cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Kasbi tumani 24-maktab |Rasmiy kanal

Ushbu kanal maktabimiz o'qituvchilari, o'quvchilari, ota-onalar va ta'lim tizimiga befarq bo'lmagan keng jamoatchilik uchun

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
344
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-77 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

⚡️ Omon boʻling, oʻquvchim! Oʻzingizni avaylang, ogʻrimasin joningiz, Hech bir darsda dard sabab kamaymasin soningiz. Boʻlsangiz bardam, oʻzim boʻlay girgittoningiz, Doim sogʻ-u salomat, omon boʻling, oʻquvchim! Fikr-u hayolingizni gʻubordan qiling holi, Havas-la yashang, xunuk hasadchining ahvoli. Dilingizni pokiza aylang shabnam misoli, Doim xolis yaxshilik tomon boʻling, oʻquvchim! Kulib yuring hamisha, gʻam koʻrmasin yuzingiz, Zuhro yulduzi kabi chaqnab tursin koʻzingiz. Sermaʼno va chiroyli boʻlsin har gap-soʻzingiz, Ham aqlli, ham quvnoq, shodon boʻling, oʻquvchim! Barcha ustozingizni biling ona qatori, Ulugʻ bilib, hurmatin qiling ota qatori. Libos qilay desangiz bilim degan matoni, Muallimlar qoshida giryon boʻling, oʻquvchim! Vaqtingizni ketkazmang behuda yumushlarga, Har yoningiz toʻldiring ilm atalmish zarga. Dunyo koʻrib, sazovor boʻlingiz olqishlarga, Yetaklovchi barchani, sarbon boʻling, oʻquvchim! ✍ Ozoda Habibullayeva @kasbi24maktab
إظهار الكل...
👍 4😁 2🤗 1
03:47
Video unavailableShow in Telegram
#Sõragan_edingiz Ta'til puli qanday hisoblanadi? Pedagoglar o'zlari mustaqil ravishda ta'til pulini hisoblab ko'rishga qiziqadi. Lekin ko'pchilik ta'til pulini hisoblashda xatolikka yo'l qo'yadi. Pedagoglar mehnat ta'tili mavzusiga bag'ishlangan ko'rsatuvimizda mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov ta'til pulini hisoblashni sodda tilda tushuntirib berishga harakat qilgandi. Batafsil videoda. ▶️ To'liq videohttps://youtu.be/oap4hNYUEjA Telegram I Facebook I YouTube
إظهار الكل...
Ta'til puli_encoded.mp411.19 MB
03:38
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Расман: Эртадан қабул бошланади!
Ўқишга қабул қилиш бўйича кириш имтиҳонлари июл-август ойларида ўтказилади. Давлат ОТМлари бакалавриатига қабул жараёни икки босқичда амалга оширилади.
1-босқичда абитуриентлар ҳар йили 5-июндан 25-июнга қадар (25-июн куни ҳам) тест синови топшириш учун my.uzbmb.uz сайтида онлайн рўйхатдан ўтади ҳамда қуйидагиларни танлайди: Фақат тест синовида иштирок этса: ➖фанлар мажмуаси; ➖таълим тили; ➖тест топшириш ҳудуди. ➡️ Алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишларида ўқиш истагини билдирса (ижодий имтиҳон) топширса: ➖таълим тили; ➖тест топшириш ҳудуди; ➖таълим йўналиши; ➖касбий (ижодий) имтиҳонни топшириладиган давлат ОТМ. ✅ 2-босқичда абитуриентлар тест синовлари тўлиқ якунланганидан сўнг 15 кун давомида my.uzbmb.uz сайти орқали қуйидагиларни танлайди: ➖олий таълим муассасаси; ➖бакалавриат таълим йўналиши; ➖таълим шакли; ➖танлов устуворлиги. Абитуриентнинг тест синовида тўплаган баллари имтиҳон ўтказилган куннинг эртасига, унинг талабаликка тавсия этилгани ёки этилмагани бўйича танлов натижаси қабул жараёнининг 2-босқичи тўлиқ якунлангандан кейин бир ҳафта муддатда Агентликнинг расмий веб-сайтида эълон қилинади. #abituriyent  #qabul2024 Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi
إظهار الكل...
6.94 MB
🤷‍♀ 1
⚡️ “Taʼtilingiz hushvaqt oʻtsin ustozlarim” Elim deya zahmat chekib ishladingiz, Halol boʻlib, halol luqma tishladingiz, Ilm berib, ilm izlab bir zum tinmay, Ayting qachon koʻnglingizni hushladingiz, Sizga boʻlsin qalbimdagi dilrozlarim, Taʼtilingiz hushvaqt oʻtsin ustozlarim. Siz aytmaysiz sizni bilgan zotlar aytsin, Sizga hasad qilgan maʼzlum, motlar aytsin, Tunlar bedor koʻz nuringiz berib shundoq, Yozgan yozuv,konspekt-u xatlar aytsin, Tinim bilmas jonuyar-u, hamrozlarim, Taʼtilingiz hushvaqt oʻtsin ustozlarim. Oʻzbekiston Alloh nazar qilgan diyor, Shunday ulugʻ maskanlarni kezing takror, Samarqand-u,  Buxoroni,Xorazmni, Vodiyga ham kelib keting yilda bir bor, Sizga tilay bugun yuksak parvozlarim, Taʼtilingiz hushvaqt oʻtsin ustozlarim. Ikki oy ham oʻtib ketar koʻz yumguncha, Bugun nihol ertaga gul chechak,gʻuncha, Vaqt qadriga yetib yayrang taʼtil payti, Tashvishlarga koʻngil berib qoʻymang buncha, Koʻz ochguncha oʻtib ketar hush yozlarim, Taʼtilingiz hushvaqt oʻtsin ustozlarim. Dunyo shunday tugamaydi hech yumushlar, Halol boshda qoʻnim topar humo qushlar, Yaxshi hordiq mehnat uchun hamdam derlar, Sizni kutar erta yana buyuk ishlar, Sizga bitdim bugun dildan,dil sozlarim, Taʼtilingiz hushvaqt oʻtsin ustozlarim. Xurshid Karim @kasbi24maktab
إظهار الكل...
😁 1
❗️Эндиликда сертификати йўқ чет тили ўқитувчиси ишдан бўшатиладими? Мана 2023/2024 ўқув йили ҳам якунига етди. Келаси ўқув йилидан бошлаб мактабларда яна бир қатор ўзгаришлар бўлиши мумкин. Мазкур ўзгаришлардан бири мактабларидаги чет тили ўқитувчи ўз фани бўйича хорижий ёки миллий сертификат олишидир. Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 майдаги 312-сон қарори 9-банди 5-хатбошисига қарасак, 2024/2025 ўқув йилига қадар умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган *барча хорижий тиллар ўқитувчилари камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши* лозимлиги белгиланган. Демак, келаси ўқув йилига қадар мактабларнинг чет тили ўқитувчилари ўз фанлари бўйича камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификат олишлари талаб этилади. Шунга кўра, агар чет тили ўқитувчилари 2024/2025 ўқув йили бошлангунича чет тили сертификатини олмаса, улар билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин. Бунда иш берувчи улар билан тузилган меҳнат шартномасини Меҳнат кодексининг 161-моддаси иккинчи қисми билан (ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига мувофиқ эмаслиги) бекор қилиши мумкин бўлади. 📩 Юристга савол юбориш ☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш 📚Барча турдаги ҳужжатларга буюртма бериш Каналимизга уланинг                 👇👇 👉 @Yurist_Xizmati‌‌
إظهار الكل...
👎 1
❗️11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun muhim ma’lumot. 2024 yildan abiturientlar qabuli o‘zgaradi. ✅ Joriy yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan   abiturientlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi. Aslida, yangi tartib qanday ishlaydi? Hamma o‘qishga kiradimi yoki faqat bilimlilarmi? ❓ Yangi tizim qanday ishlaydi? 🔹 Hozirgi tizim bo‘yicha abiturientlar dastlab 1 oy muddat davomida OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishadi. Bunda ular 5 ta ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakllarini tanlaydi. Lekin abiturient qancha ball to‘plashini oldindan bilmaydi.
📌 Masalan, bir abiturient o‘zi haqida noto‘g‘ri prognoz qilib, tanlagan yo‘nalishlariga qaraganda kamroq ball to‘plashi, boshqasi esa topshirgan yo‘nalishlariga qaraganda ancha yuqori ball to‘plashi mumkin. Shuning uchun to‘plagan ballari aniq bo‘lgach abiturientlarda "Men tanlagan yo‘nalishlarimni o‘zgartirsam bo‘ladimi?" degan savol ham paydo bo‘lardi. Lekin buning iloji yo‘q edi.
✅ Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. 🔹 Birinchi bosqichda abiturientlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abiturientlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abiturientlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abiturientning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.
📌 Masalan, abiturient imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abiturient balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.
📚 Bilimlilar ko‘proq saralanadi ✅ Avval test, so‘ng yo‘nalish tanlash imkoni bo‘lsa, bilimli abiturientlar ko‘proq tanlab olinadi. Hozirgi holatda 140-150 ball to‘plab o‘qishga kira olmagan abiturientlar bor. Aksincha, 100 balldan ham past to‘plab grantga o‘qishga kirganlar ham ko‘p. ✅ Agar abiturientlar o‘zi to‘plagan ballni yo‘nalish tanlashdan oldin bilsa, u o‘z imkoniyatlarini hisobga olib tanlov qiladi. Va ballarda ham balans paydo bo‘ladi. Ya’ni hamma bilimi yetgan joyga boradi. ❓ 5 ta yo‘nalish tanlash imkoni cheklanmaydimi? ✅ Yo‘q, hozirgi rejaga ko‘ra, 5 ta yo‘nalish tanlash, tanlov ustuvorligini, ta’lim shakllarini tanlash imkoniyatlari saqlangan, olib tashlanmagan. Agar hukumat qarori qabul qilinishida biror o‘zgarish bo‘lmasa, abiturientlarda shu paytgacha bor bo‘lgan imkoniyatlar olib tashlanmaydi. Faqat yangi tizimga muvaffaqiyatli o‘tib olish masalasi ko‘rilyapti. ❓ Abiturientlar nimalarni hisobga olishi kerak? 👆Yuqorida aytilganidek, hujjat topshirish 2 ta bosqichda bo‘ladi va abiturientlar o‘z imkoniyatlarini hisobga olib, to‘plagan ballariga qarab prognoz qila olishlari kerak. Asosiysi, qaysi fanlardan imtihon topshirishlarini bilishlari va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. «Kasbi tumani 24-maktab» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇 @kasbi24maktab
إظهار الكل...
👏 1
Repost from Hilola Umarova
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
إظهار الكل...
Vazirlik 1-Iyun Bolalar Kuni.mp412.64 MB
👍 2👏 1
02:02
Video unavailableShow in Telegram
"QASHQADARYO AXBOROTI" Sport xabari #30may #qashqadaryo_trk
إظهار الكل...
8.mp418.94 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Taʼtil paytida oʻquvchiga kim javobgar hisoblanadi? Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan tasdiqlangan 190-sonli buyruqda bu boʻyicha alohida band mavjud.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyun kungi 190-son bilan tasdiqlangan buyrugʻiga muvofiq, taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.   Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi.   Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.   Maʼlumot uchun, “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart hisoblanadi.
👉 Kasbi tumani 24-maktab
إظهار الكل...
👍 3
Kasbi tumani maktabgacha va maktab ta‘limiga qarashli 24-maktabida bugun 25-may kuni "So‘nggi qo‘ng‘iroq " tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv yili mobaynida tabdbir va fan olimpiadalarida faol qatnashgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar va ularning ota-onalari tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar @kasbi24maktab
إظهار الكل...
👍 11