ar
Feedback
📱BoSs Electronics

📱BoSs Electronics

الذهاب إلى القناة على Telegram

Хуш келибсиз!!!🇺🇿 📍Манзил: Бағдод шахарчаси Халқ банки ёнида "BoSsElectronics" дукони‼️ 📞+998 99-603-07-07 📩 Founder: @UlugXanBosS

إظهار المزيد
2 130
المشتركون
-1224 ساعات
+257 أيام
+13230 أيام
أرشيف المشاركات
🌱Aссалому алайкум. Душанба тонги муборак бўлсин😊🙂 🍃 Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир... 🍃 Шукр ва зикрга бой кун бўлсин! 🌱 Янги кунингиз мазмунли ўтсин 🤲 🌸 Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин! 😎@BoSs_Electronics😎

Pixel 10 modelida MagSafe'ga o‘xshash texnologiya paydo bo‘lishi mumkin Android Authority nashri Pixel 10 uchun mo‘ljallangan
Pixel 10 modelida MagSafe'ga o‘xshash texnologiya paydo bo‘lishi mumkin Android Authority nashri Pixel 10 uchun mo‘ljallangan chakana savdo materiallarini qo‘lga kiritdi va Google o‘zining magnit aksessuarlar ekotizimi — Pixelsnap nomli tizim ustida ishlayotganini aniqladi. Hozircha uchta aksessuar haqida aniq ma’lumot mavjud: • Pixelsnap Charger — bu Apple’ning MagSafe zaryadlovchi doirasiga o‘xshash qurilma bo‘lishi kutilmoqda. • Pixelsnap Charger with Stand — ehtimol, bu telefonni qo‘yish uchun mo‘ljallangan qulay zaryadlovchi stend bo‘lib, unda qurilma kutish rejimiga o‘tadi va ekran o‘chirilgan holatda soatni ko‘rsatadi. • Pixelsnap Ring Stand — smartfonni stol ustida tik holda o‘rnatish uchun qulay vertikal podstavka. Bu aksessuarlarning barchasi Qi 2 standartiga tayanishi kutilmoqda — bu esa Apple tomonidan 2023-yilda ochiq qilgan MagSafe texnologiyasi asosida yaratilgan. Shunga qaramay, Qi 2 standarti hozircha juda oz sonli Android-smartfonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 😎@BoSs_Electronics😎

Apple yangi avlod Siri yordamchisini 2026-yil bahorida taqdim etadi Apple o‘zining yangilangan va ancha aqlli Siri yordamchis
Apple yangi avlod Siri yordamchisini 2026-yil bahorida taqdim etadi Apple o‘zining yangilangan va ancha aqlli Siri yordamchisini 2026-yil bahorida, iOS 26.4 versiyasi bilan birga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ishonchli manbalar asosida jurnalist Mark Gurman xabar bermoqda. Apple odatda “X.4” raqamli yangilanishlarni bahorning boshida chiqaradi: masalan, iOS 17.4 — 5-mart kuni, iOS 18.4 esa — 31-mart kuni taqdim etilgan. Shuning uchun yangi Siri ham ayni shu davrda chiqishi kutilmoqda. Yangi Siri’ni ishlab chiqish jarayonidagi asosiy muammo - uning “miyasi” ikkiga bo‘lingani bo’lgan. Eski kod faqat oddiy vazifalar — masalan, budilnik yoki eslatma qo‘yish kabi funksiyalarni bajargan bo‘lsa, yangi kod ilg‘or imkoniyatlar uchun javobgar bo’lgan. Ushbu ikki arxitekturani birlashtirish esa tizimda jiddiy xatoliklarni keltirib chiqargan va kompaniya Siri’ni amalda butunlay qaytadan yaratishga majbur bo‘lgan. Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, Apple yangilangan Siri'ning bir qator imkoniyatlarini 2025-yil sentabridagi taqdimotda namoyish qilishi mumkin. 😎@BoSs_Electronics😎

iOS 26’da budilnikni takrorlash oralig’ini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi Apple nihoyat foydalanuvchilarning ko‘p yillik so‘rovi
iOS 26’da budilnikni takrorlash oralig’ini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi Apple nihoyat foydalanuvchilarning ko‘p yillik so‘roviga javob berdi: iOS 26 beta-versiyasida budilnikni takrorlash (snooze) oralig’ini 1 dan 15 daqiqagacha belgilash mumkin. Avval bu interval doimiy ravishda 9 daqiqa qilib o‘rnatilgan va uni o‘zgartirishning iloji yo‘q edi. Endilikda esa kerakli budilnikni tanlab, “Takrorlash davomiyligi” bo‘limidagi raqamni bosish orqali istalgan oraliqni qo‘yish mumkin. Eslatib o‘tamiz, hozirda iOS 26 faqat dasturchilar uchun mo‘ljallangan beta-versiyada mavjud. Public beta versiyasi iyulda, to‘liq rasmiy reliz esa kuzda chiqarilishi kutilmoqda. 😎@BoSs_Electronics😎

ТЕЗ-ТЕЗ ЭХСОН ҚИЛИБ ТУРИНГ Жуда оз бўлса ҳам, кунига эхсон қилишни одат қилинг. Чунки эхсон: • Аллоҳнинг ғазабини ўчиради; •
ТЕЗ-ТЕЗ ЭХСОН ҚИЛИБ ТУРИНГ Жуда оз бўлса ҳам, кунига эхсон қилишни одат қилинг. Чунки эхсон: • Аллоҳнинг ғазабини ўчиради; • касалликка даво бўлади; • мол-мулкингни поклайди; • Қиёмат куни сенга соя бўлади; • вафотингдан кейин ҳам ажр-савобингни кўпайтириб туради. 🔔 Yaqinlaringizga ulashing 🔔 https://t.me/joinchat/AAAAAEQIWJa-Wk5SRzrFbQ ✅ ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 😎@BoSs_Electronics😎 ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤 ✅🔝🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔝✅ 📣📣🥰🥰🥰🥰😇🥰🥰📣📣 💸Narxlar bo'lishi kami bormi dib bizni ham ozinggiz ni ham x
🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤 ✅🔝🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔝✅ 📣📣🥰🥰🥰🥰😇🥰🥰📣📣 💸Narxlar bo'lishi kami bormi dib bizni ham ozinggiz ni ham xijolat qilmang iltimos🛑 🟢Yashil bilan belgilanganlari COREYA model karobkasi yoq Samsung telefonlari ✅ 🟡Sariq rang bilan belgilanganlari karobkasi yoq 💯 ishonarli telefonlar✅ 📞 +998996030707 📞 +998332239797 📞 +998903614747 🔔 Yaqinlaringizga ulashing 🔔 https://t.me/joinchat/AAAAAEQIWJa-Wk5SRzrFbQ ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ➖😎@BoSs_Electronics😎➖ ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

📱Telefon orqa foniga qo'yib olish uchun namoz vaqtlari. 😎@BoSs_Electronics😎

#namoz_vaqtlari 😴 📆 6-13 iyun kunlari o'qiladigan namoz vaqtlari (Bag'dod vaqti bilan). 😎@BoSs_Electronics😎
#namoz_vaqtlari 😴 📆 6-13 iyun kunlari o'qiladigan namoz vaqtlari (Bag'dod vaqti bilan). 😎@BoSs_Electronics😎

+4
Apple tomonidan taqdim etilgan iOS 26, iPadOS 26 va macOS 26 Tahoe uchun oboylar 😎@BoSs_Electronics😎

Android 16 chiqdi 10-iyun kuni Google Android 16 — Pixel smartfonlari uchun operatsion tizimning barqaror versiyasini chiqard
Android 16 chiqdi 10-iyun kuni Google Android 16 — Pixel smartfonlari uchun operatsion tizimning barqaror versiyasini chiqardi. Yangilanish xabarlar, ma’lumotlarni himoya qilish, ovoz va qurilmalar bilan o‘zaro aloqada muhim yangiliklarni olib keldi. Asosiy yangilik — Live Updates: Bu — real vaqt rejimida yangilanadigan bildirishnomalar. Masalan, buyurtma yoki sayohat holatini ko‘rsatadi. Foydalanuvchi bu xabarlarga ilovani ochmasdan javob bera oladi, baho qo‘yadi yoki buyurtmani bekor qiladi — bularning barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulflangan ekranda amalga oshiriladi. Muhim yangiliklar orasida: • Yuqori darajadagi himoya rejimi — aktivistlar, jurnalistlar va siyosatchilar kabi xavf ostidagi foydalanuvchilar uchun. U qurilmani buzib kirishga harakat qilinganda ma’lumotlar va funksiyalarga kirishni cheklaydi, xotirani himoya qiladi va USB ulanishlariga to‘siq qo‘yadi. • Bluetooth LE Audio va Auracast — bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmaga ovoz yuborish imkonini beradi. • Ish stoli rejimi — oynaviy multitasking va klaviatura kombinatsiyalari bilan. Planshetlar va dok-stansiyali smartfonlar uchun mos. • Yangi foto tahrirlovchi — standart “Foto” ilovasiga professional filtrlar va effektlar qo‘shilgan. • Eshitish moslamalari uchun kengaytirilgan imkoniyatlar — foydalanuvchi qaysi mikrofon orqali ovoz eshitilishini tanlay oladi. • Bildirishnomalar yaxshilandi — endi ular ilovalarga qarab guruhlanadi va ustuvorlikka moslashtiriladi. Android 16 hozircha faqat Google Pixel qurilmalari (Pixel 6’dan boshlab Pixel 9a’gacha) uchun mavjud. Boshqa ishlab chiqaruvchilar esa yangilanishni yaqin oylar ichida olishadi. 😎@BoSs_Electronics😎

iOS 26: endi iPhone’ning to‘liq quvvatlanish vaqtini kuzatish mumkin bo‘ladi Bu funksiya sozlamalar menyusida joylashgan bo‘l
iOS 26: endi iPhone’ning to‘liq quvvatlanish vaqtini kuzatish mumkin bo‘ladi Bu funksiya sozlamalar menyusida joylashgan bo‘ladi va to‘liq quvvatlanishgacha qolgan vaqtni qulflangan ekranning o‘zida ham ko‘rsatadi. 😎@BoSs_Electronics😎

🥳 Uzoq kutilgan KONKURS shartlari ushbu videoda: Fikr bildiring va Iphone 16 yoki boshqa sovg'alardan birini qo'lga kiriting! Telegram Bot: @ZamaxshariySchool_konkurs_bot *Ijtimoiy tarmoqlarda qo'yiladigan har bir post izohlaridagi faollik ham e'tiborga olinadi. @zamaxshariy_school

❗️Россияда туғилишни ошириш учун тунда интернетни ўчириш таклиф қилинди Депутат Михаил Ивановга кўра, ёш оилаларга соат 23:00
❗️Россияда туғилишни ошириш учун тунда интернетни ўчириш таклиф қилинди Депутат Михаил Ивановга кўра, ёш оилаларга соат 23:00 дан 02:00 гача интернетга киришни чеклаш керак.👇 😎@BoSs_Electronics😎

💸IOS 26 haqida fikringiz qanday?
Anonymous voting

Apple WWDC 2025’да iOS 26’ни намойиш қилди. Энг асосий янгиликлар: – iOS 7’дан бери энг катта дизайн янгиланиши. Янги услуб “
+3
Apple WWDC 2025’да iOS 26’ни намойиш қилди. Энг асосий янгиликлар:
iOS 7’дан бери энг катта дизайн янгиланиши. Янги услуб “суюқ ойна” (liquid glass) деб номланган. Ушбу дизайн Apple’нинг барча қурилмаларига жорий қилинади; – “Асосий экран” учун янги “ойнасиф” мавзусини қўшишади, яъни энди ёруғ ва қора мавзу билан бирга учинчи вариант ҳам бўлади; – Қулфланган экранга 3D эффектли сурат қўйиш мумкин бўлади; – “Камера” иловаси қайта ишланган. Эндиликда фақат икки режим — “Фото” ва “Видео” доим кўриниб туради, қолган созламалар биргина тугма орқали ўзгартиради; – iPhone қўшиқлар, телефон суҳбатлари ва хабарларни автоматик таржима қила олади; – Apple Intelligence’га тўлиқ кириш имконияти берилади. Ташқи дастур ишлаб чиқувчилар ўз иловаларига LLM (катта тил моделлари) ни тўғридан-тўғри интеграция қилишлари мумкин бўлади;
Релиз одатдагидек кузда чиқади. 😎@BoSs_Electronics😎

Samsung Galaxy Z Fold Ultra smartfonini tizer qildi Samsung o‘zining rasmiy saytida yangi “Ultra-formatdagi tajriba” haqida ma’lumot berdi — unda asosiy e’tibor iqtidorli, yengil va ehtimol ancha ingichka korpusli qurilmaga qaratilgan. Shuningdek, kompaniya Galaxy AI — sun’iy intellekt funksiyalarini buklanadigan smartfonlarga yanada chuqurroq integratsiya qilish ustida ishlayotganini ta’kidlamoqda. Mish-mishlarga qaraganda, navbatdagi Galaxy Unpacked taqdimoti iyul oyida bo‘lib o‘tadi va aynan o‘sha paytda Galaxy Z Fold Ultra haqida ko‘proq ma’lumot berilishi mumkin. 😎@BoSs_Electronics😎

📱📱 X Fold 5 dunyodagi eng yengil bukiluvchi smartfon bo‘ladi ℹ️ Kompaniya chiqarilgan video orqali yangi model — X Fold 5 — avvalgi X Fold 3 modelidan ham yengilroq bo‘lishini tasdiqladi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning og‘irligi atigi 209 gramm bo‘ladi. 💧 Vivo shuningdek, bu model uch darajali himoyaga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi bukiluvchi telefon bo‘lishini aytdi — IP66, IP68, IP69 sertifikatlari bilan. ⚙️ Ma’lum xususiyatlari: - Ichki ekran: 8,03" AMOLED, 2K, 120 Hz - Tashqi ekran: 6,53" OLED, FHD+, 120 Hz - Chipset: Snapdragon 8 Gen 3 - Kameralar: 50 MP asosiy + 50 MP ultra keng + 50 MP telefoto + 32 MP selfi - Himoya: IP66 / IP68 / IP69 - Batareya: 6000 mA·soat, 90 W tezkor, 30 W simsiz zaryadlash 😎@BoSs_Electronics😎