۰
الذهاب إلى القناة على Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
540
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+77 أيام
+3730 أيام
أرشيف المشاركات
539
Sahifamizga kimdir qo'shiladi yana kimdir chiqib ketadi. Xuddi kimdir bugun dunyoga kelgan yana kimdir bu dunyoni tark etganday..
539
Hazrati Hamza roziyallohu anhu Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning amakilari emikdosh birodarlari va Islom tarixidagi eng buyuk harbiy qo'mondonlaridan biridir. U zot Makkada taxminan milodiy 566–568-yillarda dunyoga kelgan. Yoshligidanoq o'ta baquvvat dovyurak va mergan polvon bo'lgan. Otasi Quraysh boshlig'i Abdulmuttalib onasi Hala binti Uhaybdir. Abu Lahabning cho'risi Suvayba dastlab Hamzani. keyin esa go'dak payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni emizgani sababli ular emikdosh aka-uka bo'lishgan. Katta o'g'illari Umara va Ya'lo tufayli "Abu Umara" kunyasi bilan chaqirilgan.Hazrati Hamza nubuvvatning 6-yilida Islomga kirganlar. Bir kuni Abu Jahl Safo tepaligida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni qattiq haqorat qilganini eshitib g'azablanadi. Ovdan qaytayotgan Hamza tog'ri Ka'baga borib kamoni bilan Abu Jahlning boshini yoradi va: "Men ham Muhammadning dinidaman kuching yetsa menga qarshi chiq!" deb e'lon qiladi. Bu voqea yashirincha ibodat qilayotgan musulmonlarga ulkan kuch bag'ishlaydi. Musulmonlar qatori Madinaga hijrat qilgach Islom tarixida qo'liga ilk bor qo'mondonlik bayrog'i tutqazilgan shaxs bo'ldi. Hijriy 2-yilda (milodiy 624-yil) Badr jangida mislsiz qahramonlik ko'rsatib mushriklarning bosh sarkardasi Utba ibn Rabiyani o'ldirdi. Ikki qo'lida ikki qilich bilan arslondek jang qilgani uchun unga "Asadullah" (Allohning arsloni) unvoni berildi.Hijriy 3-yil (milodiy 625-yil 23-mart) Uhud jangida makkalik mushriklar u zotdan qasos olishni rejalashtirishdi. Hind binti Utba habash quli Vahshiyga Hamzani o'ldirsa ozodlik va'da qildi.Jang maydonida mardlarcha urushayotgan Hamza roziyallohu anhu bir lahza muvozanatni yo'qotganda tosh ortida poylab turgan Vahshiy uzoqdan og'ir nayza uloqtirdi. Nayza u zotni og'ir yaraladi va hazrati Hamza 57-59 yoshlarida shahid bo'ldi. Jangdan so'ng Hind kelib u zotning qornini yordi va jigarini sug'urib olib chaynadi.Amakilarining jasadini bunday holatda ko'rgan Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotlarida hech qachon bunchalik qattiq kuyunmagan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhud shahidlarining har birini olib kelib Hamza roziyallohu anhu bilan birga jami 70 marta janoza namozi o'qidilar. U zotga "Sayyidush-shuhado" (Shahidlar sardori) unvoni berildi va Uhud tog'i etagidagi shahidlar qabristoniga dafn etildi
539
Ertadan boshlab payg'ambarimizning amakilari va ammalari haqida o'rganamiz hammaga ma'qul bo'ladi degan umiddaman
539
Endi kimlar haqida o'rganamiz yaxshilar yoki biroz muddatga tanaffus e'lon qilaymi kanalda
Hamma o'zini fikrini bildirsa xursand bo'lardim :)
539
Shis alayhissalom insoniyat tarixidagi ikkinchi payg'ambar Odam alayhissalom va Momo Havvoning Hobil o'ldirilganidan keyin dunyoga kelgan uchinchi mashhur o'g'illari. Shis alayhissalom Odam alayhissalom 130 yoshga to'lganlarida (Hobilning vafotidan 130 yil o'tib ) dunyoga kelgan. U zot Momo Havvoning 25-egizak farzandi bo'lib singlisi Hazuro bilan birga tug'ilgan. Hobil o'ldirilgach tushkunlikka tushgan ota-onaga tasalli sifatida Jabroil alayhissalom: "Bu Hobilning o'rniga Alloh bergan hadyadir"deb ushbu ismni qo'yishni bildirgan. Islomiy rivoyatlarda bayon qilinishicha Odam alayhissalomning peshonasidagi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nuri Shis alayhissalomga o'tgan va u zot bu nurning sohibi bo'lgan.Odam alayhissalom vafot etishlari oldidan o'z farzandlari orasidan aynan Shisni o'zining vasiysi (vorisi) deb tayinlagan hamda unga barcha ilmlar kecha-yu kunduzning ibodat vaqtlarini o'rgatib ketgan. U zot o'z davrida yangi shariat hukmlarini joriy etdi. Xususan aka-singillarning hatto boshqa-boshqa vaqtda tug'ilgan bo'lsa ham) o'zaro turmush qurishini qat'iyan taqiqladi. Odam alayhissalom davrida zarurat yuzasidan bitta ekizak bo'lmaganlar nikohiga ruxsat berilgan edi.Odam alayhissalom o'g'li Shisga bo'zchilik (to'quvchilik) va kiyim tikish hunarini o'rgatgan u insoniyat tarixidagi ilk kiyim to'quvchi hisoblanadi. Tarixiy va diniy manbalarda keltirilishicha Qobilning avlodlari keyinchalik Nuh alayhissalom davridagi to'fonda butunlay halok bo'lib inqirozga uchragan. Bugungi kunda yer yuzida yashayotgan barcha insonlarning nasabi aynan Shis alayhissalomga borib taqaladi. Shu sababli u ko'pincha insoniyatning ikkinchi otasi kabi ko'riladi. Nuh alayhissalom ham shunday nomlansa-da Nuhning o'zi ham Shisning to'g'ridan-to'g'ri avlodidir. Shis alayhissalomning naslidan keyinchalik Idris alayhissalom yetishib chiqqan. Shis alayhissalom jami 912 yil (ba'zi manbalarda 936 yil) umr ko'rgan.Vafot etganidan so'ng u zot o'z ota-onasi Odam ato va Momo Havvo yoniga Makka yaqinidagi Abu Qubays tog'idagi g'orga dafn etilgan. Boshqa bir mashhur rivoyatga ko'ra esa uning qabri Livan hududidagi "Nabi Shit" qishlog'ida joylashgan deb ishoniladi
539
Qobil kabi Hobilning ham aniq tug'ilgan yili yoki sanasi manbalarda mavjud emas. U Odam alayhissalom va Momohavoning ikkinchi marta ko'rgan egizak farzandlaridan biri bo'lib Qobildan keyin tug'ilgan.Hobil chorvachilik (qo'y-qo'zilar bo'qish va chorva mollarini parvarish qilish) bilan shug'ullangan
U nihoyatda taqvodor muloyim Allohdan qo'rqadigan va ota-onasiga itoatkor farzand bo'lgan. Nikoh masalasidagi kelishmovchilikni hal qilish uchun ota-onalari Odam alayhissalom ularga Alloh uchun qurbonlik qilishni buyuradi.Hobil chorvador bo'lgani uchun o'z suruvidagi eng semiz eng go'zal va eng yaxshi qo'yni tanlab samimiy niyat bilan qurbonlik qiladi.Osmondan olov tushib Hobilning qurbonligini oladi bu o'sha davrda qurbonlik qabul bo'lganining belgisi edi. Qobilning sifatsiz dehqonchilik mahsulotlaridan iborat qurbonligi esa qabul qilinmaydi.Qobilning hasadi va g'azabi sababli u Hobilni o'ldirishini aytadi. Hobil unga "Alloh faqat taqvodorlardangina (qurbonlikni) qabul qiladi. Agar sen meni o'ldirish uchun qo'l cho'zsang ham men seni o'ldirish uchun qo'l cho'zmayman. Men olamlar parvardigori Allohdan qo'rqaman" deb javob beradi (Moida surasi, 27-28 oyatlar).Hobil Qobil tomonidan tosh yoki temir bo'lagi bilan urib uxlab yotganida g'addorlik bilan o'ldirilgan. U yer yuzidagi birinchi vafot etgan inson va nohaq o'ldirilgan birinchi shahiddir. Aniq hijriy yoki melodiy yil sana islomiy manbalarda mutlaqo yo'q. Bu voqea insoniyat tarixining eng boshida Odam alayhissalom hayotlik davrida sodir bo'lgan. Qobil ukasining jasadini nima qilishni bilmay, uzoq vaqt ko'tarib yuradi. Shunda Alloh taolo bir-biri bilan urushib birini o'ldirgan va o'lgan sherigini ko'mgan ikkita qarg'ani yuboradi. Qobil qarg'adan o'rganib Hobilni tuproqqa ko'madi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qachon biror jon nohaq o'ldirilsa uning qonidan Odamning birinchi o'g'liga (Qobilga) albatta bir ulush gunoh yoziladi. Chunki u birinchi bo'lib qotillik sunnatini (yo'lini) boshlab bergan" deganlar
