ar
Feedback
Hikoyalar (G&M)

Hikoyalar (G&M)

الذهاب إلى القناة على Telegram

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy, saviyali va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

إظهار المزيد
6 683
المشتركون
-924 ساعات
-287 أيام
-8230 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
سبتمبر '26
سبتمبر '26
+13
في 0 قنوات
أغسطس '26
+227
في 2 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+227
في 1 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+268
في 5 قنوات
Get PRO
مايو '26
+284
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+195
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '26
+226
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+192
في 6 قنوات
Get PRO
يناير '26
+292
في 5 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+221
في 1 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+215
في 4 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+183
في 2 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+268
في 4 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+252
في 1 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+170
في 3 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+740
في 19 قنوات
Get PRO
مايو '25
+269
في 4 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+233
في 1 قنوات
Get PRO
مارس '25
+181
في 3 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+280
في 2 قنوات
Get PRO
يناير '25
+303
في 1 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+282
في 6 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+283
في 3 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+291
في 3 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+306
في 6 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+391
في 6 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+319
في 7 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+194
في 7 قنوات
Get PRO
مايو '24
+329
في 8 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+600
في 11 قنوات
Get PRO
مارس '24
+317
في 33 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+452
في 40 قنوات
Get PRO
يناير '24
+450
في 7 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+307
في 6 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+751
في 20 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+1 582
في 32 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+1 088
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+1 970
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+675
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+492
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+417
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+462
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+376
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+396
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+697
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+507
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+320
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+387
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+360
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+500
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+434
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+297
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+479
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+507
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+539
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+419
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+525
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+489
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+455
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+504
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+467
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+694
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+657
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+454
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+430
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+426
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+411
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '21
+720
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '21
+1 159
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '20
+12 859
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
02 سبتمبر+9
01 سبتمبر+4
منشورات القناة
Бу сурат 1999 йилнинг ноябрь ойида дунё юзини кўрган. У «Йилнинг энг яхши сурати», ҳатто «Ўн йилликнинг энг яхши сурати» деган номга ҳам муносиб эди. Аммо қизиғи шундаки, яқин-яқинларгача бу суратни кўришнинг ягона йўли бор эди: АҚШда сурат чоп этилган газета сонини топиб, сотиб олиш. 1999 йилда Нашвиллдаги Вандербильт университети тиббиёт маркази жарроҳи доктор Жозеф Брюнер олдида жуда мураккаб вазифа турарди. У 21 ҳафталик ҳомиланинг ҳаётини сақлаб қолиши керак эди. Чақалоққа "spina bifida", яъни умуртқа поғонасининг туғма нуқсони ташхиси қўйилган. Бу касаллик кейинчалик боланинг тик туриши ва эркин ҳаракатланишига жиддий тўсқинлик қилиши мумкин эди. Бироқ ҳомилага ҳали она қорнидалигидаёқ жарроҳлик амалиёти ўтказиш имкони бор эди. Бунинг учун шифокорлар онага кесарча кесиш амалиётини бошлаб, бачадонни қорин бўшлиғидан қисман чиқаришлари, сўнг бачадон деворидаги кичик кесма орқали ҳомиланинг умуртқасини операция қилишлари лозим эди. Бўлажак она Жулия Армаснинг ўзи ҳам акушер бўлиб, у доктор Брюнер бундай мураккаб операцияларни муваффақиятли ўтказиши ҳақида эшитган ва шунинг учун бу хавфли амалиётга рози бўлганди. Чунки ўша пайтда чақалоқни қутқаришнинг бошқа ишончли йўли йўқ эди. Операция якунига яқинлашганида эса кутилмаган воқеа содир бўлди. Бачадондаги кичик кесма орқали чақалоқнинг қўлчаси ташқарига чиқди. Ҳали туғилмаган боланинг кичкинагина қўли жарроҳнинг бармоғини маҳкам ушлаб олди. Доктор Брюнер бир зум қотиб қолди. У бу манзарадан шу қадар таъсирланган эдики, қимирлашга ҳам журъат қилолмсади. Айнан шу лаҳзани фотограф Майкл Клэнси ўз камерасига муҳрлаб қолди. Кейинчалик бу сурат бутун дунёга «Умид қўли» («The Hand of Hope») номи билан танилди. Суратда ҳали дунёга келмаган чақалоқнинг қўлчаси доктор Брюнернинг бармоғини маҳкам чангаллаб тургани акс этган. Бу манзара кўпчиликка гўёки чақалоқ ўз ҳаётини сақлаб қолишга ёрдам берган шифокорга миннатдорчилик билдираётгандек туюлди. Доктор Брюнернинг ўзи эса бу воқеани ҳаётидаги энг таъсирли лаҳза сифатида эслайди. Унинг айтишича, операция пайтида чақалоқ қўлини чиқариб, бармоғини ушлаганида, бир неча сония давомида нима қилишни билмай, ҳаракатсиз қолган. Сурат остига эса қуйидаги изоҳ берилган: «21 ҳафталик ҳомила Сэмюэль Александер Армаснинг кичкина қўлчаси онасининг бачадонидан чиқиб, доктор Жозеф Брюнернинг бармоғини маҳкам ушлади. Гўёки чақалоқ докторга ҳаёт бахш этгани учун миннатдорчилик билдираётгандек эди». Жулия Армас кейинчалик бу суратни кўрганида бир неча кун йиғлаганини айтган. «Бу сурат бизга ҳомиладорлигим касаллик ёки жисмоний нуқсон эмаслигини эслатади. Бу ерда кичик бир инсон бор», деган эди у. Операция муваффақиятли ўтди. Сэмюэль Александер Армас ҳомиладорлик муддати тугагач, ўз вақтида дунёга келди. У соғлом туғилди. Ва унинг дунёга келишидан бир неча ой олдин олинган ўша сурат эса тарихда «Умид қўли» номи билан қолди. @Hikoyalar

2
لا يوجد نص...
978
3
-            Yo’q, turmushga chiqmadi. O’zini ishga bag’ishlagan. Eng ko’p navbatchilik ham shunda. Tinmaydi. Har kuni izlanishda. Kelasi yildan ilmiy ishini ham boshlaydi. -            Lekin irodasiga gap yo’q. Yana bitta narsa... senga havasim kelayapti... Ishxonangda ham kofe tayyorlab beradigan, kutib oladigan odaming bor... -            Eyy, qo’ysang-chi. Singlimdek-ku. -            Baribir-da. Yomon odamsan, Javohir, yomon odamsan sen (kulib gapirdi). -            Sen yaxshi odamsan. O’zing ham Germaniyada bo’sh yurmagan bo’lsang kerak-a? -            Men to’g’ri odamman. Sendan farqli jihati. -            Judayam... Shunday hazillar bilan Sarvarni uyiga kuzatib qo’ydim. O’sha yerdayam ozgina gaplashib turib, keyin ertaga ishga borishimni aytib, uyga ketdim. Yo’lda ayolimga telefon qilib, qornim to’qligini, Sarvar bilan ovqatlanganligimni, Sarvar kimligini, nega Germaniyadan qaytganligini, yana ketish, ketmasligini bilmasligimni, ertalab ishga borishimni, borishga majbur ekanligimni, meni kutmasdan dam olaverishini aytib qo’ydim. Hayot hali oldinda. Qiladigan ishlarimiz, davolaydigan bemorlarimiz, kurashadigan kasalliklarimiz bor. Ular borgan sari kuchayib boraveradi, biz ham shunga yarasha ulardan kuchli bo’lib borishimiz kerak. Uyga kelib, mashinani to’xtatib, o’chirdim. Ayiqchali brelok osilgan mashina kalitini cho’ntagimga solib, uyga kirib ketdim... (tamom). E'tiboringiz uchun rahmat. Mualif: G'iyosiddin Gafforov @Hikoyalar
1 727
4
Palatadagi qiz II (davomi) (5) *** Sarvar bilan gaplashib turganimizda telefonim jiringlab qoldi. Shifoxonaga chaqirishayapti. Kecha operatsiya bo’lgan bemor bezovta bo’layotgan ekan. Sarvarga vaqti bo’lsa, shifoxonaga borib kelishimizni, keyin uni kuzatib qo’yishimni aytdim. Sarvar rozi bo’ldi. -            Javohir, shunaqa taqdiring nima bo’ldi keyin, uylanganing, bola chaqang borligini eshitganman. -            Ha, keyinroq onam topgan qizga uylandim. Xarakteri yaxshi. Tushunadigan. Uyga borganimda, xushmuomilalik bilan kutib oladi. Kofe, yoki choyni ta’bimga qarab tayyorlab beradi. Ovqatlarni shirin tayyorlaydi. 2 ta farzandim bor. Hozir dekret ta’tilida, uyda o’tiribdi. Yashashimiz yomon emas. Ish ham ancha yaxshi. Sharoitlar yaxshilanmoqda. Ta’minot yaxshilandi. Nasib qilsa, ilmiy ishni ham tugatay deb qoldim. -            Ooo. Bu zo’r. Eson-omon tugatib ol. -            Rahmat. -            Umidaning taqdiri nima bo’ldi keyin? Tuzalib ketdimi, shu joyini aytmading. -            Hozir shifoxonaga yetib keldik. Keyin gaplashamiz. -            Hop. Mashinani avtoturargohga qo’yib, shifoxonaga kirdik. Sarvarni shifokorlar xonasiga olib kirdim. O’sha yerda o’tirib turishi qulayroq. Men ungacha bezovtalangan bemorni ko’rib chiqaman. Shifokorlar xonasiga kirganimizda xonada hech kim yo’q ekan. Navbatchi shifokor palatalarda bemor ko’rayotgan bo’lishi mumkin. Sarvarga stol yaqinidagi kresloga o’tirishni taklif qildim. O’zim shkafdan ustimga oq xalat kiyish uchun bordim. Shunda eshikdan oq xalat kiygan, sochlari yig’ilgan, rangli qalpoqcha taqqan, qora qosh ko’zli, barmog’ida ilon ramzli uzuk bo’lgan navbatchi shifokor kirib keldi va biz bilan salomlashdi. -            Assalomu alaykum, yaxshi keldingizmi (shkaf kiraverishda bo’lgani uchun, Sarvarga ahamiyat bermadi). -            Vaalaykum assalom. Rahmat. Keldik. Tanishing bu yigit kursdoshim Sarvar. Germaniyada ishlaydi deb aytgandim-ku, o’sha. -            (Sarvar borligi bilan ozgina hijolat yoqib oldi va sal mayinroq ovozda salomlashdi). Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? (Sarvar ham sal hijolatliroq alik oldi). -            Sarvar, bu shifokorimiz bilan tanish, hamkasbimiz, ham shogirdimiz, ham singlim Umida Baxtiyorovna! Bugun navbatchilikdalar. (Sarvar Umidani ko’rib qotib qoldi. Salomlashishni ham, nimadir deb gapirishni ham bilmay qoldi). -            Tanishganimdan xursandman. Javohir Ergashovich, nima tayyorlay, choy, kofe! O’rtog’ingizga-chi? -            Sarvar nima ichasan? (uning javobini kutmadim). Ikkita kofe tayyorlayvering, shirinligi har doimgidek bo’laversin. Men ungacha bemorni ko’rib kelaman. -            Hop bo’ladi. -            Hozir kelaman (men bemor ko’rib keldim. Kelgunimcha kofe tayyor bo’lgan ekan. Ustimdagi xalatni yechgandim, Umida xalatni qo’limdan olib, shkafga, joyiga osib qo’ydi). Kofe zo’r chiqibdi. Tavsiyalarni bemor kasallik tarixiga yozib qo’yaman. Shularni qilishni hamshiralarga aytasiz. -            Hop. Rahmat. Sizlar bemalol o’tiraveringlar. Men bemor bilan shug’ullanaman. -            Yaxshi. Biz kofedan keyin ketamiz. Sarvarni uyiga kuzatib qo’yishim kerak. -            Hop. Agar ko’rishmasak, sog’ bo’linglar. Yaxshi yetib olinglar. -            Navbatchiligingiz yaxshi o’tsin. Nimadir bo’lsa, telefon qilasiz. Ertalab ko’rishamiz. (Umida, rahmat dedi va derazada turgan guldastani silab, shu joyini to’g’rilagan bo’lib chiqib ketdi.) Biz ham kofeni ichib bo’ldik. Sarvar nimadir deya olmasdi. Menimcha ichida savollari rosa qaynardi. Nimadir demoqchiyu, gapirsa Umida kirib qolib, dilidagini ayta olmay qoladigandek bezovtalanardi. Issiq kofeni shoshilib, tez sovutib ichib, ketishga tushdi. Keyin xonadan chiqdik, yo’lakda Umida bilan yana bir bor xayrlashib, Sarvarni uyiga kuzatib qo’yish uchun jo’nadik. -            Javohir... menga qaragin... (nimanidir aytolmayapti-da) Qanaqasiga? -            Nima qanaqasiga? -            Yo’q, men tushunmayapman-da. -            Shu, davo muolajalaridan keyin tuzaldi. O’qishni bitirdi. Magistraturani bitirdi. Birga ishlayapmiz. -            Oila?
1 555
5
-            Albatta. Sizdan yaxshi shifokor chiqadi. Men unda boshqa bemorlarga ham qarashim kerak edi... Haliroq kiraman. Yaxshi dam oling. -            Rahmat. Umidani bu fikridan qaytara olmas edim. Qaytarganimda ham uydagilar o’zi qarshi bo’lib turishgandi, hozirgi holatini eshitishsa, battar qarshi bo’lishadi. Shunga nima qilishni bilmayman. Bir necha kundan keyin Umidaning davo muolajalari yakunlanib, ambulator sharoitda davo muolajalarini davom etirish uchun uyiga jo’natdik. Umidaning yashash uchun yana maqsad va kuch topgani meni xursand qildi. Uning kuchli ishonchi kasallikni yenga olishiga yordam bera oldi. (davomi bor) @Hikoyalar
1 865
6
-            Mayli. Keyin aytib berarsiz. Hozir mavridi emas. Uydagilaringizga xabar bering. Sizga eng yaxshi 8-palatamizdan joy qildiraman (bir narsa esimga tushib, ozgina jim qoldim). Yo’q, kechirasiz, u yerda boshqa bemor yotqizishni kelishgandik. Sizga boshqa 10-palataga yotqizamiz. -            Rahmat. Palatani farqi yo’q. Faqat derazasiga guldasta qo’yish esingizdan chiqmasin. Men yaxshisi uyga borib, ota-onamga tushuntirib, narsalarimni olib kelaman. -            Ha-ya. Albatta. Yaxshi. Umidani taksiga o’tkazib, uyiga yubordim. O’zim shifoxonaga yaqin bo’lgan gul do’kondan ikkita avvalgidek guldasta sotib oldim. Uni palata derazasiga joyladim. Kelishiga xonani tayyorlab qo’ydim. 1 soatlarda onasi bilan qaytib keldi. Endi onaxon yig’laydilar-da. Uydagilarga ham tekshiruv javoblarini aytmagan ekan. Hammasi yaxshi bo’ladi, deb Umidaning onasini yupatdim. Umida palataga kirib, gullarni ko’rib, xursand bo’lib ketdi. Borib, navbatma-navbat qo’liga oldi, hidlab, keyin joyiga qo’yib qo’ydi. Shunday qilib, davo muolajalarini boshladik. Palatadagi gullarni so’lishidan oldin almashtirib turdim. Har kuni bo’sh vaqtim bo’lgan zahoti kirib, hol-ahvol so’rab turdim. Kayfiyatini ko’tardim. Uyga deyarli bormadim. Qisqasi u bilan birga davolandim, birga yashadim, birga his qildim. Davo muolajalarining oxirgi kunlarida Umidaning oldiga kirganimda, kimyoterapiya natijasida ancha rangpar, so’lishibroq qolgan edi. -            Javohir aka, sizni ham ancha qiynab qo’ydim. -            Hech qanaqasiga qiynamadingiz. Hamma davo muolajalaringizni o’zim nazorat qilib turibman. -            U ma’noda aytmadim. Barmog’idagi men bergan uzukka imo qilib qo’ydi. -            Qo’ying. Hozir buning mavridi emas. -            Yo’q, balki mavridi boshqa kelmas. Men o’zim uchun qaror qabul qildim. Bilasizmi, men rostdan ham sizga turmushga chiqishni istardim, sizni tug’ilajak farzandlarimiz otasi sifatida ko’rar edim. Siz ishonchli er va ota bo’la olardingiz. Men birinchi navbatda o’zimga er va tug’ilajak farzandlarim uchun ota sifatida albatta sizni tanlardim. Lekin bu kasallik... (biroz jim qoldi. Ko’zlaridan yosh oqdi. Ro’molchasi bilan artdi) bu orzularimni sindirdi. -            Bu orzularni amalga oshirishga hali imkon bor, (uning kasalligi, qanaqa kasallik ekani meni o’ylantirmadi. Hozirgi maqsadim nima bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham Umidani baxtli qilish edi) biz albatta baxtli bo’lamiz. -            Qo’ysangizchi Javohir aka. Men sizni baxtsiz bo’lishingizni istamayman. Balki yashab ketarman. Balki... Lekin sizga sog’lom farzandlar tug’ib bera olmasligim mumkin. -            ... (farzandlarsiz ham baxtli yashashimiz mumkin degim keldi. Lekin ayta olmadim). Niyatni yaxshi qilish kerak. Mana davo muolajalarimiz deyarli yakunlanmoqda. Holatingiz ancha yaxshi. (oppoq qo’lidan ushlab dalda berishda davom etdim). Biz hosilani yengsak, keyin marra bizniki. -            Nasib qilsin. Lekin Javohir aka, meni kechiring. Sizni shuncha vaqtingizni oldim. Meni boshqa kutmang, boshqasiga uylanavering. Men hech qachon turmushga chiqmayman. Kimnidir baxtsiz qilishni istamayman. Avvalo tezroq tuzalib olib, o’qishni davom ettiraman. So’ng o’zimni shifokorlikka bag’ishlayman. O’zimga o’xshagan bemorlarni davolayman. Men sizni rad etayotganim yo’q, kasalligim rad etayapti. Siz akam bo’lib qolasiz. -            Umida yana o’ylab ko’ring. -            Yo’q, o’ylamayman... Qarang kecha olib kelgan gulingizda g’unchalari ko’p ekan. Bu menga umid beradi. Qaysidir gul ochilib, so’nadi, tagidan ikkinchi ochiladi. Ikkita guldasta bo’lishi ham bejiz emasga o’xshaydi. Biri avval kasal bo’lganim, ikkinchi hozirgi kasal bo’lganim uchun qayta ochilayotgan gullar. Yana bir bor sizga hammasi uchun katta rahmat. Meni tuzatdingiz, hayotga qaytardingiz. Ishonch berdingiz. (yostig’i yonidagi o’yinchoq ayiqchani ham tokchaga qo’ydi). Hali oldinda qiladigan ishlarim ko’p ekan. Bilasizmi, Muslima ham sog’ayib ketsam, shifokor bo’laman degandi. Ko’p bemorlarni tuzatish orzusi edi. Bu imkoniyat menda ko’proq ekani uchun ham, menga shuni aytib qoldirdi. Albatta zo’r shifokor bo’laman.
1 720
7
Onam bilan ammam Umidaning uyiga sovchilikka borib kelishdi. Ularni uyda, ishdan vaqtli kelib, kutib oldim. Ichimda qanaqadir hayajon to’lib-toshgandi. Onam Umida haqida ozmi ko’pmi bilardilar. Ammam u haqida deyarli bilmasdilar. Shuning uchun uni “rak” kasal ekan-ku, deb vahima qilib tashladilar. Yo’l-yo’lakay onamning miyasini zaharlab kelganmikanlar, bilmayman. Ammam ketganlaridan keyin onam bilan bo’lgan qisqacha suhbatimizning mazmunini aytib o’taman. Onam o’zi uni kelin qilishga qarshi emas ekanlar. Lekin o’zimning mutaxassisligimni gap orasiga tiqishtirib, uning ertangi asoratlari haqida o’ylaganligimni, bola tug’a olish, olmasligini aytdilar. Lekin qiz yoqib qolgandi-yu. Shu “kichik” ammamning ta’biri bilan aytganda, “katta” muammocha ozgina xalaqit qilayotgan ekan. Ularning uydagilari ham “qizim hali o’qimoqda, qiynalib qolmasmikan” deb mujmal javob berishibdi. Qisqa qilib aytganda, onam ular hozir uzatishmas ekan deb, barcha aybni ularning o’ziga yuklab qo’ydilar. Yanada qisqasi onam Umidani olib bermoqchi emaslar. Shularni gaplashib turganimizda Umidadan “Bugun sovchi jo’natibsiz. Bugun uchrasha olamizmi?” degan sms keldi. “Hop” deb javob yozdim. Gul do’konga telefon qilib, menga qizil va oq atirgullardan 2 ta ayiqchali guldasta yasab berishini aytdim. Borgunimcha yasab qo’yibdi. Ularni olib, kelishilgan manzilda uchrashdim. -            Umida bu gullar sizga. (ayiqcha shakldagi guldastani ko’rib, biroz jilmayib qo’ydi. -            Javohir aka, bugun uyingizdan sovchilar kelishdi. -            Ha, uydagilar uylantiramiz deb qo’yishmayapti. Shunga manzilingizni berishga majbur bo’ldim. Siz belgilagan muddat ham deyarli tugab qoldi. -            Lekin sizga hozir ham bir narsa deyolmayman. -            ... -            Javohir aka, men sizni akamdek ko’raman. Hech qachon turmushga chiqmoqchi emasman. -            Nimaga? -            Oxirgi tekshiruvimda hosila yana paydo bo’lgani aniqlandi... -            Nima? -            Tekshiruvda hosila aniqlandi. -            Nimaga menga vaqtliroq aytmadingiz? -            Aytganimda nima o’zgarardi. -            Tekshiruv natijalarini menga ko’rsating. Nima qilishni rejalashtirishimiz kerak... -            Uyda. Yonimda emas, lekin hozir hech narsa olmoqchi emasman. -            Hammasi yaxshi edi-ku. -            Menimcha Muslima uchun siqilganim ta’sir qilgan bo’lsa kerak. -            Yuring, uyingizga borib, tekshiruv natijalarini ko’rsating. Umidani uyiga borib, tahlil natijalarini olib, maslahatlashish uchun shifoxonaga ketdim. Ustozlar bilan maslahatlashib, boshlanishiga kimyoterapiya va nur terapiya qilinadigan bo’ldi. Ertalab Umidani shifoxonaga chaqirdik. Kelishni biroz xohlamadi. Lekin keldi. -            Umida Baxtiyorovna (jiddiy qabul qilsin deb, ismini yoniga otasini ismini qo’shib aytdim) biz sizni tahlil va tekshiruvlaringizni to’liq o’rganib chiqdik va kimyoterapiya bilan nurterapiya qilinadigan bo’ldi. -            Tuzalamanmi? -            Hozir sizga tasalli berish uchun nimadir deb ishontirmoqchi emasman. O’zingiz ham ko’p narsa bilasiz. Tuzalib-tuzalmasligingizni davolash jarayonida aniq ayta olamiz. Bunaqa tashxis bilan bemorlar davolanib chiqib ketishadi albatta. -            ... -            Endi ruhiyatingizni tushirmasligingiz kerak. Hammasi hali oldinda. Qolaversa Muslima uchun ham yashashingiz kerak. -            Mayli. Hammasi yaratgandan. Roziman. Uydagilarga xabar beramiz. Bugundan boshlaymiz. -            Yaxshi. -            Yana bitta narsa... -            Aytavering. -            Kimyoterapiyadan keyin sochim to’kilib ketmaydimi? -            Bunga bir narsa deyish qiyin. Sizga qilinadigan dori, sochni deyarli to’kmaydi. Havotir olmang. -            Rahmat. Nimaga bularni sizdan yashirganimni bilasizmi? -            Yo’q. -            Aytolmayman... (uyalibmi, hijolat bo’libmi, yerga va orqaga qaradi. Ko’z yoshlari oqayotganini ro’molchasiga artayotganidan bilish mumkin edi).
1 362
8
Palatadagi qiz II (davomi) (4) * * * Uyga ketmadim. O’zim ham chuqur qayg’uda edim. Aslida shifokor bunday holatlar ko’p bo’lganligi sababli, o’zini qo’lga olib, boshqa bemorlarni sog’aytirish haqida o’ylash kerak... Ertalabgacha uhlamay shu o’ylarni o’ylayotgan vaqtimda Umida yig’lab kirib kelib qoldi. -            Axir menga hammasi yaxshi bo’ladi, degandingiz-ku!!! Men Muslimani hammasi yaxshi bo’lishiga ishontirgandim. Endi u dunyoda uning ko’ziga qanday qarayman! -            Umida, o’tiring, suv ichib oling (unga suv uzatdim). -            Nimaga axir? Kecha operatsiya yaxshi chiqdi degandingiz. -            Ha, yaxshi edi. Reanimatsiyada kutilmaganda qon bosimi tushib ketib... -            (Umida yanada kuchliroq yig’lab yubordi) -            Umida, o’zingizni qo’lga oling. Shifokor o’zini qo’lga ola olishi kerak. Har bir bemor vafot etsa, bunqa qayg’uga tushib o’tirsak, ishlay olmaymiz. Shifokorlikni qiyin jihati ham shu. Bunaqada onko-jarroh bo’la olmaysiz. Onkologiyada ko’z oldingizda bemorlaringiz kamayib boraveradi. -            Men bilan yaxshi bo’lgandi-ku! -            Sizda tarqalmagan edi. Shuning uchun yaxshisiz. (Xonaga hamshiramiz kirib, Muslima unga, agar operatsiyadan keyin biror narsa bo’ladigan bo’lsa, xatni Umidaga berib qo’yishini so’rab, yozgan xatini berdi) -            (Umida past ovozda xatni o’qidi). Umida opa, agar bu xatni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak men yo’qman. To’g’risi operatsiyadan chiqishimga uncha ko’zim yetmayapti. Shu sababli xatni yozib qoldirayapman. O’zi hayotdan umidimni uzgandim. Lekin siz bilan gaplashib, yana hayotga umidim uyg’ondi. Baribir uzoq yashamasdim, shu sababli tavakkal qilishga qaror qildim. Menga nimadir bo’lsa, siz o’zingizni ayblamang. Siz bilan tanishganimga unaqa ko’p bo’lmagan bo’lsam ham, lekin yaqin opamdek bo’lib ketdingiz. Sizni yaxshi ko’raman. Ikkita ayiqchamni sizga qoldiraman. Mendan esdalik. Sizga aytgan orzularimni amalga oshiring. Men uchun ham siz yashang. Hammaga rahmat! Jannatlarda ko’rishish nasib qilsin... (xatni o’qib bo’lib, Umida xushidan ketib yiqildi).… Umidaga yordam ko’rsatib, bo’sh palatalarni biriga yotqizib qo’ydik. 1-2 soatlar yotganidan keyin o’ziga keldi... O’rnidan turib, Muslima yotgan 8-palata tomon borib, ikkita ayiqchani oldi va bag’riga bosib yig’lab yubordi. Men eshik oldida qarab turdim. Uni nima deb ovutishni ham bilmasdim. Keyin ustozim kelib, Umidani uyiga olib borib tashlashimni, so’ng o’zim ham uyimga borib dam olishim kerakligini aytdi. Taksi chaqirib, Umidaga ketishimiz kerakligini aytdim va uyiga kuzatib qo’ydim. O’zim ham uyga ketdim. 2-3 haftalardan keyin uydagilar meni uylantirishni tezlashtirishlarini aytishdi. Onamga Umidaning manzilini berdim. Ammam bilan borib keladigan bo’lishdi. Umidaga bu haqida aytmadim. Uning javobini bilaman. Hozir emas deydi.
1 320
9
Operatsiya asoratlari so’zini eshitib, Muslimaning yuz ko’rinishi yana o’zgarib qoldi. Avvalgi Muslima bo’lib qoldi. Men boshqa gaplashish ortiqchalik qiladi deb, ota-onalari kelganida chaqirishlarini aytib, chiqib ketdim. Umida nega javob bermayotganining sababini endi bilmoqchi bo’lganimda, taqdir shuni to’sib qo’ydi. Ozgina qolgandi. Haliroq kirib so’rasammikan? Yo’q, buni o’zidan bilishim kerak. Muslimaga balki boshqa sabab aytgandir. Endi sal chalg’iganimda, Muslima buni yana yodga solib, yuragimning tubidagi xotiralarni uyg’otib yubordi. Kechga yaqin Muslimaning otasi bilan onasi kirib kelishdi. Ularga qizlari operatsiyaga rozi bo’lganini aytdim. Keyin kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar, qisqasi hammasi haqida tushuntirdim. Ularning oldida faqat bitta yo’l qolganini tushunardim. Ular ham buni tushunishardi. Bu og’ir qarorni qizlari bilan birgalikda qabul qilishlari uchun, operatsiyaga rozilik xatini berib yubordim. Uning ichida barcha kuzatilishi mumkin bo’lgan holatlar yozilgandi. Faqat familiya va ism yozib, qo’l qo’yilsa bo’ldi... Qo’l qo’ydirib olib kelib berishdi... Ishdan chiqishimda, Umida kutib turgan ekan. Birga piyoda sayr qilishimizni so’radi (balki bugun javobini aytar. Menimcha, indinga, operatsiyadan oldin aytmaydi). -            Javohir aka, olib kelingan ayiqchangiz, juda chiroyli ekan. Menga yoqdi. Muslimaning palatasiga kirganimda ko’rdim-u, siz olib kelganingizni bildim. -            Ruhiy qo’llab-quvvatlash uchun bu kerak edi. Lekin uni mendan ham ko’proq ruhiy qo’llab-quvvatlagan siz bo’ldingiz. Agar siz bo’lmaganingizda, menimcha ko’ndira olmasdim. -            Men ham vazifamni bajardim. Siz meni ko’ndirganingizdek. -            Ha. U paytlar yosh edim. -            Nimagadir shu operatsiya haqida gapirsam, jiddiy, o’ychan bo’lib qolayapsiz. Ishqilib, hammasi yaxshi bo’ladimi? Men unga hammasi yaxshi bo’lishiga va’da berib qo’yganman. -            Nasib, yaxshi bo’ladi... hammasi yaratgandan. -            Avvallari boshqa operatsiyalardan oldin bunchalik o’ychan bo’lmasdingiz? -            Hozir ham bunday o’ychan emasman. Shunchaki charchagandirman. (gul do’kon yonidan o’tayotgan ekanmiz. Anchadan beri gul bermaganim esimga tushib, o’ziga yoqqan gulni olib berdim). -            Rahmat, meni ham xursand qildingiz. (shunday deb gulni hidlab qo’ydi. Va qo’limdan quchoqlab, yelkamga boshini qo’ydi. Oz fursatdan keyin guldastani quchoqlab, sevinib aylandi. Keyin yana yo’lda davom etdik. Uyiga kuzatib qo’ydim). Operatsiya kuni keldi. Tahlillar hammasi ko’rildi. Muslimani palatasidan ota-onasi, Umida duo qilib kuzatib qo’yishdi. 4 soatlik murakkab operatsiyani o’tkazdik. Operatsiya tafsilotlarini aytib o’tirmayman... Qisqasi operatsiyadan keyin Muslima reanimatsiya bo’limida vafot etdi... Reanimatsiya bo’limi yo’lagida onasini, yana yaqin qarindoshlarini yig’i tutib ketdi. Ularning oldiga chiqib, nima deyishni bilmay qoldim. Operatsiyadan avval xonada, shunday holat bo’lishi mumkinligini, lekin boshqa variant yo’qligini tushuntirgandik. Shunga deyarli tayyor edilar... Bu holat kechasi bo’lgani uchun, Umida yo’q edi. U operatsiya tugaganidan keyin uyiga ketgandi. Endi aslida bemorlar operatsiyadan keyin reanimatsiyaga chiqadi, ahvoli stabillashgandan keyin palataga qaytariladi. Shuning uchun unday xavotirlanmadi, operatsiyani murakkab kechganini ham aytmadim. Muslima esa, palataga qaytmadi. Palatasida 2 ta ayiqchasi uni kutib qolib ketdi. Ular egasi endi qaytmasligini bilmasdi. (davomi bor) @Hikoyalar
1 865
10
-            Ishonmasangiz (negadir hayolimga shu fikr keldi) sizlarni yolg’iz qoldiraman. Gaplashasizlar, operatsiyadan keyingi chandiqlarini ham ko’rishingiz mumkin. Deyarli bilinmaydi. (Umidaning chandig’i qanday ekanini aniq bilmasdim, tavakkal etdim. Umida har 6 oyda davriy tekshiruvdan o’tib turadi, o’smaning qaytalanishi ehtimolini, asoratlarning oldini olish va boshqalarni tekshirish uchun). Unday bo’lsa, Umidaxon, Muslimaxon, sizlarni yolg’iz qo’yaman. Shunday deb ikkalasini yolg’iz qoldirib chiqib ketdim. To’g’risi Muslimani operatsiyasidan uncha umidim yo’q edi. O’sma, yon organlarga ham tarqalgan. Biz agar imkoni bo’lsa o’smani olib tashlash, yoki ichak sog’lam qismini bir biriga ulab qo’yishni reja qilayotgandik. Shunda ham biz uning umrini uzaytirgan bo’lar edik. Bir soatlardan keyin Umida xursand holatda 8-palatadan chiqib keldi. -            Javohir aka, men Muslimani operatsiyaga ko’ndirdim!!! Uraaa. -            Rostdanmi? -            Avval siz meni qanday ko’ndirgan bo’lsangiz, men ham shunday ko’ndirib, ishontirdim. O’zimning hozirgi ahvolimni, menga qanday yordam berganlaringizni, hammasini aytib berdim. Chandig’imni ham ko’rsatdim (menga ham ko’rsatmoqchi bo’lgandek, xalatni tugmasini ushladi-yu, nimadir to’xtatib, qo’lini cho’ntagiga soldi). -            Unda zo’r, borib ustozlarimga aytib, operatsiyaga tayyorlashimni aytaman. -            Faqat bir narsa, operatsiya muvaffaqiyatli chiqadi-a? (yuz ko’rinishi xursandlikdan o’ychan qiyofaga o’zgardi). -            Nimaga buni so’rayapsiz? -            Men unga va’da berdim. Operatsiyadan keyin dugona bo’lib ketamiz dedim. -            Ha. Albatta. Yaxshi chiqadi (oxirgi gapim uncha dadil chiqmadi). -            Rahmat. Men ham kirsam bo’ladimi? -            Shu safar kirmay qo’ya qoling. Og’ir operatsiya. -            Mayli. Ertasi kuni do’kondan bitta o’yinchoq ayiqcha sotib oldim. Uni Muslimaga olib kirib beraman va operatsiyani tushuntiraman. Roziligini olib, operatsiyaga tayyorlaymiz. Shifoxonaga yetib borib, kiyim almashtirdim. Hamkasb ustozlar bilan suhbatlashib, rejalar bilan bo’lishdik. Qo’limdagi ayiqchaga e’tibor qaratishdi, Muslimaga olganimni, indingga operatsiyaga olishimizni, bu ruhiy dalda bo’lishini aytdim. Keyin uning 8-palatasiga kirdim. -            Assalomu alaykum doktor (kirib kelishim bilan kulib kutib oldi. Har doim o’ychan, jiddiy qiyofada bo’lardi). -            Vaalaykum assalom. Ahvolingiz qanday? (shunday deb, ortimga berkitib turgan ayiqchani ko’rsatdim). Bu sizga! -            Voy, chiroyliligini, rostdan menga oldingizmi?! -            Ha, siz uchun oldim. -            Ishonasizmi, huddi shuni olishni xohlab, ololmagan edim. Shirinligini qarang. -            O’zimga ham boshqa ayiqchalar orasida shunisi yoqdi. Marhamat oling (ayiqchani unga uzatdim, u ozg’in, oqargan qo’llarini cho’zib, ayiqchani oldi va ozg’in tanasiga bosib quchoqlab erkaladi). -            Rahmat kattakon. Anchadan beri bunaqa xursand bo’lmagandim. Buni operatsiyaga rozi bo’lganim uchun olib keldingizmi? Agar rozi bo’lmaganimda olib kelmasmidingiz? -            (nimadir deyishga shoshdim, nima desam hafa qilmayman deb o’ylab qoldim) -            Bildim, Umida opamga ham rosa gullar olib kelgan ekansiz. Kecha gaplashganimizda aytib berdilar. Uylariga borib, xabar olib turgan ekansiz. Talabalikka tayyorlabsiz. Sizni bunaqa oliyjanob doktor ekaningizni bilmagandim. Qanaqadir kibrli deb bilardim. Duolarimda sizni ham qo’shib ketayapman endi. Umida opa bilan bugun ham gaplashgandim. Bergan uzugingizni ko’rsatdilar. Juda chiroyli ekan. Sizlarga havasim keldi. Lekin oxirgi paytlarda gullar berishni kamaytirib qo’yibsiz. Qo’llarini so’ragan ekansiz, lekin javobni keyinga qoldirgan ekanlar. Uning sababini ham aytdilar... (shu joyida ustozim kirib kelib, suhbatni bo’lib qo’ydilar. Bemorni ko’zdan kechirib, tahlillarni qayta olish va ota-onasi bilan birgalikda operatsiya mohiyatini, kechishini, asoratlarini aytishimni so’radilar, so’ng ayiqchaga qarab qo’yib, menga qarab, boshlarini qimirlatib, tabassum bilan chiqib ketdilar).
1 396
11
Palatadagi qiz II (davomi) (3) *** Men 3 yil o’qib, magistraturani bitirdim. Diplom olish marosimida onam, akam (tog’amning o’g’li) qatnashishdi. Mantiya kiyib, uzun qizil gilam ustidan yurib, fakultet dekani qo’lidan diplom oldik. Tabriklash uchun Umida ham keldi, onam, akam turganliklari uchun yaqin kelishga ozgina uyaldi. U diplom olib, ortga qaytayotgan vaqtda ko’zlarimiz to’qnashganda, qarsak chalib qo’yganida ko’rdim. Qo’lida men bergan uzuk bor edi. Birozdan keyin rasmlarga tushib bo’lib, uning oldiga bordim. Samimiy tabriklar tiladi. Ularda yana malakaviy amaliyot boshlanayotganligini, mening shifoxonamda amaliyot o’tashini aytdi. Men shu yerda ishga qoladigan bo’lganligimni, yana ko’rishimizni aytdim. Ularda malakaviy amaliyot boshlandi. Har kuni ko’rishamiz. Bilmagan narsalarini o’rgataman, ko’rsataman. Endi o’zim ham juda kuchli mutaxassis emasman-u, yaqinda bitirganman, baribir ancha tajribaga egaman. Yana bitta narsa, ustozlar bilan yelkama yelka ishlash zavqi boshqacha ekan. Avval shogird sifatida edim. Hozir esa, barcha mas’uliyat o’zimda. Umida esa taklifimga hali ham javob bermadi. O’zi ham bilib turibdi, bu yil oxirgi muddat ekanini, chunki bitirdim, endi uydagilar uylantirishga ko’ndirishlarini. Uni nimadir ushlab turibdi, nimadir. Agar u javob bermasa, onam topadigan qizlardan biri bilan oila qurishimga to’g’ri keladi... Bo’limimizga bitta ichak saratoni tashxisi bilan bemor qizcha olib kelindi. Tuzatishning yagona chorasi, operatsiya qilib, ichakni berkitib turgan o’smani olib tashlash. Lekin qizcha operatsiyaga ko’nmayapti. Necha yil avvalgi voqealar yana takrorlanayotgandek edi. Lekin bu safar qiz qaysarroq chiqdi... Uncha bunchasi ko’ndira olmayapti. Yana bitta ko’ndirishga harakat qilish uchun u yotgan 8-palataga kirdim. Bu qizchayam 18 yoshda ekanlar. Ismlari Muslima. -            Assalomu alaykum, kirsam maylimi? -            Assalomu alaykum, keling doktor. -            Yaxshimisiz. Davo muolajalarini vaqtida olayapsizmi? (bilagini ushlab, pulsini tekshirdim, so’ng tonometr bilan qon bosimini o’lchadim). -            Ha, lekin baribir foydasi yo’q doktor. -            Qon bosimingiz ham pasayib ketmoqda. (Stol ustidagi deyarli yeyilmagan ovqatga qarab qo’ydim). Ovqat ham yemayapsiz. -            O’tmasligini bilasiz-ku, doktor. -            (ozgina sukut saqlab turdim). O’ylab ko’rdingizmi? -            Ha, o’yladim. Menimcha operatsiyadan chiqish imkoniyatim past. Internetdan bu kasallik haqida ma’lumotlarni, bemorlarning fikrlarini o’qidim. -            Endi internetga hamma xohlaganini yozishi mumkin. -            Qancha umrim qolgan bo’lsa ham, shu umrimni ibodat qilib, yaxshi qilib tugatmoqchiman. Qancha umr bergan bo’lsa, shuni yashayman. Ozgina qiladigan ishlarim bor. Operatsiyadan qo’rqayotganim yo’q. (shunda yonidagi yumshoq o’yinchoq kichkina “Teddy” ayiqchasini qo’liga oldi). Bilasizmi doktor, menga shunaqa o’yinchoq ayiqchalar yoqadi. Uyda bulardan ko’p. Har xil o’lchamdagilari bor. Bu yerga ko’p mumkin emas ekan. O’shanga 1 ta kichikrog’ini birga olib keldim. O’zi mushuk boqishga ham qiziqaman, lekin uydagilar uyda boqishga ruhsat berishmaydi. (bu gaplar bilan meni chalg’itmoqchi bo’layotgandi). Bu ayiqchani ko’ring, biram shirin. -            Muslima, nasib qilsa, bundan ham ko’p yashaysiz. Biz bu operatsiyalarni ko’p o’tkazganmiz. (shu payt amaliyotda yurgan Umida kirib qoldi). Ishonasizmi, shu qiz ham sizdek vaqtida operatsiya o’tkazgan. Hozir esa, tibbiyot talabasi. 5 daqiqasi kam shifokor. (Umidaga qarab, ozgina kulib qo’ydim). -            (Muslima, Umidaga qarab, ishonishini, ishonmasligini bilolmay turdi. Umida ham nima vaziyat ekanini anglaguncha bir xil qiyofada turishdi).
1 416
12
Mustaqillik bayramidan salyut va dron shou! @Hikoyalar
Mustaqillik bayramidan salyut va dron shou! @Hikoyalar
1 506
13
Lekin rozilik berdi deb o’ylamaslik sharti bilan-a? -            Ha, shunday, bu uzukni rozi bo’lsangiz ham, rozi bo’lmasangiz ham sizga berish uchun olgandim (uzukni uzatdim. Aslida rozi bo’lganida barmog’iga taqib qo’yishim kerak edi...). -            Vuuy chiroyliligini... (hayratlanib, uzukni tomosha qildi va qo’liga taqib, birinchi o’zi ko’rdi, so’ng menga ko’rsatdi). Yarashibdimi? -            Yarashdi, yarashdi. Huddi siz uchun yasalgandek (aslida ham u uchun yasalgandi)... Yoqqan bo’lsa, xursandman. (Chekkaroqda, olindan buyurtma qilib qo’ygan guldastamni ofitsant yigit olib kelib berdi). Bu guldasta ham siz uchun. Faqat ustidagi yozuviga (merry me) ahamiyat bermaysiz. Rozi bo’lasiz deb o’ylab, shunday yozdirgandim (kulib qo’ydim). -            Chiroyli guldasta ekan, mayli yozuviga ahamiyat bermaymiz... O’zim aytmagunimcha o’zingiz so’ramaysiz, hop?-            Hop, boshqa so’ramayman. So’rasam, kal bo’lib qolay (baravar kulib yubordik). Shu bilan Umidani uyiga kuzatib qo’yib, quyuq xayrlashdim, so’ng 1 chaqirimcha kelgan mashinada yurgach, piyoda yurishni xohlab, tushib qoldim. Yo’lda hayol surib, o’zim bilan o’zim gaplashib ketdim. Meni o’ylantiradigan ko’p narsalar bor edi. Umida menga, shunda silliq qilib, rad javob berdimi? Yoki rostdan ham o’ylab ko’rmoqchimi? O’ylasa qancha vaqt o’ylaydi? Uydagilar ertaga meni uylanishga qistab qolsa, nima deb aytaman? O’zimga qolsa, magistraturani tugatishni istayman... Endi Umidani uncha bezovta qilmaydigan bo’ldim. Bilmadim, deyarli rad javobini bergani uchunmi? Yoki rozi bo’lishiga ko’zim yetmayapganigami? Bir tomondan hozir ish, o’qish ham ko’paygan o’zim uchun ham bo’sh vaqt topish qiyin bo’layotgan edi. Ko’rishishni, birga tushlik qilishlarni kamaytirdim. Agar mabodo rad javobini beradigan bo’lsa, unga o’rganib qolmayin, derdim. Kimdir aytishi mumkin, sevgi uchun kurashish kerak, yana nimalardir deb. Menda bitta qoida bor, suymaganga, suykalma! Balki uni sevmasman, shunchaki yoqtirarman. (Davomi bor)
1 764
14
-            Hop, boshqa so’ramayman. So’rasam, kal bo’lib qolay (baravar kulib yubordik). Shu bilan Umidani uyiga kuzatib qo’yib, quyuq xayrlashdim, so’ng 1 chaqirimcha kelgan mashinada yurgach, piyoda yurishni xohlab, tushib qoldim. Yo’lda hayol surib, o’zim bilan o’zim gaplashib ketdim. Meni o’ylantiradigan ko’p narsalar bor edi. Umida menga, shunda silliq qilib, rad javob berdimi? Yoki rostdan ham o’ylab ko’rmoqchimi? O’ylasa qancha vaqt o’ylaydi? Uydagilar ertaga meni uylanishga qistab qolsa, nima deb aytaman? O’zimga qolsa, magistraturani tugatishni istayman... Endi Umidani uncha bezovta qilmaydigan bo’ldim. Bilmadim, deyarli rad javobini bergani uchunmi? Yoki rozi bo’lishiga ko’zim yetmayapganigami? Bir tomondan hozir ish, o’qish ham ko’paygan o’zim uchun ham bo’sh vaqt topish qiyin bo’layotgan edi. Ko’rishishni, birga tushlik qilishlarni kamaytirdim. Agar mabodo rad javobini beradigan bo’lsa, unga o’rganib qolmayin, derdim. Kimdir aytishi mumkin, sevgi uchun kurashish kerak, yana nimalardir deb. Menda bitta qoida bor, suymaganga, suykalma! Balki uni sevmasman, shunchaki yoqtiraman. (Davomi bor) @Hikoyalar
1 658
15
Uydagilar bitirganimdan boshlab, uylanishim kerakligini aytib, boshni qotirib tashlashgan edi. Ularga magistraturaga kirishimni, so’ng bu haqida gaplashamiz deb muhlat so’ragandim. 25 yoshga endi to’lgan bo’lsam. Endi uylanishga qattiq o’ylanish boshlandi. Hayolim Umidada. Unga sovchi jo’natsam... U rozi bo’larmikan? O’ziga aytsammikan avval? Hozir o’qiyman, turmushga chiqishni o’ylamayapman deb rad javobini bersa kerak. Lekin tavakkal qilishga uncha botina olmayapman. To’sattan sovchi qo’ysamchi? Hafa bo’lib qolsachi? Keyin ikkalamizning kontraktimiz bor. Uning uydagilari kontraktini to’lashga yordam berishi ham mumkin, lekin men uni qabul qila olmayman. Ishlab topganim, o’zimnikiga yetadi. Ota-onam qarashishar. Ishlari yaxshi-ku. Hop, avval Umidadan, meni uydagilar uylantirmoqchi ekanini aytib, maslahat so’rayman. Va shu orada uning qo’lini so’rayman. Rozi bo’lsa sovchi jo’nataman. Bitta uzuk sotib olishim kerak. Uzuk ham qandaydir noodatiy bo’lishi kerak. Yoki yasattiraman. Tibbiyot ramzi idishga o’rmalab chiqayotgan ilonni gul o’rniga yasatiriman. Bittagina yaltiroq toshi ham bo’ladi. Agar taqdir bo’lsa, birga bo’lamiz. Hozir ular malakaviy amaliyotda, bizning shifoxonamizda amaliyot o’tashmoqda. Amaliyot tugaganidan keyin uni yaqin atrofdagi restoranga taklif qildim. -            Umida, darslarni eson-omon tugatib oldingizmi? Ancha moslashib qoldingizmi? -            Ha, moslashayapmiz. Lekin ba’zi fanlar qiyin ekan. Ayniqsa anatomiya! Ko’p narsani yodlash... eslab qolish. Vuuuh. -            Ha, eng keragi ham anatomiya. Barcha fanlarimizning asosida shu fan yotadi. Agar anatomiyani yaxshi o’zlashtira olmasangiz, boshqa fanlarni tushmay qolasiz. -            Ustozlar ham boshida shunday tushintirishdi. -            Agar jarrohlikni tanlaydigan bo’lsangiz, barcha ichki tuzilmalarni o’rganishingiz kerak bo’ladi. -            Ha, men ham sizga o’xshab, jarroh bo’laman. -            Menga shogird bo’lar ekansiz-da unda (deb kuldim). -            Albatta. -            Umida, qisqasi sizga bir gapim bor. Uydagilar meni uylantirishmoqchi bo’lishmoqda. Qisqasi o’shanga... -            (nimadir demoqchi bo’lib, yutinib qo’ydi). -            Shunga nima deyishga ham hayronman. -            (yana jim, ko’zlarini pirpiratib qo’ydi. Hayajonini bosish uchun yonidagi suvni ichdi). -            O’zi uydagilarga ko’z ostimga olganim yo’q deganman. Lekin sizni uchratganimdan keyin, bu fikrim xatomi deb o’yladim. -            ... -            Hozir nima desangiz ham sizdan hafa bo’lmayman. O’sha paytda vaziyatni tushuntirgandingiz. Balki avvalgi gaplarimiz hazil-huzul bo’lgandir. U paytga qaraganda ozgina bo’lsa ham ulg’aydik... Bundan keyingi hayotimni siz bilan tasavvur qilayapman (shunday deb yasatib kelgan uzugimni uzatdim). -            (Uzukka qarab qoldi. Chunki bunaqa antiqa uzukni kutmagandi). Bilasizmi, hozir bir narsa deyishga ham hayronman (ko’zi uzukda). Siz menga juda ko’p yaxshiliklar qildingiz... Endi 2 kursga o’tdim... O’ylashim uchun vaqt bersangiz. -            Qancha o’ylaysiz? (Ozgina tabassum bilan gapirdim). -            Ko’p emas, 2-3 yil (kulib yubordi). Lekin uzugingiz yoqdi... -            Uzuk yoqqan bo’lsa, bu sizga. -            Lekin rozilik berdi deb o’ylamaslik sharti bilan-a? -            Ha, shunday, bu uzukni rozi bo’lsangiz ham, rozi bo’lmasangiz ham sizga berish uchun olgandim (uzukni uzatdim. Aslida rozi bo’lganida barmog’iga taqib qo’yishim kerak edi...). -            Vuuy chiroyliligini... (hayratlanib, uzukni tomosha qildi va qo’liga taqib, birinchi o’zi ko’rdi, so’ng menga ko’rsatdi). Yarashibdimi? -            Yarashdi, yarashdi. Huddi siz uchun yasalgandek (aslida ham u uchun yasalgandi)... Yoqqan bo’lsa, xursandman. (Chekkaroqda, olindan buyurtma qilib qo’ygan guldastamni ofitsant yigit olib kelib berdi). Bu guldasta ham siz uchun. Faqat ustidagi yozuviga (merry me) ahamiyat bermaysiz. Rozi bo’lasiz deb o’ylab, shunday yozdirgandim (kulib qo’ydim). -            Chiroyli guldasta ekan, mayli yozuviga ahamiyat bermaymiz... O’zim aytmagunimcha o’zingiz so’ramaysiz, hop?
1 640
16
Umidalarning uyiga kirganimizda tayyorgarlikni ancha katta qilib yuborishgan ekan. Bir pasda mehmonlar ham kelib bo’lishgan. Musiqachilar bo’lganida, kichikroq to’y bo’layapti deb o’ylardingiz. Hamma Umidani tabriklab ketdi, menga rahmatlar aytishdi. Ayollar alohida, erkaklar alohida o’tirdik. Bitta ovqat, mastava tortilgandan keyin, navbatchilikni bahona qilib, chiqib ketdim. Menga notanish bo’lgan odamlar orasida unaqa uzoq o’tirish juda noqulay bo’ldi. Aslida navbatchilikda hech nima yo’q edi. Uyga yetib borib, dam oldim. Kechroq Umida qo’ng’iroq qilib, menga vaqt ajrata olmaganligini, qachon ketib qolganimni so’radi. Unga hijolat bo’lmasligini, yaxshi o’tirganimni aytdi. U hamma uchun rahmat aytib, endi o’qish mobaynida ham uni qo’llab turishimni so’radi. Yo’q deya olmayman-ku... O’qishga kirganiga gul sovg’a qilmaganim esimga tushib, yetkazib berish xizmati orqali, 2 ta katta guldasta yubordim. Oq liliya va pushti atirgullardan iborat bo’ldi, bu talabalik ostonasidagi yaxshi niyatlarimni bildirish uchun edi. Bir necha soatdan keyin “Rahmat” degan sms xabar keldi. Ertasiga kunduzi, qayerda bo’lishimni so’rab, sms yozdi. Ishda bo’lishimni aytdim. 1 soatlardan keyin shifokorlar xonasining eshigi taqillatildi, qarasam Umida qo’lida nimadir ushlab turibdi. -        Assalomu alaykum. Osh yemay ketibsiz, onam rahmat etib berib yubordilar, o’zim ham qarashgandim osh tayyorlashga... -        Vaalaykum assalom. Rahmat... lekin shart emas edi... -        Sizdan minnatdormiz... Talaba bo’lganimga hali ham ishona olmayapman. -        Ishonasizmi, ishonmaysizmi, endi talabasiz! Oshni olib kelib ovora bo’libsiz-da. -        Mayli, vaqtingizni olmay. Ketishim kerak (qo’lidagi bir martalik ishlatiladigan idishdagi oshni menga uzatdi). -        Rahmat. (idishni oldim). Hozir sizni kuzatib qo’yaman. Qo’limdagi idishni xonadagi muzlatgich ustiga qo’ydim. Xonada o’tirgan shifokorlar piching qilgandek kulib qo’yib, kimdan kelganligini va havas qilishayotganligini aytib, hazillashib kulishdi. Hozir kelaman deb chiqib ketdim. Umidani darvozagacha kuzatib qo’yib, ozigina gaplashib turdik. Keyin uyiga ketdi. Xonaga qaytib kirib qarasam, oshni yeb qo’yishibdi. Tagida 3-4 dona guruchi qolibdi. Mazasini bilishni istaganimdan o’shani terib og’zimga soldim. Ichimdagi gapimni o’qib turishganidek, “osh mazali chiqibdi” – deb hiringlashdi... Tibbiyot oliygohida birgalikda o’qishni boshlab yubordik. Bizning darslarimiz asosan klinikalarda bo’lgani uchun, Umida bilan deyarli ko’rishmasdik. Men shu bahonalar bilan tushlik vaqtida ko’proq o’quv binosiga borib turardim. Birga tushlik qilardik. Keyin qaytib ketardim. U qolardi. Tushunmagan darslarini tushuntirib, o’rgatib. Amallab bir yilni o’tkazdik. Men bitirdim. U ikkinchi kursga o’tdi. Birga nishonladik. Keyin o’zim yoqtirgan yo’nalishga, magistraturaga topshirdim. Kontraktga kirdim! Muhimi kirib olish. Ozgincha qo’rqqan edim. Kira olmayman deb o’ylagandim. Chunki talab yuqori, talabgorlar ham ko’p. Muhimi men yutib chiqdim.
1 366
17
(2) * * * Umida hazillashmagan ekan, tibbiyot oliygohiga kirish uchun astoydil tayyorlanishni boshladi. Kirish imtihoni bo’ladigan fanlardan topib bergan repetitorimga borib, tayyorlandi. Tushunmagan joylarini o’rgatib turdim. Bir xillarida ozgina chalg’isin deb, darsdan chiqqanidan keyin turli joylarga aylanishga bordik. Teatrga tushdik. Restoran, yo’g’e, kafelarga borib ovqatlandik. Talabalikda restoranga borishga pul qayerda edi. Keyin 2 ta guldasta bilan uyiga kuzatib qo’ydim. O’sha hayajonli kunlar keldi. U imtihon topshirgani kirib ketdi. Qo’llab turish uchun birga bordim. To’g’risi o’zim, imtihonga kirgan vaqtimda bunchalik hayajonlanmaganman. Uni chiqishiga 2-3 soat vaqt borligidan foydalanib, yaqin atrofdagi gul do’kondan guldasta olib kelib turdim. Bir qancha vaqtdan keyin xursand bo’lib chiqib keldi. Aytishicha biladigan savollari tushgan ekan. Unga omad tilab, uyiga kuzatib qo’ydim. Keyin shifoxonaga, ustozimni yoniga navbatchilikka ketdim. O’zimning ham bir yillik o’qishim bor va magistratura yoki ordinaturaning birortasiga kirishim kerak edi. Tibbiyotda bularni o’qimasangiz, hech kimsiz. Shuning uchun ham ixtiyoriy-majburiy narsa hisoblanadi. Bir qancha kundan keyin javoblar e’lon qilinishini aytildi. O’sha kuni Umida javoblarni bilish uchun Tibbiyot oliygohiga bordik. Javob varaqalarini eshikdan kiraverishga chiroyli qilib osib qo’yishibdi. Bo’lajak talabalar va omadi kelmagan abituriyentlar o’zlarini nechi ball olganliklarini qiziqish bilan qarshayotgan edi. Biz ham bir chekkadan suqilib kirib, yaxshi niyatda byudjetning birinchisidan qarashni boshladik. Raqamlarga qaraymanu, o’zimnikini ko’rayotgandek hayajon bosardi. Byudjet ro’yxati borgan sari pastga tushib borarkan, qaltiroqli hayajon kuchayardi. Shu payt Umida kontraktga kirganlar orasidan o’zini topganini aytdi va xursandligidan baqirib yuborib, meni quchoqlab oldi. Men ham tabriklab, beixtiyor quchoqladim. Ikkalamizni quvonchimiz dunyolarga sig’masdi. O’zim o’qishga qabul qilinganimda ham bunchalik quvonmagandim. Keyin uydagilariga telefon qilib, suyunchi berdi. Qisqa, ammo mazmunli suhbat bo’ldi. Gaplashib bo’lganidan keyin, aytishicha uydagilari meni uyligiga taklif qilishibdi. Tibbiyot oliygohiga kirganligini “yuvib” berishar ekan. Endi ozmi-ko’pmi, menda ham hissa bor-ku. Yo’lda taksi to’xtatib, uning uyiga yo’l oldik. Yo’lda o’ylab ketayapman. Taqdirimiz endi nima bo’ladi. Unday uylanish fikri yo’q-ku. Lekin shuncha vaqt ichida bir-birimizga ancha bog’lanib qolgandik. U ham sovchi yuborishim haqida boshqa so’ramadi. Men ham unga hech narsa demadim. Tashqaridan qaraganda xuddi aka-singildek, yoki do’stlardek yurardik. Uylariga ham ko’p borganim uchun meni yaxshi tanishardi. Xuddi o’zligimdek.…. bilmadim. Qanaqa qabul qilishadi o’zi. Umida yo’lda sinfdoshlari, dugonalari, qarindoshlariga telefon qilib, o’qishga kirganini aytib, maqtanish deymizmi, bildirishmi, qisqasi xursandchiligini ulashib kelmoqda. Menga unday e’tibor ham bermayapti. Menda ham oldinda oxirgi kursim qoldi.
1 529
18
- Juda oshirib yubordingiz, men shunchaki sizni sog’ayishingizni bilardim va shuning uchun harakat qildim. Biz shifokorlar uchun bemorlar hayotini saqlash birinchi o’rinda turadi! - Bo’lajak shaxsiy shifokorimeey... - Endi sog’ayib ketdingiz, bemorimeey deya olmayman. (kulishdik). Endi men bor ekanman. Hech qachon kasal bo’lmaysiz. (qo’lidan tutib, yurishda davom etdim). - Bir narsa so’rasam maylimi? - So’rang. - Anavi kundagi guldastani oyijonga berdingizmi? (onamni oyijon deyishi, qanaqdir boshqacha tuyuldi). - Ha, berdim. - Men haqimda aytdingizmi? - (Nima deyishni bilmay qoldim. Alday desam, to’g’ri kelmaydi, aldamay desam, salomimni yetkazmadingizmi, deyishi mumkin!) To’g’risi, ayta olmadim. Uyaldim. - Hmm. (miyg’ida kulib qo’ydi). Sizga bir gap aytaymi? Men sizni, menga uylanishingizga majburlamoqchi emasman. Hazilkash bo’lganingizga, hazil aralash gapirgandim. Keyin endi 18 yoshdaman. Turmushga hozir chiqmoqchi emasman. Mana tuzaldim. Nasib qilsa, menam sizga o’xshab shifokor bo’lmoqchiman. Tibbiyot oliygohiga kiraman. Bemorlarga, odamlarga yordam beraman. Davolayman. Faqat siz jiddiy o’ylamagan edingizmi? - (yana shoshib qoldim) Jiddiy o’ylaganim yo’qku, lekin baribir ... . Qachondir uylanaman. Shunday chiroyli qizni begona qilgim kelmayotgan edi-da. (kulishdik). - Qaydam, hayot hali oldinda. Siz o’qishni tugatishni, men esa o’qishga kirishni o’ylaylik. - O’qishga kirishingizga o’zim yordam beraman. O’zim tayyorlangan, tanish repetitorlar bor. O’shalarga olib boraman. - Ooo. Zo’r bo’lar edi. Rahmat bugungi kun uchun. Men biroz charchadim. Uyga qaytaylik. So’ng uni uyiga kuzatib qo’ydim. Yo’lda uyga qaytayapman, boshda ming hayollar. Nimagadir Umida menga yoqa boshlagandi. Qanaqadir umid bergandi. Lekin hozir o’zim ham uylanadigan sharoitda emasman. Darslar qiyin, ustozlar qattiqqo’l. Yana darslardan chalg’ishim mumkin degan fikr ham bor. Onamga aytsammikan? Lekin Umida ham hozir turmushga chiqmasligini aytayapti. Keyin o’qishga kirmoqchi. Agar kontraktga kirsachi? Qanaqa qilib to’layman? Keyin, o’qishni bitirib, keyin turmushga chiqaman desachi? Uni kuta olamanmi? Yana bitta narsa bor. Kasalligini qaytalanmasmikan? Farzandli bo’lishiga halaqit qilmasmikan?.… (Davomi bor) @Hikoyalar
1 736
19
Palatadagi qiz II. (1) 12 yildan so’ng. Bugun o’zgacha kun. 10 yil avval o’qish va ishlash uchun Germaniyaga ketgan kursdoshim Sarvar qaytib kelmoqda. O’shani kutib olish uchun aeroportga bordim. Telefonda, internet orqali gaplashib turganimiz uchun, ko’rib birdaniga tanib oldim. Lekin semirib ketibdi, Germaniyaning havosi yoqibdi shekilli. Uni kutib olib, ovqatlanish uchun yaqin atrofdagi “Milliy taomlar” kafesiga olib bordim. Yo’lda hol ahvol so’rashib, yoshlikni eslashib yetib oldik. Keyin unga osh buyurtma berdim, Toshkent to’y oshini sog’ingan bo’lsa kerak. O’zimgayam osh buyurtma qila qoldim. Har holda bir xil taom yeyish odatim bor. Kulishib, ovqatlanib ham bo’lgandik. Sarvar mendan so’rab qoldi: - Javohir, esingdami? 5-mi 6-mi kurslik paytingda bir davolagan bemor qizga uylanmoqchi bo’lib, yurgan eding. Adashmasam sovchi ham jo’natganding?! - Umidani aytayapsanmi? - Ha, o’sha, ismi Umida edimi? - (biroz o’ylanib qoldim) Ha, Karimova Umida Baxtiyorovna. - O’sha, uyiga 4 ta guldasta ko’tarib borgan eding, keyin men ketib qoldim. Sen boshqa bu haqida gapirmading. So’raganlarimda gapni boshqa yoqqa burarding. - Ancha voqealar bo’ldi. Agar uyingga shoshilmayotgan bo’lsang, aytib beraman. - Shoshmayapman. Menga shu qiziqroq. Umida onangiz bilan ammangizni jo’nating deganini, boshida tushunmadim, keyin unga mehr ko’rsatganimga, gullar berganimga, meni yoqtirib qolgan ekan. To’g’ri u chiroyli qiz edi. Kelishgan. 18 yosh (men 24 yosh) navnihol edi. To’g’risi shoshib qoldim. Nima deb javob berishni ham bilmadim. Keyin birgalikda kulib, olib kelaman, siz yaxshilab tuzalib oling, deb chiqib ketdim. Ortimdan qarab qoldi va 1 ta guldastani olib chiqib, onamga berib qo’yib, salomini yetkazishimni aytib, o’zingiz aytganingizdek, uyimda guldastalar soni 4 ta qoldi, 5-chisi ortiqcha, dedi. U bu gaplarni aytayotganda juda ham yaqin turganligi sababli, ko’z nigohlarini yaqqol ko’rib turardim. Avval ko’zlariga bunchalik yaqindan qaramagandim. Shunda men ham unga o’zimda qandaydir iliqlik his qildim. Qo’limda gul bilan uyga ketayapman. Onamga nima deyishni bilmayman. Sovchilik haqida gapirishni emas, gulni qanday berishni aytayapman. Chunki tug’ilgan kunlaridayam, bayramlardayam gul bermaganman. Hozir nima deb olib boraman. Bu gul bo’lajak keliningizdan. Sizga berib yubordi, shu gulday ochilib yurarkansiz, otashin salom aytdi deymanmi? Shularni o’ylab, boshim qotdi. Keyin uyga yetib kelganimni sezib, onamga shunchaki ularni yaxshi ko’rishimni aytib, gul olib kelganimni, hech qanday sababsiz, gul berish uchun qandaydir bayramlar bo’lishi kerakmasligini, bayramlarsiz ham gul berish mumkin dedim. Onam shunda gulga qarab turib, so’ng menga ma’noli qaradilar: - O’g’lim, shu yarimtasini sevib-sevib qolmadingmi? Hozir sovchilikka boradigan manzilini ham aytasanmi? - dedilar. Shoshib qoldim. Chunki bunaqa deyishlarini kutmagandim. Yo’q, hech qanaqa qiz.… Shunchaki olib keldim. Agar xohlamasez... (uyda televizor ko’rayotgan otamga ishora qilib) otamga beraman dedim. Hech zamonda erkak kishigayam gul beradimi, deb onam gulni olib qoldilar. Umida bilan telefonda gaplashib turdim. 1 haftalardan keyin uyiga borib, hol ahvolini bildim. 2 ta guldasta ham oldim. Bemalol erkin harakatlanib yuribdi. Orada telefonda hol-ahvol so’rab turdim. 3 haftalardan keyin yana 2 ta guldasta ko’tarib, uyiga bordim. Endi ko’rinishi ancha o’ziga kelgan. Ko’rgan hech kim Umidani kasal deb o’ylamaydi. Uydagilarining roziligi bilan yaqin atrofdagi hiyobonni aylantirib kelishga ruhsat so’radim. Hiyobonga yetib borib, aylanib yurib gap boshladim: - Umidaxon, qanday endi, kayfiyatlar? - Yaxshi, shukur. Hozir juda ham baxtiyorman. Balki operatsiya qildirmaganimda, davolanishga bormaganimda bunday yurmasmidim. Keyin... - Nima keyin? - Keyin... (qisqa o’ylanib turib) Keyin sizni uchratmagan bo’lardim. Siz hayotimni saqlab qoldingiz. Siz bo’lmaganingizda, menga ishonch bermaganingizda, dalda bo’lmaganingizda, meni hech kim operatsiyaga ko’ndira olmasdi. Allaqachon hayotdan umidimni so’ndirgan edim.
1 716
20
​​👉 @IzlaydiBot
​​👉 @IzlaydiBot
1 791