ar
Feedback
PhD Support

PhD Support

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 739
المشتركون
+424 ساعات
+907 أيام
+34430 أيام
أرشيف المشاركات
Олий аттестация комиссияси (ОАК) раиси ишдан олинибди. Тўғри ва адолатли иш бўлди, деб ҳисоблайман. Илмга алоқаси бўлмаган одамлар кўз ўнгимизда диссертациялар ҳимоя қилди. Мактаб ўқувчисига ҳам маълум "ген" ёки "ДНК"ни билмайдиган одам генетика бўйича профессор бўлди, молияни битирган буғалтир биологиядан PhD қилди. Уларга айни ОАК дипломлар берди. Илм-фанда илимилиқ бўлиб юрганлардан илмий даражалар берувчи кенгашлар тузилди, анави сохта олимлар эса шу кенгашларга аъзо бўлди. Айнан шулар илмнинг ҳақиқий фидойилар устидан ҳам ҳукм чиқаришди. Кейинги йиллар айнан ОАКнинг талаблари сабаб ўзбек илмида сохталик, ёлғон авж олиб кетди. "Фалонча Scopus чиқарасан!" деб олимларнинг елкасига мажбурият юкланди. Илмга энди кириб келаётган тадқиқотчиларга "амалиётга татбиқ этиш ҳақида маълумотнома" сўраладиган бўлди... Битта "Scopus" учун қанча вақт, ресурс ва маблағ талаб қилинишини илм қилмаган одам қаердан билсин? Битта ишланмани амалиётга татбиқ этиш камида илмий гуруҳ ёки бутун бошли институтлар ишлашини анави илмни тушунмайдиганлар қаердан тушунсин? Мен ҳорижда — илм-фан мислсиз ривожланиб бораётган Хитой институтларида неча йиллар ишлаганман. Бирор марта менга "йилига фалонча мақола чиқар!" деб буюрмаган. "Ишингиз кучли бўлсин, зўр журналларда чиқарамиз..." дейишарди. Айнан ўша йиллар ўзимнинг энг зўр илмий ишларимни эълон қилганман. Илм мана шундай ташкил этилади, буйруқлар билан эмас. Хитойнинг айни шу сиёсати — сонга эмас, сифатга ишлаши уни илм марказига айлантирди. Ўзбекнинг бир гапи жуда топиб айтилганда: "Сичқон сиғмас инига, ғалвир боғлар думига!" Ўйлайманки, эндиги қарорлар фан тараққиёти учун хизмат қилади, сохта олимларнинг думи тугилади, илм чин маънода давлатга хизмат қила бошлайди. ©️Baxtiyor Abdugafur 📢 каналга улагиш: @PhD_Supp0rt

Journal scope nima uchun muhim? #PhD_Supp0rt Maqola yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin noto‘g‘ri jurnalga yuborilsa, baribir rad etiladi. Buning asosiy sababi — scope. Scope jurnalning ilmiy yo‘nalishi, qabul qiladigan mavzulari va auditoriyasini bildiradi. Masalan, pedagogika bo‘yicha yozilgan maqola ta’lim siyosati jurnaliga mos kelmasligi mumkin. Tarixiy maqola esa faqat manbashunoslikka ixtisoslashgan jurnalga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shu sabab maqola yuborishdan oldin jurnalning so‘nggi sonlarini ko‘rish kerak. U yerda qanday mavzular, qanday metodlar va qanday uslubdagi maqolalar chiqayotganini tahlil qilish zarur. Jurnal tanlash — maqola yozishdan keyingi ish emas. U maqola strategiyasining bir qismi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Ko‘pchilik IMRAD degan so‘zni eshitgan, lekin uning aslida nima uchun kerakligini bilmaydi. Aslida IMRAD — maqolani xalqaro standart asosida tartibli yozish tizimi. Introduction. Methods. Results. Discussion. Dunyodagi eng kuchli jurnallarning katta qismi aynan shu mantiqda ishlaydi. Nega? Chunki reviewer maqolani o‘qiyotganda muallifning fikrini izlashga vaqt sarflamasligi kerak. Hammasi aniq joylashgan bo‘lishi lozim. Introduction — muammo va dolzarblik. Methods — qanday tadqiqot qilindi. Results — qanday natija olindi. Discussion — bu natija nimani anglatadi. Ayrim maqolalarda muammo ham, natija ham, xulosa ham aralashib ketadi. Natijada matn ilmiy maqoladan ko‘ra essega o‘xshab qoladi. IMRAD — bu shunchaki format emas. Bu ilmiy fikrni tizimli ifodalash madaniyati. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Oliy attestatsiya komissiyasini 10 yildan ko‘proq boshqargan Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi. Vazirlar Mahkamasi qar
Oliy attestatsiya komissiyasini 10 yildan ko‘proq boshqargan Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Ahmadbek Todjiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 26-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Yusupov OAK raisi lavozimida 2015-yil 11-noyabrdan buyon ishlab kelayotgan edi. Aprel oyi boshida Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov OAK faoliyatini tanqid qilgan, komissiya esa uning fikrlariga raddiya bergan edi.
25-may kuni Shavkat Ayupov o‘z takliflarini davlat rahbari huzurida taqdimot qildi. Yig‘ilishda Oliy attestatsiya komissiyasini Oliy ta’lim vazirligidan Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazish taklifi ham ilgari surildi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#тезкор Илм-фан соҳасида катта янгиликлар: Докторантлар стипендияси оширилади, бюрократия эса қисқаради Президент Шавкат Мирзиёев илмий кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди. Асосий ўзгаришлар ва янгиликлар:Стипендиялар оширилади: Сунъий интеллект, яшил энергия, тиббиёт ва озиқ-овқат хавфсизлиги каби устувор йўналишлардаги докторантлар стипендияси 1,7 баробарга оширилади. ➖ Бюрократия 50% га қисқаради: Диссертация ҳимояси жараёнлари тўлиқ рақамлаштирилади. Кўп сонли ҳужжатлар чоп этиш ва авторефератларни катта миқдорда тайёрлаш каби ортиқча талаблар бекор қилинади.
ОАК тизими ўзгаради: Олий аттестация комиссияси фаолияти Фанлар академияси тизимида ташкил этилади ва илмий кенгашлар рейтинги юритилади. ➖ Амалий докторантура: Эндиликда PhD илмий даражасини реал иқтисодиёт корхоналари билан ҳамкорликдаги лойиҳалар доирасида “Лойиҳа доирасида илмий даража” ҳамда “Амалий докторантура” дастурлари йўлга қўйилади. ➖ Халқаро кенгаш: Хориждаги ватандош олимларни жалб этган ҳолда Илм-фан маслаҳат кенгаши ташкил этилади. Президент ушбу таклифларни пухта ишлаб чиқиш ва илмий тадқиқотлар сифатини ошириш бўйича мутасаддиларга тегишли топшириқларни берди.
📢 каналга улагиш: @PhD_Supp0rt

Maqolada ilmiy yangilik qanday ko‘rsatiladi? #PhD_Supp0rt “Ilmiy yangilik” deganda har doim mutlaqo yangi nazariya yaratish tushunilmaydi. Ba’zan yangilik yangi manba, yangi metod, yangi davrlashtirish, yangi taqqoslash yoki mavjud muammoga boshqacha yondashuv bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, ayrim maqolalarda yangilik aniq aytilmaydi. Muallif ko‘p ma’lumot beradi, lekin “mening hissam nimada?” degan savol ochiq qoladi. Reviewer esa aynan shu savolni beradi. Yaxshi maqolada ilmiy yangilik kirishda va muhokama qismida sezilishi kerak. O‘quvchi maqolani tugatganda, “bu ish menga yangi nima berdi?” degan savolga javob topishi lozim. Ilmiy maqola ma’lumot yig‘indisi emas, ilmiy hissa bo‘lishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Ko‘p maqolalarda yaxshi fikr bo‘ladi. Lekin reviewer baribir bitta savol beradi: “Siz bu xulosaga qanday keldingiz?” Mana shu joy metodologiya hisoblanadi. Metodologiya — bu tadqiqotning “skeleti”. U bo‘lmasa maqola tashqi ko‘rinishda chiroyli bo‘lishi mumkin, lekin ilmiy jihatdan zaif ko‘rinadi. Ayrim tadqiqotchilar “tahlil qilindi”, “o‘rganildi”, “ko‘rib chiqildi” degan umumiy jumlalar bilan cheklanadi. Xalqaro jurnal esa aniq metod kutadi. Masalan: — qaysi manbalar asosida? — qanday mezon bilan? — qaysi davr oralig‘ida? — qaysi tahlil usuli bilan? Tarixchi uchun tarixiy-qiyosiy tahlil muhim bo‘lsa, pedagog uchun tajriba-sinov, statistik tahlil yoki kuzatuv muhim bo‘lishi mumkin. Bugungi ilm-fanda faqat fikr emas, fikrning ilmiy isboti ham muhim. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Kalit so‘zlar qanday tanlanadi? #PhD_Supp0rt Kalit so‘zlar oddiy bezak emas. Ular maqolangizni ilmiy bazalarda topilishiga xizmat qiladi. Ayrim tadqiqotchilar kalit so‘zlarga juda umumiy so‘zlarni yozadi: “ta’lim”, “tarix”, “jamiyat”, “rivojlanish”. Bunday so‘zlar maqolani aniq auditoriyaga olib bormaydi. Yaxshi kalit so‘z maqolaning asosiy ilmiy obyektini, metodini yoki muammosini ko‘rsatadi. Masalan: “historical thinking”, “academic writing”, “civil society institutions”, “AI-assisted learning”. Kalit so‘z tanlashda savol bitta: boshqa tadqiqotchi shu mavzuda maqola qidirsa, qaysi iborani yozadi? To‘g‘ri kalit so‘z maqolaning ko‘rinishini oshiradi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Maqola yozishda eng katta xatolardan biri — mavzuni juda keng olish. Ayrim tadqiqotchilar mavzu tanlayotganda “katta mavzu katta ilm” deb o‘ylaydi. Natijada maqola aniq ilmiy muammo emas, umumiy mulohazalar to‘plamiga aylanib qoladi. Masalan, “Ta’lim tizimidagi islohotlar” juda keng mavzu. Lekin “sun’iy intellekt davrida talabalar mustaqil fikrlashining pasayish omillari” ancha aniq ilmiy muammo hisoblanadi. Xalqaro jurnallar aynan muammoni ko‘ra oladigan maqolalarni qabul qiladi. Yana bir muammo — faqat mahalliy auditoriya uchun yozish. Agar maqola boshqa davlat tadqiqotchisi uchun ham qiziq bo‘lsa, uning xalqaro imkoniyati oshadi. Mavzu tanlashda uchta savol muhim: — bu muammo ilm-fanda mavjudmi? — men nima yangi fikr aytyapman? — bu mavzu boshqa tadqiqotchiga ham kerakmi? Ilmiy maqola mavzusi oddiy sarlavha emas. U butun tadqiqotning ilmiy yo‘nalishini belgilaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Abstract nega muhim? Ko‘p tadqiqotchilar abstractni maqolaning eng oxirida shoshilinch yozadi. Aslida esa reviewer va o‘quvchi birinchi bo‘lib aynan abstractni ko‘radi. Abstract — maqolaning qisqa ilmiy pasporti.
Unda mavzu, muammo, metod, natija va xulosa juda ixcham ko‘rinishi kerak. Yomon abstract odatda umumiy gaplardan iborat bo‘ladi: “maqolada dolzarb masala o‘rganiladi”, “muhim xulosalar beriladi”. Yaxshi abstract esa aniq aytadi: qanday muammo o‘rganildi, qanday metod qo‘llandi, qanday natija olindi va bu natija nimasi bilan ahamiyatli.
Agar abstract kuchsiz bo‘lsa, kuchli maqola ham e’tiborsiz qolishi mumkin. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Ko‘pchilik birinchi rad javobidan keyin “maqolam yomon ekan” degan xulosaga keladi. Aslida xalqaro jurnallarda rad etilish juda oddiy holat. Hatto tajribali professorlarning maqolalari ham bir necha marotaba qaytarilishi mumkin. Qiziq tomoni, ko‘p maqolalar ilmiy natija yomonligi sabab emas, texnik va metodologik kamchiliklar tufayli rad etiladi. Masalan: — mavzu jurnal yo‘nalishiga mos emas; — ilmiy yangilik aniq ko‘rsatilmagan; — metodologiya tushuntirilmagan; — maqola oddiy referatga o‘xshab qolgan; — muallif xalqaro adabiyotlar bilan ishlamagan. Reviewer uchun eng muhim savol bitta: “Bu maqola ilm-fanga nima yangilik qo‘shyapti?” Agar maqola mavjud fikrlarni qayta bayon qilsa, qabul qilinishi qiyin bo‘ladi. Yana bir katta muammo — ayrim tadqiqotchilar dissertatsiyaning bir qismini qisqartirib maqola deb yuboradi. Xalqaro jurnal esa alohida ilmiy mahsulot kutadi: aniq muammo, metod, natija va ilmiy xulosa. Rad javobi — ilmiy faoliyatning bir qismi. Muhimi, undan keyin maqolani kuchaytirish va ilmiy fikrni rivojlantirish. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Literature review — adabiyotlar ro‘yxati emas Ko‘pchilik “literature review”ni foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati deb tushunadi. Aslida bu — ilmiy suhbatga kirishish jarayoni. Muallif avvalgi tadqiqotlarni sanab chiqmaydi, balki ularni tahlil qiladi: kim nima degan, qaysi yondashuv kuchli, qaysi masala ochiq qolgan, yangi maqola shu bahsga nima qo‘shadi?
Yaxshi literature review uch narsani bajaradi: birinchidan, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy holatni ko‘rsatadi; ikkinchidan, tadqiqotlar orasidagi farq va muammolarni ochadi; uchinchidan, muallifning maqolasi nima uchun kerakligini asoslaydi.
Demak, adabiyotlar sharhi “kim nima yozgan?” emas, “ilmiy muammo qayerda turibdi?” degan savolga javobdir. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Scopus haqida juda ko‘p gapiriladi. Lekin ko‘pchilik uning aslida qanday tizim ekanini bilmaydi.
Scopus — bu oddiy sayt emas. U dunyo ilm-fanidagi maqolalar, jurnallar va iqtiboslarni kuzatib boradigan ulkan ilmiy platforma. Bugun qaysi olimning maqolasi ko‘p o‘qilyapti, qaysi jurnal nufuzli, qaysi tadqiqotga ko‘p murojaat qilinyapti — bularning barchasi shu bazada aks etadi.
Eng qiziq tomoni, Scopus maqolaning faqat mavjudligini emas, uning ilmiy “hayoti”ni ham ko‘rsatadi. Ya’ni maqolaga boshqalar murojaat qilyaptimi, undan foydalanilyaptimi yoki yo‘qmi — hammasi ko‘rinadi. Shu sabab bugungi ilm-fanda “maqola chiqardim” degan gapning o‘zi kamlik qiladi. Maqola ilmiy muomalaga kirishi kerak. Ba’zi tadqiqotchilar faqat jurnal nomiga qaraydi. Aslida esa jurnalning mavzusi, auditoriyasi, kvartili va indeksatsiyasi muhim. Noto‘g‘ri jurnal tanlansa, yaxshi maqola ham rad etilishi mumkin. Hozir ilm-fan asta-sekin yopiq akademik muhitdan ochiq xalqaro maydonga chiqmoqda. Endi tadqiqot natijasi faqat kafedra yoki institut ichida emas, global ilmiy tizim ichida baholanadigan davr boshlanyapti. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Ilmiy bo‘shliq nima? Ko‘p maqolalarda dolzarblik bor, lekin ilmiy bo‘shliq yo‘q. Dolzarblik — mavzuning muhimligini ko‘rsatadi. Ilmiy bo‘shliq esa shu mavzu bo‘yicha hali nimani bilmasligimizni ochib beradi. Xalqaro jurnallar aynan shu joyga qaraydi: muallif mavjud adabiyotlarni o‘rganganmi, avvalgi tadqiqotlarda yetishmayotgan nuqtani ko‘ra olganmi? Masalan, “sun’iy intellekt ta’limda muhim” deyish dolzarblik. Lekin “AI vositalarining talabalarda mustaqil fikrlashga ta’siri yetarli empirik o‘rganilmagan” deyish ilmiy bo‘shliqdir. Yaxshi maqola muammoni shunchaki bayon qilmaydi. U ilm-fanda ochiq qolgan savolga javob izlaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt Ko‘pchilik hali ham “Q1 jurnal” deganda oddiygina xorijiy jurnalni tushunadi. Aslida esa masala ancha jiddiy. Dunyoda minglab ilmiy jurnallar mavjud. Lekin ularning barchasi bir xil darajada emas. Ayrim jurnallar ilmiy hamjamiyatda juda katta ta’sirga ega bo‘lsa, ayrimlari deyarli o‘qilmaydi ham. Shu sabab xalqaro bazalarda jurnallar ta’sir darajasiga qarab kvartillarga bo‘linadi. Q1 — eng yuqori qatlam. Bu o‘z sohasidagi eng kuchli 25 foiz jurnal degani. Q2 esa undan keyingi nufuzli qatlam hisoblanadi. Bugun ilm-fanda asosiy o‘zgarish shundaki, endi maqola shunchaki “chiqdi” degan gap yetmaydi. Maqola qayerda chiqdi, kim o‘qiydi, unga iqtibos berilyaptimi — mana shu savollar muhim bo‘lib bormoqda. Ayrim tadqiqotchilar “bizning mavzu xalqaro auditoriyaga qiziq emas” deb o‘ylaydi. Aslida esa muammo mavzuda emas, uni qanday taqdim etishda. Mahalliy tadqiqotni ham xalqaro ilmiy muammo bilan bog‘lay olgan olimning maqolasi e’tibor qozonadi. Yaqin yillarda Q1/Q2 jurnallari PhD va DSc uchun oddiy tavsiya emas, muhim akademik mezonga aylanmoqda. Bu esa ilmiy maqolaga bo‘lgan qarashni butunlay o‘zgartiradi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Q1/Q2 jurnallarida maqola chop etish: endi har bir tadqiqotchi uchun muhim masala So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ilm-fan tizi
Q1/Q2 jurnallarida maqola chop etish: endi har bir tadqiqotchi uchun muhim masala So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ilm-fan tizimida xalqaro standartlarga moslashish jarayoni sezilarli darajada kuchaydi. Ayniqsa, PhD va DSc dissertatsiyalariga qo‘yilayotgan yangi talablar ilmiy faoliyatga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirmoqda. Endilikda ilmiy daraja olish uchun nafaqat dissertatsiya yozish, balki tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy jamoatchilikka ham taqdim eta olish muhim mezonga aylanmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan nazorat rejasiga ko‘ra, 2026-yildan DSc, 2027-yildan esa PhD tadqiqotchilari uchun Q1 va Q2 kvartildagi jurnallarda maqola chop etish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinishi rejalashtirilgan. Bu esa ilmiy faoliyatda yangi davr boshlanayotganini ko‘rsatadi.
⚠️Batafsil: https://telegra.ph/Q1Q2-jurnallarida-maqola-chop-etish-endi-har-bir-tadqiqotchi-uchun-muhim-masala-05-21 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

🔍 Nega ko‘plab ilmiy maqolalar rad etiladi? Ko‘pchilik maqola rad etilishini “mavzu kuchsizligi” bilan bog‘laydi. Aslida esa muammo ko‘pincha: — noto‘g‘ri format, — ilmiy uslub, — citation xatolari, — plagiat, — sifatsiz tarjima, — metodologiyaning sustligida bo‘ladi. Bugungi ilmiy platformalarda maqolaning nafaqat mazmuni, balki texnik sifati ham juda muhim.
📌 PhD Support kanalida: ✅ OAK jurnallariga maqola tayyorlash ✅ Scopus bazasidagi jurnallar uchun maqolalarni rasmiylashtirishga yordam ✅ IMRAD strukturasi ✅ Akademik tarjima ✅ Anti-plagiat ishlari ✅ Word formatlash bo‘yicha amaliy yordam berib boriladi.
Ilmiy ishni yozish muhim. Uni professional ko‘rinishga olib chiqish esa undan ham muhim. Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

📑 Anti-plagiat va formatlash xizmati Ko‘plab ilmiy ishlar mazmuni yaxshi bo‘lsa ham: ❌ plagiat foizi yuqoriligi, ❌ noto‘g‘ri citation, ❌ Word formatidagi xatolar sababli muammo yuzaga keladi.
Bugungi OAK va xalqaro talablar: ✔ original matn, ✔ to‘g‘ri snoska, ✔ ilmiy uslub, ✔ texnik rasmiylashtirishga alohida e’tibor qaratadi.
PhD Support orqali: ✅ anti-plagiatga mos qayta ishlash; ✅ Turnitin uchun tayyorlash; ✅ Word formatlash; ✅ avtomatik mundarija; ✅ jadval va rasmlarni standartlashtirish; ✅ bibliografiya va citation xizmatlari amalga oshiriladi. Ilmiy ishning sifati nafaqat mazmunda, balki uning texnik ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

📄 Tezis yozish Ilmiy konferensiyada tezis kichik hajmli bo‘lsa ham, unda tadqiqotning asosiy mazmuni aniq ko‘rinishi kerak. Yaxshi tezisda: — mavzu dolzarbligi; — tadqiqot maqsadi; — asosiy natija; — ilmiy xulosa; — kalit tushunchalar tartibli beriladi. Tezis qisqa bo‘lgani uchun undagi har bir jumla muhim. Ortiqcha umumiy gaplar, shablon iboralar va noaniq xulosalar material sifatini pasaytiradi.
📌 PhD Support orqali: ✅ tezis mavzusini shakllantirish; ✅ annotatsiya va kalit so‘zlar tayyorlash; ✅ xalqaro konferensiya talabiga moslashtirish; ✅ rus va ingliz tiliga akademik tarjima qilish; ✅ nashrga tayyor formatga keltirish mumkin.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

🌍 Akademik tarjima xizmati Bugungi ilmiy faoliyatda ingliz va rus tilidagi sifatli akademik tarjima juda muhim hisoblanadi.
Oddiy tarjima dasturlari: ❌ ilmiy uslubni buzadi, ❌ terminlarni noto‘g‘ri beradi, ❌ maqolaning ilmiy darajasini pasaytiradi.
Ayniqsa: 📌 tibbiyot, 📌 texnika, 📌 iqtisodiyot, 📌 pedagogika, 📌 tarix yo‘nalishlarida professional akademik tarjima katta ahamiyatga ega.
📌 PhD Support: ✅ O‘zbek ↔ Ingliz ✅ O‘zbek ↔ Rus ✅ Rus ↔ Ingliz ✅ Annotatsiya va abstract ✅ Ilmiy maqola tarjimasi ✅ Tezis va dissertatsiya tarjimasi xizmatlarini taklif etadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist