cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BBA| Samarqand viloyati

Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 66-232-12-69

إظهار المزيد
Uzbekistan43 923لم يتم تحديد اللغةالتعليم94 290
مشاركات الإعلانات
469
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-157 أيام
-2630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:48
Video unavailableShow in Telegram
Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi 📝 2024-yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida 119 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi. 📱 Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan: 76 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun; 43 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan. ❕ Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 ❔ Savol: Avvalgi yillarni o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin? ✅ Javob: Avvalgi o‘quv yillar uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha o‘tish ballari bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz sayti orqali tanishish mumkin. 👉 Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari 👉 Imtiyozlar doirasida o‘tish ballari: https Shuningdek, mazkur saytda hududlar kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganlar soni, o‘rtacha ballar, quyi chegara ballar kabi ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. @bmba_samarqand
إظهار الكل...
👍 1
Umumta’lim maktablarini 414 mingdan ortiq 11-sinf o‘quvchilari bitirmoqda Statistikga agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yili boshida 11-sinflarda respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan. Shundan: 🔸 qiz bolalar – 223,1 ming nafar; 🔹 o‘g‘il bolalar – 191,5 ming nafar. 📍Hududlar kesimida bitiruvchilar soni quyidagicha (ming kishi): ● Samarqand viloyati – 49,1; ● Qashqadaryo viloyati – 44,2; ● Farg‘ona viloyati – 43,4; ● Toshkent shahri – 36,2; ● Andijon viloyati – 34,7; ● Surxondaryo viloyati – 34,1; ● Toshkent viloyati – 31,0; ● Namangan viloyati – 30,0; ● Xorazm viloyati – 25,7; ● Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 23,1; ● Buxoro viloyati – 22,9; ● Jizzax viloyati – 17,7; ● Navoiy viloyati – 12,2; ● Sirdaryo viloyati – 10,3. @bmba_samarqand
إظهار الكل...
Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi 🇺🇿2024-yil 26-may kuni kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi. 📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 📝 Unda jami 11,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 119 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. ✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
⚡️Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 📝 2024-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. ✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Nostrifikatsiya BBA
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 27-may kuni o‘tkaziladi 📆 2024-yil 27-may kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. ✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 11 ta hududida tashkil etiladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-05-22 ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
إظهار الكل...
👍 1
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi. ❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 2
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi. ❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
📆Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. ✅ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda. ✅Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 20-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi. ✅Mazkur tadbir Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosh binosida aholi vakillari, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi. ❔Sayyor qabul davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
02:31
Video unavailableShow in Telegram
🇬🇧 Bilimni baholash agentligi tomonidan har oy o‘tkazib kelinayotgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni borgan sari oshib bormoqda. 🤝 Eng quvonarlisi, mazkur imtihonlarda yosh yigit-qizlar ham ishtirok etmoqda va chet tilidan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmoqda. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...