MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
الذهاب إلى القناة على Telegram
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!! ⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba; 🎯 8 000+ natijalar; 🔗 Variantlar va uning yechimlari; ♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
إظهار المزيد1 644
المشتركون
-924 ساعات
-177 أيام
-3730 أيام
أرشيف المشاركات
💤. Oynaxol qizimiz ham yechim yo’llagan ekan, e’tibor bermabman. Darsdan chiqiboq yechim qilibmane, lekin kech qolibman.😎 @math_solver
Qaysidur qor yoqqan kunida ovolgandim
Bu boshqacha tuyg’u….
#formula
💤 Mana sizga Parabolaning xossalari….😎 @math_solver
Xotin manga ko’rsatayotgan narsasini qaranglar : Mana ahvol sizlar TASHMI ga kirishib kerak deb yuraveringlar baribir onalar bolasiga qanday dori berish bermaslikni SI dan so’rayveradi. Farmasevtlar sizlarga yaqinda ish qolmaydiyov, o’zi retseptsiz dori sotilmayotgan bir paytda onalarni SI dan tibbiy maslahat so’rab yurishi…..
#sat
📌 Kecha o'tkazilgan ONLINE SAT MATH MOCK EXAM savollari tahlili
✨ To'g'ri javoblar: 1.D 2.A 3.B 4.A 5.A 6.B 7.B 8.D 9.A 10.D 11.A 12.D 13.C 14.C 15.D 16.A 17.D 18.D 19.A 20.C 21.C 22.A🔗 https://youtu.be/87V9I0dgWxE
#ms
✅ MS SAVOLI : Offline MS MOCK uchun tayyorlanayotgan savollar bazasidan qiziq bir savolga yechim izlab ko'rsakYechimlaringizni commentda asoslang! 😎 @math_solver
#nazm
Unutdim men yig'lash, kulganim yo'q odamlar
Kim do'st kim dushman hanuz, bilganim yo'q odamlar
Hayot tegirmon toshi, ezib turar yelkamdan
Dushmanim kulmasin deb, o'lganim yo'q odamlar
Kimlar shodon gul tutar, kim tosh boshimga
Shuncha sitam kammidi, yolg'izgina boshimga
Ko'rib bu savdolarni, qoyil deng bardoshimga
Kelib ko'ring qoshimga, o'lganim yo'q odamlar
Sizga hamdard bo'lay deb, siz kulsangiz kulay deb,
O'lsam siz chun o'lay deb, o'lganim yo'q odamlar
Boshim omon tanim sog', g'iybatlardan ko'nglim dog'
Kuydim bearmon biroq, o'lganim yo'q odamlar
Bir devona bolaman, devonadir ko'nglim ham
Bir devona bolaman, qo'rqitolmas o'lim ham
O'lim nima? Bir uyqu yumilsa bas ko'zlarim
Faqat o'ksik dilimni, o'ksitmangiz do'stlarim
#ms #formula
MSga test tuzayotib ajoyib qo’llanmani topib oldim. Ayniqsa bu savol ichida MS imtihonida tushganidek chumoli barcha turdagi stereometrik shakllardan aylanib chiqqani haqidagi va stereometrik shaklni qandaydir chiziq bo’ylab teksilik bilan kesilgani haqida tayyor idea va formulalar borligi yoqti.Ilindim…. @math_solver
Aziz ustozlar!
Sizlaram ota-onalarga MILLIY SERTIFIKAT masalasida farzandi “hali tayyormas” ekanligi tushuntirolmay halakmisizlar yo bitta manmi? Bu vasvasa qayerdan keldi e tovba. Biri yo’q tavakkal topshirib chiqsin desa, yana biri balki olib chiqar deydi, yana boshqasi ko’p joyda 4oyda tayyorlab beramiz deyaptiku desa, yana bir turi “nega tayyorlab bermadingiz shu vaqtgacha” deyapti.Bu haqiqiy degradadsiya yoki manipulyatsiya qurboni bo’lish deb hisoblayman..
#satmock
✅ MATH SOLVER ustozlari bugundan boshlab haftada 3 marta ONLINE SAT MATH MOCK EXAM o'tkazishni ham maqsad qildik. Bugun shu mock savollaridan dastlabkisi, bo'lgan SAT MATH MOCK_07.01.2026 ni taqdim qilamizℹ️ Ushbu savollarni 23:59 ga qadar @promax_admin ga yuborishingiz mumkin bo'ladi. Shuningdek, MOCK EXAM vaqti tugagach sizlarga video tahlili ham taqdim qilinadi. ✨ Bilimlaringizni doimiy ravishda sinab boring va Eng muhim maqsadlaringizni biling ! 😎 @math_solver
📌 11.01.2026 kuniga imithon sanasini belgiladik, qatnashinglar va o'z bilimingizni tekshirib olish imkoni mavjud.🔗 https://t.me/promax_edu/15646
Repost from 1% Bilim
Diqqat — bu yangi neft. Silicon Valleydagi minglab muhandislar sizning diqqatingizni o'g'irlash uchun maosh oladi. Ularga qarshi turish uchun iroda yetmaydi, tizim kerak.
Yohan Hari,
«O’g’irlangan Diqqat»
(Stolen Focus) kitobidan
Nega namozda «zerikib» qolamiz?
Miyamizdagi dopamin — bu zavq gormoni emas, bu "izlanish" gormoni. Siz har safar yangi Reels yoki TikTok videosini ko‘rganingizda, miyangiz "voy, yangi narsa!" deb dopamin chiqaradi. Bu jarayon sekundiga bir necha marta takrorlansa, miya shunaqa yuqori doza dopaminga o‘rganib qoladi. Keyin esa kitob o‘qish, dars qilish yoki eng muhimi — namozda turish zerikarli ko‘rina boshlaydi. Chunki u yerda har 3 soniyada "kadr" almashmaydi. «Kadr almashsa ham» bu miyada sodir bo’ladi. Natijada huddi eslolmagan reelsimiz kabi, 10 daqiqadan so’ng qaysi surani o’qiganimizni ham eslolmaymiz.
Shaxsan o‘zim kuzatganman: miyasi "chirigan" (brain rot) odam uchun 10 daqiqalik namoz — go‘yoki bir umrlik qamoqdek tuyuladi. Tana sajda va rukuda, lekin miya hali ham o‘sha boshqa narsalar ichida aylanib yuradi.
Xushu — bu shunchaki "taqvo" emas, bu kognitiv nazorat
Bizda xushuni faqat diniy termin deb tushunishadi. Lekin ilmiy tilda bu — "Deep focus" (chuqur diqqat) va "Mindfulness" (onglilik) tushunchalarining eng cho‘qqisi.
Keling, raqamlarga qaraymiz. Microsoft o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, insonning o‘rtacha diqqatni ushlab turish vaqti 8 soniyagacha tushib ketgan. Bu akvariumdagi guppi balig’idan ham kamroq (ularniki 9 soniya)! Endi tasavvur qiling, 8 soniyalik diqqat bilan qanday qilib 10-15 daqiqalik ibodatda "hushu"ga erishish mumkin?
Manimcha xushu — bu shunchaki qalbning yumshoqligi emas, bu miyani tarbiyalash natijasidir. Agar siz kun bo‘yi "scroll" qilib, miyangizni axlatga to‘ldirsangiz, namozga kirganingizda u "axlatxona" siz bilan birga kiradi. Bu fizik qonuniyat. Dars qilasizmi, sportmi, ahamiyatsiz.
Nima qilish kerak?
Dopamin dietasi: Hech bo‘lmasa, bomdoddan keyin va shomdan keyin 1 soat telefonni uzoqroqqa qo‘ying. Miya "zerikishni" o‘rgansin. Zerikmagan odam tafakkur qilolmaydi.
Kichik fokuslar: O’qiyotgan darsingiz, masalan kitobdagi har bir so’zga diqqat qarating. Yoki namozda o‘qilayotgan suralarning ma’nosini tushunishga harakat qiling. Miyamiz shunaqa tuzilganki, u bo‘shliqni yoqtirmaydi. Nimaiki qilayotgan bo’lsangiz, masalan ovqat yeyapsizmi, miyani o’sha narsaga qaratishga harakat qiling. Agar siz uni ma’no bilan band qilmasangiz, u o‘zini nima bilandir band qiladi. Ma’no qidirasiz, YouTubeni ochasiz.
Xushu — bu mashq: Uni bir kunda sotib olib bo‘lmaydi. Bu xuddi zalga borib mushak chiqarishdek gap. Har kuni diqqatni oz-ozdan jamlashni mashq qilish kerak.
Qisqasi... Odamlar "namozimda halovat yo‘q" deb noliydi. Aslida halovatni biz o‘zimiz, o‘sha cheksiz videolar va keraksiz ma’lumotlar bilan o‘ldirib bo‘lganmiz. Miya chirishi — bu shunchaki ijtimoiy tarmoq muammosi emas, bu bizning ma’naviyatimizga, ibodatimiz, qilayotgan ishlarimiz sifatiga berilayotgan yaxshigina zarba.
Bilmadim hayolimda "Brain rot" holatidagi miya bilan jannatga intilish — o'chiq motorli mashinada perevaldan o’tishga urinishdek gapga o’xshayapti. Avval motorni tuzatish kerak.
Xulosa o‘zingizga havola.
Xurshid Maroziqov.
Qo’qon
04.01.2026
@birfoizbilim
Dam olishga yotishdan shu savolni bir muhokama qilaylik…..
Bir kelib yana yo’q bo’bketib yana bir ko’rinib qoladigan shogirdimning fikrlari….
🔂 IDC MATEMATIKA qo'llanmasida ehtimollik mavzusining ayrim savollariga variantlar berilmagani haqida bilarmidingiz? Shu kabi savollardan biri rasmdagi savol, keinglar bu savolga birdaniga yechim ham qilib qo'yamiz.......Yechimlaringizni commentda asoslang! 😎 @math_solver
🧠 Ertalabki kayfiayt : Siz ham o'qishni yorvoryapman deb o'ylayliszmi?
#promaxlibrary
Usbu fayl sizga Algebradan yaxshi qo'llanma hisoblanadi.😎 @math_solver
🪧 MS ga moslab : Shartini tushundingizmi? |AC| tomondan dumalatilgan kichkina to’g’ri burchakli uchburchak |CE| tomonga qadar borgani ma’lum bo’lsa :a) |CE| tomonning eng kichik qiymatini aniqlang ; b) ACE yuzidan va AKL uchburchakning dumalagan miqdoriga teng yuzalarining ayirmasini toping. Javoblaringizni commentda asoslang! 😎 @math_solver
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
