۰
الذهاب إلى القناة على Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
545
المشتركون
-424 ساعات
+17 أيام
+3830 أيام
أرشيف المشاركات
545
Assalomu aleykum ahvolingiz yaxshimi kanallaringizni kuzatib boraman juda zoʻr oʻta manfaatli bizga ilm ulashayotganigiz uchun tashakkur Eng koʻp shu kanallardan ilm oʻrganaman sizga raxmat 🙂
545
𝘼𝙨𝙨𝙖𝙡𝙤𝙢𝙪 𝙖𝙡𝙚𝙠𝙪𝙢 𝙢𝙚𝙣 𝙝𝙖𝙢 𝙞𝙠𝙠𝙞 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞𝙯𝙙𝙖 𝙗𝙤𝙧𝙢𝙖𝙣 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞𝙯 𝙟𝙪𝙙𝙖𝙖𝙮𝙖𝙖𝙢 𝙢𝙖𝙣𝙛𝙖𝙖𝙩𝙡𝙞 𝙠𝙚𝙘𝙝𝙖𝙨𝙞 𝙗𝙣 𝙪𝙦𝙞𝙗 𝙘𝙝𝙞𝙦𝙙𝙞𝙢 𝙗𝙞𝙡𝙢𝙖𝙜𝙖𝙣 𝙣𝙖𝙧𝙨𝙖𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢𝙣𝙞 𝙗𝙞𝙡𝙙𝙞𝙢 𝙩𝙚𝙨𝙩𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙝𝙖𝙢 𝙝𝙖𝙢𝙢𝙖𝙨𝙞𝙣𝙞 𝙞𝙨𝙝𝙡𝙖𝙙𝙞𝙢 𝙨𝙯𝙜𝙖 𝙠𝙖𝙩𝙩𝙖 𝙧𝙖𝙭𝙢𝙖𝙩🥹🫶
545
𝘼𝙨𝙨𝙖𝙡𝙤𝙢𝙪 𝙖𝙡𝙚𝙠𝙪𝙢 𝙢𝙚𝙣 𝙝𝙖𝙢 𝙞𝙠𝙠𝙞 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞𝙯𝙙𝙖 𝙗𝙤𝙧𝙢𝙖𝙣 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞𝙯 𝙟𝙪𝙙𝙖𝙖𝙮𝙖𝙖𝙢 𝙢𝙖𝙣𝙛𝙖𝙖𝙩𝙡𝙞 𝙠𝙚𝙘𝙝𝙖𝙨𝙞 𝙗𝙣 𝙪𝙦𝙞𝙗 𝙘𝙝𝙞𝙦𝙙𝙞𝙢 𝙗𝙞𝙡𝙢𝙖𝙜𝙖𝙣 𝙣𝙖𝙧𝙨𝙖𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢𝙣𝙞 𝙗𝙞𝙡𝙙𝙞𝙢 𝙩𝙚𝙨𝙩𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙝𝙖𝙢 𝙝𝙖𝙢𝙢𝙖𝙨𝙞𝙣𝙞 𝙞𝙨𝙝𝙡𝙖𝙙𝙞𝙢 𝙨𝙯𝙜𝙖 𝙠𝙖𝙩𝙩𝙖 𝙧𝙖𝙭𝙢𝙖𝙩🥹🫶
545
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh salomatmisiz 🥹
Ikkita kanalingizda borman man uchun judayam manfaatli boʻlyapti, kitob oʻqiy olmay qolgan vaqtim eng manfaatli manbani sizni kanalingizdan olaman.
Poll savollarni koʻproq qilib turing ))
545
Asl ismi Ummu Hakim bo'lib unga Al-Bayzo "Oppoq" deb laqab berilgan. Buning sababi u Abdulmuttalibning qizlari ichida yagona oq-sariqdan kelgan nihoyatda go'zal qizi bo'lgan. Ummu Hakim taxminan milodiy 546-yilda Makka shahrida tug'ilgan. U Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning otalari Abdullohning egizak (pacha) opasi bo'lgan. Ya'ni otalari bilan bir kunda bir qorinda tug'ilgan.Otasi Abdulmuttalib ibn Hoshim onasi esa Fotima binti Amr al-Maxzumiyadir. Ummu Hakim Quraysh qabilasining Abdushams urug'idan bo'lgan Kurayz ibn Robia ismli shaxsga turmushga chiqqan. Ularning nikohidan 1.Arvo binti Kurayz. Uchinchi roshid xalifa-Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning onasi. Ya'ni Ummu Hakim Hazrati Usmonning ona tomondan buvisi bo'ladi.2.Amir ibn Kurayz 3.Talha ibn Kurayz 4.Ummu Talha binti Kurayzlar dunyoga kelgan. Milodiy 610-yildan oldin (Payg'ambarimizga risolat ya'ni vahiy kelishidan avvalroq) Makka shahrida vafot etgan. Shu sababli u zot Islom davriga yetib kelmagan va risolatni ko'rmay vafot etgan ammalardan hisoblanadi
545
Barro bint Abdulmuttalib ibn Hoshimning aniq tug'ilgan yili islomiy manbalarda va tarixiy vasiqalarda raqamlar bilan qayd etilmagan. Biroq tarixchilar uning hayot yo'lini akalari Abdulloh va Abu Toliblarning yoshiga qiyoslagan holda taxminan milodiy 550–560-yillar atrofida Makkai Mukarramada dunyoga kelgan deb hisoblashadi (chunki u oz akalari bilan yoshdosh bo'lgan va deyarli bir davrda voyaga yetgan). Uning otasi Quraysh qabilasining ulug' yetakchisi Payg'ambarimiz Muhammad Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalibdir. Onasi esa o'zining aslzodaligi va iffati bilan tanilgan Fotima bint Amr al-Maxzumiyadir. Barro bint Abdulmuttalib Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi alayhissalomning otalari Abdulloh amakilari Abu Tolib va Zubayr bilan bir ota-onadan tug'ilgan yani ham o'ta ham ona tomonidan bir tug'ishgan qondosh aka-singillardir.Uning hayoti davomidagi oilaviy munosabatlari va farzandlari haqida manbalarda juda muhim tafsilotlar keltiriladi. Barro bint Abdulmuttalibning birinchi turmushi Qurayshning hurmatli oilalaridan biri Banu Asad qabilasidan bo'lgan Abul Asad ibn Hilol (bazi manbalarda asil ismi Asad ibn Hilol deb ham keladi) bilan bo'lgan. Bu muborak nikohdan uning islom tarixida juda katta iz qoldirgan mashhur o'g'li Abu Salama (Abdulloh) dunyoga kelgan. (Abu Salama Islom dinini ilk kunlardanoq hech bir ikkilanishsiz birinchilardan bo'lib qabul qilgan ulug' sahobiydir. U Makka mushriklarining zulmidan qochib avval Habashistonga keyinchalik Madinaga hijrat qilgan va Uhud g‘azotida olgan ogir jarohati tufayli vafot etgan. U vafot etgach uning beva qolgan soliha ayoli Ummu Salamaga Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uylanganlar va u mo'minlarning onasiga aylangan).Barro bint Abdulmuttalibning birinchi turmush o'rtog'i vafot etganidan keyin u ikkinchi marta oila quradi. Uning ikkinchi turmushi Makkadagi nufuzli Banu Maxzum qabilasidan bo‘lgan Abu Ruhm ibn Abduluzzo bilan bo‘lgan. Bu nikohdan esa uning yana bir pahlavon o'g'li Abu Sabra ismli o'g'li tug'ilgan. (Abu Sabra ham Islom dinini ilk da'vat yillaridayoq qabul qilib iymoni yo'lida Makka mushriklarining qiynoqlariga bardosh bergan va keyinchalik Habashistonga hijrat qilgan birinchi muhojirlardan biri bo‘lgan ulug' sahobiydir. Shuningdek bazi siyar kitoblarida Barro bint Abdulmuttalibning ushbu ikkinchi nikohidan Vajz yoki Vajd ismli yana bir o'g'li bo'lgani haqida ham rivoyatlar mavjud).Tarixchilar va siyar (Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotini o'rganuvchi) olimlar o'rtasida Barro bint Abdulmuttalibning Islom dinini qabul qilgan-qilmagani borasida qat'iy yakdil va yakuniy bir to'xtam yo'q. Bu borada olimlar asosan ikki xil qarashni ilgari surishadi. Ayrim tarixiy manbalarga va rivoyatlarga ko'ra u Muhammad alayhissalomga payg'ambarlik vazifasi kelishidan oldin yani Johiliyat davrida Makkada vafot etib ketgan shuning uchun ham Islom da'vatiga yetib kela olmagan.Boshqa yirik siyar olimlari esa u Islom da'vati boshlangan ilk yillarda Makkada hali hayot bo'lgan deb hisoblashadi. Ammo shunday bo'lsa-da uning Islom dinini qabul qilganini iymon keltirganini aniq va shubhasiz tarzda tasdiqlovchi biror ishonchli tarixiy dalil sahih rivoyat yoki hujjat bizgacha saqlanib qolmaganini aytishadi. (Islom tarixida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning jami olti nafar ammalari bolgan bo'lsa ulardan faqatgina Sofiyya bint Abdulmuttalibning Islomni toliq qabul qilgani va Madinai Munavvaraga hijrat qilgani barcha ulamolar tomonidan aniq va ittifoq qilingan shubhasiz haqiqatdir. Qolgan ammalari jumladan Barro borasida esa yuqoridagidek ixtiloflar bor). Barro bint Abdulmuttalib ibn Hoshim.Aniq vafot etgan yili haqida ham birorta sahih manbada raqam yoki sana ko‘rsatilmagan
545
Umayma bint Abdulmuttalib Taxminan milodiy 555–560-yillar oralig'ida Makkada tug'ilgan. O'sha davr arablarida ayollarning tug'ilgan sanasini aniq qayd etish odati bo'lmagani uchun bu yil tarixchilar tomonidan jiyani Muhammad sollallohu alayhi vasallam hamda akasi Abdullohning yoshiga nisbatan taxminiy hisoblangan. Otasi Abdulmuttalib ibn Hoshim (Qurayshning boshli‘i va Payg'ambarimizning bobolari). Onasi Fotima bint Amr al-Maxzumiya. Umayma Payg'ambarimizning otalari Abdulloh amakilari Abu Tolib va Zubayrlar bilan bir otadan bir onadan tug'ilgan tug'ishgan aka-singil bo'lgan (boshqa bazi ammalari ota bir ona boshqa bo'lgan).Eri Joxiliyat davrida Asad qabilasidan Makkaga ko'chib kelib Quraysh bilan ittifoq tuzgan Jahsh ibn Riyob al-Asadiyga turmushga chiqqan.Umayma bint Abdulmuttalib Islom tarixiga ulkan hissa qo'shgan mashhur sahobiylarning onasidir. Uning 6 nafar farzandi bo'lgan. 1.Zaynab bint Jahsh roziyallohu anho Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ayollari ya’ni Mo'minlar onasi. 2.Abdulloh ibn Jahsh roziyallohu anhu islomdagi ilk bayroqdor Uhud jangida qahramonlarcha shahid bo'lgan va amakisi Hamza roziyallohu anhu bilan bir qabrga dafn etilgan buyuk sahobiy.3.Abu Ahmad ibn Jahsh roziyallohu anhu ko‘zi ojiz bo'lishiga qaramay Islomni ilk qabul qilganlardan va Makkadan Madinaga birinchilardan bo'lib hijrat qilgan mashhur sahobiy va shoir.4.Ubaydulloh ibn Jahsh avval Islomni qabul qilib Habashistonga hijrat qilgan biroq u yerda xristian diniga o'tib o'sha yerda vafot etgan. 5.Hamna bint Jahsh Mashhur sahobiy Mus'ab ibn Umayrning ayoli bo'lgan Uhud jangida yaradorlarga suv tashib xizmat qilgan.6.Habiba bint Jahsh roziyallohu anho sahobiya ayol Abdulrahmon ibn Avfning ayoli bo'lgan. Tarixchi Muhammad ibn Sa'd o'zining mo'ttabar manbasida Umayma bint Abdulmuttalibning Islomni qabul qilganini qizlari va o'g'illari bilan birga Madinaga hijrat qilganini yozadi.Boshqa bir yirik siyrat olimi Muhammad ibn Ishoq esa uning Islomni qabul qilganini rad etadi va Islom kelishidan oldin Makkada vafot etgan deb hisoblaydi. Biroq yuqoridagi Xaybar o'ljalari taqsimoti haqidagi hujjatlar Ibn Sa'dning fikri (yani Islomni qabul qilib Madinada yashagani) to'g'riroq ekanini ko'rsatadi. Tarixiy manbalarda uning vafot etgan aniq yili va sanasi saqlanib qolmagan. Ammo uning qachongacha yashagani ma'lum. U zot Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Xaybar g'azotidan (hijriy 7-yil milodiy 628-yil) qaytganlarida tirik bo'lgan. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar o'ljalaridan Umayma onamizga 40 vasaq (taxminan 2400 soa yoki 600 kg atrofida) xurmo ajratganlar. Shuningdek u zot qizlari Zaynab bint Jahshning Rasulullohga turmushga chiqqan davrlarida (hijriy 5-yil) ham hayot bo'lganlar. Xulosa qilib aytganda u zot hijriy 7-yildan keyin Madinada vafot etganlar
545
Arvo binti Abdulmuttolib roziyallohu anho Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning fozila ammalari va mardona shoira sahoba ayollardan biridir.Taxminan milodiy 560-yilda Makka shahrida tug'ilganlar. Otasi Abdulmuttolib ibn Hoshim (Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bobolari). Onasi Fotima binti Amr.Arvo onamiz payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning otalari Abdulloh hamda amakilari Abu Tolib bilan bir ota-onadan tug'ilgan haqiqiy tug'ishgan singil bo'lgan.Turmush o'rtog'i dastlab Umayr ibn Vahb (unga turmushidan mashhur sahoba Tulayb ibn Umayr ismli o'g'li bo'lgan). Ikkinchi turmushi Arta ibn Sharahbil ibn Hoshim (undan Fotima ismli qizi bo'lgan).
O'g'li Tulayb Makkada Al-Arqam uyida Islomni qabul qilgach onasining bu qadamini ma'qullab agar o'zi erkak bo'lganida jiyani Muhammad sollallohu alayhi vasallamni himoya qilish uchun qurol ko'tarishini aytgan. Shu tariqa Arvo onamiz ham iymon keltirib payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bay'at qilgan.Makkadagi tazyiqlardan so'ng barcha musulmonlar qatori Madina munavvaraga hijrat qilgan.Nihoyatda o'tkir so'zli balog'atli shoira ayol bo'lganlar. O'z she'rlari bilan jiyani Muhammad alayhissalomni va Islom dinini dushmanlardan mardona himoya qilgan.
Hijriy 15-yilda (milodiy 636-yilda) Hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrida vafot etganlar. Madina shahridagi mashhur Baqe' (al-Baqi') qabristoniga dafn etilganlar.
