cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Liverpool.asia

"Liverpul"ning Telegramdagi eng sifatli va tezkor o'zbek kanali! "Liverpul" muxlislaridan "Liverpul" muxlislari uchun! Navbatdagi o'yin: O'rtoqlik uchrashuvi "Liverpul - "Betis" 27-iyul, soat 04:30 Murojaat uchun: @mohamed_salah

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
7 614
المشتركون
-324 ساعات
-307 أيام
-12830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#copaamerica #makallister Biroz oldin Amerika Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan Argentina-Ekvador (1:1, penaltilar seriyasi 4:2) o'yini yakunlandi. Aleksis Mak Allister 35-daqiqada Lisandro Martinesning goliga assistentlik qildi va penaltilar seriyasida o'z urinishini golga aylantirib, terma jamoasining 1/2 finalga chiqishiga o'z hissasini qo'shdi. 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...
👍 42🎉 11🗿 1
​​#kun_tarixi Kun tarixi – 4-iyul Ushbu sanada tug'ilgan futbolchilar: Robert Krouford (1886-yil) - 1909-yildan 1915-yilgacha klubda faoliyat olib borgan ushbu futbolchi 115 o'yinda 1 gol kiritgan. Yan Molbi (1963-yil) - 1984-yildan 1995-yilgacha klubda faoliyat olib borgan Molbi 292 o'yinda maydonga tushib, 61 gol va 42 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. U "Liverpul" bilan 2 bor Liga chempionligi (1985/1986 va 1989/1990-yilgi mavsum) va 2 bor Angliya Kubogi (1986, 1992) ni qo'lga kiritgan. Jon Skeyls (1966-yil) - 1994-1996-yillar oralig'ida 94 o'yin (2 gol, 1 assist) da maydonga tushib, 1995-yilda Angliya Liga Kubogida zafar quchgan. Klubga kelib qo'shilgan futbolchilar: Sten Kollimor (1995-yil, "Nottingem Forest" jamoasidan, transfer narxi - 8.5 mln funt); Antonio Barragan (2005-yil, "Sevilya" yoshlar jamoasidan, transfer narxi - 240 ming funt); Bolo Zenden (2005-yil, erkin agent); Pepe Reyna (2005-yil, "Vilyarreal" jamoasidan, transfer narxi - 6 mln funt); Gabriel Paletta (2006-yil, "Banfild" jamoasidan, transfer narxi - 2 mln funt); Fernando Torres (2007-yil, "Atletiko Madrid" jamoasidan, transfer narxi - 20.2 mln funt); Andrea Dossena (2008-yil, "Udineze" jamoasidan, transfer narxi - 7 mln funt); Roberto Firmino (2015-yil, "Xoffenxaym" jamoasidan, transfer narxi - 21 mln funt). Klubni tark etgan futbolchi: Devid Feyrklou (1983-yil, "Luzern" jamoasiga, transfer narxi noma'lum). Boshqa voqealar Tommi Smit Syuzi bilan oila qurdi (1964-yil). Jerar Ulye Liverpul Uniersitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (2002-yil). Kyortis Jons "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirdi (2020-yil). 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...

👍 24🥱 3🤬 2😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
"Liverpul" klubi Muhammad Salah va Vataru Endoga Olimpiadada qatnashishga ruhsat bermadi. 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...
👍 243🤬 31😁 4🎉 4 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kopa Amerika 2024 Chorak final bosqichiga yo'l olgan barcha jamoalar ma'lum. 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...
👍 60 5🤡 4
00:24
Video unavailableShow in Telegram
#goals Yaqin o'tmishda Emre Jan "Liverpul" tarkibida shunday shedeverni ijro etgan edi. 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...
IMG_4983.MP48.74 MB
👍 69🔥 6🎉 4💯 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kodi Gakpo Gollandiya terma jamoasi bilan so'nggi ikki yirik turnirda 6 ta gol urdi: Jahon CHempionati-2022da ⚽️ 3 ta gol Yevro-2024da ⚽️ 3 ta gol 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...
🔥 105👍 15👏 14 7🏆 1
​​#kun_tarixi Kun tarixi – 3-iyul Ushbu sanada tug'ilgan futbolchi: Charli Oshkroft - ushbu darvozabon 1946-yildan 1955-yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida klub sharafini himoya qilgan va 89 o'yinda maydonga tushib, 15 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Ushbu sanada vafot etgan futbolchilar: "Liverpul" safida 1928-yildan 1938-yilgacha to'p surgan Jimmi Mak Dugal 1984-yilda vafot etgan. 1946-yildan 1960-yilgacha "qizillar" safida o'ynagan va klub afsonasiga aylangan Billi Liddell 2001-yilda bu yorug' olamni tark etgan. Klubga kelib qo'shilgan futbolchilar: Toni Heytli (1967-yil, "Chelsi" jamoasidan, transfer narxi - 96 ming funt); Filipp Degen (2008-yil, erkin agent); Emre Jan (2014-yil, "Bayer" jamoasidan, transfer narxi - 9.75 mln funt). Klubni tark etgan futbolchilar: Bob Klark (1931-yil, erkin agent); Erik Anderson (1957-yil, erkin agent); Bert Slater (1962-yil, "Dandi" jamoasiga, transfer narxi - 1.7 ming funt); David Raven (2006-yil, erkin agent); Luis Garsiya (2007-yil, "Atletiko Madrid" jamoasiga, transfer narxi - 4 mln funt); Jonjo Shelvi (2013-yil, "Suonsi" jamoasiga, transfer narxi - 5 mln funt); Andre Uisdom (2017-yil, erkin agent). Boshqa voqealar 1993-yildan 2010-yilgacha klubda doktor vazifasini bajargan Mark Uoller ushbu sanada tug'ilgan (1958-yil); 2009-yil Kenni Dalglish klub akademiyasida ish boshlagan. 2021-yil Yevropa chempionatining 1/4 finalida Jordan Henderson Ukraina terma jamoasi darvozasiga gol kiritib, o'zining terma jamoadagi gollari hisobini ochgandi. 2023-yil Stiven Jerrard "Al-Ittifoq" bosh murabbiyi etib tayinlangan. 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...

👍 28🥱 6👏 1
#copaamerica #alisson #dias Biroz oldin Amerika Kubogining D guruhi 3-turidan o'rin olgan Braziliya-Kolumbiya (1:1) o'yini yakunlandi. Alisson to'liq o'yin o'tkazdi, Luis Dias esa 89-daqiqada zahiraga olindi. Shu tariqa "Liverpul"ning Amerika Kubogi bahslarida ishtirok etayotgan barcha 4 futbolchisi o'z terma jamoasi bilan 1/4 finalda ishtirok etadi. 5-iyul, soat 06:00: Argentina-Ekvador (Aleksis Mak Allister); 7-iyul, soat 03:00: Kolumbiya-Panama (Luis Dias); 7-iyul, soat 06:00: Urugvay-Braziliya (Darvin Nunyes, Alisson). 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...
👍 56👌 3 2
#euro2024 #vandeyk #gravenberh #gakpo Biroz oldin Yevropa chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan Ruminiya-Niderlandiya (0:3) o'yini yakunlandi. Virjil Van Deyk to'liq o'yin o'tkazdi. Rayan Gravenberh maydonga tushirilmadi. Kodi Gakpo esa 84 daqiqa maydonda harakatlanib, 20-daqiqada hisobni ochdi, 83-daqiqada Doniel Malenning goliga assistentlik qildi. Yakunda esa o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu tariqa o'z terma jamoalari bilan 1/8 finalga chiqqan "Liverpul"ning 7 nafar futbolchisi turnirdagi ishtirokini 1/4 finalda ham davom ettiradi. 5-iyul, soat 23:55: Portugaliya-Fransiya (Ibraima Konate, Diogu Jota) 6-iyul, soat 21:00: Angliya-Shveytsariya (Trent Aleksandr-Arnold, Jo Gomes) 6-iyul, soat 23:55: Niderlandiya-Avstriya/Turkiya (Virjil Van Deyk, Rayan Gravenberh, Kodi Gakpo) 👉 @liverpoolasia
إظهار الكل...
❤‍🔥 52👍 33🎉 3 2👏 2
"Liverpul"ning asosiy jamoasidan tashqari U18, U19 (faqat UEFA Yoshlar Ligasida ishtirok etadigan toifasi), U21 va ayollar jamoasi ham mavjud. Siz bu jamoalar to'g'risidagi xabarlarni o'qishni xohlarmidingiz?Anonymous voting
  • Ha, bu menga qiziq
  • Yo'q, bu menga qiziq emas
0 votes
👎 48👍 24🤣 7🤬 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.