cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BELALIM️

💜Samoman🌤 🖤Dengizman 🌊 💜Otashman🔥 🖤Nurman🌞 💜Jismu jahoningni ortayveraman💔 🖤Ayt qanday topasan ketmoqqa imkon🌗 💜Men seni HUDODAN sorayveraman🕊 🖤®©Ru.Ga.Le.🐼💜🌸

إظهار المزيد
Uzbekistan82 026لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
147
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:12
Video unavailableShow in Telegram
Chunki ular bilan qiyomatda qayta yuzlashishni hohlamayman❗️
إظهار الكل...
4.73 KB
DavomiAnonymous voting
  • Makka
  • Malaziya
  • Sofiya
  • Chikago
  • Vashinton
  • Hammasi
0 votes
Qaysi shaharga borishni xohlaysizAnonymous voting
  • Parij
  • Rim
  • London
  • New York
  • Moskva
  • Seul
  • Dehli
  • Istanbul
  • Toshkent
  • Madrid
0 votes
#davomi -Sokina qòrqitmay gapirsangchi? Boyagina tuppa-tuzuk yurganding. Sokina iltimos qilaman meni qòrqitma. Tohir ming bir xavotir bilan Sokinaga qarab turardi. Sokinani hozirgi turishidan xayollari ming bir kòchaga kirib yana qaytadan chiqishga ulgurdi. Bir payt Sokina Tohirga dadillik bilan qaradi. Qizargan kòzlarini Tohirga qadadi. Biroz Tohirning yuzini tomosha qilib turdi. Sokinani bu qiliģidan Tohir bir ajablansa, bir qòrqar edi. -Men siz bilan ajrashmoqchiman Tohir aka! Tohir birdaniga kulib yubordi. Kula-kula Sokinaga qarab "voy hazilkash-e" deb qòyardi. Ammo Sokinani kòrib birdan tòxtab qoldi. Unga qarab turib, oxiri oģzidan zòrģa shu gaplar otilib chiqdi. -Aytganlaring rostmi? Tohirning bu ingrab gapirishidan, Sokinani hozirgina kòz yoshlari yuvgan uzun-uzun kipriklari bir-bir pirpirab ketdi. Oxiri òzini tutdi. Tòģriroģi, shunga harakat qildi. -Ha, shunday. Siz bilan ajrashmoqchiman. Tohir bir nafas Sokinaga boqib turdi. Bir nafas...... Bir nafas dunyo jimlikka burkangandek edi gòyo, bir nafasda ikkisining ham dunyosi alģov-dalģov bòlib, aralashmaga òxshab qorishib ketgandek edi gòyo. -Yolģon de, Sokina yolģon de. Senga nima qildim? Nega ajrashmoqchisan? Seni sevsam, ardoqlasam, hamma narsang bòlsa, puldan kamchiligimiz bòlmasa yana nima yetmayabdi? Nima yetmayabdi? Boshqalarni eriga òxshab urmasam-sòkmasam, kambaģal bòlmasam. Nima yetishmayabdi Sokina? -Men siz bilan ajrashmoqchiman. Bòldi, boshqa gapim yòq. -Menga nega bu qarorga kelganingni faqat bir sabab ayt. Tohir shunday deb, Sokinani iyagidan ushlab, òziga qaratdi. -Chunki men sizga hiyonat qildim. Ikki kun oldin esingizdami, òrtoģimga ketayabman yotib qolaman dedim. Aslida, eski sevgilimni oldiga borgandim va hozir tushunib yetdimki biz ajrashishimiz eng tòģri qaror bòlishini. Sokina oxiri yorildi. Tohirni qòllari pastga tushib ketdi. Kòzidan bir tomchi yosh dumalab oqdi. -Ishonmayman. Bunga hech qanaqasiga ishonmayman. #davomi bor #Subxidam
إظهار الكل...
#Baxt_òyini #davomi -Ikki soat kòrgan odamingni qanday bilib qolganing juda qiziq menga. -Òzing bilasan -Gulruz, bu qiliqlaringdan Maryamdan hali ham nafratlanasanmi deb òylab qolaman. Gulruz bu gapni eshitib, yonida Dunyo bòlishiga qaramay òzini tutolmadi. Mahmudga bir tarsaki tushirdi. -Men hech qachon Maryamdan nafratlanmadim. U meni dugonam bòlgan va doim bòlib qoladi. -Kechirasan-u, ammo menga endi bunďay gaplarni aytma. Chunki bu gaplardan nafratlanaman. Kerak emas, hopmi? -Òzing bilasan. Dunyoga yaxshilab qara. Yordam kerak bòlsa, bemalol chaqirishing mumkun. Ammo, ishon men seni yaxshiliging uchun aytgandim. -Yaxshi, senga bitta savol. Agar Farhod òlsa-yu, senga boshqa yigitga turmushga chiqishni taklif qilsam, bu yoqarmide? -Farhoddan aslo kecholmayman. -Menimcha javobini olding. Gulruz indamadi va darrov Farhodni mashinasiga mindi. **** Tohir mashina haydarkan, Sokinani jimgina atrofni tomosha qilib ketishiga qararkan, birdan mashinani chekkaroqda tòxtatdi. -Nima bòldi? -Nima bòlishi kerak? Hech nima bòlmadi. Sokina shunday deb, kòzini har qayoqqa olib qocha boshladi. -Sokina ayt. Sezib turibman-ku, bir nimalarni yashiryabsan. Nima bòldi? -Hech nima bòlmadi deyabman-ku. -Soki aytasanmi, yòqmi? -Hech nima bòlmadi. Tinch qòying meni. Uch kundan beri shu savol. Nima bòldi? Nima bòldi? ayt menga. Yetar. Charchab ketdim. Sokina bu safar jazavasi chiqqanidan baqira boshladi. Tohir Sokinaga hayron qarab turarkan, Sokinani birdan baģriga bosdi. -Bòpti kechir. Boshqa unday demayman. Faqat sen xafa bòlma, hopmi? Hammasi yaxshi. Sokina endi yiģlay boshladi. Tohirni kòksida hòng-hòng yosh bolaga òxshab yiģlarkan, zòrģa ovozi chiqardi. -Aslida, siz meni kechiring Tohir aka. Siz meni kechiring. -Seni nimaga kechiray, jinnivoy? Sokina sekin Tohirni baģridan chiqdi, unga qarab: -Tohir aka biz.....biz.... #davomi bor #Subxidam
إظهار الكل...
Zulfiya ularga qarab turarkan, endi ketishi kerakligini sezardi. Ammo hech ketgisi kelmayotgandi. Oxiri Dunyoni oldidan pastga tushurib: -Men endi keta qolay dunyoyim. -Tòxtang, tòxtang ketmang Zulfiya opa ketmang. Dada ayting ketmasin. -Qizim uyat bòladi. Hozir Gulruz va Sokina xolalaring yana Tohir bilan Farhod amakilaring ham kelib qoladi. -Hop yaxshi Zulfiya opam ham biz bilan qolsin. Dunyoning bu qarashidan oxiri Mahmud ham Zulfiya ham rozi bòldi. Oxiri, Zulfiya òz joyiga qayta òtirdi, yuragi esa orziqib ketardi. Chunki, xuddi kitobda òqib yaxshi kòrib qolgan qahramonlarini uchratayotgandek edi. Shu payt orqadan qònģiroqdek "biz keldik" degan ovoz eshitildi. Zulfiya ortiga ògirilib, bir-biriga juda yarashib turgan juftlikni kòrdi. -Marhamat, òzi sizlarni kutib turgandim. -Salom, Mahmud yaxshimisan? Farhod shunday deb Mahmud bilan kòrishdi. Mahmud Farhod bilan kòrishib bòlgach, Gulruz bilan kòrishdi. -Qalaysan Gulruz òzing? -Rahmat, juda yaxshi. Gulruz shunday deb, Zulfiyaga bir nazar solib oldi. Negadir uning katta-katta kòzlari Maryamni eslatardi. Maryamni eslab yuragi bir uvishib ketdi. -Mahmud bizga mehmonni tanishtirmaysanmi? dedi Gulruz. -Albatta, tanishing Zulfiya meni dòstim. Farhod va Gulruz qòl berib kòrishishdi. Shundan sòng hamma òz joyini egalladi. -Ajabo, Sokina va Tohir qani endi? -Bilmadim, yana urishib kelayotgandir-da dedi Farhod kulib. Aytganlaridek, Sokina va Tohir hech kimga qaramay urishib kelishardi. -Doim shunday qilasan, Sokina bilasanmi? -Ajab bòpti. Men shunday qilsam. -Endi òzi yòldagi ayollar bilan urishishing qolgandi. -Yaxshi bòpti. Nega sizga qaraydi ular? Qaramasin. Sizga umuman qaramasin. Men bunga umuman noroziman. -Sokina yetar. Kel ichkariga kir.-Erityabsanmi? -Sokina birozgina jim bòl, iltimos. Qara bizni kutishyabdi. Oxiri hamma bir stolga jamlanishdi. Zulfiya ham ancha ular bilan chiqishib oldi. Ayniqsa, ularni birga baxtli kòrish bu kutilgan lahzalar edi. Ammo Zulfiya faqatgina Maryam yòqligiga achinar, oldida òtirgan qizaloqni Maryam qanday tashlab ketganini esa aqliga ham siģdirolmasdi. Hech bòlmasa ikki oy umri qolsa ham yashasa bòlardi-ku. Nahot, u shunday guldek oilasidan 2 oyini ham qizģondi. Shu payt ikkinchi ichki ovozi boshqacha gapira boshladi. -Yetar, Zulfiya. Sen u ayolni qayerdan ham tushunarding. Hech kim hech qachon boshidan òtkazmaguncha hech narsani tushunmaydi va har qanchalik u vaziyatni tasavvur qilmasin holis baho bera olmaydi. Gulruz chetdan Zulfiyaga qararkan, Zulfiya bilan Dunyo juda chiqishib ketgandi. Gulruz Zulfiyaga qararkan, uni kòzlarida òzgacha bir mehrni kòrdi. Ha, bu boshqacha mehr edi. Zulfiya bir soatlar òtgach, ketishga taradudlandi va hammadan oldin ketdi. Bir yarim soatlardan sòng hamma turishga qòzģaldi. Mahmud Dunyoni kòtarib, endi ketayotgan edi Gulruz tòxtatdi. -Nimadir bòldimi Gulruz? -Senda gapim bor. -Hop eshitaman. Quloģim senda. -Balkim, uylanarsan. Qachongacha shunday yurmoqchisan? Qizing ham hali yosh. -Yaxshisi, Farhodni oldiga bor. Ozgina isitmang bor shekil. -Mahmud, qizing hali juda yosh. Unga ona kerak. -Dunyoga hech kim onalik qilolmaydi. Dunyoni bittasi onasi bor. U ham bòlsa Maryam. -Lekin onalik qiloladigan bor. Zulfiya. Men òsha qizda onalik mehrini kòrdim. #davomi bor #Subxidam
إظهار الكل...
Uyga borarkanman ham qòrquv ham hayajon egallab olgan edi. Bir tarafdan Sarvarga nima bòlgani òylab qòrqsam, bir tarafdan esa Farhod bilan bu sohta nikohni tugatishni òylab orziqib ketardim. Balkim, men hozir baxtga yetgandirman. Balkim, hozir baxt mening qòllarimdadir. Ammo uyga yetib kelishim bilan hammasi chippakka chiqdi. " Baxt bilan baxtsizlik orasi bir qadam" deyishsa ishonmasdim. Lekin bugun inkor etmayman, aynan shuni guvohi bòldim faqat guvohi emas aynan mana shu tuyģu butun vujudimni qamrab oldi. Zeroki, biz doim va yana doim "Baxt òyini" degan òrgimchakni tòriga òxshagan tòrga òralashib ketamiz-u, undan keyin qanday qutilishni bilolmay sarson bòlamiz. Zulfiya shu joyida kundalikni yopdi. Chunki bunga sabab Mahmudning unga qònģiroq qilib, uchrashuvga taklif qilishi bòldi. Zulfiya uchrashuvda nimalar eshitishini bilsa-da, Mahmud aytgan joyga bordi. Vaqtidan ertaroq borgan ekanmi, Mahmud hali kelmabdi. Atrofni tomosha qilib turarkan, bir payt afitsiant keldi. -Xonim afandi nimadir buyurasizmi? dedi xushmuomalalik bilan. -Yòq, meni bir sherigim bor. U kelsin. Keyin buyurtiraveramiz. -Yaxshi istaganingizdek. Birozdan keyin Mahmud ham hayallamay kelib qoldi. -Qiz bolani kuttirish yaxshi emas, Mahmud janoblari. -Birovni xotinini kundaligini òģirlab ketishchi?! Yaxshimi, bu Zulfiya xonim?-Balkim, yaxshi emasdir. Ammo men qiziquvchanman, juda. Zulfiya gapirayotgan paytida nuqul kòzini tepaga qaratardi. Xuddiki, shu yòl bilan bu yerdan ģoyib bòlib qoladigandek edi. -Kòzingni tepaga qarataverma, ģilay bòlib qolasan. -Nima? Hey, oģzingga qarab gapir. Hopmi? -Oģzingga qarab gapirolmayman. Endi esa kundalikni qaytarib ber. -Iltimos, unday qilma. Rostan ham iltimos qilaman. -Zulfiya qaytarib ber. Zulfiya noiloj òzini bejirimgina qizil sumkasiga qaradi-yu, undan kundalikni chiqardi. -Olaqol. Faqat bir narsa Maryam òldi deding, u qanday òldi? -U meni tashlab ketdi. -Demak òlmagan ekan-da. -Unda saraton kasali aniqlandi. Doktorlar uzoģi bilan ikki oy yashaydi deyishdi. -Undan keyinchi? -Ammo u umrini òsha oxirgi ikki oyini ham menga kòp kòrdi. Chunki Maryam òsha kunini ertasigayoq ģoyib bòldi. Ya'ni izsiz yòqoldi. -Qanaqasiga? -Hech kim bilmaydi. Balkim, òlgandir. Balkim tirikdir. Ammo, uni ketganiga 8 oy bòldi. -Tushunarli. Kundalikni baribir bermaysanmi? -Yòq, Zulfiya shu bilan shu yerda xayrlashamiz. Shu payt Dunyoning "dadajon" degan qònģiroqdek ovozi eshitildi. Mahmud darrov òsha tarafga qaradi. Dunyo qizi Mahmud tomon yugurib kelardi. Mahmud Dunyo kelganidan darrov oldiga òtqazdi. Dunyoni orqasidan enagasi ham yetib keldi. -Kechirasiz, Mahmud janoblari. Ammo Dunyo dadamni kòraman deb turib oldi. -Hech qisi yòq. -Dadajon meni soģindingizmi? -Seni soģinmay bòladimi? Meni malikam. Shu payt Dunyo Zulfiyaga qaradi. Zulfiya sochiga oppoq abadok taqib, oldidagi sochlarini shu tariqa yiģishtirgandi. Dunyoni kòziga shu chiroyli kòrindimi, Zulfiyani oldiga borib qòli bilan abadokni ushlab kòrdi. Zulfiya Dunyoni qiliģidan kulib: -Yoqib qoldimi, asalim? -Judayam. -Unda kel shunday qilamiz, shu abadokni senga taqamiz va bu Zulfiya opangdan senga estalik bòladi. Zulfiya darrov boshidagi abadokni yechib, Dunyoni boshiga taqdi. Mahmud boshida qarshilik qilgandi, ammo Zulfiya unga ataylab e"tibor bermadi. -Rahmat Zulfiya opam. Keling, mendan ham sizga bir estalik bòlsin. Dunyo shunday deb, sochidagi kichkina qisqichlardan birini oldi va Zulfiyani sochlarini bir tarafga qistirib qòydi. -Voy shirinim òzimni. Buni har doim asrab yuraman endi. Meni Dunyoyimdan sovģa deb. "Meni dunyoyim" sòzini eshitib, Mahmud darrov Zulfiyaga qaradi. Xayolida Maryamni ovozi eshitilgandek bòldi. Maryam ham Dunyoni doim meni dunyoyim derdi.
إظهار الكل...
#davomi Òsha kundan keyin Farhodga yaqinlashishdan vos kechdim. Òsha kuni ertasiga Farhod qattiq mastligi uchun hech nimani eslay olmadi. Bir kuni toshoyna qarshisida pardoz qilayotganimda, xona eshigi ochilib yopildi va qulflandi. Men buni Farhod deb òylab, e'tibor bermadim va ishimni davom ettira boshladim. Qòlimga endigina pushti lab bòyoq olishim bilan oynadagi Farhodni akasi Sarvarni lab bòyoģi qòlimdan tushib ketdi. -Sen bu yerda nima qilayabsan? -Jim, Maryam mendan qòrqishing shart emas deb sochlarimga tega boshladi. Darrov òrnimdan qalqib turdim. -Tegma, menga deb endi eshik oldiga borayotgan edim. Sarvar kuch bilan sochimdan tortib òziga yaqinlashtirdi. Uni baģridan chiqishga qilgan harakatlarim umuman befoyda edi. Oxiri, uni sabri bitdimi yuzimga bir tarsaki tushirdi. Tarsaki zarbidan yuzimda olov yongandek bòldi. Hech narsa qila olmay qoldim. Aslida, shunchalik shokda edimki nima qilishni bilmasdim. U meni kuch bilan yotoqqa yotqizib, kiyimlarimga changal solayotganida nima bòlayotganini angladim. Undan hech qutilishni iloji bòlmagach, oxiri yotoqni yonidagi tumba ustidagi lampani olib uni boshiga tushirdim. Birdan boshini chekkasi qonay boshladi va hushidan ketdi. Boshi qonayotgan Sarvarga qararkanman, nima qilishni bilmasdim. Oxiri xonadan chiqib, uydan chiqib ketdim. Kòchada yurarkanman bir ahvolda edim. Sochim tòzģigan, ustimga kiygan koftamni yoqasi yirtilishni boshlagan oyoģimda esa hech nima yòq. Ammo, bularni hech qaysi biriga ahamiyat bermadim. Yuraverdim, yuraverdim. Eng qiziģi, òlganni ustiga tepgan qilib yomģir quyib yubordi. Mahmud endi yuvinishdan chiqqan ham ediki, eshik taqilladi. -Shu paytda kim bòlishi mumkun? Mahmud òziga-òzi shunday deb, hayronligicha eshik tomon odimladi va eshikni ochdi. Ochdi-yu, biroz taajublandi. -Maryam, bu yerda nima qilayabsan? -Ichkariga kirsam maylimi? -Hop kir. Lekin nima bòldi? Bu nima ahvol, Maryam? Nima ahvol? -Yuvinishga kirib chiqsam maylimi, Mahmud? Keyin tushuntiraman, hammasini. -Mayli. Mahmud shunday dedi-yu, indamadi va Maryamga toza sochiq berdi. Mahmud Maryam chiqquncha kiyimini almashtirdi. Zalga òtib endi televizorni yoqqan ham ediki, Maryam sochiqni òrab chiqdi. Mahmud bir nafas Maryamga kòzini uzmasdan qarab turdi va bir yutinib qòydi. Maryam Mahmudni holiga qararkan, uni nimani istayotganini yoyinki nimani his qilayotganini ham tushunib bòldi. -Kechirasan, Maryam. Iltimos, meni kechir. Hoziroq ketaman. -Ketishing shart emas. Aslo shart emas, Mahmud. Maryam shunday deb, Mahmudga yaqinlasha boshladi. -Menga qara, Maryam. Seni ering bor. Hozir bunday turishing ham hech biri yaxshi emas. Tushunarlimi? -Erimmi? Erimni xohlamayman. Seni xohlayman men. Kòrmayabsanmi? Hech nimani. Seni xohlayman deyabman. #Mahmud_tilidan. Maryamni bu gap oģzidan chiqarkan, qanchalar gunoh qilayotganimizni sezardim. Ammo òzimni boshqarolmasdim. Chunki Maryamni jozibasi umuman òziga jalb qilgandi. Shu payt ovoz eshitdim. "Mahmud, sekin aslo bu gunoh. U erli xotin. Aslo" desa ikkinchi ovoz " Nima qilibdi Mahmud? U hozir seni uyingda. Bòlaqol, fursatni boy berma. Sevgingga yetish. Shuncha azoblaganing yetadi". Bu ikki ovozdan qaysi biriga quloq solishni bilmayotgan paytim, Maryamni yoqimli ovozi umuman xayollarimni tarqatib yubordi. -Meni hech xohlamaysanmi, Mahmud. Maryam shunday deb yaqinlashib, kòylagimni tugmalariga qòl chòza boshladi. Oxiri chidolmadim. Maryamni dast kòtarib, yotoqxonaga olib kirdim. "ERKAK VA AYOL KISHINI ÒRTASIDA DOIM SHAYTON BORDIR. AMMO, AFSUSLAR BÒLSINKIM KÒPINCHA BIZNI SHAYTONIMIZ YUTADI". #davomi bor #Subxidam
إظهار الكل...
Hamma nonushta uchun dasturxonga òtirdi. Biroz noqulay bòla boshladim. Yaxshi ham uyda xizmatkorlar bor, bòlmasam-ku aniq òlardim. Farhod ham birozdan sòng tushdi va meni yonimdan joy oldi. Farhod bòlgani uchun kònglim biroz tinchlangandek bòldi. Ammo, qarshimdagi qarashdan qutila olmadim. Òzimni qòyarga joy topa olmasdim. Birinchi kundan stoldan turib ketsam, uyat bòlar deb chidashga majbur bòldim. Oxiri baribir chidolmadim. -Ruhsatingiz bilan, hozir kelaman. Òrnimdan turib, darrov zaldan chiqdim va yòlakni oxirdagi yuvinish xonasiga qòlimni yuvish uchun kirdim. Qòlimni yuvarkanman, oynaga qaradim. Yuzim oqarib ketgandi. Yuzimni ham sovuq suv bilan yuva boshladim. Shu payt orqadan eshik ochildi. -Siz bu yerda nima qilayabsiz? -Nima bòldi Maryam? -Aslo, yaqinlashmang menga. -Mendan qòrqma, Maryamim senga yomonlik qilmayman. U shunday deb, menga yaqinlashib sochlarimdan silay boshladi. Bir nafas jim turdim. Bir nafas.... Shu bir nafas bir asrdek tuyildi. Oxiri bor jasoratimni tòplab, unga tarsaki tushirdim. -Tarbiyasiz! Shunday dedim-u, darrov yuvinish xonasidan chiqib ketdim. Yuragim qinidan chiqadigan darajada urar edi. Nimalar bòlayabdi? Baxt izlab, haqiqiy baxtsizlikka uchradimmi? Maryam nimadir qil. Bunday davom etib bòlmaydi. Farhodga aytsammikin? Ammo u meni eshitarmikin? Hozir sezdim, hech kimga kerakmas bòlishni. Hozir bildim hech kimga kerakmaslik qanday his ekanligini? Farhodni men sevarmidim òzi? Shu savol qiynayabdi? Chunki kechagi kundan beri men Mahmudni qòmsayman, soģinaman. Gulruz Farhodni yaxshi kòrgani uchungina uni qòlidan tortib olmadimmikin?! #davomi bor #Subxidam
إظهار الكل...
#davomi Shunchalik ahmoqman?! Haqiqatdan ham. Ammo endi òq kamondan chiqdi. Hamma narsa izidan chiqdi. Bularni qaytarib bòlmas. Endi hammasiga chidashga mahkum edim. Kunlar ketidan kunlar kelar, Farhodni akasi esa borgan sari menga yaqinlashishga urinar, ba'zida qochishga-da imkon topolmasdim. Kimgadir aytishga umuman jur'atim yetmasdi. Ha, jur"atim yetmasdi. Chunki hech kim menga ishonmasligiga amin edim. Farhod bilan munosabatimiz esa òzgarishsiz edi. Bir kuni Farhod oyoqda turolmaydigan darajada ichib keldi. Men uni ichganidan foydalanib, unga yaqinlashishga urindim. -Maryam ket. -Nega? Men seni xotiningman. Seni istayman. Bu aybmi? Endi òz erimga yaqinlasha olmaymanmi? -Maryam ket. Ammo men Farhodga umuman quloq soladigan darajada emasdim. Shunchalik, hammasidan charchagandimki Farhod hozir dardlarimga malham bòlishini istayotgandim. Hamma hammasini Farhoddan kutayotgandim. Meni bir erkak sifatida qòriqlashini, sevishini istadim. Shu xohishlarim uchunam unga yaqinlashdim va uni labiga labimni teggizdim. Farhod mast bòlgani uchun meni bòsamga javob qaytara boshladi. Lekin birdan tòxtadi va menga qarab: -Kechir Gulruz deya boshladi. Kechir. Bunday bòlishini xohlamadim, rostan ham xohlamadim. Kechir meni Gulruz, kechir. -Farhod tinchlan ozgina tinchlan. Tinchlan, sen hech kimga hiyonat qilmading. Men seni xotiningman. Hech nima bòlmadi. -Maryam, men uxlayman.
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.