cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ozodbek Nazarbekov

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali Instagram: https://instagram.com/ozodbek_axmadovich

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 139
المشتركون
+224 ساعات
-17 أيام
+3430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:33
Video unavailableShow in Telegram
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Юн Сок Ёль кенгайтирилган таркибда музокара ўтказдилар Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
IMG_4012.MP410.82 MB
👍 8
00:34
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 II Xalqaro maqom san'ati anjumani 📍 27-30-iyun, 2024-yil Zomin shahri, O'zbekiston 🇬🇧 2nd Maqom Art International Forum 📍 27-30 June, 2024 in Zomin city of Jizzakh region, Uzbekistan 🇷🇺 II Международный форум искусства маком 📍 27-30 июнь, 2024 года г.Зомин, Узбекистан ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
إظهار الكل...
maqom anjumani.mp420.38 MB
👍 7🔥 1
00:52
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbek va ozar xalqlarining oʻzaro doʻstlik aloqalari chuqur tarixiy ildizlarga ega Bu ikki buyuk xalqni asrlar, ming yillar mobaynida bir-biriga bogʻlab kelgan oʻxshash jihatlar bor. Mamlakatlarimizni din, maʼnaviy qadriyatlar, anʼanalar, til va madaniyat oʻxshashligi bogʻlab turadi. Oʻzbek musiqasining gultoji sanalgan nodir maqomlarimiz va betakror Ozarbayjon mugʻomlari orasidagi hamohanglik har ikki xalq oʻrtasidagi yaqinlikni oʻzida ifodalaydi. Biz biri-birimizni tarjimasiz tushuna olamiz. Qalbimiz yaqin. Bugun Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi azaliy doʻstona munosabat  deyarli, barcha sohalarda koʻzga tashlanmoqda. Ayniqsa sanʼat va madaniyat sohasidagi ikki tomonlama hamkorligimiz ham yildan yilga yangi bosqichda rivojlanmoqda. Doʻstlik rishtalari bundan keyin ham mustahkamlanib boraversin. 🚀 Telegram / 📷 Instagram
إظهار الكل...
18.27 MB
👍 7 4👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#iqtibos
Yurtning yuksak ishonchi va umidini to‘la oqlash, unga munosib bo‘lish dunyodagi eng ulug‘ baxtdir.
✍️ Shavkat Mirziyoyev 🚀 Telegram / 📷 Instagram
إظهار الكل...
👍 8🔥 2👏 1
Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida bugun O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida tashkil qilingan “Ozarbayjon madaniyati” nomli ko‘rgazmaning ochilishida ishtirok etdik. Namoyishga qo‘yilgan suratlarda qardosh mamlakatning betakror manzillari, tarixiy obidalari aks ettirilgan bo‘lsa, qo‘li gul ijodkorlarning matoga bitgan naqshlari, milliy osori-atiqalari orqali ozar xalqining boy madaniyati to‘g‘risida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldik. Albatta, ekspozitsiyaga qo‘yilgan har bir surat, ashyo qiymatli va katta ahamiyatga ega. Unda buyuk tarix, betakror qadriyatlar yaqqol ufurib turibdi. Shaxsan men ko‘rgazmani tomosha qilib, qiziqarli ma'lumotlarni eshitib, yorqin taassurot oldim. O‘ylaymanki, galereyaga tashrif buyurgan barcha ana shunday tuyg‘uni his qildi. Shundan so‘ng Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev yodgorligi poyiga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdik. Shu yerda hamkasblarimiz bilan samimiy muloqot qildik. Mazkur yodgorlik majmuasi shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgani, bu o‘zbek xalqining yaqin do‘sti, atoqli siyosiy va davlat arbobi Haydar Aliyevga, ozar xalqiga yuksak ehtirom ifodasi ekanini alohida ta'kidladik. Chindan ham, Haydar Aliyev mustaqil Ozarbayjonning asoschisi sifatida tarixga kirgan. Mamlakatining bugungi darajaga erishishida uning xizmatlari beqiyos. Haydar Aliyev O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida e'tibor qaratgan. Shuning uchun ham uning nomi yurtimizda hamisha hurmat bilan tilga olinadi. Mehmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, xalqimiz o‘tmishi, boy madaniyati haqida ham samimiy fikrlarini izhor etishdi. Bu, albatta, kishiga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Umuman, tarixiy rishtalar, mushtarak qadriyatlar o‘zaro munosabatlarimiz rivojida muhim o‘rin tutadi. Bugun mana shu haqiqatni yana bir karra his qildik. 🚀 Telegram / 📷 Instagram
إظهار الكل...
11👍 4🥰 1
01:06
Video unavailableShow in Telegram
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimlini Prezidentimiz shaxsan qabul qilganliklari faoliyatimizda alohida ahamiyatga ega voqea bo‘ldi. Qolaversa, O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarining tantanali ochilishi munosabati bilan davlatimiz rahbari ishtirokchilarga tabrik yo‘llaganliklari ushbu madaniyat va san’at bayrami shukuhini, nufuzini yanada yuksaltirib yubordi. Bu O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari bugungi kunda mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilib borayotganining yaqqol ifodasi bo‘ldi. Tantanali ochilish marosimida bir-biridan go‘zal tarzda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglab, raqslarni tomosha qilib, katta zavq oldik. Muhtasham saroyga yig‘ilganlar ham san’atkorlarning chiqishlarini olqishlar bilan kutib olishdi, qalbga yaqin qo‘shiqlarni jo‘r bo‘lib ijro etishdi. Boshqacha aytganda, chinakam bayramona muhit hukm surdi. Shubhasiz, mazkur konsert dasturi ikki buyuk xalqning madaniyati va san’ati ham betakror ekanini yana bir karra ko‘rsatib berdi. 🚀 Telegram / 📷 Instagram
إظهار الكل...
77777.mp442.10 MB
👍 13 2🔥 1
00:27
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda boshlangan O‘zarbayjon madaniyati kunlari doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan aziz hamkasbim, qadrdon do‘stim, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimli bilan ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdik. Maqsadlarimiz ulkan. Birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishni, salmoqli natijalarga erishishni rejalashtirganmiz. Niyatimiz, o‘zbek va ozar xalqlarining do‘stligi abadiy bo‘lsin! 🚀 Telegram / 📷 Instagram
إظهار الكل...
Sungisi.mp433.35 MB
👏 10👍 4 4🔥 1
#Live Ayni damda "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida "Ozarbayjon madaniyat kunlari" ochlishiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
إظهار الكل...
👍 11 2🔥 2🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистонда Озарбайжон маданияти кунлари иштирокчиларига Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
👍 3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Озарбайжон маданияти кунларини ўтказиш доирасида мамлакатимизда бўлиб турган Озарбайжон Республикаси маданият вазири Адил Каримлини қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра культуры Азербайджанской Республики Адиля Каримли, находящегося в нашей стране для проведения мероприятий Дней азербайджанской культуры. #Mirziyoyev #qabul #Ozarbayjon #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
👏 11👍 8🥰 1