Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
الذهاب إلى القناة على Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 728
المشتركون
-224 ساعات
-697 أيام
-1 73030 أيام
أرشيف المشاركات
🥳 Yangihayotda bayram shukuhi: “Mustaqillik to‘yi” tadbirlari davom etmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida “Mustaqillik to‘yi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
🇺🇿 Xususan, bugun “Chinor” bekatida Yangihayot tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangihayot tuman bo‘linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi hamkorligida navbatdagi bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining harbiy orkestr jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, aholi va tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki bayram kayfiyati ulashildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga davlatimiz bayrog‘i aks etgan lentalar taqdim etilib, yurtimiz mustaqilligi, tinchligi va farovonligining ramziy ifodasi namoyon etildi.
Jarayonlar videomizda.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.
Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi.
Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook|Instagram|X
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🏆Poytaxtdagi ayol rahbarlar
🇺🇿Poytaxtning lavozimdagi yagona ayol prokurori, Yangihayot tumanidagi birgina ayol hokim yordamchisi, Sergeli tumanida xotin-qizlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘ygan hokim o‘rinbosari va respublikada investitsiyalar yo‘nalishidagi yagona ayol hokim o‘rinbosari.
➡️Ularni nima bog‘lab turadi?
Turli soha, turli mas’uliyat, ammo bitta umumiy jihat — tashabbus, qat’iyat va natijaga intilish.
Ayol rahbarlar bugun qanday g‘oyalarni ilgari surmoqda? Ular odamlar bilan qanday ishlayapti? Muammoga qanday yechim topmoqda?
Ularning faoliyatini kuzatamiz. Balki bu hikoyalarda o‘zgarishning eng muhim kuchi — tashabbuskor ayol nigohini ko‘rarmiz.
🧑💻 Videoni tomosha qiling.
⸻
🏆Женщины-руководители столицы
🇺🇿Единственная в Ташкенте женщина-прокурор, единственная женщина среди помощников хокимов столицы, работающая в Янгихаётском районе, заместитель хокима Сергелийского района, выстроившая эффективный диалог с женщинами, и единственная в республике женщина — заместитель хокима по вопросам инвестиций.
➡️Что их объединяет?
Разные сферы и разная ответственность, но общие качества — инициативность, решительность и стремление к результату.
Какие идеи продвигают женщины-руководители? Как они работают с людьми и какие решения находят в сложных ситуациях?
Мы познакомимся с их деятельностью ближе. Возможно, именно в этих историях раскрывается одна из важных движущих сил перемен — женская инициатива и лидерство.
🧑💻 Смотрите наше видео.
YouTube | Facebook | Instagram |Web-site | Telegram-bot
Repost from Pensiya jamg'armasi | Rasmiy kanal
❓Сизга тўланаётган пенсия пуллари қаердан келишини биласизми?
✔️ Маълумки Ўзбекистонда пенсия тизими ҳозирча солидар, яъни “ишлаётган авлод — пенсионер авлодни молиялаштиради” тамойилига асосланган.
Бугунги ишловчилар ва иш берувчилар томонидан тўланадиган ижтимоий солиқлар ҳисобидан амалдаги пенсионерларга пенсия тўланади.
💬 Ва бу жараёнда фуқароларнинг расмий ишлашни расмийлаштириши, расмий иш ҳақи олиши ва иш берувчилар томонидан ижтимоий солиқларни мунтазам тўлаши катта аҳамиятга эгадир.
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🥖 “Bozorga chiqib, arzonroq, lekin sifatli mahsulot topib kelay”, deb uzoqdagi bozorga otlanish shart emas.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
😊 Bugun “Navqiron” mahallasida dehqon bozori filialiga kirib o‘tsangiz, ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlarning ko‘pi shu yerning o‘zida bor.
Eng muhimi — narxlari hamyonbop.
💓 Sirdaryolik dehqonlar yetishtirgan yangi va saralangan mahsulotlar yarmarkaga olib kelinib, aholiga arzonlashtirilgan narxlarda taklif qilinmoqda.
🥕 Sabzi — 4 000 so‘m
🧅 Piyoz — 3 000 so‘m
🥔 Kartoshka — 5 000 so‘m
🔘 “Bir-ikki kilo olib chiqaman”, deb kirgan odam savatini to‘ldirib chiqishi hech gap emas.
⏲ Yarmarka 15-sentabrgacha davom etadi.
📍 Manzil: “Navqiron” mahallasidagi dehqon bozori filiali.
🥳 Mustaqillik bayrami arafasida 45-sonli DMTT yangilangan qiyofada ish boshladi
👍 Yangihayot tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍 Xususan, “Chorbog‘” mahallasida joylashgan 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida muassasa qayta foydalanishga topshirildi.
🇺🇿 Ochilish marosimida Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda ota-onalar ishtirok etdi.
⚡️ Loyiha doirasida 50 yil avval bunyod etilgan ushbu binoning tashqi qismi ta’mirlanib, ayvonlar zamonaviy romlar bilan o‘raldi. Shuningdek, eshik va romlar yangilanib, xonalar ta’mirlandi.
👍 Bugungi kunda esa yangilangan xonalar va yaratilgan sharoitlar bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi va vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🏢 Yangihayotda 64 ta ijtimoiy obyekt yangilandi va barpo etildi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
📌 22-fakt. Bilasizmi? 2021–2026-yillar davomida Yangihayot tumanida 6 ta yangi bog‘cha qurildi, 17 tasi ta’mirlandi, 8 ta maktab barpo etildi va 13 tasi yangilandi. Shuningdek, 4 ta oilaviy poliklinika va 16 ta mahalla binosi aholiga foydalanishga topshirildi.
👍 Bu ishlar tuman aholisi uchun ta’lim, tibbiyot va mahalla xizmatlari yo‘nalishlarida yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qildi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi.
—
163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
🇺🇿 Tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda
📌 Yangihayot tumani Xalq qabulxonasida har hafta belgilangan reja-grafik asosida tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda.
👍 Qabullar davomida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilmoqda. Bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
👍 Bunday qabullar aholi bilan bevosita muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ko‘tarilgan masalalarning tezkor hal etilishiga xizmat qilmoqda.
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Yuqorida keltirilgan tashkilotlarning ish vaqtini 9:00–18:00 dan 8:00–17:00 ga o‘zgartirish taklifiga qanday munosabatdasiz?
—
Как вы относитесь к предложению изменить график работы вышеназванных организаций с 9:00–18:00 на 8:00–17:00?
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🕗 Toshkentdagi bir qator tashkilotlarda ish kunini soat 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda
🇺🇿 Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarning ish vaqtini 8:00 dan 17:00 gacha etib belgilash taklifini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqda.
✔️ Ish kunining davomiyligi o‘zgarmaydi — xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlab, bir soat ertaroq yakunlaydilar.
Bugungi kunda ko‘plab ijtimoiy muassasalar, ayrim davlat tashkilotlari, shuningdek, ko‘plab korxona va tashkilotlarda ish kuni soat 8:00 da boshlanadi. Shu vaqtdan boshlab shaharda faol hayot boshlanadi, aholi davlat va shahar xizmatlariga murojaat qiladi. Shu bois shahar hokimligi va unga qarashli xizmatlarning ham fuqarolarga ayni vaqtdan boshlab xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lishi muhim.
Ish jadvallarini uyg‘unlashtirish bir nechta idora ishtirokini talab qiladigan masalalarni tezroq muvofiqlashtirish imkonini ham beradi.
⌛ Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan transport oqimlari tahlili va modellashtirilishi shuni ko‘rsatmoqdaki, ish boshlanish vaqtlarini taqsimlash ertalabki tig‘iz paytlarda yo‘l tarmog‘iga tushadigan yuklamani kamaytirishga yordam beradi. Yangi grafik joriy etilganda tushlik vaqti ham shunga mos ravishda tashkil etilib, kun davomida transport oqimlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlariga tushadigan yuklamani yanada bir maromda taqsimlash imkonini beradi.
Yakuniy qaror qabul qilishdan oldin poytaxt aholisining fikrini eshitish biz uchun muhim.
Quyidagi so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z munosabatingizni bildiring. Agar taklif aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, belgilangan tartibda kasaba uyushmalari bilan kelishish uchun kiritiladi. So‘rovnoma natijalari joriy yilning 31-avgust kuni sarhisob qilinadi.
—
🕗 В ряде организаций Ташкента предлагается начинать рабочий день с 8:00
🇺🇿 Хокимият города Ташкента выносит на общественное обсуждение предложение установить для городского и районных хокимиятов, городских управлений и подведомственных им подразделений рабочее время с 8:00 до 17:00.
✔️ Продолжительность рабочего дня не изменится — сотрудники будут начинать и завершать работу на один час раньше.
Сегодня многие социальные учреждения, отдельные государственные организации, а также предприятия и организации начинают работу уже в 8:00. К этому времени город фактически начинает активную работу, и жители уже обращаются за государственными и городскими услугами. Поэтому важно, чтобы городская администрация и подведомственные службы также были готовы обслуживать жителей с этого времени.
Синхронизация графиков также позволит оперативнее координировать решение вопросов, требующих участия нескольких ведомств.
⌛️ Анализ и моделирование транспортных потоков, проведённые ЦОДД, показывают, что распределение времени начала рабочего дня позволит снизить нагрузку на улично-дорожную сеть в утренние часы пик. При переходе на новый график будет соответствующим образом скорректировано и время обеденного перерыва, что поможет более равномерно распределить в течение дня как транспортные потоки, так и нагрузку на объекты общественного питания.
Перед принятием окончательного решения нам важно услышать мнение жителей столицы.
Примите участие в опросе ниже и поделитесь своей позицией. Если предложение получит поддержку жителей, оно будет в установленном порядке направлено на согласование с профсоюзными организациями. Результаты опроса будут подведены 31 августа текущего года.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
👍 Yangihayotda V “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi
💠 Bugun 330-sonli umumta’lim maktabida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
👍 Unda Yangihayot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ta’lim sohasi vakillari, pedagoglar hamda ilg‘or ustozlar ishtirok etdi.
👍 Forumda 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilinib, 2026–2027-o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
👍 Shuningdek, pedagoglar uchun sho‘balar tashkil etilib, ularda zamonaviy metodik yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalar, yangi o‘quv yilidagi vazifalar hamda ta’lim samaradorligini oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan hamda o‘z faoliyatida alohida namuna ko‘rsatgan tumanning eng ilg‘or pedagoglari taqdirlandi.
🇺🇿 Jaloyir hamda “Yangi Gulzor” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi
📌 Ayni kunlarda Yangihayot tumani mahallalarida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Ushbu qabullar davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita o‘rganilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
📍 Xususan, Jaloyir hamda “Yangi Gulzor” mahallalarida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda 10 dan ortiq fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
👍 Qabul davomida fuqarolar tomonidan mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar, tibbiyot va obodonlashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
👍 Natijada murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlarga ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumining ochilishida qutlov so‘zi bilan ishtirok etdim.
Toshkent va Samarqandda o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjuman jahonning 50 ga yaqin mamlakatidan qariyb 300 nafar yetakchi media vakillari, olimlar, ijodkorlar va raqamli soha mutaxassislarini bir maydonga jamladi. "Euronews", "CNN", "BBC" va "Al Jazeera" kabi yetakchi media brendlarining forumda bosh axborot hamkorlari sifatida ishtirok etayotgani uning xalqaro ko‘lami va ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida o‘tayotgan forum mamlakatimizning boy sivilizatsion merosini jahon hamjamiyatiga yangicha mazmunda taqdim etish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Forumning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilayotgani chuqur ramziy ma’noga ega. Islom sivilizatsiyasi — bu, avvalo, ilm-ma’rifat, tafakkur va bag‘rikenglik sivilizatsiyasidir. Buyuk allomalarimizning insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan merosi nafaqat tarixiy boylik, balki bugungi ilmiy, madaniy va innovatsion taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq tirik intellektual merosdir.
Bugungi muhim vazifa — bu bebaho merosni faqat asrab-avaylash bilan cheklanmasdan, uni zamonaviy raqamli formatlarda, yosh avlodga tushunarli tilda va kuchli media talqinlar orqali dunyoga yetkazishdir. Bu borada milliy va xalqaro jurnalistika tarixiy haqiqatni xolis yoritish, stereotiplarni bartaraf etish hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.
Ushbu forumni bir martalik tadbir emas, balki uzoq muddatli professional muloqot va hamkorlikning boshlanishi sifatida ko‘ramiz. Ishonamanki, uning doirasidagi muhokamalar va yangi tashabbuslar O‘zbekistonning buyuk sivilizatsion merosini jahon axborot makonida munosib namoyon etishga xizmat qiladi.
Forum ishiga muvaffaqiyat tilaymiz!
—
Сегодня выступил с приветственным словом на открытии международного медиафорума «Исламская цивилизация: новый взгляд — новые открытия».
Этот представительный форум, проходящий в Ташкенте и Самарканде, объединил на одной площадке около 300 ведущих представителей СМИ, ученых, деятелей культуры и специалистов цифровой сферы почти из 50 стран. Участие таких ведущих медиабрендов, как Euronews, CNN, BBC, Al Jazeera в качестве главных информационных партнеров подчеркивает международный масштаб и значимость мероприятия.
Форум, проходящий в преддверии 35-летия независимости нашей страны, стал важной международной площадкой для представления мировому сообществу богатого цивилизационного наследия Узбекистана в новом содержательном прочтении.
В своем выступлении отметил глубокий символизм проведения форума в Центре исламской цивилизации, созданном по инициативе Президента Шавката Мирзиёева. Исламская цивилизация – это прежде всего цивилизация науки, просвещения, мысли и толерантности. Наследие наших великих ученых и мыслителей, внесших огромный вклад в развитие человечества, является не только историческим достоянием, но и живым интеллектуальным наследием, неразрывно связанным с современным научным, культурным и инновационным развитием.
Важнейшая задача сегодня – не ограничиваться сохранением этого бесценного наследия, а представить его миру в современных цифровых форматах, на понятном молодому поколению языке и посредством убедительных медиарешений. В этом деле национальная и международная журналистика должна служить объективному освещению исторической правды, преодолению стереотипов и укреплению взаимного доверия между народами.
Мы рассматриваем этот форум не как разовое мероприятие, а как начало долгосрочного профессионального диалога и сотрудничества. Уверен, что проходящие в его рамках дискуссии и новые инициативы послужат достойному представлению великого цивилизационного наследия Узбекистана в мировом информационном пространстве.
Желаем форуму успешной работы!
Facebook|Instagram|X
🇺🇿 O‘zgarishlar nafasi — “Marhamat” mahallasi yanada obod va fayzli maskanga aylanmoqda
💠 Yangihayot tumanida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar tizimli davom ettirilmoqda.
⚫️ Xususan, “Marhamat” mahallasida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘liq yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida mahalla ahli uchun foydalanishga topshirildi.
⭕️ Loyiha doirasida mahalla hududida bolalar o‘yin maydonchasi, mini-stadion hamda “Workout” zonasi tashkil etilib, hudud yanada obod va qulay maskanga aylantirildi. Shuningdek, bolalar va kattalar uchun o‘rindiqlar, chiqindi qutilari hamda turli o‘yin jihozlari o‘rnatildi.
👍 Bugungi kunda mahalla ahli, ayniqsa, bolalar va yoshlar yaratilgan qulay sharoitlardan faol foydalanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
🇺🇿 “Toshkent” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
👍 Kun kecha “Toshkent” mahallasida aholi murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
📌 Qabul davomida Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori va tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqdi. Unda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tibbiyot, obodonlashtirish hamda boshqa yo‘nalishlarga oid masalalar ko‘tarildi.
▶️ Natijada murojaatlarning bir qismi ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa tegishli mutasaddilarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Repost from Rasmiy axborot
📢 26-avgust kuni Toshkentda “Xalqaro Eko va barqaror turizm sammiti” bo‘lib o‘tadi
Anjumanning asosiy kun tartibi uchta yo‘nalishni qamraydi: xalqaro konferensiya, panel sessiyalar va turoperatorlar o‘rtasidagi ikki bosqichli B2B netvorking uchrashuvlari. Aynan shu uchrashuvlarda turistik xizmatlarni bevosita sotuvchi va xorijiy bozorlarda targ‘ib qiluvchi kompaniyalar bilan amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Tadbirning O‘zbekiston uchun strategik ahamiyati shundaki, u yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. Xususan, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropadagi xarid qobiliyati yuqori segment — asli osiyolik musulmonlar diasporasi uchun turlar tashkil etuvchi kompaniyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi. Bu esa mamlakatimizga premium va hashamatli xizmatlarga tayyor, to‘lovga qodir turistlarni jalb etish yo‘lini ochadi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
