alloh barchamizni yuzimizni yorugʻ qilsin. Shu yil talabalik baxtidan mosuvo qilmasin🤲
إظهار الكل...
❤‍🔥 97 16🫡 11 8👍 6🥰 4🤝 2
إظهار الكل...
HUQUQ LIDERLARI

Huquq fanidan 🏛 Atamalar 📜 Quiz testlar ⚜️ Kerakli ma'lumotlar 🌐 Kunlik viktorina testlar Taklif va murojaatlar uchun: @ustoz_diyorbek_otajonov

👍 3
2024/2025 o‘quv yiliga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi taʼlim bakalavriatiga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilishda jamlovchi ichki ishlar organlari va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tish ballari 👉 @yuridik_uz_com
إظهار الكل...
2024_Кундузги_таълим_бакалавриатига_ўтиш_баллари.pdf1.87 KB
👍 9
Xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat toʻgʻri koʻrsatilgan javobni aniqlang. 🏛️@HUQUQ_DTM🏛️Anonymous voting
  • Mehnat shartnomasi
  • Pensiya daftarchasi
  • Mehnat daftarchasi
  • Ishga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi bayonnoma
0 votes
👍 14🎉 4
Davlat daromadlari to'plash usuliga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?Anonymous voting
  • Mazkazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
  • Majburiy va ixtiyoriy
  • Respublika va mahalliy
  • Soliq to'lovlari va soliqsiz
0 votes
👍 13👏 3 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.