3 092
المشتركون
-1224 ساعات
-377 أيام
-9330 أيام
أرشيف المشاركات
3 093
Repost from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#tayinlov
Ashurov Sherzod Rahimovich — O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sherzod Ashurov 1984-yil 8-yanvarda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Sherzod Ashurov uzoq yillar davomida davlat soliq xizmati va ijroiya hokimiyati tizimida ishlagan.
Ayni paytga qadar u “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi DUK direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
3 093
Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari mahallalarni rivojlantirish, odamlar turmush sharoitini yaxshilash va oilalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilinganini ta’kidladi.
Bunday ezgu ishlar orqali mahallada mehr-oqibat, ahillik, hamjihatlik, ogohlik va sog‘lom muhit shakllanishi qayd etildi.
“Odamlarning ertangi kunga ishonchi ortadi, islohotlar yanada jadallashib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oson yechim topiladi. Oilalarda va xonadonlarda tinchlik-totuvlik hukm suradi. Yoshlar Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiya topadi. Eng muhimi, hech kim e’tibordan chetda qolmaydi”,– dedi Prezidentimiz. Yakunda mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X
3 093
“Mahalla – xalqqa eng yaqin boshqaruv bo‘g‘ini. Odamlarning kundalik masalalari shu yerning o‘zida, ortiqcha ovoragarchiliksiz hal bo‘lishi kerak”,– dedi Prezidentimiz. Hozir “yettilik” orqali 100 ga yaqin xizmat ko‘rsatilmoqda. Endi barcha davlat xizmatlari bosqichma-bosqich mahallaga tushiriladi. Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasi misolida samarali tajriba yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda Axborot va xizmat markazi tashkil etilib, 8 ta olis mahalla aholisi uchun bir joyda 980 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Xovos tumanidagi Qahramon mahallasida ham Vengriyaning “aqlli qishloq” tajribasi asosida shunday markaz tashkil etilmoqda. Yil yakunigacha Norin va Xovos tajribalarini Qo‘ng‘irot, Konimex, Boysun, Qamashi, Qo‘shrabot, Tuproqqal’a, G‘ijduvon, Forish, Beshariq, Jalaquduq va Ohangaron tumanlarida joriy etish topshirildi. Urganch shahridagi Olimpiya mahallasida yo‘lga qo‘yilgan “aqlli mahalla” tajribasi esa har bir viloyatning 10 tadan mahallasida tatbiq qilinadi. Facebook|Instagram|X
3 093
Mehnatga yarasha rag‘bat bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bois, yil yakuni bilan ko‘p qavatli uylardagi “Eng orasta xonadon”, mahalladagi “Eng fayzli hovli”, hududdagi “Eng obod ko‘cha”, tuman va viloyatdagi “Eng namunali mahalla” nominatsiyalari joriy etiladi.
Tanlov g‘oliblari bo‘lgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar uchun mol-mulk solig‘idan, hovli-joylar uchun esa yer solig‘idan imtiyoz beriladi.
Yaxshi tajriba yaratgan “mahalla yettiligi” mukofotlanadi, ularning ish uslubi boshqa hududlarga namuna qilib ko‘rsatiladi. Mahallalardagi ilg‘or tajribalarni keng yoritish zarurligi ham qayd etildi.
Hududlarda temir yo‘l atrofini obodonlashtirish ishlari boshlangan. Birgina Toshkent – Xiva yo‘nalishidagi temir yo‘l bo‘yida 285 ta mahalla bor, ushbu yo‘nalish 45 ta tumandan o‘tadi.
Qolgan viloyat hokimlariga ham bir haftada hududidan o‘tgan magistral yo‘llar va temir yo‘l bo‘ylari, ular atrofidagi uy-joy va tijorat obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.
Ikki haftada ushbu hududlarni namunali qiyofaga keltirish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqib, amaliy natijaga erishish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
3 093
Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda barcha sohalardagi islohotlar natijasi, avvalo, mahallada va odamlarning kayfiyatida namoyon bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Xalqimiz qadimdan kunni obodonchilikdan boshlagani, ozodalik va saranjomlik bor joyda fayz-u baraka bo‘lishi qayd etildi.
Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi. Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.
Har bir viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etadi.
Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil bo‘yi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X
3 093
Mahallalar budjetini mustahkamlash bo‘yicha ham yangi tashabbuslar ilgari surildi. Joriy yil mahallalar budjetiga 600 milliard so‘m mablag‘ qolishi reja qilingan edi.
Iyun oyidagi Prezident farmoni bilan mahallada qoladigan yer va mol-mulk solig‘ining ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirildi. Sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun jarimalarning 10 foizi mahallaga tushadigan bo‘ldi.
Shuningdek, 5 ming kvadrat metrgacha bo‘sh binolarni mahallaning o‘zi sotuvga chiqarishiga ruxsat berildi. Buning hisobidan mahallalar budjetiga yana 405 milliard so‘m tushadi.
Endi mahalladagi noturar obyektlardan tushgan yer va mulk solig‘ining 5 foizi ham mahallaning o‘ziga beriladi. Bu orqali mahallalar ixtiyorida yiliga yana 400 milliard so‘m mablag‘ qoladi.
Yil davomida eng ko‘p tadbirkorlarni ro‘yxatga olgan, eng ko‘p yangi ish o‘rni yaratgan, tushum darajasi eng yuqori bo‘lgan va eng ko‘p qo‘shimcha soliq bazasi topgan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi.
Umuman, yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum bu yil 1 trillion 600 milliard so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetadi.
Facebook|Instagram|X
3 093
Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Bunday loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli o‘zgaradi.
Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi.
Mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shart. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejasini tasdiqlab beradi. Rais “yettilik” a’zolariga aniq vazifa qo‘yib, ulardan so‘rov qilib boradi.
Shuningdek, “yettilik” faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash va hududdagi muammolarga ilmiy yondashish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. U “yettilik”ni o‘qitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yechimlar ishlab chiqadi.
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
3 093
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, odamlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ berilganini ta’kidladi.
Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha ko‘paydi. Tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoldi, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150-200 million so‘m tushdi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
3 093
Buxoro shahrida "Dolzarb 60 kun" doirasida yongʻin xavfsizligi karvoni oʻtkazildi
Joriy yilning 1 iyul – 30 avgust kunlari respublika hududida yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish, aholi oʻrtasida yongʻin xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish hamda fuqarolarning ogohligini oshirish maqsadida "Dolzarb 60 kun" profilaktik tadbirlari keng koʻlamda amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida Buxoro shahri hududida yongʻin xavfsizligi karvoni tashkil etilib, unda boshqarmaga yangi topshirilgan yongʻin-qutqaruv maxsus avtomashinalari ishtirok etdi. Karvon shaharning markaziy va serqatnov koʻchalari boʻylab harakatlanib, aholi gavjum hududlarda profilaktik targʻibot ishlarini olib bordi.
𝐵𝑢𝑥𝑜𝑟𝑜 𝑣𝑖𝑙𝑜𝑦𝑎𝑡𝑖 𝐹𝑉𝐵 𝑟𝑎𝑠𝑚𝑖𝑦 𝑠𝑎𝑦𝑡𝑖
https://t.me/joinchat/AAAAAEoigWz6iodESNWGuw
3 093
Халилов Бобир Бахшиллаевич — Ўзбекистон Маҳаллалар уюшмаси Бухоро шаҳар бўлими раҳбари лавозимига тайинланди.
Бобир Халилов 1988 йил 15 октябрда Бухоро шаҳрида туғилган. 2013 йилда Бухоро муҳандислик-технология институтини, 2026 йилда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Бизнес ва тадбиркорлик олий мактабини тамомлаган.
Меҳнат фаолияти давомида Бухоро шаҳар ҳокимлигида, ёшлар ташкилотларида ҳамда маҳалла тизимида масъул лавозимларда ишлаган.Шунингдек, Бухоро шаҳар Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш марказига раҳбарлик қилган.
У тайинловга қадар Бухоро шаҳар Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими бошлиғи лавозимида ишлаб келаётган эди.
Б. Халиловнинг келгусидаги масъулиятли фаолиятида улкан зафарлар ва муваффақиятлар тилайман.
@Jamol_Nosirov
3 093
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar faoliyatini raqamlashtirish va Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам цифровизации деятельности махаллей и создания Национального института развития махалли.
#Mirziyoyev #taqdimot #mahalla #institut
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 093
Умарова Маърифат Бакаевнани Бухоро вилояти ногиронлиги бўлган аёллар учун “Ғамхўрлик” маркази директори лавозимига тайинлангани ҳақидаги хабарни эшитиб хурсанд бўлдим. Муносиб номзод!
Маърифат Бакаевнанинг Бухоро шаҳридаги узоқ йиллик самарали фаолияти, фидойилиги ва ташаббускорлиги кўпчиликка яхши маълум. Айниқса, ундаги юксак муомала маданияти ва одамларга бўлган самимий ғамхўрлигини алоҳида эътироф этиш лозим.
Ишончим комилки, Маърифат Бакаевна янги лавозимда ҳам ўзининг билим ва тажрибасини тўла намоён этиб, ногиронлиги бўлган хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш йўлида муносиб хизмат қилади.
@Jamol_Nosirov
3 093
+8
Бугун Бухоро давлат университетида маҳалла раисларининг бошқарув салоҳиятини ошириш ва тизимдаги янги ислоҳотлар натижадорлигини таъминлашга қаратилган ўқув-амалий семинари бошланди.
Семинар давомида фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятининг ҳуқуқий асослари, маҳалланинг “Ижтимоий-иқтисодий муаммоларини ҳал этиш жамғармаси” фаолияти, маҳаллаларнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, молиявий имкониятларни кенгайтириш ҳамда давлат-хусусий шериклик асосида амалга оширилаётган ишлар юзасидан мутахассисларнинг маърузалари тингланди.
Шунингдек, маҳалла инфратузилмасини яхшилаш, Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллаларни шакллантириш бўйича амалга оширилаётган дастурлар муҳокама қилинди.
Бугунги ислоҳотлар маҳалладан бошланади. Шу боис маҳалла раисларининг билим ва кўникмаларини мунтазам ошириб бориш, аҳоли билан манзилли ишлаш ва ҳудудлардаги муаммоларни ўз вақтида ҳал этиш муҳим аҳамиятга эга.
Ўқув-амалий семинари эртага ҳам ўз ишини давом эттиради.
@Jamol_Nosirov
3 093
Repost from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
⚽️ Futbol bu - boshqa darajadigi o‘yin! Bunda hattoki bolalar yig‘lasa ham raqib jamoaning muxlislari bizning jamoaga muxlislik qiladigan darajadagi o‘yin.
O‘zbekiston terma jamoasi gol o‘tkazib yuborgandan so‘ng jajji o‘zbek muxlisi yig‘layapti. Uni esa raqib jamoaning muxlislari ovutmoqda.
Mana nima uchun futbolni yaxshi ko‘ramiz!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
3 093
+8
Бугун Вобкент туманида соҳа фаоллари билан учрашиб, маҳалла тизими ҳаётидаги муҳим ташкилий масалани муҳокама қилдик.
Узоқ йиллар давомида Ўзбекистон Маҳаллалари уюшмаси Вобкент туман бўлими раҳбари лавозимида самарали фаолият олиб борган, ўз ташаббускорлиги билан барчага намуна бўлган Маҳмуд Ҳалимовни нафақага кузатдик.
У кишининг меҳнатларини эътироф этган ҳолда, маҳаллалар ободлиги йўлидаги хизматлари учун миннатдорлик билдирамиз.
Олдимизда турган энг муҳим вазифа — туман бўлимига янги раҳбар тайинлаш эди. Қатор номзодлар орасидан шу кунгача тумандаги "Чармгарон" маҳалла фуқаролар йиғини раиси сифатида намунали фаолият кўрсатиб, маҳаллани ҳар томонлама ривожлантира олган Хайитова Дилдора Бахтиёровна мазкур лавозимга тайинланди.
Дилдора Бахтиёровнага билдирилган ишончни оқлаб, келгусида маҳалла тизимини янги босқичга олиб чиқишда куч-ғайрат тилаймиз.
Учрашув давомида маҳалла фуқаролар йиғинлари раислари билан маҳалла тизимида келгусида амалга ошириладиган ишларни муҳокама қилдик.
@Jamol_Nosirov
3 093
Ғиждувон туманидаги “Қўрғон” маҳалласи ҳақида таъсуротларим
“Қўрғон” маҳалласи Ғиждувон туманининг қадимий ва тарихий илдизларга эга бўлган ҳудудларидан бири ҳисобланади. Унинг номининг ўзи ҳам бу жойнинг илгари қўрғон — яъни мустаҳкам ҳимоя иншооти ёки тарихий маскан бўлганини англатиб, ўтмишдан дарак беради.
“Қўрғон” маҳалласига ташриф буюрганингизда, аввало унинг осойишта ва илиқ муҳити инсонни ўзига тортади. Маҳалла аҳолисининг ҳамжиҳатлиги, бир-бирига бўлган ҳурмати ва меҳр-оқибати бу жойнинг ҳақиқий қиёфасини яратади.
Кўчаларнинг озодалиги, ободонлаштириш ишларига бўлган эътибор, шунингдек, ёшлар ва нуронийларнинг фаоллиги маҳалладаги ҳаёт қайнаб турганидан далолат беради. Бу ерда инсон ўзини бегона эмас, балки катта бир оиланинг аъзоси сифатида ҳис қилади.
“Қўрғон” маҳалласи — анъана ва замонавийлик уйғунлашган, меҳр ва ҳамжиҳатлик устувор бўлган гўзал маскан сифатида таассурот қолдиради.
3 093
+7
Сайёр қабулдан сўнг, “Қўрғон” маҳалласи фаолияти ва ҳудудда аҳоли фаровонлиги йўлида олиб борилаётган ишлар билан яқиндан танишдик.
Маҳалла аҳолиси билан самимий суҳбатлашиб, бугунги ўзгаришлар, янгиланишлар ва яратилаётган шарт-шароитлар ҳақида фикр алмашдик. Айрим мурожаат ва муаммоларни шунчаки қоғозда қолдирмай, ўз жойига чиқиб ўргандик ва ҳал этиш чораларини кўрдик.
Ўрганишларимиз давомида маҳалладаги бугунги кунда фаолият юритмаётган “Қосибон” масжиди биноси эътиборимизни тортди. Ушбу бўш турган бинодан самарали фойдаланиш, ҳудудда аҳоли, айниқса хотин-қизлар ва ёшлар бандлигини таъминлаш лозим, деб ҳисоблайман.
Қўрғон маҳалласи азалдан ўзининг ноёб ҳунармандчилик анъаналари билан ажралиб туради. Демак, мазкур бино маҳаллий ҳунармандларга ажратиб берилса, бу орқали янги иш ўринлари яратиш ва ҳудуд драйверини жонлантириш мумкин.
Бу бўйича маҳалладаги ҳоким ёрдамчисига тегишли тавсия ва топшириқларимизни бердик.
@Jamol_Nosirov
3 093
+6
Бугун Ғиждувон тумани, “Қўрғон” маҳалласида жойлашган Ҳунармандчилик марказида фуқароларимиз учун навбатдаги сайёр қабулни ўтказдик.
Мулоқотда 30 нафар фуқаро иштирок этди.
Ижтимоий, коммунал ва маҳалла фаолиятига оид жами 15 та мурожаат тингланди. Мурожаатларнинг 10 га яқини жойида ижобий ҳал этилди.
Қўшимча ўрганиш вақт талаб қиладиган қолган мурожаатлар бўйича масъулларга аниқ топшириқлар берилди.
@Jamol_Nosirov
3 093
ЭЪЛОН!
Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси Бухоро вилояти бошқармаси раҳбарияти томонидан жорий йилнинг 9 июнь куни соат 10:00 да Ғиждувон туманидаги “Қўрғон” маҳалласи Ҳунармандчилик маркази биносида сайёр қабул ўтказилади.
Сайёр қабул давомида маҳаллаларда мавжуд муаммолар, аҳолини қийнаётган масалалар ҳамда фуқароларнинг маҳалла фаолияти билан боғлиқ мурожаат ва таклифлари ўрганилади.
@Jamol_Nosirov
3 093
Repost from Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
🏠UYDA
🔍Mahallamiz kelini Manija Namanganga, gullar bayramiga bordi.
#mahalliy_sharh #xalqchildavlat
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
