ar
Feedback
Ta'lim yangiliklari | Urganch

Ta'lim yangiliklari | Urganch

الذهاب إلى القناة على Telegram

Xorazm viloyatidagi eng yirik, eng ishonchli va eng tezkor ta'lim yangiliklari kanali! Reklama: @Ilhom_Babajanov

إظهار المزيد
3 943
المشتركون
-624 ساعات
-237 أيام
-4830 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from OXU Xorazm
Bilimni chuqurlashtirish vaqti keldi — magistratura OXUda! 🎓 Bakalavriatni tugatdingizmi? Endi mutaxassisligingizni yanada m
Bilimni chuqurlashtirish vaqti keldi — magistratura OXUda! 🎓 Bakalavriatni tugatdingizmi? Endi mutaxassisligingizni yanada mukammallashtirish, ilmiy salohiyatingizni oshirish va kasbiy martabangizni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi. OXU magistratura yo'nalishlari — chuqur bilim, kuchli ilmiy salohiyat va yangi imkoniyatlar sari yo'l!
Magistratura yo‘nalishlari: 🟢Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 🟢Pedagogika 🟢Psixologiya 🟢Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 🟢Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari 🟢Ta’limda axborot texnologiyalari 🟢Morfologiya 🟢Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili) 🟢Rus tili va adabiyoti 🟢O‘zbek tili va adabiyoti 🟢Matematika 🟢Tarix 🟢Stomatologiya 🟢Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya
💎 O'zingizga mos yo'nalishni tanlang va ilmiy martabangizni bugundan boshlang! 💎Hujjat topshirish: qabul.oxu.uz 📍Urganch| +998553100009 Telegram| Instagram| Youtube

❗️Oʻqishni koʻchirishda oʻzgarishlar haqida! Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-sonli qarori 3-“v”-bandiga ko’ra, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining oʻqishini koʻchirib oʻtkazish (mahalliy va xorijiy)davlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Shu sababli joriy yildan quyidagi hollarda “perevod” tartibi o’zgargan: ➖Davlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni orqali o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi. Kutilayotgan yana yangiliklar quyidagilardan iborat bo’lishi kutilmoqda:Davlat oliygohdan nodavlatga — bunda mustaqillik saqlanib qoladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda davlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — bunda ham mustaqillik saqlanib qoladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda boshqa nodavlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni saqlanib qoladi, ammo o’tish bali aynan davlatniki bilan bir xil bo’lmaydi. Yo’nalishlar kesimida o’tish ballarini nodavlat oliygohlarning o’zi belgilaydi, faqat asosiy sharti 56,7 balldan kam bo’lmasligi kerak. 👉 @OTM_XORAZM

Repost from OXU Xorazm

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Yangi tartibda 100 ballik baholash tizimi saqlab qolinadi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball, yakuniy nazorat uchun esa 50 ball beriladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida ballar alohida tartibda taqsimlanadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar talabani baholashda har bir savol bo‘yicha kamida ikki-uch gapdan iborat izoh, ya’ni feedback yozishi talab etiladi. Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Imtihon jarayonining videoyozuvlari kamida bir yil saqlanadi. Bundan tashqari, yakuniy imtihonlarni oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Qaror loyihasiga ko‘ra, uch oy ichida imtihonlarni onlayn kuzatish va kompyuterda topshirish platformalari ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim tashkilotlari ushbu tizimlarga integratsiya qilinadi. Har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar ham o‘tkaziladi. Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etilishi rejalashtirilgan. @urdu_yoshlar

❓OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak? Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda dav
❓OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak? Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. @urdu_yoshlar

🎓 Xususiy universitetda ham grant asosida bepul o‘qish mumkin! Ko‘pchilik xususiy universitetda o‘qish faqat kontrakt asosida deb o‘ylaydi. Aslida esa, bilim va iqtidoringiz bilan grant yutish imkoniyati ham mavjud. 💙 OXU Xorazmda 4 milliard so‘mlik ichki grant ajratilgan bo‘lib, 320 nafar talabalarimiz va abituriyentlar 25% dan 100% gacha grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega. 🏆 Bundan tashqari, sizni 90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari, 70 dan ortiq xalqaro hamkor universitetlar, AQSH bilan qo‘shma dasturlar, xorijiy amaliyotlar va zamonaviy ta’lim muhiti kutmoqda. 📌 Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 💼 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz 📍 Urganch | 📞+998553100009 Telegram| Instagram| YouTube

❗️Qachon mandat chiqadi? 14-23-iyul — test jarayonlari; 25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin); 8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat); 17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat); 18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat). *** ℹ️ Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat 13-avgust kuni chiqqan edi. Ya’ni qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatning oxirigacha taqamasdan, 5 kundayoq mandatni chiqarishgan. Joriy yilda o‘tgan yilgidan ham kamroq abituriyentlar borligini hisobga olsak, mandat bu safar ham ko‘p kuttirmasa kerak. © Manba @urdu_yoshlar

💙OXU Xorazmda o‘qishni davom ettirish uchun yangi imkoniyat! 💙 O‘zbekiston yoki xorijdagi davlat va nodavlat oliy ta'lim mu
💙OXU Xorazmda o‘qishni davom ettirish uchun yangi imkoniyat! 💙 O‘zbekiston yoki xorijdagi davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lsangiz, endi o‘qishingizni Osiyo Xalqaro Universitetiga ko‘chirishingiz mumkin. Universitetda abituriyentlar va talabalar uchun imkoniyatlar:
320 ta grant o‘rni;90 dan ortiq zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari;stipendiya dasturlari;xorijda amaliyot o‘tash imkoniyati yo’lga qo’yilganKontrakt narxi—12 mln so'mdan boshlanadi
Kelajagingiz sari ishonchli qadamni Osiyo Xalqaro Universiteti bilan tashlang! 💼 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz 📍 Urganch | 📞+998553100009 Telegram| Instagram| YouTube

⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin: 1️⃣ my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi; 2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. 🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda @urdu_yoshlar

🏆 Pediatriya yo'nalishida Grant bilan o'qishni orzu qilyapsizmi? 🩺Bolalar salomatligini asrash — nafaqat kasb, balki jamiya
🏆 Pediatriya yo'nalishida Grant bilan o'qishni orzu qilyapsizmi? 🩺Bolalar salomatligini asrash — nafaqat kasb, balki jamiyat oldidagi mas'uliyat. Osiyo Xalqaro Universitetida hozirda tibbiyot sohasi bo'yicha qabul jarayoni davom etmoqda. 💼 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz 📍 Urgench | 📞+998553100009 Telegram| Instagram| YouTube

⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi!  📌Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyuldagi 02/10-5795-sonli xatiga binoan, respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlari hamda yoʻnalishlar kesimida yangi oʻquv yili uchun davlat stipendiyalarining kvotalari belgilandi.  Jami: 776 ta.  @OTM_XORAZM

Repost from OXU Xorazm

❗️KVOTA-2026 #abituriyent BAKALAVR:KUNDUZGI — 155 852 ta; ➖ KECHKI — 28 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 810 ta. MAGISTRATURA:KUNDUZGI — 22 050 ta; ➖ KECHKI — 1 393 ta; ➖ MASOFAVIY — 892 ta; Maktab o‘qituvchilari uchun - 200 ta. SOHALAR BO‘YICHA MAQSADLI KVOTA:Maktab ta’limi - 648 ta. ➖Sog‘liqni saqlash - 1 031 ta. IMTIYOZLI KVOTALAR:Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun - 2 500 ta; ➖ Xotin qizlar uchun qo‘shimcha - 4 000 ta; ➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 4 112 ta. QOʻSHIMCHA KVOTALAR: Dual ta'lim uchun - 10 000 ta; ➖Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun - 1 953 ta ➖Qurolli Kuchlar xodimlarining farzandlari uchun - 36 562 ta; ➖ Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun - 731 ta; ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun - 3 656 ta; ➖Davlat grantiSoha ixtisoslashuvi (bakalavriat) - 21 015 ta; ➖SOS kvota - 2 056 ta; ➖Ichki ishlar organlari xodimlari uchun - 36 562 nafar. HARBIY XIZMAT TAVSIYANOMASI:Harbiy xizmat tavsiyanomasi asosida (Kunduzgi) - 7 793 ta; ➖Harbiy xizmat tavsiyanomasi asosida (Kechki) - 1 447 ta; ➖Harbiy xizmat tavsiyanomasi asosida (Masofaviy) - 1 040 ta. QO‘SHNI DAVLATLAR FUQAROLARI UCHUN: ➖Qozog‘iston Respublikasi - 20 ta; ➖Tojikiston Respublikasi - 20 ta; ➖Mo‘g‘uliston Respublikasi - 10 ta. ✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. @urdu_yoshlar

⚡️2-kun natijalari e'lon qilindi! 🔹2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini maxsus botlar orqali quyidagi usullarda bilib olishlari mumkin: 1️⃣ Botga abituriyent ID raqamini kiritish orqali; 2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf formatida yuborish orqali; 3️⃣ Sayt orqali tekshirish bo‘limiga shaxsiy ma'lumotlarni kiritgan holda. 🔔 Shuningdek, endi mazkur botlar orqali ‘‘Eslatma yoqish’’ ham mumkin. Natijalar e'lon qilinganida eslatmani yoqqan abituriyentga bot orqali avtomatik xabar yuboriladi. 👉@e_uzbmb_mandatbot 👉@e_uzbmb_mandat1bot 👉@e_uzbmb_mandat3bot @OTM_XORAZM

⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi #abituriyent ✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @bmba_natija_bot 👉 @bmba_natija_1bot 👉 @bmba_natija_2bot 4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali: Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin. 👉 @urdu_yoshlar

❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi
2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. @urdu_yoshlar

Universitet tanlashdagi yangi mezonlar Bugungi kunda abituriyentlar universitetni tanlashda faqat diplomga emas, balki ta'lim sifati, amaliyot, xalqaro imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlarga ham e'tibor qaratmoqda. Shu bois so‘nggi yillarda nodavlat oliy ta'lim muassasalariga qiziqish sezilarli darajada ortmoqda. Ana shunday imkoniyatlarni taqdim etayotgan oliy ta'lim muassasalaridan biri — Osiyo Xalqaro Universiteti. Universitetda 320 ta grant, 90 dan ortiq ta'lim yo'nalishi, kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari, AQSH universitetlari bilan qo'shma ta'lim dasturlari, xorijda amaliyot va almashinuv dasturlari, zamonaviy simulyatsiya markazlari va laboratoriyalar, shuningdek, xalqaro darajadagi professor-o'qituvchilar ishtirokidagi ta'lim jarayoni yo'lga qo'yilgan OXU Xorazmda 2026–2027 o'quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun 📍Xorazm filaili:+998553100009

⚡️ Litsey yoki texnikumda 2 yil o'qib, keyingi 3 yilni oliygohda davom ettirishi mumkin boʻladi Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda maktab, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlaydigan “2+3”, “1+2”, “2+1”, “1+3”, “2+2”, “3+1” kabi taʼlim modellari koʻrib chiqildi. Bunda 9-sinf bitiruvchisi maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil taʼlim olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin boʻladi. Texnikum bitiruvchilari esa taʼlimni qisqartirilgan dastur asosida universitetda davom ettirish imkoniga ega boʻladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali