cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Юқори Чирчиқ ахборот-кутубхона маркази

Юқори Чирчиқ ахборот-кутубхона марказининг расмий канали 📚 Манзилимиз🏫: Юқори Чирчиқ тумани Янгибозор қурғони Мустақиллик к.,47-уй ☎️ +998709831102

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 131
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
-130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

O'zbekiston Milliy kutubxonasida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bir adib haqida suhbat” rukni ostida “Biz baxtli bo‘lamiz” nomli tadbir bo'lib o'tdi. 💢 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlandi. 💢 Tadbirda so‘zga chiqqanlar Muhammad Yusuf ijodida sevgi-muhabbat, insoniylik va fidoiylik, sadoqat va oqibat kabi xislatlarning tarannum etilgani haqida so‘zladilar,  uning she'rlarini o‘qidilar. 💢 Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 💢 Ko‘rgazmada shoirning turli yillarda chop etilgan kitoblari, she'riy to‘plamlari, zamondoshlari va hamkasblarining xotiralari, gazetalar va jurnallardan maqolalar o‘rin olgan. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
إظهار الكل...
#SAYYOR_TADBIR ✅ “Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida “Mahalla–oila–kutubxona”  loyihasi  amalga oshirildi 💢 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Haftalik doirasida 22-aprel kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “Dilbuloq” mahallasiga sayyor tadbir uyushtirdilar. Tadbirda mahalla faollari ishtirok etdilar. 💢 Tadbirda kutubxona mutaxassislari va falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini oshirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, ko'plab samarali ishlar amalga oshirilayotganligi, kitob mutolaasi va badiiy adabiyot xususida suhbatlashdilar. 💢 Tadbir so‘nggida ishtirokchilar kutubxonaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
إظهار الكل...
#Kutubxona_OAV_nigohida Axborot 24 | IV respublika «Kitobxonlik haftaligi» start oldi #22apr #uzbekiston24 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
إظهار الكل...
Kitobxonlik haftaligining ilk kunidanoq kitobga oshno xalqimiz bilan bir qatorda OAV vakillari ham ishtirok etishdi. ♻️ Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlar, televideniya va radio kanallar orqali ham haftalik jarayonlarini kuzatib borishingiz mumkin. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
إظهار الكل...
#SAMARQAND_VILOYATI ✅ IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" joylarda ham o‘z ishini boshladi 💢 Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida "Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz" shiori ostida samarqandlik taniqli shoira va publisist Zuhrabegim Eshonqulovaning "Ulug‘bekning nurli nigohi" kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu kitobga muallifning yangilanayotgan O‘zbekistonimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan ilhomlanib, ijodkor nazari bilan yozilgan ocherk, esse va publisistik asarlari, qardosh adabiyotlar bilan adabiy aloqalar haqidagi maqolalar kiritildi. Kitobni mutolaa qilar ekan, kitobxon buyuk alloma Ulug‘bek Mirzo hayoti va insoniyatga qoldirgan ilmiy merosi, shonli tariximiz, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, bugungi adabiyotimiz namoyandalari, bugungi kunning ilg‘or tadbirkorlari hamda o‘zining Hindiston, Qozog‘iston, Tojikistonga qilgan ijodiy safarlari to‘g‘risidagi maqolalari bilan tanishadi.
إظهار الكل...
IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" o‘z ishini boshladi
2024-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Noshirlar va kitob savdosi tashkilotlari Milliy assosiasiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda. 
👉 BATAFSIL 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
إظهار الكل...
"Kitobsevar millat" shiori ostidagi IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
إظهار الكل...
#Ретро_сурат 📍Янгийўл. 1965 йил. Ўша пайтлардаги "шаҳар ҳаммоми". Ҳозирги номи эса "эски ҳаммом". Хўш, сиз бу жойни эсладингизми? Yoshlar kundaligi
إظهار الكل...
#Туйғу Мен сени ўйлайман Ўзимдан кўпроқ, Лола, лолажоним, Лолақизғалдоқ! Шеър: Муҳаммад Юсуф 📷 Фото: Шерзод Қорабоев 🖼Образ: Анора Абдурашидова Yoshlar kundaligi
إظهار الكل...
#манзара ◀️Тошкент вилоятида қизғалдоқлар очилди🥰 📹Видео: Шерзод Қорабоев Yoshlar kundaligi
إظهار الكل...