cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

Qo'lingdan kelgan (yaxshi) narsalar uchun javobgarsan - deb aytaman o'zimga-o'zim.. 🤷‍♂️👨‍💻 Murojaat uchun: @TinglaHayot_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 454
المشتركون
+124 ساعات
-67 أيام
-5230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Shukrullo o'z asaridagi ilk dialogni istehzoli gap bilan boshlaydi. - Odatda, bizda rahbarlarning qaysi yaxshi-yomonligi tirigida emas, aksincha o'lgandan keyin aytiladi. Bu asarga doim ikki xil pozitsiyada bo'lishadi, ya'ni har kim o'zi xohlagan xulosani olaveradi. Bir taraf bu avtobiografik asardan keyin shukrona keltirishga tinimsiz da'vat qiladi va butun vujudi bilan bunga boshqalarni ham undaydi. Axir rostan ham bu voqealar yozilganining o'zi erkinlik, unda bo'lgan azoblar bugungi kunda ham bo'lmaganiga shukrlar aytish - burch. Lekin, yana shunday qatlam(cha) borki, kitobdan tamomila ko'proq xulosalarni oladi, o'rganadi. Doim buning nima ekanligini tushuntira olmayman va bu shunisi bilan ham menga qiziq va bir vaqtning o'zida alamli. Zakiy obunachilarim allaqachon bu asarni nomini eslashdi, hech qanday spoiler'larsiz esa ikkita kanal a'zosi buni topa olishdi. Ularni kitob yutib olganlari bilan tabriklab, qolganlar esa o'zimizni xafa qilmaslik uchun ertaga borib Jum'a hadyasi sifatida ushbu kitobni o'z-o'zimizga sovg'a qilamiz. Yoqimli mutolaa, agar yoqimli deb aytolsak kitob voqealarni.. @Tingla_Hayot
إظهار الكل...
00:50
Video unavailableShow in Telegram
Maktabdan qaytib kelganimda necha bor ko'rgan bo'lsam bir lahza ham tushunmagan ekanman. Hozir angladim.. @Tingla_Hayot
إظهار الكل...
9.27 MB
Xullas o‘zimda bor bo‘lgan, oldin mutolaa qilgan bir kitobni yana bir bor yangiroq muqovada sotib oldim. Muqovasi unchalik muhimmas, boshqatdan o‘qigim keldi. Demak kanalni biroz jonlantirish maqsadida shu kitobni o‘qib bo‘lgunimga qadar kimdir kitob nomini topsa bitta yaxshi kitob mendan hadya.. Tahminlaringizni @TinglaHayot_bot'ga cheksiz ravishda jo‘natishingiz mumkin.
إظهار الكل...
Repost from Муҳрим
01:26
Video unavailableShow in Telegram
“Мутолаа билан инсон саломат қолиши мумкин”, - Хайрулла Ҳамидов. Тўлиқ видео - https://youtu.be/46OwhqC7lUA #архив
إظهار الكل...
mutolaa-1.mp47.15 MB
U keldi... Yana Hayitvoylarimizni masjidga qaytarib - jamoatni ko'rganda ko'z quvonadigan, qalb qandaydir taskin sezadigan bayramimiz keldi. Ayollar xina qo'yadigan, erkaklaridan "hayitlik" oladigan kun eshik qoqib turibdi. Bolalarni muzqaymoq puli bilan shodon qilish onlari bu. Qo'shnichilikning eng avjga chiqib, bir-biriga nisbatan mehrini so'zsiz izhor etadigan soatlar. Biz Islomning naqadar go'zal ekanligini yanayam ko'proq his qiladigan kundir bu! Bugun xafa bo'lmang, sizga yarashmaydi. Hayitlik bering, kerak bo'lsa oling. So'ppayib o'tirsangiz hech kim bermaydi, ko'ngilni keeeng qilib so'rang. Jo'juqlar bo'lsa o'zingiz bering. Yana ularnikini ko'p qilib beraman deb chuv tushirib yurmang. Esingizdan chiqmasin, yana bir necha duo qiling. Shunday duo qilingki hozir bu hisni tuymayotgan kimki bo'lsa mana shu baxtni his qilishga yetkazsin Xudo. Aytingki, Hayitvoy va Jumavoylarimizga ham shu jamoat ruhi ta'sir qilib, qalblari yumshab ketsin. Yana shunday duo qilingki, ko'nglida shu bayram istagi bor lekin bayram qila olmayotgan, bolalari kulmayotgan Falastin uchun ham so'rang. So'rangki ular ham sizdek quvnash haqida rejalar qilishsin, yangi kiyimlarini kiyib ko'chalari bo'ylab hayitlik yig'ishsin, qurbonliklar qilishsin.. @Tingla_Hayot
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Муаллима ўқувчиларига "жавобинг нотўғри", дейишдан сақланар эди. Хато жавоб берган ўқувчига: "Тўғри жавобга яқинлашдинг", дер эди. Бир куни ҳатто хато жавоб берган ўқувчисига: "Сен бошқа саволга тўғри жавоб бердинг, бу саволга эмас", деган эди. Унинг қалби, бошқа қалбларни парчалашга йўл топа олмас эди!
إظهار الكل...
09:13
Video unavailableShow in Telegram
Xonobodga ketayotgan pulni qaysidir foizi shu odamni jamoasiga berilsa bitta yaxshi kino ishlab berisholsa kerak. @Tingla_Hayot
إظهار الكل...
CHO’LPON. Professor o’tmishda5-qism.mp496.88 MB
27-may, ota o’z bolasining boshsiz tanasini ko’tarib yurib alanga ichida atrofdan najot izlayapti. Ko’zlari bir nuqtaga tikilib qolgan shifoxonadagi yana bir ota bolasining jonsiz tanasi oldida boshiga urgancha bu holatni hazm qila olmayapti. Yana biri tuproqlar ostidan farzandining murdasini umid bilan izlayapti, so’ngi bor ko’rish uchun, uni manziliga bu ahvolda kuzatmaslik uchun. Yonayotgan chodirlar oldida ayollar huquqi toptalayotgani haqida jar solmayapti, yaqinini bu qadar og’ir yo’qotishning nechog’lik og’ir ekanini tanasida his qilib chinqirayapti. Chekkaroqda butun vujudi bilan faryod solib yig’layotgan erkaklar – ular nazdida odamlar orasida yig’lash or edi. Biroz o’tib ijtimoiy tarmoqlarda olti bolasining yonib kul bo’lgan kulini tuproq aralash quchoqlab yig’layotgan otaning alamli bitiklari.. Siz odam tanasining bo’laklarga bo’linib ketganini hech yo’q videoda ko’rganmisiz? Hali balog’atga yetmagan bir bola o’zining onasining tana bo’laklarini qo’lida terib yuribdi. Har doimgidek bu vaqtda minbarlardan terror, qotillik so’zi yangramayapti. Shu minbar sobiq egalari mana shu qonlar oqishiga sabab bo’luvchi bombalarga “Finish him” deb yozishyapti – bundan g’urur va faxr tuyg’usini his qilishyapti. Qator-qator sanksiyalarni qalashtirish yo’q, aksincha, buni qoralaganlarga nisbatan sanksiyalar qo’llashyapti. Buning chirkin ishligini bila turib hali ham davom ettirishyapti. Avval Qur’onni yoqib buning foydasiz ekanligini bilishgach – endi musulmonlarni yoqishyapti. Tiriklayin.. @Tingla_Hayot
إظهار الكل...
Sen shomni yaratding, Men shamni yaratdim. Sen xokni yaratding, Men jomni yaratdim. Biyobonlar, taqir cho‘llar, tog‘lar yaratding, Xiyobonlar, ravon yo‘llar, bog‘lar yaratdim.
إظهار الكل...
Ghazal Shakeri - Shab Afaridi.mp38.26 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.