۰
الذهاب إلى القناة على Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
540
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+77 أيام
+3730 أيام
أرشيف المشاركات
539
Odam soni uchun qo'shilmela kanalga tashlagan postlar sizlarga yoqmasa yo'qki oqimasela qimmatli vaqtilani bekorga sarflamela undan ko'ra bundan foydaliroq narsalarga sarflela. Kanal yoqmasa chiqib ketishingiz mumkin kanal eshigi ochiq...
539
Safiyya binti Huyay roziyallohu anho mo'minlarning onasi taqvodor oqila va vafodor ayol bo'lganlar. Taxminan milodiy 610–612-yillarda Madina (Yasrib) shahrida tug'ilganlar. Isroil avlodidan ya’ni Hazrati Horun alayhissalomning avlodi bo'lganlar. Otasi Madinadagi eng yirik yahudiy qabilalaridan biri bo'lgan Bani Nuzayrning boshlig'i Huyay ibn Axtab. Onasi esa Bani Qurayza qabilasidan Barra binti Samavol edi. Tug'ilgandagi ismi Zaynab bo'lgan keyinchalik u "Safiyya" (ya'ni o'ljadan saylab olingan eng sarasi) laqabi bilan tanilib ketgan. Safiyya onamiz go'zalligi aqli va olijanob nasabi tufayli o'z qavmining eng e'zozli qizlaridan edi. U Payg'ambarimiz alayhissalom bilan turmush qurishdan oldin ikki marta turmushga chiqqanlar. Hijriy 7-yilda musulmonlar va yahudiylar o'rtasida Xaybar g'azoti yuz berdi.Bu jangda uning otasi Huyay ham eri Kinana ham halok bo'ldi. Safiyya onamiz esa boshqa ayollar qatori musulmonlarga asir tushdi.U avvaliga sahoba Dihya al-Kalbiyning ulushiga tushgan edi. Biroq sahobalar Payg'ambarimizga kelib: "Ey Allohning Rasuli Safiyya Bani Nuzayr va Bani Qurayzaning sayyidasi (boshlig'ining qizi) u faqat sizga loyiq" deyishdi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Safiyya onamizni huzurlariga chaqirib unga tanlov huquqini berdilar "Agar yahudiylikda qolishni istasang seni ozod qilaman qavmingga qaytasan. Agar Alloh va Uning Rasulini tanlasang, seni o'z nikohimga olaman" dedilar.Safiyya onamiz hech ikkilanmay Islomni va Allohning Rasulini tanladilar.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etishlaridan oldin og'ir betob bo'lganlarida "Qani edi sizning dardingizni men olsam" deb yig'lagan Payg'ambarimiz esa uning bu gapida mutlaqo samimiy ekanini tasdiqlaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida Safiyya onamiz atigi 21 yoshda edi. U 39 yil davomida beva bo'lib iymon va ilm bilan hayot kechirdi. Payg'ambarimizdan jami 10 ta sahih hadis rivoyat qilganlar. Hijriy 50-yilda (milodiy 670-yil) xalifa Muoviyaning davrida vafot etgan. Vafot etganlarida taxminan 60 yoshda bo'lganlar. Madina shahridagi mashhur Jannatul Baqiy qabristoniga boshqa mo'minlar onalari qatoriga dafn etilganlar
539
Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyon roziyallohu anho mo'minlarning onalaridan biri bo'lib hijratdan 35 yil oldin (milodiy 589 yoki 594-yillarda) Makkada tug'ilgan va hijriy 44- yoki 45-yilda (milodiy 664/665-yilda) Madinada vafot etib Baqe' qabristoniga dafn etilganlar. U Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamlarning to'qqizinchi zavjalari edi. Otalari Abu Sufyon ibn Harb (islomga kelishidan oldin Qurayshning boshlig'i va musulmonlarning ashaddiy dushmani bo'lgan). Onalari Safiya binti Abu al-Os.U zotning nasablari Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan bobo tomondan tutashadi. Ummu Habiba roziyallohu anho Islomning ilk davridayoq erlari Ubaydulloh ibn Jahsh bilan birga musulmon bo'ldilar.Makkadagi quvg'in va azoblar kuchaygach eri bilan birgalikda Habashistonga hijrat qildilar.Habashistonda erlari Ubaydulloh dinidan qaytib nasroniylikni qabul qildi va Ummu Habibani ham shunga majburladi. Biroq bu mo'mira ayol o'z e'tiqodida sobit qoldi qat'iy turib eridan ajrashdi. Eri Habashistonda vafot etgach g'arib va yolg'iz qolgan bu ayolning holiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam rahm qildilar.Habashiston podshohi Najoshiyga odam yuborib uning iltimosi bilan Ummu Habibaga uylanishni xohlashlarini bildirdilar.Najoshiy Rasulullohning elchisi sifatida nikoh ishlarini boshqardi Payg'ambarimiz nomidan o'zi 400 dinor mahr berdi va uni Madinaga jo'natdi. O'shanda Ummu Habiba 36 yoshda edi. Otasi Abu Sufyon hali musulmon bo'lmagan paytida Madinaga kelib qizining uyiga kirmoqchi bo'lganida, Ummu Habiba Rasulullohning ko'rpachalarini otasiga to'shashdan bosh tortib: "Siz mushriksiz najssiz" deganlar. Bu uning dinni hamma narsadan ustun qo'yishini ko'rsatadi.U zotdan ko'plab hadislar rivoyat qildilar
539
Juvayriya binti al-Horis roziyallohu anho Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zavjayi mutahharalari mo'minlarning onalari va Bani Mustaloq qabilasi sardorining qizi edilar. Hijriy 5-yilda asirga tushib so'ng Payg'ambimizga turmushga chiqqanlar. Juvayriya roziyallohu anho milodiy 608-yil atrofida (hijratdan 15 yil oldin) tavallud topganlar.Otasi al-Horis ibn Abi Dirar Bani Mustaloq qabilasining boshlig'i bo'lgan.Dastlabki ismi Barra edi uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Juvayriya deb o'zgartirganlar. Hijriy 5-yilda (627-yil) Musulmonlar va Bani Mustaloq qabilasi o'rtasida voqea sodir bo'lib qabila mag'lubiyatga uchradi va ko'plab kishilar asir olindi.Juvayriya roziyallohu anho Sobit ibn Qays ibn Shamosning ulushiga asir bo'lib tushdi.Juvayriya o'z ozodligi uchun ma'lum miqdorda to'lov (mukotaba shartnomasi) belgilashni so'radi va yordam istab Rasululloh huzurlariga keldi.U Payg'ambarimizga o'zining qabilasining boshlig'ining qizi ekanini va boshiga tushgan qiyinchilikni aytib murojaat qildi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning badal pulini o'z egnilariga olib to'lab berishni va unga uylanishni taklif qildilar. U bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib Islomni go'zal tarzda qabul qildi. Rasululloh Juvayriyaga uylanganidan xabar topgan sahobalar: "Rasulullohning qarindoshlari asir bo'ladimi?" deb o'zlaridagi barcha Bani Mustaloq asirlarini (yuzlab kishilarni) so'zsiz ozod qildilar va ularga qo'shib yubordilar.Oysha roziyallohu anho bu haqda shunday deganlar: "O'z qavmiga Juvayriyadan ko'ra ko'proq baraka keltirgan birorta ayolni bilmayman. U sababli Bani Mustaloq qabilasidan yuzlab oilalar ozod qilindi".Bu ulug' voqeadan so'ng butun Bani Mustaloq qabilasi o'z ixtiyori bilan Islom dinini qabul qildi. Juvayriya roziyallohu anho o'ta taqvodor zohid va ko'p ibodat qiluvchi ayol edilar.Sahih Muslimda kelgan bir hadisda aytilishicha Rasululloh bomdod namozidan keyin Juvayriyani zikr qilib o'tirgan holatida topib ketganlar tush paytida qaytib kelsalar ham u o'sha joyda Allohni zikr qilib o'tirgan edilar.Payg'ambarimiz unga qisqa vaqt ichida butun kunlik zikrga teng keladigan maxsus duolarni o'rgatganlar. Juvayriya roziyallohu anho Rasulullohdan keyin yana 39 yil yashab ummatga hadislar rivoyat qildilar.U zot hijriy 50-yil (yoki 56-yil) so'qimida Muoviya ibn Abi Sufyon xalifaligi davrida 65 yoshlarida Madinada vafot etdilar.Janoza namozini Madina hokimi Marvon ibn Hakam o'qidi va Jannat ul-Baqi qabristoniga dafn qilindilar
539
Zaynab binti Jahsh roziyallohu anho milodiy 590-yilda Makkada tug'ilib milodiy 641 hijriy 20-yilda Madinada vafot etgan. U Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalari mo'minlarning onasi va Islom tarixidagi ulug' sahobiya ayollardan biridir. Asl ismi Barra bo'lib, keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ismini Zaynab deb o'zgartirganlar. Otasi Jahsh ibn Riyob onasi esa Payg'ambarimizning amakilari Abdulmuttalibning qizi Umayma binti Abdulmuttalib edi. Demak, u payg'ambarimizning onasi tomonpdan amakivachchasi bo'ladi. Milodiy taxminan 590-yilda Makkada dunyoga kelgan. Zaynab roziyallohu anho dastlab Payg'ambarimizning ozod qilgan va asrab olgan o'g'illari Zayd ibn Horisaga turmushga chiqqan. Afsuski bu oilaviy hayot uzoq davom etmadi er-xotin orasida fe'l-atvor mos kelmasligi sababli kelishmovchiliklar chiqdi va Zayd ibn Horisa uni taloq qilishni istadi. Zayd bilan ajrashgach Zaynab binti Jahshga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylandilar. Bu nikoh odamlarning asrab olingan bolalarni haqiqiy farzanddek ko'radigan eski johiliyat odatini yo'q qilish uchun Alloh taoloning amri bilan (Ahzob surasi 37-oyat) amalga oshdi. Zaynab roziyallohu anho boshqa onalarimizga faxrlanib: "Sizlarni ota-onangiz nikohlab qo'ygan bo'lsa, meni yetti qavat osmon uzra Allohning o'zi Payg'ambariga nikohlab qo'ygan" der edilar. U o'ta taqvodor ko'p namoz o'qiydigan va ro'za tutadigan ayol edi. Shuningdek qo'li ochiq kambag'allarga ko'p sadaqa beradigan sahobiya bo'lgani uchun Payg'ambarimiz unga "qo'li uzunrog'ingiz" (eng saxiy ma'nosida) deb ta'rif berganlar. Zaynab roziyallohu anho o'z qo'llari bilan teri oshlab hunarmandchilik qilar topgan pullarini esa butunlay Alloh yo'lida kambag'allarga tarqatib yuborar edi. Hazrat Umar xalifalik davrida, milodiy 641-yilda (hijriy 20-yilda) Madina shahrida 51 yoshida vafot etdi. U mo'minlarning onalari ichida Hazrat Umar davrida birinchilardan bo'lib vafot etgan va Jannatul Baqiy qabristoniga dafn qilingan
539
Ummu Salama roziyallohu anho Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan biri bo'lgan eng nufuzli sahobiyalaridan biri hisoblanadilar. Islom dinini qabul qilgan ilk insonlardan bo'lib hayoti davomida og'ir sinovlarni sabr bilan yengib o'tganlar va musulmon ayollariga ulkan ibrat bo'lganlar. Asosiy ismlari Hind bo'lib otalari Abu Umayya ibn Mug'iyra (Zodur-rakb nomi bilan tanilgan saxiy inson) bo'lgan. Onalari Oiz (yoki Atika) binti Omir ibn Rabi'a. Hijratdan taxminan 15-30 yil oldin (milodiy 580 yoki 596-yil) Makka shahrida tug'ilganlar. Ummu Salama roziyallohu anho Islom dinini birinchilardan bo'lib qabul qilgan ulug' sahobiyalardandirlar. U kishi birinchi turmush o'rtoqlari Abu Salama roziyallohu anhu bilan birgalikda Islom yo'lida Habashistonga va keyinchalik Madinaga qilingan ikki og'ir hijratda (ko'chishda) qatnashganlar. Abu Salama roziyallohu anhu Uhud jangida olgan jarohatlari tufayli vafot etganlaridan so'ng Ummu Salama roziyallohu anho yolg'iz qoladilar va "Allohim menga bu musibatim evaziga undan-da yaxshiroq juft ato et" deb duo qiladilar. Shundan so'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga uylanadilar va yetim qolgan farzandlarini o'z qaramog' lariga oladilar. Ummu Salama onamiz g‘oyatda chuqur fikrli aql-idrokli ayol bo'lganlar. Bu xususiyat Ayniqsa Hudaybiya sulhi voqeasida yaqqol namoyon bo'lgan: musulmonlar sulh shartlaridan norozi bo'lib qurbonlik so'yishga ikkilanishayotganda Ummu Salama roziyallohu anho Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga borib hech kim bilan gaplashmasdan o'z qurbonliklarini so'yishni maslahat beradilar va bu ish musulmonlarni katta tanglikdan qutqarib qoladi.U kishi Oisha onamizdan keyin hadis rivojlantirish bo'yicha eng ko'p ma'lumot qoldirgan sahobiyalardan hisoblanadilar. Ummu Salama onamizdan jami 378 ta hadis rivojlantirilgan bo'lib ulardan 29 tasi Imom Buxoriy va Imom Muslim tomonidan o'zlarining "Sahih" to'plamlariga kiritilgan. Ummu Salama hijriy 59 yoki 62-yili (milodiy 680-683 yillar orasida) 84 yoshlarida Madina shahrida vafot etganlar. Janozalarini Abu Hurayra roziyallohu anhu o'qiganlar
539
Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anho Islom payg'ambari Muhammad alayhissalomning beshinchi xotini mo'minlarning onasi hamda islom tarixida o'chmas iz qoldirgan ulug' sahobiya ayoldir. U zot o'zining cheksiz saxovati yetim-yesirlarga bo'lgan mehri va miskinlarga qilgan ulkan yordamlari sababli hali Islom kelmasidan oldin johiliyat davridayoq "Ummul Masokin" (Miskinlar onasi) degan yuksak sharafli nomga sazovor bo'lgan edilar. Zaynab onamiz Makka shahrining eng aslzoda va nufuzli oilalaridan birida dunyoga kelganlar. Nubuvvatdan (Payg'ambarlik kelishidan) 13 yil oldin, ya'ni hijratdan 28 yil muqaddam (milodiy 596-yilda) Makkai Mukarramada tavallud topganlar. Otalari Xuzayma ibn Horis (ba'zi manbalarda Horim) ibn Abdulloh ibn Amr ibn Abdumanof ibn Hilol al-Hiloliy bo'lib u kishi mashhur Banu Hilol qabilasining ko'zga ko'ringan vakillaridan bo'lgan. Onalari Hind binti Avf ibn Zuhayr ibn Hamatoh al-Humayriya bo'lib u islom tarixida "Yer yuzidagi eng hayrli va sharafli kuyovlar ko'rgan ona" sifatida tanilgan. Chunki Hind binti Avfning qizlari orasida Zaynab binti Xuzaymadan tashqari Payg'ambarimizning yana bir ayollari Maymuna binti Horis Abu Bakr Siddiqning ayoli Asmo binti Umays hamda Hamza ibn Abdulmuttalibning ayoli Salmo binti Umayslar bor edi. Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anho islom da'vati boshlangan ilk davrlardayoq hech qanday ikkilanishsiz musulmon bo'lganlar va ilk iymon keltirgan soliha ayollar qatoridan joy olganlar. U zot voyaga yetgach Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ammalarining o'g'li ulug' sahobiy Abdulloh ibn Jahsh roziyallohu anhu bilan turmush qurganlar. Makka mushriklarining musulmonlarga bo'lgan tazyiqlari kuchaygach Zaynab onamiz eri bilan birgalikda iymonlarini saqlab qolish uchun barcha mol-mulklarini tashlab Madinai Munavvaraga hijrat qilganlar. O'sha davr odatiga ko'ra u zot ham jang maydonlarida erkaklarga yordam bergan. Xususan Badr g' azotida qatnashib yarador askarlarni davolash ularga suv tashish va qarashish kabi fidoiy ishlarni bajarganlar. Hijratning 3-yilida bo'lib o'tgan mashhur Uhud jangida Zaynab onamizning turmush oʻrtoqlari Abdulloh ibn Jahsh qahramonlarcha jang qilib shahid boʻldilar. Natijada Zaynab onamiz yosh va hech qanday boquvchisiz begona yurtda yolg'iz beva bo'lib qoldilar. Zaynab onamiz erining vafotidan so'ng chuqur qayg'uga botdi. Uning sabr-toqatini kimsasiz qolganini va islom yo'lidagi fidokorligini ko'rgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ko'nglini ko'tarish hamda uni o'z qaramog'iga olishga qaror qildilar.Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Hafsa binti Umar roziyallohu anhoga uylanganlaridan so'ng hijratning 3-yili Ramazon oyida (milodiy 625-yil bahorida) Zaynab binti Xuzaymaga uylandilar. Madinadagi Masjidi Nabaviy yonida, Oysha onamizning hujralari yonidan Zaynab onamiz uchun maxsus bir hujra qurib berildi. Shu nikoh tufayli u zot rasman "Moʻminlarning onasi" maqomiga erishdilar. Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anhoning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan kechgan oilaviy hayotlari juda qisqa bo'ldi. U zot Payg'ambarimizning ayollari ichida eng kam umr koʻrgan va u zotning hayotlik davrlarida vafot etgan ikki ayollaridan biridir (birinchisi Xadicha onamiz edi). U zot bu foniy dunyodan juda yosh taxminan 30 yoshlarida otdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotning vafotidan qattiq mahzun bo'ldilar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Zaynab onamizga o'zlari imom bo'lib janoza namozini oqidilar va u zotni o'z muborak qo'llari bilan Madinadagi "Jannatul Baqi" qabristoniga dafn etdilar. U zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylangan ayollar ichida birinchi bo'lib "Jannatul Baqi"ga qo'yilgan baxtli onamizdir
539
Hafsa binti Umar roziyallohu anho mo'minlarning onasi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mujotahharalaridan va xalifa Umar ibn Xattobning qizlaridir. Hafsa onamiz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga payg'ambarlik kelishidan 5-yil oldin Quraysh qabilasi Ka'bani qayta qurayotgan yilda (milodiy 605-yilda) dunyoga kelganlar. Otalari buyuk adolat sohibi ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu, onalari esa Zaynab bint Maz'un raziyallohu anhodir. Islomning ilk davridayoq otalari Umar roziyallohu anhu bilan birga Islomni qabul qilganlar. Dastlab sahoba Xunays ibn Huzofa as-Sahmiyga turmushga chiqqanlar. Eri bilan birga Madinaga hijrat qilganlar. Eri Badr yoki Uhud janglarida qatnashib og'ir yaralanib shahid bo‘lganidan so'ng Hafsa onamiz yosh beva qolganlar. Hafsa roziyallohu anho beva qolganlarida yigirma yoshlar atrofida edilar. Otasi Umar roziyallohu anhu qiziga munosib kuyov izlab avval Abu Bakr Siddiq so'ngra Usmon ibn Affon roziyallohu anhumlarga qizini taklif qiladilar. Ammo ular uylanishdan bosh tortishadi. Shunda Umar roziyallohu anhu bu holatdan qattiq xafa bo'lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qiladilar. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam uning g'am-g'ussasini tarqatish va oilaviy aloqalarni mustahkamlash maqsadida hijriy 3-yilda (milodiy 625-yil) Hafsa onamizga uylanadilar. Hafsa onamiz o'ta oqila savodli qat'iyatli va ibodatga juda qattiq berilgan ayol bo'lganlar. Hafsa onamiz Qur'oni karimni to'liq yod olgan (Hofizai Qur'on) sahobiyalardan edilar. Abu Bakr roziyallohu anhu xalifaliklari davrida jamlangan Qur'oni karimning yagona asl nusxasi (Mus'haf) dastlab xalifa Abu Bakr da so'ngra Umar roziyallohu anhuda saqlangan. Umar roziyallohu anhu shahid bo'lganlaridan so'ng bu yagona kitob Hafsa onamizning uylariga topshirilgan. Keyinchalik xalifa Usmon roziyallohu anhu davrida boshqa yurtlarga tarqatish uchun Qur'on nusxalari ko'paytirilganda aynan Hafsa onamizdagi asl nusxadan asosiy manba sifatida foydalanilgan. Hafsa onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 60 ga yaqin hadis rivoyat qilganlar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir safar Hafsa onamizni bir muddatga taloq qilgan bo'lsalar-da keyinchalik Jabroil alayhissalomning vahiy keltirishlari bilan uni o'z nikohlariga qaytarib olganlar. Jabroil alayhissalom Payg'ambarimizga Hafsa onamiz ko'p ro'za tutadigan va kechalari namoz o'qiydigan obidha ayol ekanliklarini va jannatda ham u kishi Rasulullohning zavjalari bo'lishini aytgan. Umri davomida g'oyatda taqvodor zohid va dunyo matohlariga qiziqmaydigan hayot kechirganlar. Hafsa binti Umar roziyallohu anho hijriy 45-yilning Sha'bon oyida (milodiy 665-yilning kuz oylarida) oltmish yoshlarida Madinai munavvarada vafot etdilar. U kishining janoza namozini o'sha vaqtdagi Madina hokimi Marvon ibn Hakam o'qigan. Onamizning muborak jasadlari Madinadagi mashhur Jannatul Baqi qabristoniga boshqa mo'minlarning onalari yoniga dafn etilgan
539
Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anho Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sevikli ayollari mo'minlarning onasi, buyuk faqih va eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahobalardan biri. Milodiy 613–614-yillarda Makka shahrida tug'ilganlar. Otalari birinchi xalifa Abu Bakr Siddiq onalari Ummu Rumon roziyallohu anhumodirlar.Payg'ambarimizning uchinchi xotinlari bo'lib nikohlariga ko'ra Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Oisha onamizning dunyo va oxiratdagi juftlari ekani xabar qilingan. Oisha onamiz favqulodda o'tkir zehnli o'qish va yozishni biladigan nodir sahobiy ayollardan edilar. Qur'oni Karimni to'liq yod bilgan oyatlarning nozil bo‘lish sabablari, fiqh, tibbiyot va arab she'riyatini mukammal egallaganlar. Sahobalar ko'p murakkab masalalarda aynan onamizga murojaat qilishgan. U zotdan jami 2210 ta hadis rivoyat qilingan. Payg'ambarimiz u kishini oq yuzli bo'lganlari uchun erkalatib "Humayro" deb ataganlar. Abu Bakrning qizlari bo'lganlari uchun "Siddiqa" (rostgo'y ayol) unvoniga sazovor bo'lganlar. Milodiy 678-yil 13-iyulda (hijriy 58-yil, Ramazon oyi) Madina shahrida vafot etganlar. Vasiyatlariga ko'ra Madinadagi mashhur Baqiy qabristoniga dafn qilinganlar. Janoza namozini o'sha vaqtdagi Madina hokimi Abu Hurayra roziyallohu anhu o'qib berganlar
539
Savda binti Zam'a roziyallohu anho-Islom tarixida "Mo'minlarning onasi" (Ummu-ul-mu'minin) degan sharafli nomga sazovor bo'lgan ulug' sahobiya Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ikkinchi xotinlaridir. U zot o'zlarining taqvosi saxovati va xushfe'lligi bilan tanilganlar. Savda onamiz milodiy 566–580-yillar oralig'ida Makka shahrida tug'ilganlar. Otalari-Quraysh qabilasining Banu Omir ibn Luay urug'idan bo'lgan Zam'a ibn Qays onalarining ismi esa ash-Shamus binti Qays bo'lgan. Ular Islom dini kelishidan avval ham Makka jamiyatida obro'li ma'rifatli oilalardan hisoblangan. Savda binti Zam'a va birinchi turmush o'rtoqlari as-Sakron ibn Amr roziyallohu anhumo Islomni birinchilardan bo'lib qabul qilgan eng dastlabki musulmonlardandirlar. Quraysh mushriklari tomonidan ko'rsatilgan tazyiq va azob-uqubatlarga chiday olmay Habashistonga (Efiopiyaga) qilingan ikkinchi hijrat karvonida ishtirok etishgan. Makkada Islomning ilk davrlarida xotini Xadicha onamiz va amikalari Abu Tolib vafot etgach Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam juda og'riqli musibat va yolg'izlikni boshlaridan kechirdilar. Shunda sahobiya Havla binti Hakimning tavsiyasiga ko'ra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Savda onamizga uylanishga qaror qildilar. Nikoh hijratdan oldin Payg'ambarlikning 10-yilida Shavvol oyida bo'lib o'tdi. Savda onamiz Rasulullohning qizlariga mehribon ona xonadonlariga esa vafodor yor bo'ldilar.Dastlab Habashistonga so'ngra Madinaga hijrat qilganlari uchun "Sabiqoon al-awwaloon" (islomda peshqadamlar) qatoriga kiradilar. Sahobalar tomonidan yuborilgan mol-dunyo va hadyalarni zudlik bilan kambag'allarga tarqatib yuborishni odat qilgan edilar. Madinaga ko'chishgach ularning soddadilliklari va g'ayratlari tufayli musulmonlar uchun muhim shar'iy qoidalar xususan ziyorat va ibodat amallarida yengilliklar (masalan, zaifa ayollarning Arafotdan kechasi oldinroq chiqib ketishlari) joriy qilingan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'zlarining yoshi ulug' ayollariga ko'proq vaqt ajrata olmasliklari mumkinligini aytib xohlasalar ajrashishlari mumkinligini aytganlarida Savda onamiz o'z navbatlarini Oisha onamizga berganlar va faqatgina Qiyomat kunida ham u zotning zavjalari bo'lib qolishni istaganlarini bildirganlar. Savda onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan so'ng ham u zotning vasiyatlariga sodiq qolgan holda umrlarining oxirigacha Madinada toat-ibodat va xayr-sahovat bilan yashadilar. U zot hijriy 22-yil yoki 54-yilning Shavvol oyida (milodiy 644–674-yillar oralig'ida xalifa Muoviya davrida) 80 yoshlar atrofida vafot etganlar. Jasadlari Madinadagi muborak Jannat ul-Baqiy qabristoniga dafn qilingan
539
Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho Islom payg'ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning birinchi turmush o'rtog'i va islom dinini birinchi bo'lib qabul qilgan inson. U zot taxminan milodiy 554–555 yillarda (Fil voqeasidan 15 yil oldin) Makkada tug'ilib milodiy 619 yilning noyabr oyida vafot etganlar. Xadicha binti Xuvaylid ibn Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay al-Qurashiya Makkaning eng obroʻli va badavlat oilalaridan birida tavallud topganlar. U kishining otalari Xuvaylid ibn Asad, onalari Fotima binti Zaida bo'lib nasablari ota tomondan ham ona tomondan ham Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bilan birlashadi. Islom kelishidan oldin ham Xadicha onamiz o'zlarining oqilligi pokizaligi va yuksak odob-axloqlari tufayli "Tohira" (pokiza ayol) degan sharafli nomga sazovor bo'lganlar. Ular savdo-sotiq bilan shug'ullanib yollanma ishchilar orqali karvonlar yuritganlar va Quraysh ayollarining yetakchisi darajasiga erishganlar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi bilan turmush qurishlaridan oldin ikki marta turmushda bo'lib farzandlar ko'rganlar. Xadicha roziyallohu anho Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tijorat ishlarini boshqarish uchun olib borgan savdolarida u zotning halolligi rostgo'yligi va omonatdorligiga tan berganlar. Natijada o'zlari xohish bildirib Payg'ambarimizga sovchi qo'yganlar. Nikoh paytida Xadicha onamiz 40 yoshda Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa 25 yoshda bo'lganlar. Ular 25 yil baxtli hayot kechirganlar va onamiz hayotlik chog'larida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam boshqa ayolga uylanmaganlar. Xadicha roziyallohu anho Payg'ambarimizdan olti nafar farzand ko'rganlar. Qosim va Abdulloh (ular go'daklik chog'larida vafot etganlar).Zaynab Ruqayya Ummu Kulsum va Fotima. Xadicha onamiz payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ilk bor Vahiy kelganida va u zot qoʻrquv ichida uylariga qaytganlarida birinchi bo'lib tasalli bergan payg'ambarliklariga iymon keltirgan va butun borlig'i bilan qo'llab-quvvatlagan inson edilar. Musulmonlar orasida "Mo'minlarning onasi" deb ulug'lanadilar. U zot hijratdan uch yil oldin ya'ni milodiy 619 yilning noyabr oyida 65 yoshlarida vafot etganlar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun bu juda og'ir judochilik bo'lgan va bu yil tarixda "G'am-anduh yili" deb nomlangan. Onamiz Makkadagi Hajun qabristoniga dafn etilganlar
539
Tirikligidayoq jannatiy ekanligini bashorati berilgan 10 ta sahobalar
1. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu
2. Umar Ibn Hattob roziyanllohu anhu
3. Usmon Ibn Affon roziyallohu anhu
4. Ali Ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
5. Abdurahmon Ibn Avf roziyallohu anhu
6. Abu Ubayda Ibn Jarroh roziyallohu anhu
7. Zubayr Ibn Avvom roziyallohu anhu
8. Talha Ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu
9. Sa'd Ibn Vaqqos roziyallohu anhu
10. Said Ibn Zayd roziyallohu anhu
539
Sa'id ibn Zayd roziyallohu anhu Islom tarixida hayotlik chog'idayoq jannat bashorati berilgan o'n buyuk sahobadan (Asharai Mubashsharadan) biridir. U kishi Islomning ilk davridayoq mushriklar zulmiga chidab Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sadoqat ko'rsatgan ulug' sahobiy hisoblanadi. To'liq ismlari Sa'id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl al-Qurashiy. Milodiy 593-yil (hijratdan 25-yil oldin) Makka shahrida tug'ilganlar. Milodiy 671-yil (hijriy 51-yil) Madinada vafot etganlar. Madinadagi Baqi qabristoniga dafn etilganlar. Sa'id ibn Zayd roziyallohu anhu yoshliklaridan butlarga sig'inishdan yiroq bo'lgan xanif (Ibrohim alayhissalom dinida qolgan) oilada voyaga yetganlar. U kishining otalari Zayd ibn Amr butlarga sig'inmaydigan to'g'ri yo'lni izlaydigan odam bo'lgan. Sa'id roziyallohu anhu Islomni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni Darul-Arqamga yig'ishlaridan avval juda erta yoshda qabul qilganlar. U kishi hazrati Umar roziyallohu anhuning singillari Fotima binti Xattobga uylangan edilar. Hazrati Umar roziyallohu anhuning o'zlari esa Sa'id ibn Zaydning singillari Atikaga uylanganlar. Aynan shu er-xotin Sa'id va Fotima roziyallohu anhumo Umar ibn Xattobning musulmon bo'lishlariga katta sababchi bo'lishgan. Madinaga hijrat qilgandan so'ng Sa'id ibn Zayd musulmonlarning barcha muhim harbiy yurishlarida qahramonlik ko'rsatib ishtirok etdilar. Faqatgina Badr jangida qatnasha olmaganlar. Chunki jang arafasida u kishi Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu bilan birgalikda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonidan muhim razvedka vazifasi bilan Shomga yuborilgan edilar Shunga qaramay Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ularni Badr qatnashchilari qatoriga qo'shib g'animatdan ulush ajratib berganlar. Uhud Xandaq kabi barcha yirik janglarda. Shomni fath qilish va Yarmuk jangida dushmanlarga qarshi mislsiz mardliklar ko'rsatganlar. Sa'id ibn Zayd roziyallohu anhu o'ta taqvodor saxiy ibodatga qattiq berilgan va hayoti davomida dunyo ortidan quvmagan zot edilar. Dunyo ishlariga qiziqmagani uchun siyosiy yoki ma'muriy lavozimlarni egallashdan bosh tortganlar. U kishining qilgan duolari darhol ijobat bo'lishi bilan ham mashhur edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha ishonchli hadislarni rivoyat qilganlar. Madina yaqinidagi Aqiq (hozirgi Saudiya Arabistonining Al-Baha hududi) nomli joyda vafot etganlar. U kishining jasadlarini Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu g'usl qildirib Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bilan birgalikda Madinaga olib kelib dafn qilishgan
