cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 toshvxtb.uz ✉️ [email protected] 👨‍💻 Мурожаат учун: @Boshqarmaga_murojaat_Bot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 831
المشتركون
-1224 ساعات
-1447 أيام
-2 39630 أيام
أرشيف المشاركات
#YANGI_LOYIHA #HAMKORLIK ➡️Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish, pedagoglarning salohiyatini oshirish va ularning bilimlarini rivojlantirish uchun 2024-2025-yillarda fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ularni Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. ➡️Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 2-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 139-sonli buyrug‘iga muvofiq Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan ikki yilga mo‘ljallangan umumiy o‘rta ta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining uzluksiz bilimlarini oshirish loyihasi bunga misoldir. ➡️Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining uzluksiz bilimlarini oshirish loyihasi doirasida joriy yilning 10-14-iyun kunlari Fransiyaning tajribali mutaxassislari tomonidan Toshkent va Samarqand fransuz alyanslari nodavlat ta’lim tashkilotlarida 30 soatlik malaka oshirish kurslari, loyihani amalga oshirish bo‘yicha 15-iyun kuni Yangi O‘zbekistonmuniversitetida forum tashkil etilgan edi.. 🔴Bugun Yangi O‘zbekiston universitetida loyihaning rasmiy ochilish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va yurtimizda ustozlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mazkur loyihaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. ⚡️Ma'lumot o‘rnida: ertaga, 23-iyun kuni bir guruh fransuz tili ustozlari Fransiyaga jo‘nab ketishadi. 7-iyul kuni ikkinchi guruh o‘qituvchilar stajirovkaga yuboriladi. 💥E’tiborlisi, mazkur ustozlar orasida viloyatimiz pedagoglari ham ishtirok etmoqda. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 3
#Xalqaro_hamkorlik #Fransiya ✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha doirasida joriy yilda 120 nafar fransuz tili ustozlari Fransiyaga stajirovkaga yuborilmoqda. ➖ Bugun ushbu loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi. ❕Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va yurtimizda ustozlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mazkur loyihaning ahamiyati haqida so’z yuritdi. Shundan so’ng Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Aureliya Bushez so’zga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga to’xtaldi. Tadbirda, shuningdek loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan ustozlar ham o’z fikr-mulohazalari bilan bo’lishishdi. ✔️ Ma’lumot o’rnida: ertaga, 23-iyun kuni bir guruh fransuz tili ustozlari Fransiyaga jo’nab ketishadi. 7-iyul kuni ikkinchi guruh o’qituvchilar stajirovkaga yuboriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
👍 1
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Hurmatli ota-onalar! 📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan. 💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi. 💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. 🌐 mymaktab_uz
إظهار الكل...
2024-06-21 18.48.40.mp44.49 MB
00:56
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Уважаемые родители! 📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы. 💭Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив очередь посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время. 💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04. 🌐 mymaktab_uz
إظهار الكل...
Mymaktab Navbat 2024 Rus 01.mp44.28 MB
02:18
Video unavailableShow in Telegram
💎E’TIROF 🔰#Bitiruvchi_2024 📍Yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi ✨Joriy yilning 20-iyun kuni Bo‘stonliq tumani hokimligi binosida umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan, namunali hulqi va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ☄️Tantanali marosimda tuman hokimi Jo‘rabek Axmedov, tuman prokurori Iqboljon Qambarov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i Norpo‘lat Qurbonovlar ishtirok etib, erishilgan natijalar bilan o‘quvchilarni samimiy tabriklab, ularga oltin va kumush medallarni topshirdilar. ☄️Shuningdek, marosimda qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi. ☄️
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida tumandagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini 1588 nafar bitiruvchi tamomlab, ulardan 65 nafar o‘quvchi oltin va 11 nafar o‘quvchi kumush medallar sohibi bo‘ldi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
xalq talimi medal.mp440.69 MB
#Xushxabar "Vatan tayanchi" otryad aʼzolari 8 davlat 42 jamoat orasidan faxrli 2-o‘rinni egalladi Avval xabar berganimizdek, ikki yildan buyon xalqaro davlatlarning yoshlar tashkilotlari o‘rtasida "Aybin" harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi harbiy musobaqalar Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan edi. Bu yil ham O‘zbekiston terma jamoamizning "Vatan tayanchi" otryad aʼzolari 8 davlat 42 jamoat orasidan faxrli 2-o‘rinni egalladilar. Barcha jamoat aʼzolari hamda Respublikamizning barcha "Vatan tayanchi" otryad rahbari va aʼzolarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz. 📷Jarayon fotolavhalarda.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
إظهار الكل...
video_2024-06-22_11-37-28.mp41.51 MB
💎E’TIROF 🌟YUQORI NATIJALARGA ERISHGAN O‘QUVCHILARGA OLTIN VA KUMUSH MЕDALLAR TOPSHIRILDI 📍Chinoz tumaniKuni kecha Chinoz tumanidagi markaziy maydonda tumandagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan, namunali hulqi va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 44 nafar bitiruvchilarga oltin va 6 nafariga kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. ✨Tantanali marosimda Chinoz tumani hokimi Sh.Salixov ishtirok etib, erishilgan natijalar bilan o‘quvchilarni samimiy tabriklab, ularga oltin va kumush medallarni topshirdi. ✨Shuningdek, marosimda qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar, umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga faxriy yorliqlar berildi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
#kun_tarixi 2️⃣2️⃣ IYUN SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR 👑 1377 yil— Richard II Edvard III dan keyin Angliya qiroli bo‘lgan; 📌1633 yil— avliyo Minerva monastirida Galileo Galiley tiz cho‘kib, o‘zining dunyoning geliotsentrik tizimi haqidagi doktrinasidan voz kechgan. Aynan o‘sha yerda Jordano Brunoga o‘lim jazosi eshittirilgan edi;. ⚔️ 1671 yil —Turkiya Hamdo‘stlikka qarshi urush e’lon qilgan; 🔭 1675 yil— Angliya qiroli Charlz II Grinvich rasadxonasiga asos solgan; 📜1815 yil — Napoleon Bonapart Vaterloodagi mag‘lubiyatdan ko‘p o‘tmay taxtdan voz kechgan; 📌 1876 yil— Ispaniya konstitutsiyasi qabul qilingan; 👵 1889 yil — Germaniya Yevropada birinchi bo‘lib keksa yoshdagi fuqarolar uchun nafaqa berish tizimini joriy qilgan; ⚔️ 1915 yil — Avstriya va Germaniyaning ittifoqdosh kuchlari Lvovni egallab olishgan; 📜 1919 yil— Antantadan kelgan ultimatum munosabati bilan Germaniyaning Veymar ta’sis yig‘ilishi nemislar uchun qullik sifatida qabul qilingan tinchlik shartnomasini imzolashga rozi bo‘lib ovoz bergan; 📜 1940 yil —Kompiyegne shahrida Fransiyaning Germaniyaga taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekilgan (1918 yilda Germaniya taslim bo‘lgan vagonda); ⚔️ 1941 yil —fashistlar Germaniyasi Sovet Ittifoqiga hujum qilgan; ⚔️ 1944 yil —Sovet qo‘shinlarining Belorussiyadagi operatsiyasi boshlangan; 💰1948 yil —SSSR Sharqiy Germaniyada pul islohotini o‘tkazgan; 📌1960 yil —SSSR va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarda rasmiy tanaffus yuz berdi. Buning sababi milliy kommunistik partiyalar rahbarlari o‘rtasida haqorat almashinuvi edi. Xrushchev Mao Szedunni stalinist deb atadi, Szedun esa bosh kotibni revizionist deb atagan; 🇺🇳 1973 yil — GDR va GFR BMTga qabul qilingan; ⚽️ 1986 yil —argentinalik futbolchi Diyego Maradona Meksikadagi FIFA Jahon chempionatida Angliya darvozasiga "asr goli" deb atalgan golni urgan; 🤝1994 yil - Bryusselda Tinchlik uchun Hamkorlik dasturi doirasida Rossiya va NATO o‘rtasidagi hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi Protokol imzolangan; 📌2002 yil — G‘arbiy Eronda Rixter shkalasi bo‘yicha 6,5 balli zilzila 260 dan ortiq odamni hayotdan olib ketgan; 🔫 2009 yil — Ingushetiya Prezidenti Yunusbek Yevkurovning hayotiga suiqasd qilingan va u jarohat olgan. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_HIKMATI ❗️shunchaki muhim...
Imon bilan yashaguvchi, nohaqlikka chidolmovchi, xo‘rlik — zolimlikdan nafratlanuvchi, chin inson bo‘lib yashaguvchi zot — asl ziyolidir! ✍️ Tog‘ay Murod
Kuningiz xayrli bo‘lsin! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#IBRAT_SOATI «Tutingan» o‘g‘il Amal kursisida o‘tirganingda kim eng ko‘p tovoningni yalasa, kursidan tushganingda o‘sha birinchi bo‘lib sendan yuz o‘giradi, deganlari qanchalik to‘g‘ri ekaniga o‘zim ishonch hosil qildim. Bir qadrdonim bor edi. Kunora qo‘ng‘iroq qilib, haftada kelib turar, shifoxonaga tushib qolsam, «ovora bo‘lmang», deyishimga qaramay hammadan avval yetib borar, ta’til paytida O‘zbekistonning qaysi burchagiga dam olmay, topib borar, «bir cho‘qimgina» osh qilmasa, ko‘ngli joyiga tushmas edi… Bunisi ham mayli, ikki gapning birida «men sizni otam deganman, siz mening otamsiz», deb, Xudoni o‘rtaga solib qasam ichardi… Mansabim jinday o‘zgargan edi, «bolam»ni yo‘qotib qo‘ydim. Surishtirsam boshqa ota izlab yurgan ekan… © O‘tkir Hoshimov 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_TAVSIYASI ➖ Hayotida muvaffaqiyat qozongan odamni ko‘rmadim. Agar ko‘rgan bo‘lsam, ota-onasiga yaxshilik qilish nasib qilgan odam bo‘ladi. ➖ G‘am-anduhsiz odam yo‘q. Lekin «Bu shunchaki dunyo» deb tabassum qiladigan odam topiladi. ➖ Siqilgan paytingizda yig‘lamang, balki sajdaga yiqiling. ➖ Eng yaxshi do‘st dunyo senga kulib boqqanda hasad qilmaydi, dunyo sendan yuz o‘girsa, seni tashlab ketmaydi ➖ Viqor va haybatli bo‘lishning sababi kamgaplikdir. Jamol va chiroyning sababi tabassumning ko‘pidir. Haybatli, viqorli bo‘l! ➖ Inson ta’lim olgan narsalarning eng cho‘qqisi, har bir fikrni eshitib, uni hurmat qilishidir. Undan qanoatlanishi shart emas. ➖ Solihlardan biri: «Farzandingga Qur’onni o‘rgat. Qur’on unga barcha narsani o‘rgatadi», dedi. ➖ Kim onasiga yaxshilik qilishdan mahrum bo‘lsa, barcha yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi! 💠Tafakkur qiling! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_MUTOLAASI Bu yil issiq keldi yoz, Quyosh yomon yondirdi. Rostin aytsam, hammani, Jazirama toldirdi. Kunning qoq tikkasida, Qush ham ko‘kka uchmadi. Termometr ustuni, Qirqdan pastga tushmadi. Quyoshdan qochay desak, Qir yo‘q, tog‘ yo‘q, qoya yo‘q. Hatto saraton chog‘i, Soyada ham soya yo‘q. Osmon misoli tandir, Yer guyo olov - qafas. Hatto kechalari ham, Olib bo‘lmaydi nafas. O‘tirib bo‘lmayapti, Bazmlarda, to‘ylarda. Kondensioner bor, ammo, Svet yo‘qdir uylarda. Tog‘lar torayib, guyo, Cho‘l, sahrolar kenglashdi. Dachalarning narxi ham, Osmonlarga tenglashdi. Bu issiq kimga malol, Kimgadir soz bo‘lyapti. Yetmishga kirgan otam, Ko‘rmagan yoz bo‘lyapti. Jazirama jon olur, Jonlar kuyuk kabobdir. Bu - dunyoning qaysidir, Gunohiga javobdir! Ey Xudoyim, rahm et, Ketsin osmondan g‘ubor. Rohatlansin odamlar, Salqin sabolar yubor. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 2
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Hurmatli ota-onalar! 📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan. 💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi. 💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. 🌐 mymaktab_uz
إظهار الكل...
2024-06-21 18.48.40.mp44.49 MB
👍 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Уважаемые родители! 📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы. 💭Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив очередь посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время. 💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04. 🌐 mymaktab_uz
إظهار الكل...
Mymaktab Navbat 2024 Rus 01.mp44.28 MB
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 11-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. 📌 Abituriyentlarga eslatma: chet tilidan tegishli daraja (B2 va undan yuqori daraja)dagi millliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Sertikat haqidagi ma'lumotlar tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi! @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
03:15
Video unavailableShow in Telegram
#Образование #Стратегия_Узбекистан_2030 #Ташкентский_район Новый Узбекистан - новые возможности В целях обеспечения волеизъявления нашего народа о строительстве свободного и процветающего, сильного Нового Узбекистана, создания каждому гражданину всех возможностей для развития своего потенциала, воспитания здорового, образованного и духовно развитого поколения, утверждена Стратегия «Узбекистан — 2030». В первой цели данной стратегии особое место уделяется образованию, что является очередным доказательством, того что политика Узбекистана направленна на обеспечение подрастающего поколения высококачественным образованием. В частности, в 7-ой цели стратегии «Узбекистан-2030» прописаны такие задачи, как расширение сферы высшего образования, повышение качества подготовки высокообразованных специалистов, налаживание подготовки кадров на основе совместной образовательной программы в сотрудничестве с зарубежными вузами, а также поступление выпускников школ в «Топ-500» международных университетов. О реализации данных задач в Ташкентском районе рассказывает руководитель отдела Дошкольного и школьного образования Ташкентского района Нилуфар Убайдуллаева. 📹Подробно в видеоролике.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
إظهار الكل...
Toshkent_tumani_Maktabgacha_va_maktab_ta’limi_bo’limi_boshlig’i.mp437.87 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.