Ochiq muloqot 2026
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 181
المشتركون
-1824 ساعات
-3077 أيام
-1 51430 أيام
أرشيف المشاركات
1 181
#Biznes_FM
👍 Biznes-FM loyihasining navbatdagi soni! Tadbirkorlarni qiynayotgan muhim savollarga 1 daqiqa ichida javob beramiz.
👍TADBIRKORDAN ICHKI HUJJATLARNI SO‘RASHGA TEKSHIRUVCHINING HAQQI BORMI?
Savol: «Ayting-chi, tekshiruvchi kelib, biznes rejangni ko‘rsat, nega buncha foyda ko‘ryapsan, deb ichki hujjatlarni titkilashga haqlimi?»👍 Savolga Biznes-ombudsman sho‘ba mudiri Bunyod Xolmatov javob beradi. MUTLAQO HAQQI YO‘Q! Yangi tartibga ko‘ra, tekshiruvchi faqat o‘z sohasiga tegishli va tekshiruv buyrug‘ida ko‘rsatilgan hujjatlarnigina ko‘rishi mumkin. Masalan, SES xodimi kelib, sizning soliq bo‘yicha hisobotingizni so‘rashi noqonuniy. Tadbirkor tekshiruv predmetiga aloqador bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 181
Xivada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
🗣Uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan batafsil maʻlumot berildi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil tushuntirish va huquqiy izohlar berildi.▪️Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning murojaatlarini joyida hal etish hamda qulay biznes muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 181
“Ochiq muloqotda ko‘rilgan barcha masalalar real qarorlarga aylanmoqda”
Murod Mo'minov,
tadbirkor, "Feed Up" MChJ rahbari
Ochiq muloqotda ko‘rilgan barcha masalalar real qarorlarga aylanmoqda. Tadbirkorlarga omad tilayman va faol ishtirok etishlarini so‘rab qolaman!📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarTaklifi
1 181
Tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi
🗣Navoiy viloyatida parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Mahfuza Qayumova yer maydoni kadastrda noqishloq xo‘jaligi toifasida baholangani sabab faoliyatini yuritishda muammoga duch kelgan.
Tadbirkor ushbu masala yuzasidan Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. Murojaat tegishli tashkilotlar ishtirokida o‘rganilib, masala ijobiy hal etildi.▪️Prezident tashabbuslari asosida tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va muammolarga amaliy yechim topish tizimi o‘z natijasini bermoqda.
Mahfuza Qayumovaning ta’kidlashicha, yaratilayotgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak tufayli tadbirkorlarning muammolari tezkor hal etilib, faoliyatini davom ettirishi va rivojlantirishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda. Har bir ijobiy hal etilgan murojaat — tadbirkor faoliyatidagi bir to‘siqning bartaraf etilishi va biznes rivoji uchun yangi imkoniyat demakdir.📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 181
OCHIQ MULOQOT - 2026
👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
OCHIQ MULOQOT 2026
1 181
“Men Ochiq muloqotga o‘z taklifimni bildirdim”
Arifxodjayev Abduvali,
tadbirkor, "Barber Talant academy" asoschisi
Men Ochiq muloqotga o‘z taklifimni bildirdim va bu taklif minglab tadbirkorlarning faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishga qaratilgan. Siz ham taklifingizni yuboring!📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarTaklifi
1 181
Hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida joylarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Muloqotlarda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalar, loyihalarni amalga oshirishdagi to‘siqlar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar bevosita tadbirkorlarning o‘zidan tinglanmoqda. Ko‘tarilgan har bir masala mas’ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ularga amaliy yechim topish choralari belgilanmoqda. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning muammolarini joyida aniqlash, ularni tezkor hal etish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 181
Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
🗣Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Shumanay, Qonliko‘l va Xo‘jayli tumanlaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Bugun tadbirkorga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uning muammosini tinglash bilangina cheklanmaydi. Muhimi, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy yechim topish va yangi tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir. Chunki tadbirkorning rivoji — yangi loyihalar, barqaror ish o‘rinlari, aholi daromadining oshishi va hudud iqtisodiy faolligining yuksalishi demakdir.▪️Muloqot davomida loyihalarni moliyalashtirish, faoliyatni kengaytirish, infratuzilma bilan ta’minlash hamda biznes yuritishda uchrayotgan boshqa masalalar muhokama qilindi. Tadbirkorlarning takliflari tinglanib, ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida yechim choralarini ko‘rish imkoniyatlari belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar alohida nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. Bunday muloqotlar tadbirkorni qo‘llab-quvvatlashni aniq va manzilli yordamga aylantirishga xizmat qilmoqda.📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati
1 181
OCHIQ MULOQOT - 2026
👍 So‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Davlatning e'tibori sababli soliq yuki yengillashib, YIM ko‘rsatkichlari, eksport hajmi hamda biznes vakillari soni keskin oshdi. Yaratilayotgan ushbu keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar har bir tadbirkorning erkin, xavfsiz hamda barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Davlat va biznes o‘rtasidagi bunday samimiy muloqot hamda yuksak ishonchning amaldagi yorqin ifodasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bo‘lajak VI Ochiq muloqoti ham mamlakatimizda tadiqotchi va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar fonida o‘tmoqda. Ushbu uchrashuv milliy biznesimiz ravnaqi yo‘lida yangi istiqbollarni belgilab beradi.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
OCHIQ MULOQOT 2026
1 181
OCHIQ MULOQOT - 2026
👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
OCHIQ MULOQOT 2026
1 181
#OAV_Biz_Haqimizda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi Ochiq muloqoti oldidan tijorat banklari vakillari mahallalarda biznes vakillari bilan uchrashmoqda.
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️100 | 1094
#OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati
1 181
“Yaxshi o'zgarishlarga sababchi - tadbirkorlar o'zlari”
Alisher Isayev,
"Sales doctor" MChJ rahbari, "Milliard" nomli biznes-klub asoschisi
Oxirgi yillarda biznes muhitini yaxshilashga qaratilgan juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lyapti. Siz ham fikr va mulohazaliringizni yuboring.📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarTaklifi
1 181
Ochiq muloqot–2026: murojaatlar ijrosi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida 2026-yil 7-avgust holatiga Respublika shtabiga jami 6 379 ta murojaat kelib tushdi.
Bugungi kunga qadar murojaatlarning 4 656 tasi hal etildi, 1 723 tasi ko‘rib chiqilmoqda. Umumiy natijadorlik 73 foizni tashkil etdi.📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati
1 181
“Ochiq muloqot yangi imtiyozlar va imkoniyatlar beradi”
Diyor Mirzaaxmedov,
O'zbekiston marketing uyushmasi raisi
O‘zbekistonda boshqa mamlakatlarda bo‘lmagan yaxshi tajriba bor - Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti.📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarTaklifi
1 181
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 10–15-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikrlaringiz bo‘lsa, sizni uchrashuvlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Biznes-ombudsman devonining tegishli hududiy shu’basi bilan bog‘laning.
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
