Magistr Hub
الذهاب إلى القناة على Telegram
إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
366
المشتركون
-124 ساعات
+27 أيام
+4330 أيام
أرشيف المشاركات
365
👨🔬 Har bir magistrant yaratishi kerak bo’lgan 4 ta akademik profil
Bugunoq oching: 🔹 ORCID 🔹 Google Scholar 🔹 ResearchGate 🔹 LinkedInBu platformalar sizning ilmiy faoliyatingizni dunyoga tanitadi va grant hamda PhD imkoniyatlarini oshiradi. Bugun yaratilgan profil ertaga katta imkoniyatlarga eshik ochishi mumkin. #AcademicProfile #Research @Magistr_Hub
365
❓ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT sertifikati inobatga olinadi?
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi.
📐 Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
➖ Matematika; ➖ Matematik iqtisodiyot; ➖ Aktuar va moliyaviy matematika; ➖ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika). 🇬🇧 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi:
➖ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.📚 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
➖ Lingvistika: ingliz tili; ➖ Adabiyotshunoslik: ingliz tili.🗣 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
➖ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili; ➖ Sinxron tarjima: ingliz tili. 🎓@Magistr_Hub
365
#Magistr_Hub_turdosh
⚡️ Magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi.
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
🎓@Magistr_Hub
365
👨🏫 Ilmiy rahbar tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Rahbarning: ✔️ ilmiy faolligi; ✔️ Scopus maqolalari; ✔️ talabalari natijalari; ✔️ vaqt ajratishi; ✔️ mas’uliyati.Yaxshi rahbar dissertatsiyangiz sifatini sezilarli oshiradi. #IlmiyRahbar @Magistr_Hub
365
📌 Magistratura ta’lim mutaxassisliklari uchun davlat granti
Magistratura ta’lim mutaxassisliklariga 2026/2027-o‘quv yili uchun 10 ming 191 ta davlat granti kvotasi o‘tgan yili tasdiqlangan Prezident hujjati bilan belgilab qo‘yilgan.
4 yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta; ▪️2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta; ▪️2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta; ▪️2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta. 🎓 @Magistr_Hub
365
🌍 Xorijda magistratura o’qishni xohlaysizmi?
Sizga kerak bo’ladi:
✅ IELTS yoki boshqa til sertifikati; ✅ kuchli GPA; ✅ CV; ✅ Motivation Letter; ✅ Recommendation Letter.Tayyorgarlikni imkon qadar erta boshlang. #StudyAbroad @Magistr_Hub
365
Oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun maqsadli magistraturaga qabul boshlandi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistratura uchun ariza topshirishlari mumkin.
📆Arizalar 30-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali qabul qilinadi.
📎Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
🔆 Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritilayotgan bo‘lishi;
🔆 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi.
⚠️ O‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tizimida oliy malaka toifasini olib, keyinchalik maktabga ishga o‘tgan pedagoglar ushbu maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.
🎓@Magistr_Hub
365
❌ Magistrantlarning eng katta xatosi
Ko’pchilik: ❌ adabiyotlarni kech yig’adi; ❌ mavzuni chuqur o’rganmaydi; ❌ ilmiy rahbar bilan kam ishlaydi.Natijada dissertatsiya shoshilinch yoziladi. Bugundan boshlang. #Magistratura @Magistr_Hub
365
✍️ Dissertatsiyani oxirgi oyga qoldirmang
Har kuni atigi 2 sahifa yozsangiz: 30 kunda — 60 sahifa; 60 kunda — 120 sahifa. Katta natijalar kichik, ammo muntazam mehnatdan boshlanadi.#Dissertatsiya @Magistr_Hub
365
📖 Scopus maqolalarini bepul o’qish mumkinmi?
Albatta.
Quyidagi platformalarni sinab ko’ring: • Google Scholar • OpenAlex • DOAJ • CORE • Semantic ScholarHar doim maqolaning Open Access versiyasini qidiring. #Scopus #Research @Magistr_Hub
365
🤖 ChatGPT ilmiy ish yozib bera oladimi?
Ha, lekin…
AI sizga:
✅ reja tuzadi; ✅ matnni tahrir qiladi; ✅ tarjima qiladi; ✅ adabiyot topishga yordam beradi.Ammo ilmiy yangilik, tahlil va xulosani sizning o’rningizga yarata olmaydi. AI — yordamchi, muallif emas. #AI #Research @Magistr_Hub
365
📚 ILMIY MAQOLA YOZISH SAN’ATI
Sifatli ilmiy maqola faqat yaxshi mavzudan boshlanmaydi. Unda aniq tadqiqot savoli, puxta adabiyotlar tahlili, mantiqiy tuzilma va ishonchli ilmiy xulosa bo‘lishi kerak.
Magistratura bosqichida maqola yozish ko‘nikmasi tadqiqot natijalarini to‘g‘ri ifodalash, nufuzli jurnallarni tanlash va ilmiy faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
📌 Siz quyidagilarni o‘rganasiz: — ilmiy maqola tuzilmasi; — mavzu va tadqiqot savolini shakllantirish; — adabiyotlarni izlash va tahlil qilish; — akademik uslubda yozish; — Scopus va Q1 jurnallarni tanlash; — maqolani jurnalga yuborish jarayoni.Har bir katta ilmiy natija sifatli yozilgan maqoladan boshlanadi. 🎓 @Magistr_Hub
365
⚡️Rasman: kvotalar tasdiqlandi!
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi.
📊 Ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimot:
➖ Kunduzgi — 155 852 ta ➖ Kechki — 28 942 ta ➖ Masofaviy — 20 810 ta@Magistr_Hub
365
💰 Grant yutishni istaysizmi?
Grant faqat a’lochilar uchun emas.
Grant olishda quyidagilar muhim:
✔️ Ingliz tili; ✔️ Kuchli CV; ✔️ Motivatsion xat; ✔️ Ilmiy faollik; ✔️ To’g’ri hujjatlar.Imkoniyatlar siz o’ylagandan ko’proq. #Grant #Scholarship @Magistr_Hub
365
#Magistr_Hub
#Kvota #Magistratura #Masofaviy #Qabul2026
Magistratura masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.✅Jami: 892 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 832 ta; ➖rus tili – 50 ta; ➖qoraqalpoq tili – 10 ta. @Magistr_Hub
365
📚 Magistraturadan keyin nima qilish kerak?
Ko’pchilik magistraturani tugatgach ikkilanib qoladi.
3 ta asosiy yo’l mavjud: 🔹 PhDga kirish; 🔹 Ish faoliyatini boshlash; 🔹 Xorijda o’qishni davom ettirish.To’g’ri tanlov sizning maqsadingizga bog’liq. Boshqalarga emas, o’zingizning rejangizga qarab qaror qabul qiling. #PhD #MagistrHub @Magistr_Hub
365
🎓 Magistraturaga kirishdan oldin shu 5 ta savolga javob bering
Magistraturaga hujjat topshirishdan oldin o’zingizdan quyidagi savollarni so’rang:
✅ Bu diplom menga nima beradi? ✅ Ilmiy faoliyatni davom ettirmoqchimanmi? ✅ Qaysi sohada mutaxassis bo’lishni xohlayman? ✅ Chet el grantlariga tayyormanmi? ✅ Ikki yildan keyin o’zimni qayerda ko’raman?Magistratura — shunchaki diplom emas. U kelajakdagi ilmiy va kasbiy faoliyatingizning poydevoridir. #Magistratura #Qabul2026 @Magistr_Hub
365
PhD – ilmmi yo qog‘ozbozlik?
Endi ilmiy daraja olishda yugur-yugurlar qanchalik kamayadi? Qog‘ozbozlik yo‘q bo‘ladimi? Yangi farmonda yosh olimlar, ilmiy rahbar va ilmiy kengashlar uchun qanday muhim yangiliklar mavjud? Barchasi haqida batafsil “Sayilgoh”da tomosha qiling!
To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/KyuN8VSL34M
🎓 @Magistr_Hub
365
#Magistr_Hub
⁉️Magistraturani tugatgan o‘qituvchilarga attestatsiyasiz 1-toifa berilishi kutilmoqda
Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturani tamomlagan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1-malaka toifasi berilishi belgilanyapti.
Shuningdek: ✅ bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatib, maktabda ish boshlagan pedagoglarga — 2-malaka toifasi; ✅ magistr darajasiga ega pedagoglarga — 1-malaka toifasi berilishi nazarda tutilmoqda.Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravarga kamaytirilishi aytilmoqda. 📢 Pedagoglarga attestatsiyasiz malaka toifasi berish tartibi - Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, ayrim holatlarda pedagog kadrlarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari yoki ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlagan tarbiyalanuvchi yoki o‘quvchi sport musobaqalarida sovrinli o‘rin olsa:
🏅 1-o‘rin — oliy toifa 🥈 2-o‘rin — birinchi toifa 🥉 3-o‘rin — ikkinchi toifaShu tartib jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda uch bosqichli Respublika sport musobaqalarida sovrindor tayyorlagan pedagoglarga ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari, IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI kabi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida medal olgan o‘quvchini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi. 🎓 @Magistr_Hub
365
2026–2027 ўқув йили учун тест синовлари 14–23 июль кунлари (10 кун) ўтказилади.
Тестлар кунига 2 сменада бўлади: • 1-смена — 08:00; • 2-смена — 15:00. Абитуриентлар белгиланган жойга камида 1,5 соат олдин етиб келишлари шарт. «Абитуриент рухсатномаси» my.uzbmb.uz сайти орқали юклаб олиш мумкин. Уни албатта чоп этиб олинг. Тестга паспорт (ID-карта) ва рухсатнома билан келинг. Паспорт нусхаси ёки кечикиб келган абитуриентлар тест синовига киритилмайди.Барча абитуриентлардан рухсатномаларини олдиндан юклаб олиш сўралади! 🎓 @Magistr_Hub
