TASKIN - Psixologik markazi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢
إظهار المزيد2 485
المشتركون
-324 ساعات
+37 أيام
-4230 أيام
أرشيف المشاركات
Assalamu aleykum azizlar.
Kechagi postni o’ziyam 1 hafta davomida hayollarimda o’ylab yurdim. Va 3 kun davomida yozdim. 50dan ortiq odamlar bir-biriga yuboribti. Izohlarda ham qo’shimcha fikrlar keldi.
Kasbimiz sabab, har kuni turli insonlarni ko’ramiz, har xil taqdirlarni eshitamiz, og’ir dardlarni guvoxi bo’lamiz. Shulardan ta’sirlangan holda ushbu post yozildi.
Postimiz sizlarni ta’sirlantirgan bo’lsa, nimadirni o’ylashga majbur qilgan bo’lsa biz asl maqsadimizga yetgan bo’lamiz. Zero, o’zimizni o’zgartirmagunimizcha holatimiz o’zgarmaydi☝🏻
Shunchaki tafakkur qilishingizni xohladim…
#travel 🌤
Assalamu aleykum. Xayrli tong azizlar🌞
Boshlagan haftangiz fayz-u barokotlarga boy bo’lsin✨
Bu sovuq kunlar ham g’animat. Bunaqa sovuq kunlarda issiq choy, dildan suhbat qalblarni isitadi😉
▶️ @taskin_markaz
Tafakkur qilamiz!
🔅O’zing tananga, sog’lig’inga be’etibor bo’lasanda, keyin kasal bo’lib “Alloh suygan bandalariga dard yuboradi” deb qo’yishing adolatdanmi?
- Ahir o’zingni o’zing kasal qildingku. O’zing yeb ichishingga, salomatligingga befarq bo’ldingku? O’zingni kasal qilib, Alloh dard yubordi deb sen kimga tuxmat qilayapsan?
🔅O’zing eringdan (ayolingdan) norozi bo’lib isyon qilib ajrimgacha olib borasanda, keyin qiyinchiliklarga uchraganingda, “Allohni sinovida” deb siqilib qo’yasan?
- Ahir tanlov o’zingda ediku. Oilani saqlab qolish ham uni poymol qilish ham seni qo’lingda ediku. Bu bilan kimga tuxmat qilayapsan?
🔅G’iybat, xasad kabi gunoxu ma’siyatlarga botgansanda, keyin nega duolarim qabul bo’lmayapti qayerda xato qildim, gunohim nima deysan?
- O’zingni isloh qilish haqida, gunohlardan tiyilish haqida o’ylab ham ko’rmaysan, yana norozi bo’lib ham qo’yasan.
🔅Farzandlaring aqlsiz, vaqtini behuda sarflaydigan, hayotda tayinli bir narsaga erishmaganligidan xafa bo’lasan.
- Lekin o’zing ularga vaqtida tarbiya berishni o’rniga, uy-joy, ish, mashina va hokazo tirikchilik ortidan quvib yurgansan. Go’yoki ularni kelajagi uchun deysan, lekin rizq Allohdan ekanligini unutib qo’ygansan.
🔅Yaqinlaringni, boshqa insonlarni norozi qilib yurasanda, keyin nega ishlarim yurishmayapti ekan deyishing adolatdanmi?
- Boshqalar sendan norozi bo’lgan holda, Robbisidan rozilik kutasan.
🔅Sendan nimadur so’rashsa, yo’q deya olmay, o’zing hohlamagan ishingda InShaAllah deb qo’yasan, bu Allohga tuxmat emasmi?
- O’zing qilishni maqsad qilmagan ishingda, keyin o’xshamasa Alloh hohlamadida, deb aybni to’nkab qo’yish bilan barobar emasmi?
🔅Rizqingda halol haromga befarq bo’lasan, birovning haqqiga be’etibor bo’lasanda, keyin nega topganimda baraka yo’q deysan.
- Rizq va luqmani halolligi, birovning xaqqi, sen uchun muhimliligini yo’qotgani sari hayotingda qarz va keraksiz harajatlarni ko’payayotganligidan behabarsan.
🔅Hayotingdagi muammolardan qiynalib “aybim nima, qayerda xato qildim” deysan.
- Lekin qachonlardir ba’zi insonlarni ustidan kulganing va ularga nisbatan kibr qilganing hayolingni bir chetiga ham kelmaydi. Balki shudir aybing?
🔅Sevganing tomonidan yaxshigina tiling kuyib dod-voy solasan.
- Lekin o’zing vaqtida bandasini Robbisidan ustun qo’yganingni unutib qo’yasan…
©️ Naimjon Azimov
Bular biz ahamiyat bermaydigan, lekin kundalik hayotimizdagi odatlarimizdan emasmi? Tafakkur qilaylik! Postni o’qish davomida siz ham qaysidur misollarni eslagan bo’lsangiz Chatda yozib qoldiring.
▶️ @taskin_markaz
Kecha va bugun shu efirni erinmay ko’rib chiqtim. Juda dolzarb mavzuni ko’tarib chiqishibti.
Jamiyatimizda asta sekin bunaqa soxtaliklarga, ikkiyuzlamachilikka nisbatan immunitet hosil bo’layotganidan xursand bo’ldim.
https://youtu.be/vG6H7EW3e94?si=OCWklVTU_qOZYVxh
Bugun Psixologlar assotsiyatsiyasi rahbari Xulkar opa bilan shaxsan tanishib bir nechta dolzarb muammolarni muhokama qilib keldim.
Tez kunda “Taskin” psixologik markazimiz Psixologlar assotsiyatsiyasi bilan memorandum imzolashga kelishdik.
Qolaversa, fevral oyidan kuchga kiradigan qonun bo’yicha, har bir psixolog birorta psixologlar assotsiyatsiyasiga a’zo bo’lishi kerak.
(Hozirda bunday assotsiyatsiya O’zbekistonda bitta)
Amaliyotchi psixologlar assotsiyatsiyaga a’zolikdan tashqari litsenziya olishi kerak. Litsenziya olish uchun esa maxsus TESTDAN o’tishi kerak.
Testdan o’tish uchun esa avvalo psixologlar 72 soatlik malaka oshirish o’qishidan o’tgan bo’lishi kerak. U malaka oshirish o’qishini Litsenziyaga ega xususiy psixologik markazlarga topshirilish ehtimoli baland (yangi qonun uchun ko’rib chiqilayotgan dasturda bu punkt ham bor, faqat uni tasdiqi kutilayapti).
Bizni “Taskin” markazimiz esa ayni shunda LITSENZIYAGA ega markazlardan biri hisoblanadi.
▶️ @taskin_markaz
Sevgan insonim uchun uni bera olaman, buni bera olaman deydiganlar ko’p.
Lekin meni doim bitta savol qiynagan:
“Siz sevganingiz uchun nimadan kecha olasiz?”
Nimadan kechishga tayyorsiz?
Ba’zan nimadur berish emas, nimadan kechish muhim…
▶️ @taskin_markaz
“Amaliy psixologiya” kursimiz o’quvchilari endilikda kurs davomida har oy bilimlarini sinab borishadi.
Har oy olingan bilimlarni biz tekshirib boramiz.
P.s. Davlat imtixonlariyam bunchalik jiddiy bo’lmasa kerak😅
▶️ @taskin_markaz
Buyoqda hozir AQSH da yashayotgan do’stim suhbatimizdan keyin katta anglashlar olganini e’tirof etib qoldi…
30yillik hayotni tahlil qilib maqsadlarni aniq va mustahkam qo’yayapmiz bu do’stim bilan😊
▶️ @taskin_markaz
Repost from Kokand University (rasmiy)
Unutilmas seminar-trening!
"Psixologik konsultatsiyaga kirish: muloqot va tahlil ko‘nikmalari" mavzusidagi seminar-trening barcha talabalarda iliq taassurot qoldirdi.
Yakunda "Taskin" nomli psixologik markazi rahbari Naimjon Azimov Qoʻqon universiteti, seminar-trening va talabalar haqida oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.
Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube
Repost from Kokand University (rasmiy)
+4
🏫 Qo‘qon universiteti talabalari uchun qiziqarli seminar-trening bo‘lib o‘tdi
🔖Seminar-treningni "Taskin" nomli psixologik markazi rahbari Naimjon Azimov va ushbu markaz masʼul xodimi, kriminalist psixolog Azamat Bahriddinov olib bordi.
Seminar-treningda para psixologiya, ezoterika, ilmiy psixologiya, inson faoliyati davomida yo‘l qo‘yadigan xatolar, mijozlar bilan ishlash, o‘z-o‘ziga baho berish, o‘ziga ishonch mavzulariga to‘xtalib o‘tildi.
🩷Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, yakunda tashrif uchun minnatdorchilik bildirib o‘tildi.
Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube
Naqd 36 soatlik bedorlikdan so’ng uyga ham yetib keldik. Endi dam olsak bo’ladi😇
Bugungi seminarimizda qatnashgan Qo’qon universiteti talabalari, bugungi uchrashuvimizdan qanday anglashlar oldingiz? Nimalarni tushundingiz?
Fikrlaringizni chatda yozib qoldiring.
Sizni fikrlaringizni o’qib bugungi kunni yakunlaymiz😊
Психолог умрини психология илмини ўрганишга сарфлайди. Лекин мижоз билан ишлаётганда у илмларни ҳаммасини ишлатмайди.
Бутун умри давомида олган илмини кичкина бир бўлимигина керак бўлади. Ҳар бир мижозга айнан қайси илми тушишини билиш учун эса кўп илм олган бўлиши керак…
▶️ @taskin_markaz
“Taskin” psixologik markazi psixologlari Qo’qon shaxriga qarab Toshkentdan yo’lga chiqishdi.
Duo qib turila, eson omon borib manfaatli ilmlarni ulashib kelish nasib etsin🤲🏻
🏫 Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi seminar-trening bo'lib o'tadi.
Hurmatli talabalar!
Sizlarni "Psixologik konsultatsiyaga kirish: muloqot va tahlil ko‘nikmalari" mavzusidagi seminar-treningga taklif etamiz!
Ma'ruzachi: Naimjon Azimov
🎯 Seminar dasturi:
🔵Psixologik konsultatsiya jarayoniga kirish.
🟣Muloqot texnikalari: faol tinglash va mijoz bilan ishonchli munosabat o‘rnatish.
🔵Muammolarni tahlil qilishda zamonaviy usullar va yondashuvlar.
🟣Mijozning his-tuyg‘ulari va ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha mashg‘ulotlar.
🔵Psixologik konsultatsiyadagi etik me'yorlar.
🗓 Sana: 22.01.2025
🕒 Vaqt: 11:00
📍 Joy: Qo‘qon Universiteti,
C binosi ma’ruzalar zali
Sizni tadbirimizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
Farg’ona, Qo’qon shahrida trening!
🔴 22-yanvar soat 11:00da Qo’qon universitetida “Taskin” - psixologik markazi psixologlari tomonidan ajoyib trening va savol-javob bo’lib o’tadi.
✅ Treningda qatnashish Bepul.
📍Manzilni biladiganlar bemalol boraverasiz.
▶️ @taskin_markaz
Assalamu aleykum aziz do’stlar. Oramizda Farg’onalik kuzatuvchilarimiz bormi?
Sizga bir yangiligimiz bor😉🤫
Hazrat Alidan so‘radilar:
-Boshimizga kelayotgan balolar imtihonmi yoki jazo?
-Agar Allohga yaqinlashtirsa imtihon, agar uzoqlashtirsa, jazodir..
▶️ @taskin_markaz
Aynan hozir sizni hayotingizda nima sodir bo’layotgan bo’lsa bilingki, demak hayrlisi shu ekan…
▶️ @taskin_markaz
Repost from PSIXODIAGNOSTIKA
KURSIMIZ DAVOMIDA OʻRGANADIGAN TESTLARIMIZ HAQIDA QISQACHA MAʼLUMOT BERAMAN.
1. MMPI (Minnesota Multiphasic Personality Inventory)
Nima uchun ishlatiladi: MMPI psixologik diagnostika uchun eng mashhur testlardan biridir. Asosan ruhiy salomatlik muammolarini aniqlash va shaxsiy xususiyatlarni oʻrganishda qoʻllaniladi.
Imkoniyatlari:
• Depressiya, xavotir, psixoz kabi psixik buzilishlarni aniqlaydi.
• Sud-psixologik ekspertizalarda, klinik psixologiyada va ishga qabul qilish jarayonida qoʻllaniladi.
• Mijozning shaxsiy va ijtimoiy moslashuv darajasini baholaydi.
2. NEO PI-R (NEO Personality Inventory-Revised)
Nima uchun ishlatiladi: NEO PI-R shaxsiyatni “Big Five” modeli asosida baholash uchun yaratilgan. U insonning beshta asosiy shaxsiyati yoʻnalishlarini oʻrganadi.
Imkoniyatlari:
• Neurotizm, Ekstraversiya, Ochiklik, Moslashuvchanlik va Masʼuliyatlilik kabi yoʻnalishlarni baholaydi.
• Shaxsiy rivojlanish, ishda samaradorlik va jamoa bilan ishlash qobiliyatini aniqlashda qoʻllaniladi.
• Psixoterapiya va karyera yoʻnalishini aniqlashda foydalidir.
3. MBTI (Myers-Briggs Type Indicator)
Nima uchun ishlatiladi: MBTI odamlarning fikrlash, his qilish va qaror qabul qilish uslublarini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu test shaxsiyat tipini aniqlaydi.
Imkoniyatlari:
• Shaxsni 16 ta turga ajratadi (masalan, ISTJ, ENFP).
• Karyera tanlash, jamoada ishlash va yetakchilik qobiliyatlarini aniqlashda yordam beradi.
• Terapiyada shaxs diagnoslash uchun foydali test.
4. 16 PF (Sixteen Personality Factor Questionnaire)
Nima uchun ishlatiladi: Bu test insonning 16 ta asosiy shaxsiy xususiyatlarini aniqlashga moʻljallangan.
Imkoniyatlari:
• Ish joyida shaxsiyatni tahlil qilish va rahbarlik qobiliyatlarini aniqlashda ishlatiladi.
• Shaxsiy rivojlanish va oʻzini anglash jarayonida foydali.
• Qaror qabul qilish va stressga chidamlilik darajasini aniqlaydi.
5. MCMI-IV (Millon Clinical Multiaxial Inventory-IV)
Nima uchun ishlatiladi: Bu test klinik shaxsiyat buzilishlarini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Ayniqsa, psixologik salomatlikni baholashda muhimdir.
Imkoniyatlari:
• Chegaradagi shaxsiyat buzilishi, depressiya va boshqa shaxs buzilishlarini aniqlaydi.
• Psixoterapiyada diagnostika va davolash yoʻnalishini belgilashda yordam beradi.
• Klinik sharoitda psixologik diagnostika uchun moslashgan.
Bu testlar shaxsning psixologik holatini turli yoʻnalishlarda chuqur oʻrganish va uni toʻgʻri baholashda jahon psixologlari tomonidan ijobiy eʼtirof etilgan.
Repost from PSIXODIAGNOSTIKA
“Psixoterapiyagacha diagnostik usullar” — Online Kurs! 📊
Sizga, olam vibratsiyalari, koinot energiyalari, chakralar yoki pulga ochilishni emas, ilmiy diagnostik vositalardan foydalanishni oʻrgataman.
📌 Kursda nimalarni oʻrganasiz?
🔹 Psixologik testlar va diagnostik vositalardan foydalanish.
🔹 Mijoz muammolariga zamonaviy yondashuvlar.
🔹 Real holatlar asosida diagnostika amaliyotlari.
🔹 MMPI testi.
🔹 NEO PI-R test.
🔹 MBTI.
🔹 16 PF.
🔹 MCMI-IV kabi shaxs va klinik testlarni qoʻllashni oʻrganasiz.
📅 Oʻtkazilish vaqti: 1 oy, haftada 2 marotaba.
🌐 Format: Online. 20.01 kuni, 21:00dan boshlanadi.
🎓 Kim uchun: Amaliyotdagi psixologlar uchun.
Xizmatlar N:336021 raqamli litsenziyaga ega.
Kurs soʻngida rasmiy sertifikat beriladi.
🎯 Joylar cheklangan! Vaqt kam!
Kurs narxi: 1 mln soʻm
ROʻYXATDAN OʻTISH UCHUN @az_uz ga yozing.
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
