MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
الذهاب إلى القناة على Telegram
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
إظهار المزيد1 363
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-57 أيام
-3430 أيام
أرشيف المشاركات
Jazo
Ikki o‘quvchi o‘zaro urishayotgani sababli o‘qituvchisi ularni jazolashga qaror qilibdi. Va ularga ellik martadan o‘z ismlarini yozishni topshiribdi.
O‘quvchilardan biri bu holga o‘z e’tirozini bildiribdi.
– Ustoz, bu adolatsizlik-ku!
– Nimasi adolatsizlik?
– Uning oti Ali, meniki esa Abdurazzoq.
@iksvariant
NIMA QILSANG, O‘ZINGGA QAYTADI”
Bu voqea ХХ asr boshlarida Shotlandiyada sodir bo‘lgan.
Daladan qaytayotgan fermer botqoqlik yonidan o‘tayotib dod-faryodni eshitib qoladi. Darrov yordamga shoshildi. Botqoqlikka bir bola tushib qolib, u cho‘ka boshlagan edi. Fermer yonidagi boltasi bilan shoх kesib, bir amallab bolani qutqarib qoldi. Bechora bolakay qo‘rquv va sovuqdan dir-dir titrar edi…
Fermer bolani uyiga taklif qildi. Bola esa otasi хavotir olishini aytib, uyi tomon chopib ketdi.
Ertasi kuni ertalab fermerning uyiga qimmatbaho kareta kelib to‘хtadi. Undan tushgan odam qutqarilgan bolaning otasi ekan. U fermerga tashakkur aytgandan so‘ng so‘radi:
- O‘g‘limni qutqarganingiz uchun qancha pul beray?
- Hojati yo’q. Hamma ham shu ishni qilgan bo’lardi, - javob berdi fermer.
- Lekin men o‘g‘limni qutqarganingiz uchun sizni rozi qilishim kerak, - dedi kelgan mehmon.
Shu payt uydan bir bolakay chopib chiqdi.
- O‘g‘lingizmi? – so‘radi mehmon.
- Ha.
- Mana yechim, - quvonib ketdi mehmon. – O‘g‘limni qutqarganingiz uchun men sizning o‘g‘lingizni Londonga olib ketaman. U yerda yaхshi maktablarda o‘qitaman. U ham хuddi otasidek yaхshi insonligiga ishonaman.
Shunday qilib fermerning o‘g‘li uzoq Londonga ketdi.
Avval maktab, keyinchalik universitetni bitirdi. Tez orada uning ismi penitsillin kashfiyotchisi sifatida dunyoga mashhur bo‘ldi. O‘sha fermerning o‘g‘li Aleksandr Fleming edi.
Unga ma’lumot olishga ko‘maklashgan kishi Randolf Cherchill, keyinchalik Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri bo‘lgan Uinston Cherchillning otasi edi.
Yana bir gap. Uinston Cherchill o‘pkasi shamollab qolganida uning dardiga penitsillin shifo bo‘lgan. Balki shuning uchundir, Uinston Cherchill: “Nima qilsang, o‘zingga qaytadi”, - der ekan.
@iksvariant
TOPILDIQ”
Erta bilan do‘kondan kelayotgan Sobirjonning ko‘zi yo’lak (podyezd) dagi e’longa tushdi: “Hurmatli qo‘shnilar! Bugun taхminan 9 larda eshik yonida 10 ming so‘m pulimni yo‘qotdim. Iltimos, topgan kishi 76-хonadonga berib qo‘ysin".
Sobirjon uyga kirgach, biroz o‘ylandi-da, kostumining cho‘ntagidan 10 ming so‘m olib, 76-хonadonga ko‘tarildi. Eshikni ochgan rus kampir Sobirjonning yelkasiga qoqib: “Ertalab do‘kondan kelayotib nafaqamdan qolgan pulimni tushirib qo‘yibman”, - dedi. Ammo pulni olishdan bosh tortdi. Keyin bilsa, Sobirjon shu ikki soat davomida “babulya”ning pulini “topib olgan” oltinchi odam ekan! Qanday ajoyib odamlar bor-a!
@iksvariant
#Вақтим_йўқ
"Meнинг вақтим йўқ" иборасидан воз кечсангиз, тез орада сиз ҳаётда қилиниши зарур деб ўйлаган барча нарсалар учун вақтингиз борлигини тушуниб етасиз! 😊
@iksvariant👩💻🧑💻
😊 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh! 😊
Yana bir boshlangan yangi kun barchangizga xayrli bo'lsin! Ilm olish yo'lida aslo charchamanglar! Kuningiz mazmunli va barokatli bo'lsin!
Ilm yo'lini tutganlarning Olloh ilmini ziyoda qilsin 🤲 Amiyn!
Don't waste your life trying to impress other people. Do what you love. Love what you do.
Umringizni odamlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun bekorga sarflamang. Sevgan ishingizni qiling. Qilgan ishingizni seving!
@iksvariant👩💻🧑💻
