cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

PSIXOLOGIYA

-Psixologik maslahatlar -Psixologik testlar -Gipnoz -Parapsixologiya -Psixologiya sirlari -Qizlar psixologiyasi -Psixologik tadqiqotlar -Psixologik xiylalar -Xotira -Uyqu -Diqqat

إظهار المزيد
Tajikistan4 986لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
354
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
BIZGA YORDAM BERADIGAN RANGLAR! Rang terapiyasi usuli stress, yomon kayfiyat, uyqusizlik va hatto bosh og‘rig‘iga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Turli xil ranglar bizga har xil ta’sir etadi, ba’zilari tinchlantiradi va pozitiv kayfiyatni uyg‘otadi, boshqalari aksincha, his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va ularni kuchaytiradi! 1. Olov rang - bu rang hayot maqsadlarini jonlantiradi, depressiyadan chiqaradi, aqliy faoliyatini rivojlantiradi! 2. Yashil - bu rang salbiy his-tuyg‘ularni yo‘qotadi, ijobiy tomonga moslashadi! 3. Moviy - tinchlantiruvchi ta’sirga ega, qon bosimini pasaytiradi! 4. Qizil - qon aylanishini yaxshilaydi va adrenalinni oshiradi. Optimizmlik ortib boradi! 5. Pushti - rohatlanish hissi, xotirjamlik, bu rangi rang terapiyasi usuli sifatida ishlatib, bosimni bartaraf etish imkonini beradi! Barchangizga yaxshi kayfiyat tilayman Kanalga ulanish:👉@psixologic_uz
إظهار الكل...
Mart oyida tug‘ulganlar Do'stlaringizga ham ulashing🤩 https://t.me/joinchat/AAAAAEYfPXZuYrep-KhqkQ
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin! Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin! Allohim sizu bizni o‘z panohida asrasin! Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin! Hurmat bilan Doctor Muxtorov! Kanalimiz👉@Pediatric_uz
إظهار الكل...
Tajribali dermatologdan bepul maslahat olishni xohlaysizmi? Endi shunday imkoniyat sizda bor. ❗️Guruhimizga qo‘shiling va bepul online maslahat oling! Kanalimiz👉@dermatovenerolog_uz Guruh linki👉https://t.me/teritanosilkasalliklari
إظهار الكل...
Teri va tanosil kasalliklari shifokorlari ( Dermatovenerologlar) dan maslahatlar. Toshkentda kasal qabul qilamiz.

Dermatovenerologlar maslahat guruhi. Naimov Dadaxon Sulton o‘g‘li Toshkentda Real Med klinikasida kasallarni qabul qiladi. Komilov Komil Toshkent shahrida kasallarni qabul qiladi. Ba‘zi rasmlar Googledan olingan.

#AFORIZM Yodda tuting, insonning ismi - u uchun istalgan tilda eng lazzatli va muhim tovushdir. ©DEYL KARNEGI @PSIXOLOGIC_UZ
إظهار الكل...
🍀 Deyl Karnegining «Aynan bugun» nomli ijobiy fikrlash badantarbiyasi 1⃣ Aynan bugun men baxtga erishaman. Baxt ichimizda joylashgan; u tashqi holatlar natijasidir. Inson baxtli bo‘lishga qay darajada to‘liq qaror qilgan bo‘lsa, u shuncha baxtlidir. 2⃣ Aynan bugun meni o‘rab turgan hayotga moslashishga xarakat qilaman, xohishlarimga esa moslashishga urinmayman ham. Men oilam, ishim va hayotiy sharoitimni aslida qanday bo‘lsa shunday qabul qilib unga tenglashishga xarakat qilaman. 3⃣ Aynan bugun men o‘z tanam haqida g‘amxo‘rlik qilaman. Jismoniy mashqlar bajaraman, o‘z jismimni parvarish qilaman, sog‘lig‘imga zarar yetkazadigan harakatlar va fikrlardan uzoq bo‘laman. Tanam mening talablarim va ko‘rsatmalarimni bajonidil bajaradi. 4⃣ Aynan bugun aqlimni rivojlantirishga e’tibor qarataman. Foydali bo‘lgan nimadirni o‘rganaman. Aqliy faoliyatga nisbatan menda dangasalik yo‘q. Kuch, mulohaza yuritish va fikrni bir joyga to‘plash talab qiladigan manbalarni qiziqish bilan mutolaa qilaman. 5⃣ Aynan bugun ahloqiy kamolotga yetishish bilan shug‘ullanaman. Buning uchun men kimgadir yaxshilik va foydali ish qilaman. O‘zim istamagan 2 ta ishni bajaraman. 6⃣ Aynan bugun men barchaga xayrixoh va do‘st bo‘laman. Barchaga yaxshi tomondan qarashga harakat qilaman, iltifotli va maqtovda sahiy bo‘laman. Odamlardan ayb qidirmayman, ularni tuzatishga harakat qilmayman. 7⃣ Aynan bugun hozirgi kun bilan yashashga harakat qilaman, hayotimdagi barcha muammolarni birdaniga hal qilishga intilmayman. Men har qanday, hatto eskirgan ishlarni osonlik bilan bajaraman. 8⃣ Aynan bugun o‘z ishlarimning dasturini belgilayman, har soat bajaradiganlarimni yozib qo‘yaman. Bu dastur agar uni aniq bajara olmagan vaqtimda meni shoshma-shosharlikdan, beqarorlikdan qutqaradi. 9⃣ Aynan bugun yarim soatni tinchlikda, yolg‘izlikda o‘tkazaman va xotirjam bo‘lishga harakat qilaman. 🔟 Aynan bugun men hayot va shaxsiy baxtdan qo‘rqmayman. Men sevaman va ishonaman, men kimni sevsam u ham meni sevadi. https://t.me/joinchat/AAAAAEYfPXZuYrep-KhqkQ
إظهار الكل...
⏳ Vaqtning qiymati qancha? 🔵 Bir yilning qiymati qanchaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, buni imtihondan yiqilgandan so‘rang. 🔵 Bir oyning qiymati qanchaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, buni vaqtidan bir oy tuqqan onadan so‘rang. 🔵 Bir haftaning qiymati qanchaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, buni haftalik jurnalning muharriridan so‘rang. 🔵 Bir soatning qiymati qanchaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, buni sevligisini kutayotgan oshiqdan so‘rang. 🔵 Bir daqiqaning qiymati qanchaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, buni poyezdga kech qolgan yo‘lovchidan so‘rang. 🔵 Bir soniyaning qiymati qanchaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, buni avtohalokatda yaqin insonini yo‘qotgandan so‘rang. 🔵 Bir soniyaning mingdan birining qiymati qanchaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, Olimpiada o‘yinlarining kumush medal sohibidan so‘rang. Soat millari yugurishini to‘xtatmaydi. Shu sababli hayotingizning har bir lahzasini qadriga yeting. Sizga berilgan buyuk tuhfa singari bugungi kunning qadriga yeting. Do'stlarga ham ulashing! https://t.me/joinchat/AAAAAEYfPXZuYrep-KhqkQ
إظهار الكل...
Oilaviy hayotingizni baxtli qilishga undovchi yetti qoida. 1-qoida. Hech qachon xarxasha qilmang, ayb torpishga urinmang; 2-qoida. Umr yo'ldoshingizni o'zgartirmaslikka harakat qiling; 3-qoida. Hech qachon tanqid qila ko'rmang; 4-qoida. Bir - biringizga chin yurakdan o'zingizni minnatdorchiligingizni bildirib turing; 5-qoida. Bir-biringizga mumkin qadar mo'jaz e'tiborga molik belgilar ko'rsating; 6-qoida. Sermulozamat, sertakalluf bo'ling; 7-qoida. Oila, er-xotinlik hayotida oid nozik munosabatlar bilan bog'liq maroqli kitob mutolaa qiling. https://t.me/joinchat/AAAAAEYfPXZuYrep-KhqkQ
إظهار الكل...