“ACADEMY OF PSYCHOLOGY”
الذهاب إلى القناة على Telegram
Psixolog Gulchiroy Rahmonovaning "Academy of Psychology" psixologik xizmat ko'rsatish markazi telegram kanali Baxtli oilani birgalikda yaratamiz. Ota-onalar va farzandlar psixologik markazi. Manzil: Guliston shahar markazi Aloqa uchun: +99899-807-46-45
إظهار المزيد512
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-67 أيام
-1830 أيام
أرشيف المشاركات
📖 Kun hikmati kundaligi
💁♀ Har bir inson u qanchalar kuchli bo'lishidan qat'iy nazar tushkunlik holatiga tushib qolishi mumkin. Afsuski, bu holat hammamiz uchun ayanchli. Sababi, aynan shu holat tufayli ko'plab kasalliklar vujudga kelmoqda.
Tushkunlikka tushishni asosiy sababi bu o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotish demakdir. Chunki o'ziga qattiq ishongan inson har qanday nohushlikni ham osongina unutishi, kechirishi yoki oddiy qabul qilishi mumkin.
👉 Afsuski, o'ziga uncha ishonmaydigan insonlar bunday holatlarda o'zini yo'qotib qo'yib, asabiylashib, aynan stress holatiga tushib qoladi. Bu holat nafaqat insonning o'ziga, balki atrofdagi insonlarga ham salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun ham, eng avvalo, o'zingizga ishoning❓
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
" INTIZOM VA CHEGARALAR " – FARZAND TARBIYASIDA ASOSIY USTUNLARDAN BO'LIB, BOLAGA O'ZINI TUTISH ME'YORLARINI MAS'ULIYATNI TO'G'RI VA NOTO'G'RINI AJRATISHNI O'RGATADI.
ULAR BOLALARNING 🧒 RUHIY BARQARORLIGI, O'ZINI NAZORAT QILISH VA JAMIYATGA MOSLASHISHI UCHUN JUDA MUHIM
1. INTIZOM NIMA❓
Intizom – bu bolani jazolash emas, balki unga tartibli yashash, o‘zini boshqarish va oqibatlarni tushunishni o‘rgatishdir.
MISOL:
“Uyga 🏠 vaqtida qaytish kerak, chunki bu xavfsizlik uchun muhim” – bu intizom.
“Uyga kech qaytding, seni jazolayman” – bu faqat qo‘rquv uyg‘otadi ❌
2. CHEGARALAR NIMA❓
Chegaralar – bu bolaga 🧒 erkinlik va mas’uliyat o‘rtasidagi muvozanatni o‘rgatadigan aniq qoidalar.
MISOL:
“Uy vazifasini tugatmaguncha telefon o‘ynash mumkin emas ❌ ” – bu chegaradir.
3. NEGA INTIZOM VA CHEGARALAR MUHIM❓
Bola mas’uliyatli va tartibli bo‘lib ulg‘ayadi ✅
Hayotda qat’iylik va halollikni qadrlaydi ✅
O‘zini va boshqalarni hurmat qilishni o‘rganadi ✅
Mustaqil qaror qabul qilishga tayyorlanadi ✅
4. INTIZOM VA CHEGARALARNI QANDAY O'RGANISH KERAK❓
a) Qoidalar aniq va sodda bo‘lsin
Har kuni barqaror amal qilinadigan, tushunarli qoidalar yarating.
Misol: “Ovqatdan oldin qo‘l yuvamiz”, “Televizor faqat soat 8 gacha tomosha qilinadi”.
b) Oqibatlarini tushuntiring
Bola qoidaga rioya qilmasa, oqibatini oldindan ayting.
MISOL: “Agar o‘yinchoqlarni yig‘ishtirmasang, ertaga boshqa o‘yinchoq bermaymiz ❌ " .
c) Tarbiyada doimiylik bo‘lsin
Bugun ruxsat berib, ertaga taqiqlash – bolani chalkashtiradi.
Ota va ona bir xil yondashuvda bo‘lishi shart ‼️
d) Ijobiy xulqni rag‘batlantiring
Faqat xatoni ko‘rsatmang, balki yaxshi ishlarini maqtang.
MISOL: “Bugun o‘zing vaqtida yotganing uchun rahmat, sen juda aqlli bolasiz .” ✅
e) Yoshga mos talablar qo‘ying
Har bir yoshdagi bola 🧒 uchun chegaralar va intizom usullari farqlanadi.
5. YOSHGA QARAB YONDOSHUV:
Yosh Intizom va chegaralar qanday bo‘lishi kerak❓
✔️ 2-5 yosh Oddiy va takroriy qoidalar. Rag‘bat va sabr muhim. O‘yin orqali o‘rgating.
✔️ 6-10 yosh Mas’uliyatli kichik vazifalar (kitob o‘qish, yig‘ishtirish). Qoidalar sababi bilan tushuntiriladi.
✔️ 11-15 yosh (o‘smir) Qaror qabul qilishga imkon berish, ammo oqibatlari uchun mas’uliyatni o‘rgatish. Hurmat asosida muloqot qilish muhim.
6. NIMA QILMASLIK KERAK❓
✔️ Doimiy baqirish 🗣 yoki urish – bola sizdan emas ❌ , muammolardan qochadi.
✔️ O‘ta qat’iy nazorat – bola ishonchni yo‘qotadi.
✔️ Haddan ortiq erkinlik – o‘zini o‘zi boshqara olmay qoladi.
DAVOMI QIZIQMI❓
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
🍯 HAYOTINGIZ DOIMO SHIRIN BO'LSIN❗️ KECHA HARAKAT VA NIYYAT QILGANINGIZ UCHUN SIZ BUGUN LOYIQSIZ.
🌞 Shanba tongi muborak bo‘lsin❗️
Yangi kun sizga quvonch, baraka va baxt olib kelsin. Har bir boshlanayotgan daqiqa qalbingizni iliqlik bilan to‘ldirsin.
Bugun dam oling, yaqinlaringiz bilan quvonchli lahzalarni baham ko‘ring va orzularingiz sari bir qadam yaqinlashing❗️🌷
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
📖 Kun hikmati kundaligi
💁♀ Inson batamom omadli va baxtli bo'lishi uchun u nafaqat o'zi balki yaqinlari, oilasi va do'stlarini o'zgartirishga harakat qilishi lozim. Chunki inson muvaffaqiyatga erishish yo'lida ko'pgina qiyinchiliklarga duch keladi. Bu to'siqlarni yengishda insonga, albatta, uning yaqinlari yordam berishi lozim.
Mana masalan, o'zingizni ijobiy tomonga o'zgartirib, katta bir biznes boshladingiz. Hammamizga ayonki, biznesda hammasi ham birdaniga o'xshayvermaydimi? Bir kun g'alaba, keyin esa afsuski, mag'lubiyat keladi.
👉 Siz ijobiy fikrlashga o'rganganingiz uchun bu holatga oddiy qarasangiz-u, ammo atrofingizdagi insonlar sizga achinish hissi bilan qarashsa. Aminmanki, sizning ijobiy fikrlashingiz bora-bora salbiy tarafga o'zgara boshlaydi. Shuning uchun ham siz nafaqat o'zingizni, balki, yaqinlaringizni ham imkon qadar ijobiy tarafga o'zgartirishga xarakat qiling.
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
" AXLOQIY TARBIYA " — FARZANDGA 🧒 YAXSHI BILAN YOMONNI FARQLASHNI, TO'G'RI VA NOTO'G'RINI AJRATA OLISHNI, ODOBLI, HALOL, HURMATLI INSON BO'LIB ULG'AYISHNI O'RGATISHDIR.
BU TARBIYA BOLANING 🧒 BUTUN UMRIGA TA'SIR QILADIGAN ASOSIY USTUNLARDANDIR.
Quyida axloqiy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari va amaliy usullari keltirilgan👇
1. YAXSHI XULQ - ATVORNI O'RGANISH
Salomlashish, rahmat aytish, kechirim so‘rash kabi kundalik odoblar bolaning 🧒 fe’l-atvorini shakllantiradi. Bularni dars sifatida emas, hayot tarzida o‘rgating — o‘zingiz ham shu odobga amal qiling ✅
2. HALOLLIK VA ROSTGO'YLIK
Bola 🧒 yolg‘on gapirsa, uni qattiq jazolash emas ❌ nima uchun bunday qilgani haqida suhbatlashing. O‘zi aytgan haqiqatlari uchun maqtov bersangiz, u rostgo‘y bo‘lishga undaladi ✅
3. HURMAT VA MEHR - OQIBAT
Katta-kichikka hurmat, do‘stlarga sadoqat, yordamga shaylik – bular axloqiy tarbiyaning yuragi hisoblanadi. Ota-onani, ustozlarni, qarindoshlarni e’zozlashni o‘z namunangiz orqali o‘rgating ✅
4. ADOLAT VA JAVOBGARLIK
“Har bir harakatning natijasi bor” degan tushunchani yoshligidan berish kerak. Bolaga kichik vazifalar topshirib, ularni bajarishga undang – bu javobgarlik hissini kuchaytiradi ✅
5. XATONI TAN OLISH VA KECHIRIM SO'RASH
Xato qilish – tabiiy, lekin undan saboq olish muhim. Farzandingizni xatosini tan olishga o‘rgating
Kechirim so‘rashni odat qilgan bola 🧒 mehrli, kamtar va murosali bo‘lib ulg‘ayadi ✅
6. YORDAM VA SAXIYLIK
Kam ta’minlanganlarga, ehtiyojmandlarga yordam berish, atrofdagilarga mehr ko‘rsatish odatini shakllantiring
Bu bolada 🧒 rahm-shafqat va saxiylikni rivojlantiradi ✅
7. DINIY VA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYA
Dinimizda va milliy urf-odatlarimizda axloqiy tarbiyaning chuqur ildizlari bor (masalan: yolg‘on gapirmaslik, birovni kamsitmaslik, ota-onani hurmat qilish) Yoshga mos ravishda hadis, ibratli voqealar bilan tushuntiring ✅
AXLOQIY TARBIYANING USULLARI:
USUL TAVSIF
Shaxsiy namuna Ota-ona qanday yashasa, bola 🧒 shuni o‘rganadi.
Suhbat va hikoyalar Qissalar, voqealar orqali axloqiy tushunchalarni yoritish.
Maqtov va rag‘bat Yaxshi xatti-harakatni ko‘rib, e’tirof etish.
Murosasiz, lekin muloyim izoh Yomon ishda keskin bo‘ling, lekin hurmatni saqlang. Amaliy mashg‘ulotlar Keksalarga yordam berish, saxovat aksiyalari – axloqni amalda mustahkamlaydi.
DAVOM ETAYLIKMI❓
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
FARZAND TARBIYASIDA QIYNALADIGAN OTA ONALAR UCHUN TARBIYA ASLI NIMA EKANLIGI VA BUNI QANDAY O'RGATILISHI AYTILGAN QISQA VIDEO ROLIK KO'RING XULOSA SIZDAN❗️
Post sizga foydali bo'ldimi❓
O'z reaksiyalaring bilan bildirib ketinglar
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
🕊️ SHU QADAR YAQINKI...
ORZULARINGIZDAN VOZ KECHMANG, HAMMASIGA JUDA OZ QOLDI❗️❗️❗️
☀️ASSALOMU ALAYKUM VA RAHMATULLOHU VA BARAKATUH❗️BUGUNGI MUBORAK KUN BARCHAMIZ UCHUN FAZILAT, RAXMAT VA MAG'FIRAT MANBAI BO'LSIN.
YARATGAN QALBINGIZGA SUKUNAT, YURAGINGIZGA IYMON, HAYOTINGIZGA BARAKA ATO ETSIN. DUOLARINGIZ IJOBAT, HAR BIR QILGAN SAVOBINGIZ QABUL BO'LSIN. ALLOH HAR DOIM SIZNI O'Z PANOHIDA ASRASIN. JUMA MUBORAK❗️ 🤲✨
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
📖 Kun hikmati kundaligi
💁♀ Inson uchun eng zarur va kerakli bo'lgan " BAXT" o'zi nima❓Barchamiz baxtli har xil tushunasiz va tasavvur qilamiz. Kimlardur uchun baxt bu boylik, kimdir uchundir salomatlik, omad, mexnatsevarlik va hokazo.
Ammo haqiqatdan ham barchaga zarur bo'lgan baxt o'zi nima❓Uni qayerdan yopish mumkin❓Bu savollar barchamizni birdek qiziqtirsa kerak. Baxt bu insonning o'z orzusiga va istaklariga yetishishi, nazarimda.
👉 Chunki biz istaganimizni qo'lga kiritganimizda o'zimizni baxtli his qilamiz. Balki shuning uchun ham baxt hamma uchun har xil tushunchasi anglatsa kerak. Bugun siz ham o'z baxtingiz sari yana bir yangi qadam tashlamoqdasiz. Siz albatta baxtli bo'lasiz❗️❗️❗️
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
FARZAND TARBIYASIDA " IJOBIY NAMUNA " JUDA MUHIM OMILLARDAN BIRIDIR. BOLA KO'P HOLLARDA KATTALARNING , AYNIQSA, OTA - ONASINING XATTI - HARAKATLARINI, GAP - SO'ZLARINI VA HAYOTIY QARORLARINI KUZATIB, ULARDAN O'RNAK OLADI.
SHU SABABLI OTA - ONA YOKI TARBIYACHINING O'ZI BOLAGA QANDAY NAMUNA BO'LISHI TARBIYADA HAL QILUVCHU ROL O'YNAYDI.
Quyida ijobiy namunaga oid asosiy jihatlar keltirilgan👇
1. SO'Z VA AMAL BIRLIGI
Ota-ona yoki katta odam nima deyayotgan bo‘lsa, o‘zi ham shunga amal qilishi kerak. Masalan, bolaga 🧒 halol bo‘lishni o‘rgatib, o‘zi yolg‘on gapirsa, bola chalg‘iydi va bunday tarbiya samara bermaydi.
2. HURMAT VA MEHR KO'RSATISH
Ota-ona bir-biriga va atrofdagilarga hurmat bilan muomala qilsa, bola 🧒 ham boshqalarga hurmat bilan qarashni o‘rganadi. Mehribonlik, sabr-toqat ko‘rsatish esa bolaning ruhiy sog‘ligiga ijobiy ta’sir qiladi.
3. MAS'ULIYATLI BO'LISH
Farzand 🧒 o‘z ota-onasining mas’uliyatli harakatlarini kuzatib, o‘zida ham shu xislatni shakllantiradi. Masalan, va’daga sodiqlik, vaqtni qadrlash, ishga jiddiy yondashish kabi xislatlar.
4. KITOB O'QISH 📖 VA O'RGANISHGA RAG'BAT
Agar bola 🧒 ota-onasini kitob 📖 o‘qiyotganini, yangi narsalarni o‘rganishga intilayotganini ko‘rsa, bu unda ham bilimga ishtiyoq uyg‘otadi.
5. SOG'LOM TURMUSH TARZINI KO'RSATISH
Sog‘lom ovqatlanish 🍎 sport bilan shug‘ullanish ⛹ zararli odatlardan yiroq yurish – bularning barchasi farzandga sog‘lom hayot namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
XULOSA:
FARZANDGA 🧒 TARBIYA BERISHDA NASIHAT QILISHDAN KO'RA, O'ZINGIZNING HAYOTINGIZ ORQALI O'RNAK BO'LISH SAMARALIROQDIR. BOLA ESHITGANDANola 👂 KO'RA, KO'RGANINIko‘ra 👁 TEZROQ VA CHUQURROQ QABUL QILADI.
REAKSIYALAR ORQALI QO'LLAB QUVVATLAB TURSALARING QOLGANLARINI HAM JOYLAB BORAMIZ 😊
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
HAYOT - BU FAQAT OLDINGA YURISH EMAS, BALKI BA'ZAN TO'XTAB O'YLAB OLISH HAMDIR.
KO'PCHILIK DOIM NIMADIR: BAXT, MUVAFFAQIYAT, HOTIRJAMLIK. LEKIN KENG MUHIM NARSA - O'ZINGIZNI ANGLASH.
☀️ XAYRLI TONG, PAYSHANBA KUNI MUBORAK BO'LSIN❗️ BUGUNGI KUNINGIZ FAYZU BARAKA, YURAGINGIZ ESA QUVONCHGA TO'LA BO'LSIN. HAR BIR QADAMINGIZ OMADLI, NIYATLARINGIZ ESA IJOBAT BO'LISHINI TILAYMAN.
YUZINGIZDAN TABASSUM, QALBINGIZDAN ESA UMID ARIMASIN. YAXSHI KUNLAR SIZ BILAN BO'LSIN❗️
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
📖 Kun hikmati kundaligi
💁♀ Odamlar haqiqatni o'zlari bilan olib turganiga, u qalb tubida yashirin ekaniga ishonmaydi. Hatto ba'zilar uni nima uchun kerakligini bilmaydi ham. Hayot oqimida suzib, to'lqin oqizgan yerga ketaveradiganlar va shu tariqa hayotning ixtiyorsiz o'yinchog'i bo'ladi.
Umrining oxirgi yillarida bechora, yolg'iz, kambag'al, baxtsiz kimsaga aylanadilar. Shunda ham bularning barchasiga o'zlari aybdor ekanligini bilmaydilar.
Inson istagan ishini bajarishga yoki orzusini amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi yana bir sabab - bu o'ziga bo'lgan ishonchsizligidir. Biz har birimiz o'zimizga, kuch - qudratimizga, bor bilimimizga va tafakkurimizga qattiq ishonishimiz kerak.
👉 O'shandagina biz orzularimizga erisha olamiz. Bu nimaga kerak deysizmi❓Buning sababi oddiy, inson o'ziga qancha ishonsa uning bioaurasi shubcha yorqin tusga kira boshlaydi, bu esa atrofingizda omad paydo bo'lishiga yordam beradi
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
INSON O'Z - O'ZINI TAHLIL QILISH UCHUN CHUQUR PSIXOLOGIK SAVOLLARGA JAVOB TOPISHI KERAK.
BU SAVOLLAR SIZGA ICHKI DUNYOYINGIZ, HISSIYOTLARINGIZNI VA HAYOTIY YO'NALISHINGIZNI YAXSHIROQ TUSHUNISHGA YORDAM BERADI.
SAXSIY O'ZLIK VA QADRIYATLAR
1. Men o‘zimni qanday inson deb bilaman❓
2. Men uchun hayotda eng muhim 3 ta qadriyat nima❓
3. Meni boshqalardan ajratib turadigan jihatlarim qanday❓
4. Odamlar men haqimda qanday fikrda bo‘lishini xohlayman❓
HISSIY HOLAT VA MUOMALA
5. Men eng ko‘p qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechiraman❓
6. Men stressga qanday munosabatda bo‘laman❓
7. Qachon oxirgi marta chindan baxtli edim❓ Nega❓
8. Kim bilan gaplashganimda o‘zimni chinakam erkin his qilaman❓
MA'NAVIY HAYOT VA MAQSAD
9. Hayotimda qanday maqsadim bor❓ U meni ilhomlantiradimi❓
10. Men qilayotgan ishlarim menga ma’naviy qoniqish bag‘ishlayaptimi❓
11. O‘zimni baxtli hayot sari yetaklayapmanmi yoki shunchaki kun o‘tkazyapmanmi❓
O‘TMISH VA SABOQLAR
12. O‘tmishdagi eng katta xatoyim nima edi❓ Nima o‘rgandim❓
13. Qachon oxirgi marta kechirim so‘radim? Qanday his qilgan edim❓
14. Menga eng ko‘p ta’sir qilgan voqea qaysi edi❓
KELAJAK HAQIDA
15. 5 yil ichida o‘zimni qayerda ko‘rmoqchiman❓
16. Mening orzularim va rejalarim bir-biriga mos keladimi❓
17. Bugun qilayotgan ishlarim meni kelajakka yaqinlashtiryaptimi❓
O‘ZINI ANGLASH
18. Men nimani chin dildan yaxshi ko‘raman❓
19. Men boshqalarga qanday ta’sir qilaman deb o‘ylayman❓
20. Meni nima ilhomlantiradi va kuch bag'ishlaydi❓
BU TEXNIKANI ALBATTA SINAB KO'RING, JUDA FOYDALI
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
SEVGINING YAGONA TA'RIFI YO'Q
Murojaat uchun:@baxora1723
Bizning kanal:@academypsycho
