cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

RGF

O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakultetining rasmiy media axborot kanali. Kanalda RGFda bo'layotgan jarayonlar haqida ma'lumot berib boriladi. Murojaat uchun: @Ravshanbekovna_15 Admin:RGF

إظهار المزيد
Uzbekistan23 391لم يتم تحديد اللغةالتعليم61 981
مشاركات الإعلانات
415
المشتركون
-224 ساعات
-67 أيام
-1930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Assalomu alaykum hammaga aziz talabalar 🔥 Orangizda yetakchilik qobiliyati bor yoshlar bo'lsa, yaqinlaringizga yuboring. Ayniqsa 1-bosqich talabalari esdan chiqmasin. Fakultet uchun yangi qadamlar📌
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🔥Faol yoshlarni safimizga chorlaymiz 🥇Sizda yetakchilik va liderlik qobiliyati bormi? 🎙Notiqlik mahorati, tashabbuskorlik va fidoyilik xususiyatlarichi? 📈 Boshqaruv va tashkilotchilik borasida tajribaga egamisiz? 🤩 “Hammasi menda mavjud qobiliyat va xususiyatlarku” deysizmi? 🫵 Unday boʻlsa bu eʼlon aynan siz uchun! 👦👦 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlangʻich tashkiloti yuqoridagi qobiliyat va xususiyatlarga, yoshlar masalalari boʻyicha tajriba hamda koʻnikmaga ega, shijoatli, yoshlarga oʻrnak boʻla oluvchi va faollik koʻrsata oluvchi fakultet koordinatorlarini (fakultet yoshlar yetakchilari) izlamoqda. 📥 Nomzodlar oʻzlari haqidagi maʼlumotnomalarini (CV) onlayn tarzda yuboradilar. ✅ Maʼlumotnomalar boshlangʻich tashkilot Yoshlar yetakchisi tomonidan koʻrib chiqiladi va saralangan talabgorlar suhbatga taklif etiladi. ⌛️Suhbat 11-sentabr, soat 14:00 da, universitet asosiy binosining faollar zalida boʻlib oʻtadi. 📨 CV yuborish uchun: 🕊@yoshlarmurojaati_uzdjtu_bot ❗️Maʼlumotlarni (CV) yuborishda faylning izoh qismida keyinchalik biz bogʻlanishimiz uchun Telegram-manzilingizni (@username yoki ulangan telefon raqam) ham yozib qoldiring. 💰 Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 1-aprel sanasidan boshlab Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a’zolari (koordinatorlari) hamda fakultetlar koordinatorlari ularning ta’lim olish shakli (davlat granti yoki toʻlov-shartnoma asosida kunduzgi, sirtqi, kechki) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar (Yoshlar yetakchisining tavsiyanomasiga asosan) har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida ragʻbatlantirilib kelinmoqda. 🇺🇿 Safimizga qoʻshiling! ⚡️ Biz bilan birga rivojlaning! 💎 Haqiqiy liderga aylaning! #qabul #saralash #fakultet_koordinatorlari ✅Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling: 📱Telegram | 📱Instagram
إظهار الكل...
Repost from Yangi Bolalar 2023
Assalomu alaykum. Hurmatli universitetimiz talabalari. Universitetimizning "Quvnoqlar va Zukkolar" terma jamoasining rasmiy kanaliga Xush kelibsiz!!! Quvnoqlar va Zukkolar ko'rik tanlovi 2023-yilgi mavsumida universitetimiz nomidan qatnashuvchi "Yangi Bolalar" jamoamizni qo'llab quvvatlashga chorlaymiz. Sizning qo'llab quvvatlashingiz biz uchun muhim. Do'stlaringiz bilan ulashing👇 @qvz_yangi_bolalar
إظهار الكل...
00:42
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Talaba-yoshlar uchun super yangilik! Oliy o‘quv yurtiga kirgan yoshlar ko‘p hollarda shahar markazlariga ko‘chib borishiga to‘g‘ri keladi. Abiturientlikdan keyin yangi manzil, begona muhit va notanish insonlarga ko‘nikish oson kechmaydi. Endilikda Yoshlar ishlari agentligi va “MAAB Innovation”ning yangi “Roommate” ilovasi bilan talabalar bu masalalarni uyidan chiqmay turib hal etishi mumkin! “ROOMMATE” ilovasi: ✅ talabalarga yurtimizning turli hududlaridan ijaraga turar joy va sherik topish; ✅ hududlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalarning yoshi, jinsi kabi ma’lumotlari asosida boshqa talabalar bilan tanishish va do’st orttirish; ✅ ijaraga uy beruvchilar uchun esa platformada e’lon joylashtirish imkonini beradi.   “Roommate” bilan muammolaringizni ovoragarchiliklarsiz hal qiling! Ilovani yuklab olish: Android | iOS Bizning sahifalarimiz: 🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
إظهار الكل...
IMG_5834.MP44.73 MB
Repost from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari #mezon #yotoqxona ⚡️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi: ➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar; ➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar; ➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar; ➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari; ➖ xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar; ➖ “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar; ➖ oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar; ➖talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
02:21
Video unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 👍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati: 🔴Oybekning “Navoiy” asari 🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari ✅Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – noutbuk; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – smart televizor; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – smartfon (6/128); 🔵5-o‘rin (10 nafar) – smartfon (4/64); 🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – smartfon. 📌 Tanlov nizomi bilan tanishish Kitob o‘qib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. 👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
Kitobxon yoshlar ligasi3 (1).mp410.29 MB
03:07
Video unavailableShow in Telegram
Факт 24 | «Ibrat academy» – 13 та хорижий тилни бепул ўргатувчи илова #7aug #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
إظهار الكل...
12.mp425.77 MB
⚡️ Talabalar turar joylariga (TTJ) joylashish uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlandi ✅ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil oladigan 2-, 3-, 4-bosqich talaba-yoshlari uchun 2023-2024-o‘quv yilida universitetga qarashli TTJlarga joylashish boʻyicha arizalarini onlayn qabul qilish yoʻlga qoʻyildi. ❗️TTJlarga joylashtirish quyidagi me’zonlar asosida amalga oshiriladi: ✅ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar); ✅ Chin va yarim yetimlar (ota-onasi vafot etgan, otasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olinganlar); ✅ I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar; ✅ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar nazarda tutilgan). 🔹 Universitetnung 2-, 3-, 4-bosqich talabalari mazkur me’zonlar asosida TTJga joylashish uchun oʻzlari tahsil olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlariga asoslovchi hujjatlar bilan onlayn ariza yuborib, roʻyxatdan oʻtishlari lozim. 📥 Arizalarni onlayn qabul qilish shu yilning 18-30-iyul kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 🔔Eslatma: 2023-2024-oʻquv yili uchun oʻtkazilayotgan qabul jarayonlari natijasi eʼlon qilingandan soʻng TTJlarning aksariyat qismiga 1-bosqich talabalari joylashtiriladi. 🤝 Arizalarning onlayn qabul qilinishi natijasida TTJda joy yetmay qolgan taqdirda, yangi oʻquv yilining boshlanish davrida talabalarning yashash joy qidirib sarson boʻlmasliklarini oldini olish maqsadida ijara xonadonlari roʻyxati shakllantirilib borilmoqda va 2023-2024-oʻquv yili boshidan ushbu talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish choralari ham koʻriladi. ❌ Yuqorida ko‘rsatib oʻtilgan me’zonlar asosida TTJlarga joylashtirish ishlari kechki va sirtqi taʼlim shakllari hamda ikkinchi mutaxassislik uchun tahsil oluvchi talabalar uchun tatbiq etilmaydi. Universitet Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi #talabalar_turar_joyi #TTJ #OʻzDJTU_2023_2024 ✅Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling: 📱Telegram | 📱Instagram
إظهار الكل...
02:03
Video unavailableShow in Telegram
General va yoshlar uchrashuvi. @hududtv
إظهار الكل...
8.mp49.89 MB
🏆🏆🏆 🇺🇿 🇺🇿 🏆 Gʻoliblar munosib taqdirlandi 🎉 Kecha, 6-iyun, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan aprel-may oylarida oʻtkazilgan tadbirlar va tanlovlar gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 🤝 Gʻolib talabalar va jamoalarga pul mukofotlari💰, diplom🇺🇿 va sertifikatlar🇺🇿 topshirildi. 📱Telegram | 📱Instagram
إظهار الكل...