MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
الذهاب إلى القناة على Telegram
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
إظهار المزيد1 363
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-57 أيام
-3430 أيام
أرشيف المشاركات
Биринчи қоида - ҳеч қачон ортга чекинма! Иккинчи қоида - биринчи қоидани эсдан чиқарма!
@iksvariant👩💻🧑💻
🤗Assalomu alekum🤗
Yangi kun muborak!!! Yangi haftamiz muborak bo'lsin. Alloh har lahzangizga barokot bersin!
Undan unumli foydalanishingiz nasib etsin!
Doim baxtiyorlar, omadlilar qatorida qilsin!
Kuningiz sermazmun fayzli va hayrli bo'lsin!
@iksvariant👩💻🧑💻
⚡️⚡️Assalomu alaykum⚡️⚡️
❗️Tashkil qilinayotgan "Special" online testimizga start beramiz.
Test va unga oid masalalar bo'yicha ba'zi savollarga javoblar
- Test qachondan boshlanadi?
2021-yil 7-fevral (yakshanba kuni) dan boshlaymiz
- Test faqat 30 talik savol bo'ladimi?
Test ikki qismdan iborat bo'ladi:
Asosiy blok -30 ta savol
Majburiy blok - 15 ta savol
- Test faqat bir marta tashkil qilinadimi?
Hozircha ikki haftada bir marta tashkil qilinadi. (Aprel oyidan esa har hafta)
- Test qayerda e'lon qilinadi?
Test @iksvariant kanalida e'lon qilinadi. Hech qanday alohida yopiq kanalda emas.
- Javoblar qachongacha qabul qilinadi?
Test yechish uchun o'zingizga 09:00 - 20:00 oralig'ida ma'qul bo'lgan vaqtni tanlab maxsus botga Javoblarni jo'natishingiz mumkin
- Hamkorlik qilish mumkinmi?
Hamkorlik qilishni xohlagan repetitor ustozlarga test pdf formatida tashlab beriladi (kalitlari bilan). Ularga 50% lik chegirma taqdim etiladi.
- Tahlili qilib beriladimi?
Test qabuli tugagach, ZOOM orqali barcha savollar tahlil qilib beriladi.
- Test narxi qancha?
Majburiy to'lovi yo'q
(ammo bu loyihani asl maqsadi xayriya aksiyasi bo'lib undan tushgan pullarni muxtojlarga yetkazishni niyat qilganmiz, shuning uchun imkoni borlar qurblariga qarab to'lovni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu orqali ham ilmga ham savobga ega bo'lasiz)
asosiy blok uchun : 10 ming so'm, Majburiy blok uchun : 5 ming so'm
- Testlar qaysi manbadan tuziladi?
Har bir savol mualliflik maqomida bo'lib, ularni barchasini o'zim (Hasankhoja Muhammad Sodiq) tuzaman
- Testlar qaysi mavzudan tuzilad?
Bu savolga ushbu postda javob berganman
- To'lovni qanday amalga oshirsak bo'ladi?
Plastik karta orqali amalga oshirmoqchi bo'lganlar uchun :
8600 0204 8191 6760
Shuningdek , paynet orqali ham ushbu kartaga pul jo'natishingiz mumkin.
- Siz bilan qanday bog'lansak bo'ladi?
+99894 695-75-75 yoki @hasankhoja orqali bog'lanishingiz mumkin.
Ushbu loyihaga oid savol va takliflaringizni post ostida izoh sifatida qoldirishingiz mumkin. Ushbu testda, albatta, ishtirok etishingizni tavsiya qilaman. Insha Alloh manfaatli bo'ladi.
Hurmat bilan,
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Toshkent shahri.
General bo‘lishni orzu qilmagan askar askar emas.
MAQSAD
– Qaysidir oily o’quv yurtining Iqtisod yo‘nalishiga kirib olsam, keyin bir gap bo‘lar.
– Men Radiotexnika yo‘nalishining yetuk mutaxassisi bo‘laman!
Yuqoridagi ikki jumlani mazmunan solishtiring. Birinchi gapni gapirayotgan abituriyentning yo‘nalishiga yuqori ball bilan kiriladi. U sohaning ixtiyoriy yo‘nalishiga kirib olishning o‘zi katta baxt. Radiotexnika yo‘nalishining kirish balli esa nisbatan past. Gapning lo’ndasi: birinchi va ikkinchi fandan ko‘proq miqdorda yechilsa, kirib ketiladigan yo‘nalish. Shu sababli, birinchi gapni gapirayotgan odam bilan ikkinchi gapni aytayotgan odamni tenglashtirib bo‘lmaydi.
Afsuski, unday emas. Inson o‘zi uchun hayotda qandaydir maqsad tanlaydi va unga qarab intilib boradi. Tanlangan maqsad sizning yo‘lingizni oydinlatuvchi chiroq vazifasini o‘taydi. Bu maqsadni qanchalik yuqoridan tanlasangiz, shunchalik yaxshi.
Endi, e’tibor bering, birinchi gapni gapirayotgan abituriyentning maqsadi oliy o‘quv yurtiga bir amallab kirib olish. Qaysi bilim yurti ekani ham ikkinchi darajali. Bu holatni quyidagicha izohlash mumkin: maqsadni shunday belgilagan kishining o’qishdan keyingi hayoti ham mavhumlikdan iborat bo’lib qoladi. Oliy ta’limni tamomlagandan so’ng qaysi kasbning etagidan tutish ham o’z ahamiyatini yo‘qotib qo’ygan. Aksariyat hollarda bunday abituriyentlar oliy o‘quv yurtini tugatgach, umuman boshqa soha bilan shug‘ullanishadi. Yoki o‘zlariga yaqin bo‘lgan sohaning tovarlarini bozorda sotishadi. Aniqlik kiritadigan bo‘lsak, telekommunikatsiya muhandisligini tugatgan talaba uyali telefonlarni sotish bilan mashg’ul bo’lsa (aslida, shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak edi), kompyuter texnologiyalari muhandisi bozorda kompyuter ehtiyot qismlarini sotish bilan shug‘ullanadi (aslida, dasturlash ishlari, kompyuterlarni o‘zaro bog‘lanishlarini ta’minlashlari yok internet provayderlarda faoliyat yuritishlari kerak edi).
Agar bozor yoki do‘konlarda shunday ehtiyot qismlarni sotish bilan shug‘ullanmoqchi ekansiz, sizga 4 yil umringizni behuda o‘tkazib, umuman kerak bo‘lmaydigan narsalarni o‘rganish nega kerak? Bunday ishlarni oliy o‘quv yurtiga kirmasdan ham o‘rgansa bo‘lardi-ku?! Bu umringizni isrof qilish emasmi?
Endi ikkinchi fikr egasi haqida gaplashsak. U hayotdagi eng asosiy tanlovini qilib bo‘lgan. Maqsad aniq. Faqat o’sha tomonga qarab intilish qolgan. Inson nimanidir maqsad qilib unga intilar ekan, albatta, maqsadiga erishadi. Muhimi, ko‘p ishni amalga oshirgach, maqsadga ikki qadam qolganida taslim bo‘lmaslik.
Inson nimanidir o‘ziga maqsad qilib qo‘ysa-yu, u maqsadiga tezda erishib olsa, buning unchalik qiymati bo‘lmaydi. Masalan, bir bolaning otasi har turli o‘yinchoqlardan olib bergan, bola esa ularni sindirsa, yangisidan olishini biladi. Shu sababli, unga o‘yinchoqlarining umuman qadri yo‘q: xohlaganini sindiradi, xohlaganini tashlab ketadi. Aksincha, boshqa bir bola o‘yinchoqlarga qiyinchilik bilan erishadi. O‘sha o‘yinchoqqa erishish uchun chorakni a’lo baholarga tugatishi yoki nimanidir yodlab olishi talab qilingan. Endi bu bola uchun o‘sha o‘yinchoqning qadri baland. Uni hech narsaga alishmaydi, ko‘z qorachig‘iday asraydi.
Biz hayotda tanlagan maqsad ertaga o‘z qadrini yo‘qotadigan maqsadlardan bo’lmasligi kerak. Maqsad bo’lsin – jamiyatga foydali bo’lsin. Oliy o‘quv yurtiga kirish bosh maqsad emas, u maqsad yo‘lidagi kichik bir zina vazifasini o‘tab bera oladi, xolos.
Salomat bòling
@iksvariant

– Tug‘ilgan kuningiz qachon?
– 15-avgust.
– Qaysi yil?
– Har yili.
***
#joke😁😁