Magistr Hub
الذهاب إلى القناة على Telegram
إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
365
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+47 أيام
+4430 أيام
أرشيف المشاركات
365
🤖 AI yordamchi bo‘lishi mumkin, lekin ilmiy mas’uliyat sizda
Bugun magistrlar sun’iy intellektdan reja tuzish, matnni soddalashtirish, tarjima qilish yoki savol ishlab chiqishda foydalanmoqda. Bu yomon emas. Muammo AI’dan qanday foydalanishda.
AI ba’zan juda ishonchli ohangda noto‘g‘ri manba berishi, mavjud bo‘lmagan kitobni ko‘rsatishi yoki umumiy gaplarni chiroyli qilib yozib berishi mumkin. Shuning uchun AI yozgan har bir fikr tekshirilishi kerakIlmiy ishda asosiy savollar oddiy: bu fikr qaysi manbaga tayangan? Ma’lumot qayerdan olingan? Xulosa nimaga asoslangan? Agar shu savollarga javob bo‘lmasa, matn chiroyli bo‘lsa ham ilmiy emas. AI vosita. Mualliflik va javobgarlik esa magistrning o‘zida qoladi. #Magistr_Hub #SuniyIntellekt #IlmiyEtika 🎓 @Magistr_Hub
365
🌐 Google Scholar
Maqola chiqargan magistrning ishi qayerdadir ko‘rinishi kerak. Google Scholar profili shuning uchun foydali.
Bu profil orqali maqolalaringiz, mavzu yo‘nalishingiz, iqtiboslaringiz va ilmiy faolligingiz jamlanadi. Ertaga doktorantura, grant, xalqaro konferensiya yoki hamkorlikda sizni izlagan odam ilmiy izingizni ko‘ra oladi.Albatta, profilning o‘zi ilmiy daraja bermaydi. Lekin u tartib beradi. Qaysi mavzuda ishlayotganingiz, nechta maqolangiz borligi, qaysi yo‘nalishda davom etayotganingiz ko‘rinadi. Eng yomon holat — maqola chiqadi, lekin muallifning ilmiy profili yo‘q, ma’lumotlar tarqoq, topish qiyin. Magistrlik davrida ilmiy izni hozirdan tartibga solish kerak. #Magistr_Hub #GoogleScholar #IlmiyProfil 🎓 @Magistr_Hub
365
📌 Magistraturaga qabul boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi
Magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayoni 1-iyuldan boshlanadi va 30-iyulga qadar davom etadi.Arizalar odatdagidek yagona portal orqali topshiriladi: 👉 my.edu.uz
Shu o‘rinda bir jihatni ham eslatib o‘tish kerak: amaldagi tartibga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida qabul jarayonlari har yili iyun–sentabr oylarida amalga oshiriladi. Demak, magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun eng mas’uliyatli davr boshlanyapti. Hujjat, yo‘nalish, diplom, til sertifikati va boshqa talablarni oldindan tekshirib qo‘ygan ma’qul.🎓 @Magistr_Hub
365
📰 Mahalliy jurnalmi yoki xalqaro?
Magistrlar ko‘p so‘raydi: maqolani mahalliy jurnalda chiqaraymi yoki xalqaro jurnalda? Bu savolga vaziyatga qarab javob beriladi.
Agar mavzu endi shakllanayotgan bo‘lsa, mahalliy ilmiy jurnal birinchi natijani sinab ko‘rish uchun foydali bo‘lishi mumkin. Chunki u yerda siz mavzuni tartibga solasiz, ilmiy uslubni mashq qilasiz, rahbar bilan maqola ustida ishlaysiz.Ammo keyingi bosqichda sifatli xalqaro bazalarda ko‘rinish ham kerak bo‘ladi. Bu sizning tadqiqotingizni kengroq ilmiy maydonga olib chiqadi. Muhimi, jurnal tanlashda “qayerda tez chiqadi?” degan savol emas, “qayerda mavzuimga mos, ishonchli va sifatli chiqadi?” degan savol birinchi turishi kerak. #Magistr_Hub #IlmiyJurnal #XalqaroBaza 🎓 @Magistr_Hub
365
Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi:
🔹 @centerasia_library
Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori.
🔹 @ILM_NUR_2020
Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma.
🔹 @akademik_burchak
OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal.
🔹 @Scopus_Academy
Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal.
🔹 @Magistr_Hub
Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi.
🔹 @centerasiastudy
Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma.
🔹 @PhD_Supp0rt
PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.
365
Magistraturaga kirayotgan talaba chet tilini qanchalik bilishi kerak?
Bu savol so‘nggi yillarda eng ko‘p bahs qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qoldi. Bir taraf: “Til bilmasa, magistraturaga kirmasin”, deydi. Ikkinchi taraf esa: “Mutaxassislik bilimlari birinchi o‘rinda turishi kerak”, deb hisoblaydi.
Menimcha, haqiqat odatdagidek o‘rtada. Bugun ilm-fanning katta qismi ingliz tilida yaratilmoqda. Ilmiy maqolalar, ma’lumotlar bazalari, xalqaro tajriba — bularning aksariyati chet tilisiz ochilmaydigan eshiklar. Shu ma’noda til bilish afzallik emas, ehtiyoj. Lekin ba’zan magistraturaga qabul jarayonida til vositadan maqsadga aylanib qolayotgandek taassurot uyg‘otadi. Go‘yoki sertifikatning o‘zi ilmiy salohiyat o‘rnini bosadigandek. Amaliyotda esa boshqa manzarani ham ko‘ramiz. Ayrimlar C1 sertifikat bilan keladi, lekin oddiy ilmiy muammoni tahlil qilishda qiynaladi. Boshqalar esa til darajasi unchalik yuqori bo‘lmasa-da, o‘z sohasi bo‘yicha kuchli fikrlaydi, tadqiqot qila oladi. Eng qiziq tomoni, hozir ayrim davlat OTMlarida magistratura kvotalari to‘liq to‘lmay qolayotgan holatlar ham kuzatilmoqda. Hattoki ba’zi yo‘nalishlarda guruh ochish uchun talabgor yetmaydi. Universitet koridorlarida hazil aralash gap ham yuradi: “Magistraturada auditoriya bor, doska bor, professor bor, faqat magistrantning o‘zi yetishmayapti”. Bu holat uzoq davom etsa, ayrim yo‘nalishlar optimallashtirilishi, ba’zi magistratura dasturlari yopilishi ham ehtimoldan xoli emas. Hatto nomi katta, tarixi uzoq oliygohlar ham bundan mustasno emas. Chunki har qanday ta’lim dasturining yashashi uchun talab bo‘lishi kerak. Albatta, qarama-qarshi fikrni ham tan olish kerak. Til talabi bo‘lmaganda, ilmiy tadqiqotlarning xalqaro maydondan uzilib qolish xavfi ham mavjud. Shu sababli chet tili talabini bekor qilish emas, balki uni mutaxassislik kompetensiyalari bilan muvozanatlashtirish muhim.Axir magistratura aeroportdagi pasport nazorati emas-ku, asosiy e’tibor faqat sertifikatga qaratilsa. Magistratura — yangi ilmiy g‘oyalar tug‘iladigan ustaxona. Bu yerda til muhim, lekin u yagona mezon bo‘lib qolmasligi kerak. 🎓 @Magistr_Hub
365
✍️ Ilmiy ishda balandparvoz gap emas, aniq dalillar kerak
Dissertatsiyalarda ko‘p uchraydigan jumlalar bor: “bugungi globallashuv davrida”, “mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi”, “dolzarb masalalardan biri hisoblanadi”. Bularni yozish mumkin, lekin faqat shular bilan ilmiy matn kuchaymaydi.
Ilmiy yozuvda aniq holat ko‘rinishi kerak. Masalan: qaysi sohada muammo bor? Qaysi guruhga ta’sir qilyapti? Qaysi hujjat yoki ma’lumot bunga asos bo‘ladi? Qaysi jihat yetarli o‘rganilmagan?
“Dolzarb” deb yozishdan ko‘ra, dolzarblikni ko‘rsatish kerak. Masalan, magistrlar maqola chiqarishga kech kirishayotgani, metodologiya bo‘limlari nomigagina yozilayotgani yoki manba tanlashda tasodifiylik ko‘pligini aniq tasvirlash mumkin.Ilmiy matnning kuchi jimjimadorlikda emas, aniqlikda. #Magistr_Hub #IlmiyYozuv #AkademikMadaniyat 🎓 @Magistr_Hub
365
🎤 Himoyada eng kuchli javob — tushungan odamning javobi
Dissertatsiya himoyasida yodlangan matn uzoqqa bormaydi. Komissiya ko‘pincha juda oddiy savollar beradi: mavzuni nega tanladingiz? Tadqiqot yangiligi nimada? Qaysi metoddan foydalandingiz? Natijangiz amaliyotda nimaga xizmat qiladi?
Agar magistr o‘z ishini o‘zi yaxshi tushunsa, bu savollarga ortiqcha hayajonsiz javob bera oladi. Agar ish faqat ko‘chirilgan jumlalar va umumiy gaplardan iborat bo‘lsa, birinchi savoldayoq bilinadi.
Himoyaga tayyorgarlik taqdimot yasashdan boshlanmaydi. U mavzuni to‘g‘ri tanlash, manbani tushunish, metodni asoslash va xulosani aniq chiqarishdan boshlanadi.
Himoyada chiroyli slayd emas, mazmun himoya qiladi.
#Magistr_Hub #Himoya #MagistrDissertatsiyasi
🎓 @Magistr_Hub
365
⏳ Maqolani kech boshlashning narxi bor
Maqola oxirgi oyda yozilsa, odatda uchta muammo chiqadi. Birinchisi — mavzu hali pishmagan bo‘ladi. Ikkinchisi — manbalar shoshilinch yig‘iladi. Uchinchisi — jurnal sifati emas, tezligi asosiy mezonga aylanadi.
Shunda magistr “tez chiqaradigan jurnal bormi?” deb izlaydi. Bu esa ilmiy strategiya emas, vaqt yetishmasligining belgisi.
Maqola dissertatsiya bilan birga o‘sishi kerak. Avval mavzu bo‘yicha savol paydo bo‘ladi. Keyin manbalar yig‘iladi. Keyin kichik tahlil qilinadi. Ana shu tahlil maqolaga aylanadi.
Maqola yozish uchun eng yaxshi vaqt — dissertatsiya mavzusi aniqlanganidan keyingi dastlabki oylar. Shunda matn ham tabiiy, natija ham asosli bo‘ladi.
#Magistr_Hub #MaqolaYozish #MagistrMaslahati
🎓 @Magistr_Hub
365
⁉️ Nomdor stipendiyalar soni 13 ta
Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy; ➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur; ➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy; ➖ tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino; ➖ gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy; ➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod; ➖ tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek; ➖ kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov; ➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud; ➖ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy; ➖ Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov; ➖ barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalar🎓 @Magistr_Hub
365
💼 Dissertatsiya hayotga tadbiq etilishi kerak
Magistrlik dissertatsiyasi faqat nazariy gaplardan iborat bo‘lsa, himoyadan keyin tez unutiladi. Chunki unda real muammo, real tahlil va real taklif ko‘rinmaydi.
Masalan, iqtisodiyot yo‘nalishidagi magistr mahalliy korxonadagi xarajatlar tahlilini olib chiqsa, ish jonlanadi. Ta’lim yo‘nalishidagi magistr bitta OTM yoki maktabdagi baholash tizimini tahlil qilsa, natija ko‘rinadi. Boshqaruv yo‘nalishida tuman yoki tashkilot tajribasi o‘rganilsa, xulosa aniqroq chiqadi.
Amaliy tadqiqot degani faqat “taklif ishlab chiqildi” deb yozish emas. Taklif qaysi muammodan kelib chiqdi, kimga kerak, qanday qo‘llanishi mumkin — shu ko‘rinishi kerak.
Dissertatsiya javonga emas, muammoga ishlashi kerak.
#Magistr_Hub #MehnatBozori #AmaliyTadqiqot
🎓 @Magistr_Hub
365
📌 Manba tanlash — magistrning ilmiy savodxonligini ko‘rsatadi
Mavzu bo‘yicha Google’dan chiqqan birinchi PDF, referat sayti yoki noma’lum blog ilmiy manba bo‘lavermaydi. Afsuski, ko‘p dissertatsiyalarda shunday materiallar asosiy manba sifatida ishlatiladi.
Yaxshi manba tanlashda bir nechta savol bor: muallif kim? Nashr qayerda chiqqan? Ma’lumot yangimi? Ilmiy jurnalmi yoki oddiy saytmi? Statistik raqam rasmiy manbadan olinganmi?
Manba kuchli bo‘lsa, fikr ham kuchli turadi. Manba zaif bo‘lsa, eng ravon yozilgan bob ham ishonchsiz ko‘rinadi.
Magistr uchun bibliografik savodxonlik — oddiy texnik ish emas. Bu ilmiy madaniyatning asosiy belgisi.
#Magistr_Hub #Bibliografiya #IlmiyManba
🎓 @Magistr_Hub
365
🇺🇿 O‘zbek tilida ilmiy yozish — tarjima ohangidan qutulish
Ko‘p ilmiy matnlarda gap o‘zbekcha, lekin ohang tarjimaga o‘xshaydi. Jumla uzun, fikr og‘ir, asosiy mazmun esa oxirigacha aniq chiqmaydi.
Masalan, “mazkur jarayonning kompleks xususiyatlari transformatsion sharoitda namoyon bo‘lmoqda” degan jumla o‘rniga oddiyroq aytish mumkin: “Bu jarayon ayniqsa raqamli ta’limga o‘tishda yaqqol ko‘rinmoqda”.
Ilmiy til murakkab bo‘lishi shart emas. U aniq, izchil va dalilga tayangan bo‘lishi kerak. O‘zbek tilida ham kuchli ilmiy matn yozish mumkin. Buning uchun keraksiz jimjimadorlikni kamaytirish, fikrni aniq berish va terminlarni joyida ishlatish zarur.
Til ravon bo‘lsa, tadqiqot ham ishonchliroq ko‘rinadi.
#Magistr_Hub #IlmiyOzbekTili #AkademikUslub
🎓 @Magistr_Hub
365
🗓 Magistr uchun sodda, lekin ishlaydigan 1 yillik reja
Magistraturada vaqt tez o‘tadi. Ayniqsa ishlaydigan magistrlar uchun. Bugun dars, ertaga ish, keyin hisobot, keyin oraliq nazorat — qarabsizki, semestr tugagan.
Shuning uchun reja murakkab bo‘lishi shart emas, lekin ko‘z bilan ko‘rinib turishi kerak.
1-oy: mavzuni aniqlash. 2-oy: 20 ta asosiy manba yig‘ish. 3-oy: adabiyotlar sharhini boshlash. 4-oy: maqola rejasini tuzish. 5-oy: birinchi bobni yozish. 6-oy: metodologiyani aniqlash. Keyingi oylar: tahlil, natija, maqola, taqdimot va himoya.Bitta oddiy jadval ham yetadi. Muhimi, har oy oxirida “nima qildim?” degan savolga javob bo‘lsin. #Magistr_Hub #IlmiyReja #Magistratura 🎓 @Magistr_Hub
365
Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi:
🔹 @centerasia_library
Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori.
🔹 @ILM_NUR_2020
Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma.
🔹 @akademik_burchak
OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal.
🔹 @Scopus_Academy
Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal.
🔹 @Magistr_Hub
Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi.
🔹 @centerasiastudy
Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma.
🔹 @PhD_Supp0rt
PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.
365
🚀 PhDga yo‘l magistraturadan boshlanadi
PhD qilish niyati bor magistr uchun magistratura — shunchaki oraliq bosqich emas. Bu keyingi ilmiy yo‘lning poydevori.
Agar mavzu bugun to‘g‘ri tanlansa, ertaga uni doktorlik mavzusiga aylantirish mumkin. Agar maqolalar bir yo‘nalishda yozilsa, ilmiy portfel tartibli ko‘rinadi. Agar Google Scholar profili hozirdan yuritilsa, ilmiy iz shakllanadi.
Eng yaxshi holat shuki, magistratura tugaganda sizda faqat diplom emas, balki mavzu yo‘nalishi, 1-2 ta maqola, manbalar bazasi, metodologik tajriba va keyingi tadqiqot rejasi bo‘ladi.
PhDga hujjat tayyorlaganda “nimadan boshlayman?” deb emas, “nimalarim tayyor?” deb qarash kerak.
#Magistr_Hub #PhD #IlmiyFaoliyat
🎓 @Magistr_Hub
365
📌 Magistraturaga qabul bo‘yicha muhim yangiliklar
Qabul qilingan yangi qarorda magistratura bosqichi bilan bog‘liq bir nechta muhim o‘zgarishlar belgilandi.
🔹 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga qabulda mutaxassislik fanlaridan imtihon shakli aniq belgilanadi. 🔹 Bakalavriat bosqichini xorijiy tilda tamomlagan talabalar magistraturaga xorijiy til sertifikatisiz qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. 🔹 Magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabulda talab etiladigan xorijiy til sertifikati darajalari ham alohida belgilanadi.Bu o‘zgarishlar magistraturaga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan talabalar uchun muhim. Shuning uchun magistraturaga tayyorlanayotgan tanishlaringizga yuborib qo‘ying. #Magistr_Hub #Magistratura #Qabul2027 #XorijiyTil 🎓 @Magistr_Hub
365
#Magistr_Hub
#ilmiy_maqola
🎓 Magistrlar uchun muhim tavsiya
Magistratura faqat diplom olish bosqichi emas. Bu — kelajakdagi ilmiy faoliyat, doktorantura va akademik reputatsiya uchun tayyorgarlik davri.
Shuning uchun maqola chiqarishni oxirgi kursga qoldirmang. Hozirdanoq ishonchli xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida maqolalar e’lon qilishga harakat qiling.Chunki sifatli ilmiy maqola — magistr uchun eng muhim bosqichlardan biri. 🎓 @Magistr_Hub
365
#Magistr_Hub
#kvota
⁉️2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari Prezident hujjati bilan tasdiqlangan.
📊 Ajratilgan grant o‘rinlari: 🎓 Bakalavriat — 36 023 ta grant o‘rni 🎓 Magistratura — 10 191 ta grant o‘rniDavlat granti kvotalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida belgilanadi. 🎓 @Magistr_Hub
365
#Magistr_Hub
⁉️Magistraturani tugatgan o‘qituvchilarga attestatsiyasiz 1-toifa berilishi kutilmoqda
Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturani tamomlagan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1-malaka toifasi berilishi belgilanyapti.
Shuningdek: ✅ bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatib, maktabda ish boshlagan pedagoglarga — 2-malaka toifasi; ✅ magistr darajasiga ega pedagoglarga — 1-malaka toifasi berilishi nazarda tutilmoqda.Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravarga kamaytirilishi aytilmoqda. 📢 Pedagoglarga attestatsiyasiz malaka toifasi berish tartibi - Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, ayrim holatlarda pedagog kadrlarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari yoki ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlagan tarbiyalanuvchi yoki o‘quvchi sport musobaqalarida sovrinli o‘rin olsa:
🏅 1-o‘rin — oliy toifa 🥈 2-o‘rin — birinchi toifa 🥉 3-o‘rin — ikkinchi toifaShu tartib jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda uch bosqichli Respublika sport musobaqalarida sovrindor tayyorlagan pedagoglarga ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari, IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI kabi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida medal olgan o‘quvchini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi. 🎓 @Magistr_Hub
