cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Shams kitoblar do‘koni

☀️ Qalbingizni ilm bilan yoritamiz... 🌏 Oʻzbekiston va butun dunyo boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud. 📞 Novza: (94) 606-35-40 🕘 09:00-20:00 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/shamskitoblar

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 174
المشتركون
-424 ساعات
-447 أيام
-10030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:19
Video unavailableShow in Telegram
"Mukoshafatul qulub" "Qalblar kashfiyoti" deb nomlangan ushbu kitobda Allohga doim itoatda, qo‘rquv va zikrda, sevgi-muhabbatda bo‘lish fazilatlari haqida yozilgan. Shu bilan birga, kitob Nabiy alayhissalomning umri kabi ibratli bo‘lgan so‘nggi kunlari va vafotlarini bayon etish bilan yakunlangan. Unda keltirilgan maʼlumotlar barcha uchun manfaatli bo‘lishiga ishonamiz! Narxi: 90.000 so'm ☀️ ''SHAMS'' - Qalbingizni ilm bilan yoritamiz... 📚 Kitoblarga buyurtma berish uchun: @shamsadmin2 murojaat qiling yoki izohlarda ➕ belgisini qoldiring 🚚 Yetkazib berish xizmati mavjud! 📞 946063540 | 📍Novza 📞 992223540 | 📍Chorsu ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 YouTube
إظهار الكل...
❤‍🔥 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#حب Ne go'zal qochmoqlik – Sen tomon! Har narsadan qochiladi, huzursizlikdan, halovatsizlikdan, muhabbatsizlikdan... Sen tomon esa huzur, halovat, muhabbat istab qochiladi... Boshqalar eshigida bo'lmoq, insonni xor qilsa, Sening eshigingda "o'lmoq" azizlikdir! Senga bo'lgan muhtojlik – insonlardan behojatlikdir! Senga bo'lgan ishonch – saodatmandlikdir! Sening zikring ila -  qalb dunyo shovqinlaridan sakinat topadi! Sening zikringsiz hayot - o'z ma'nosini yo'qotadi! Sening mehribonliging - mendek bir isyonchi, johil bandangni uyaltiradi... Sening Afuv ekanliging, gunohdan qoraygan qalbimni quvontiradi... Seni eslamoq – hasta ko'nglimga shifo! Seni sevmoq - muhabbat istagan qalbimga davodir! 25.04.2024 🌌 @sadece_biryolcu
إظهار الكل...
6🔥 5❤‍🔥 4😭 4👍 1
​​Tez kunda yangi kitob! 📚 Insonni inson ekanini anglatib turuvchi narsalardan biri muhabbat ekani borasida ko‘plab tafakkur sohiblari fikr bildirib o‘tgan. Qalbi muhabbat tuyg‘ulari bilan limmo-lim bo‘lgan zotlarning qabohatdan jirkanishlari ham sir emas. Ushbu kitobda muhabbat borasida ma’lumotlar ulashilib, haqiqiy muhabbatga munosib Zot xususida, Uning sifatlari to‘g‘risida so‘z borgan. Asar tafakkur sohiblarining qalblaridan munosib o‘rin oladi, degan fikrdamiz. @shams_kitoblar
إظهار الكل...

5👍 3🔥 1
#Sotuvda "Seni sevaman dema, sev" kitobi Men qurgan eng chiroyli orzularim buzib tashlandi. Ustiga ustak hech kutilmagan insonlar tarafidan. Men esa bu vaziyatda sukut saqladim. Qo‘rqoqligimdan emas, ranjiganimdan. Baʼzan insonning eng ko‘p gapirishi kerak bo‘lgan narsalarning o‘riniga uning jimjitligi sahnaga chiqadi. Men ham jim bo‘lib, o‘z spektaklimni tomosha qildim. Reytinglarda rekordni qayd qilgan bu spektaklda bosh rolni yolg‘izligim va puchga chiqqan hayollarim o‘ynadi. Men esa shunchaki tomosha qildim. Eng go‘zal hislarimni bunga arzimaydigan insonlar uchun isrof qildim.
إظهار الكل...
👍 3❤‍🔥 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ушбу китобда келадиган маълумотлар ҳар қандай савиядаги китобхон учун қалб кўзининг очилишига хизмат қилади. Кишини ҳолат ва воқеаларга бошқа ракурсдан қарашга, тафаккурга ундайди. Биз беихтиёр ҳақ-нохак, мумкин-мумкин эмас деб ўйлайдиган бир қанча нарсалар аслида бошқача эканини кўрамиз. Шунинг учун ҳам китоб қалбимизни уйғотишидан умид қиламиз.
إظهار الكل...
👍 4 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ушбу китобда келадиган маълумотлар ҳар қандай савиядаги китобхон учун қалб кўзининг очилишига хизмат қилади. Кишини ҳолат ва воқеаларга бошқа ракурсдан қарашга, тафаккурга ундайди. Биз беихтиёр хак-ноҳақ, мумкин-мумкин эмас деб ўйлайдиган бир қанча нарсалар аслида бошқача эканини кўрамиз. Шунинг учун ҳам китоб қалбимизни уйғотишидан умид қиламиз.
إظهار الكل...
👍 4❤‍🔥 3🔥 1
📚 Ilm olishda bardavom bo'lishga va undagi barakaga sabab bo'luvchi omillar: 1️⃣ Duo Allohdan ilmga muhabbat va bardavomlikni so'rash. 2️⃣ Tahlil Ilm ahllari haqida ko'proq o'rganish, ularning hayotlari bilan inson o'zining hayotini solishtirmog'i. Ulardan nima qoldi-yu, o'zidan nima qolishi mumkinligi haqida tafakkur qilmog'i. 3️⃣ Ilmning fazlini anglash Zero, ilmning va ilm ahllariga ato etiladigan ne'matlar haqida tafakkur qilgan inson, ilm uchun har qanday nafs xohishlariga qarshi chiqa oladi biiznillah. 4️⃣ Shukr va istig’for Har bir o'rgangan ilmiga, tushungan hikmatiga Allohga shukronalik keltirish, zehni yetmaganiga esa istig'or aytish. 5️⃣ "Uyg'ongan"lar orasida bo'lish "Uyg'onish" uchun "uyg'ongan"lar orasida bo'lmoqlik lozim. Ilmga muhabbatli insonlar bilan birga bo'ling. Ilm zarchashmasidan suv ichmagan insonlar bilan bo'lish, o'zingizning qalbingiz ham qurib-bitganini anglamasligingizga, undan rozi bo'lib qolshingizga olib keladi. 6️⃣ Taqqoslash Bir muncha vaqt ilm olgan bo'lsangiz, shu holatingizni nimadir o'rganishni boshlashdan oldingi holatingiz bilan taqqoslang! Fikrlaringiz, qarashlaringiz o'zgarganini his qilsangiz, o'rganmasdan avvalgi hayotingiz zulmatda bo'lganini his qilgan bo'lsangiz, endi topgan "nur"ingizni mahkam ushlang va o'sishda bardavom bo'ling! p.s. fikri ojizimcha... Alloh xato va kamchiliklarimizni isloh qilsin! @sadece_biryolcu
إظهار الكل...
6🔥 3👍 2
Азизлар, биринчи ва иккинчи ўрин соҳибаси бир экан. Шунинг учун, иккинчи ўринга бошқа иштирокчини қўямиз. 2-ўрин: Фотимахон Сирожиддиновани лозим кўрдим. Барчаларингизга раҳмат, яна бир бор.
إظهار الكل...
👍 3🔥 1
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 Танлов ғолиблари: Ғолибларни тақдирлаш олди, бир мулоҳазам бор. Тақризлар жуда саёз ва ўта ҳам оддий ёзилибди. Танлов учун, тезда ёзиш керакдек, шошиб ёзилгандек гўё. Имкон қадар илмий, академик ёндашиш керак. Китобни нозик нуқталарини очиб бераолиш керак ва китобга қизиқтираолиш керак. Бунинг учун, унга лойиқ китоб танлай олиш керак. Танланган китобларни ўзи саёз китоблар. Тақризлар шу сабаб ҳам, саёз чиққандир. Тақризларни ўқигунимча, сиқилиб қолдим. Ўрин танлашга жуда қийналдим. Тақриз гўзаллигидан эмас, савиясиз ёзилганлигидан. (Мени кечиринглар) Бу мулоҳазам, сизларни ранжитмайди деган умиддаман. Демак, ожизона ғолиб деб кўраолганим: 1-Ўрин: Алфидо (Профиллари шунақа экан) 2-Ўрин: Гулшода 3- Ўрин: Бибиаиша Совринларни алоҳида пост қиламиз. Уларни олиш учун: @shams_delivery га ёзишингиз мумкин.
إظهار الكل...
👍 7🎉 2🔥 1
💌Bismillah Asar: “Saodat asri qissalari” Muallif:Ahmad Lutfiy Qozonchi “Najjor qizlarimiz biz, ne baxt, ne saodat! Qo’shni bo’ldilar bizga payg’ambar Muhammad (s.a.v)” Sarvari Koinot (s.a.v) tashqariga chiqdilar va kulimsirab: -Sizlar meni yaxshi ko’rasizlarmi?-deb so’radilar. -Ha, ey Allohning rasuli, yaxshi ko’ramiz-deb javob berishdi. -Allohga qasam, men ham sizlarni yaxshi ko’raman. Vallohi, sizlarni sevaman. Alloh shohid ko’nglim sizlar bilandir-dedilar Olamlar sarvari(s.a.v). Ushbu satrlar har bir tirik qalbni titratib yuborishi begumon. Bu so’zlar ummatning har bir qizi uchun cheksiz saodat, tenggi yo’q mujdadir. Bu satrlarni o’qir ekansiz ko’zlardan yoshlar sizadi, Bani Najjor qizlari o’rnida bo’lishni istaysiz. Bu so’zlar qalbning tub-tubiga kirib borishi uchun avvalo payg’ambarimiz Muhammad(s.a.v)ni tanish darkor. Ayni bu yo’lda sizga Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub “Saodat asri qissalari” kitobi katta yordam beradi. Siz kitobni o’qir ekansiz qariyb 15ming asr ilgarigi hayotga qaytgandek bo’lasiz. Kitobning hech bir yerida zerikish, charchashni his qilmaysiz. Ilk qismda Nabiyi Akram(s.a.v)ni tug’ilish va bolalik davrlari bilan tanishasiz.Ul zotning ulg’ayishlari-yu, payg’ambarlik mujdasi berilgan chog’lar, Makka ahlining kuchsiz va faqir kishilari iymon yo’lida chekkan azoblarini kuchli bir hayajon va alam ichida o’qiysiz. Payg’ambarimiz(s.a.v)ning mushriklar tarafidan siquvga olinishlari, Toifda toshbo’ron qilinishlari(eng ko’p ko’zyoshlarimga sabab bo’lgan joyi), o’z yurtlaridan quvilishlari, Islomni yetkazish yo’lida chekkan azoblari shubxasiz sizni yig’lashga majbur qiladi. Endi aytingchi bu harakatlarning hammasi kim va nima uchun edi? Albatta biz uchun…bizni saodatga eltish uchun, bizni Jahannamdan saqlash uchun, johiliyatdan qutqarish uchun, Haqni tanitish uchun edi! Bu yo’lda ular qancha dard chekdilar, qancha qiyinchilik ko’rdilar, jonlarini Jabborga berib ne-ne urushlarda qilich ko’tardilar, boshchilik qildilar, joni-yu molini shu yo’lda sarf etdilar, bu ummat uchun qancha ter to’kdilar. Yana vijdoningizga yuzlaningchi, ey kitobxon! Sizni shunday Yo’lboshchingiz bor ekan siz U zotni qanchalik yaqindan taniysiz? U zotga kunda necha bor salovot yo’llayapsiz? Kundalik hayotingizda sunnatlariga qanchalar amal qilyapsiz? Nadomatlar bo’lsinkim, biz qanday ummat bo’ldik?! Payg’ambarini faqat Jumada atiga 100 ta salovot bilan eslaydigan, ba’zida shuni ham unutib qo’yadigan…Xolbuki, Ular uchun qiladigan salovotdan o’zga amalimiz yo’q-ku. Ul kishi qandayin Zot edilar yuzlari nurli, mehribon, xushmuomala, Alloh tomonidan yuborilgan eng katta ne’mat emasmidilar..Payg’ambarini xurmatidan bandalarini avf etgan, go’zal ne’mat va yaxshiliklar ato etgan, har doim asrab-avaylagan, Jannat mujdalarini nasib qilgan. Ul Zotdan keyingilar Islom uchun qancha mehnatlari singdi. Biz nima qilayapmiz dinimiz uchun?! Ushbu kitobni o’qish davrida sizni yuqoridagi savollar va mulohazalar chulg’ab olishi hech gap emas. Saodatga erishish uchun sizga holis tavsiyam:) ©️Fadiya bintu Yusuf
إظهار الكل...
6👍 2🕊 1