cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

Website : www.tdpu.uz Telegram : T.me/TDPU_UZ Facebook: Facebook.com/nizamitdpu Instagram: Instagram.com/nizomiytdpu YouTube: Youtube.com/TDPUNizami

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 052
المشتركون
+124 ساعات
+17 أيام
+11630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Xalqaro_Forum Xabaringiz bor Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug’afffor Karimjonovich rasmiy delegatsiya bilan Rossiya Federatsiyasiga uchib ketgan edi. Bugun Rossiya Federatsiyasi Uzoq sharq federal universitetida «Kelajakdagi ta’lim maydoni: Yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar» mavzusida IV Rossiya-O‘zbek ta’lim forumi o‘z ishini boshladi. Forumda O‘zbekiston tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyatlari va mas’ullari, 30 dan ortiq OTM rektorlari va mas’ullari ishtirok etmoqda. Shuningdek, forum davomida Rossiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi loyihalar, hamkorlik shartnomalari, memorandumlar va yo‘l haritalari imzolanishi ko‘zda tutilgan. @TDPU_UZ
إظهار الكل...
👍 11🔥 2
#Vazir_yoshlar | #TDPU_Yoshlari ✅ Joriy yilning 21-iyun kuni Yoshlar ijod saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning 200dan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. ✅Unda vazir dastlab, kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishning yoshlar uchun ahamiyati, sohadagi eng so‘nggi islohotlar mazmuni, yoshlarga berilayotga imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. 🇺🇿 Uchrashuvda Nizomiy nomidagi TDPU magistrantlari va talaba yoshlari faol ishtirok etishdi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
إظهار الكل...
🔥 2👏 2👍 1 1🥰 1
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti professor o‘qituvchilari tahrif buyurdi. 🏛️ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek-Belarus Innovasion pedagogika fakulteti 4-kurs bitiruvchi talabalaridan davlat imtihonlarini olish maqsadida xamkor Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti professor o‘qituvchilar tarkibidan iborat imtixon komissiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida ularni Nizomiy nomidagi TDPU rektori A.K.Qirg‘izboyev tomonidan qabul qilindi. Uchrashuv davomida qo‘shma Innovasion pedagogika fakultetidagi o‘quv jarayonlar, ilmiy-metodik ishlardagi yutuqlar shuningdek istiqbollik rejalar haqida suhbat olib borildi. Uchrashuv davomida BGPU davlat imtixon komissiyasi tomonidan qo‘shma fakultetda olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! @TDPU_UZ
إظهار الكل...
👍 7 1
“Zakovat” intellektual oʻyini doirasida “Vazir kubogi” tashkil etildi ✅ Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-yanvardagi 96-son qaroriga asosan “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi, xususan davlat xizmatchilari oʻrtasida keng ommalashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosi hamda Yoshlar oyligi doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Vazir kubogi” tashkil etildi. 🌐 Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan musobaqada vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda maktabgacha va maktab taʼlim muassasalari pedagoglaridan iborat jami 72 ta jamoa (420 nafar ishtirorkchi) gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi. ⚡️ Qizgʻin va doʻstona ruhda boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra: 🥇Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparatining “Blockchain” jamoasi — 1-oʻrin; 🥈Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Usturlob” jamoasi — 2-oʻrin; 🥉Vazirlik tizimidagi “Oʻzbekiston” NMIUning “Strike” jamoasi — 3-oʻrinni egallashdi. 🏆 Musobaqaning peshqadam jamoasi — “Blockchain” vakillari Vazir kubogi qo‘lga kiritdi. 👉 Shuningdek, gʻolib jamoalar tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari, maxsus Diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
إظهار الكل...
👍 13🔥 3 1
Repost from Edu.uz
02:14
Video unavailableShow in Telegram
#taqdirlash #tanlov #ma’naviyat&ma’rifat “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblari tantanali taqdirlandi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 13–14-iyun kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 jamoa o‘zaro bellashdi. Bugun mazkur tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Shuhrat Ataxanov ochib berib, tanlov ishtirokchi va g‘oliblarini samimiy tabrikladi. “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining g‘oliblari bilan tanishing: 1-o‘rin: “Avloniy izdoshlari” jamoasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti; 2-o‘rin: “O‘zbegim” jamoasi, Shahrisabz davlat pedagogika instituti; 3-o‘rin: “Behbudiy izdoshlari” jamoasi, Samarqand davlat universiteti; 4-o‘rin: “Tong yulduzi” va “Maʼrifat” jamoalari, Andijon davlat tibbiyot instituti/O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi; 5-o‘rin: “Hurriyat” jamoasi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. G‘oliblar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 💸1-o‘rin – 40 mln so‘m 💸2-o‘rin – 25 mln so‘m 💸3-o‘rin – 20 mln so‘m 💸4-o‘rin – 10 mln so‘m 💸5-o‘rin – 5 mln so‘m
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
IMG_4350.1.mp453.16 MB
👍 16🔥 3🎉 3
✅ Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash ,,Ulugʻbek" jamgʻarmasi har yili yosh avlodning iqtidorini aniqlab,ularni munosib ravishda taqdirlashga qaratilgan turli xildagi koʻplab tanlovlarni oʻtkazib kelmoqda. ✅ Shunday tanlovlardan biri, Chingiz Aytmatovning ,,Oq kema" asari boʻyicha insholar tanlovi joriy yilning aprel-may oylari mobaynida oʻtkazilib,14-iyun sanasida gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ✅ Tanlovda  2-oʻrinni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 101-guruh talabasi Tursunaliyeva Munojat Abdukarim qizi qo'lga kiritdi va sertifikat, 3 mln soʻm pul mukofoti hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
إظهار الكل...
👍 7 6🔥 2🥰 1🎉 1
✅ 13–14-iyun kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. ⚡️ Final bosqichida 8 ta oliy ta’lim muassasasidan jamoalar quyidagi tartibda ishtirok etdi: ↪️Andijon davlat tibbiyot instituti “Tong yulduzi” jamoasi; ↪️Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti “Kimyogar” jamoasi; ↪️Toshkent davlat pedagogika universiteti “Avloniy izdoshlari” jamoasi; ↪️Xalqaro innovatsion universiteti “Hurriyat” jamoasi; ↪️Shahrisabz davlat pedagogika instituti “O‘zbegim” jamoasi; ↪️O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi “Maʼrifat” jamoasi; ↪️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti; ↪️Samarqand davlat universiteti “Behbudiy izdoshlari” jamoasi. ✅ “Maʼrifat maydoni” tanlovining final bosqichida har bir. jamoa “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashdi. 🏆 Tanlovning respublika tanlovining final bosqichida Toshkent davlat pedagogika universiteti “Avloniy izdoshlari” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
إظهار الكل...
👍 15🎉 9🔥 4 3👏 2
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.