ar
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

الذهاب إلى القناة على Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 702
المشتركون
-1424 ساعات
-597 أيام
-1 74630 أيام
أرشيف المشاركات
👍 Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi samarali tashkil etilmoqda 🏸 Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli va samarali o‘tka
+4
👍 Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi samarali tashkil etilmoqda 🏸 Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Yangihayot tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 📍 Xususan, 109-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning yozgi dam olishini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ⛹️‍♂️ Tashkilotda bolalar ishtirokida sport musobaqalari, harakatli o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar, rasmlar tanlovi hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🔰 Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot Bugun, 29-iyun kuni soat 12:43 da Toshkent shahar Yangihayo
🔰 Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot Bugun, 29-iyun kuni soat 12:43 da  Toshkent shahar Yangihayot tumani, Navro'z ko'chasida yangi qurilayotgan bino hududi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:51 da yetib borib, yong‘in soat 12:56 da qurshab olinib, soat 12:59 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q Aytilgan manzilda  50 kv.m maydonda polizol qoplamasi yonib zararlangani aniqlandi.

🇺🇿 Ayni kunlarda Yangihayot tumanining “Tashabbus” va “Yangihayot” mahallalari texnikalar shovqini va qizg‘in mehnat hukm surayotgan bunyodkorlik maydoniga aylangan. 📍 Sababi, bu yerda “Obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 🏗️ Mazkur ishlar to‘liq yakunlangach, mahallalar yangicha qiyofa kasb etib, yanada obod va ko‘rkam maskanlarga aylanadi. 👍 Ushbu lavhamizni tomosha qilib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo'ling! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanining 10-mavzesida joylashgan avtobus bekatida zamon talablariga jav
RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanining 10-mavzesida joylashgan avtobus bekatida zamon talablariga javob beradigan bekat mavjud emasligi sababli aholi noqulayliklarga duch kelayotgani yuzasidan murojaat tarqaldi. 📌 Mazkur holat yuzasidan mas'ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra, masala amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib talablari asosida ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi. 🤝 Hududlarda mavjud muammolarga befarq bo‘lmay, ularni jamoatchilik e'tiboriga havola etayotgan fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga minnatdorlik bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from OQ BOʻRI
⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim nati
⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim natijalar borki, ular o‘yin bilan emas, yillar davomida bajarilgan mehnat bilan baholanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Markaziy Osiyo tarixida bu marraga erishgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu tasodif emas, balki yillar davomida shakllangan futbol tizimi, yoshlar akademiyalari, murabbiylar va futbolchilarning mashaqqatli mehnati samarasidir.
Jahon chempionati esa yakun emas. Bu — dunyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘ynab, kelajakdagi g‘alabalar uchun tajriba to‘planadigan maydon. Bugun Portugaliya, Kolumbiya yoki Kongo kabi raqiblarga qarshi o‘ynagan futbolchilar ertaga yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytadi. Dunyoning ko‘plab kuchli terma jamoalari ham ilk mundialini oson boshlamagan. Ammo aynan o‘sha tajriba ularni keyinchalik futbol gigantlariga aylantirgan. 🇺🇿 Bu hali boshlanishi. O‘zbekiston futbolining eng yorqin sahifalari hali oldinda.
✈️Бизни кузатинг
🫥Oq boʻri

🏓 Stol tennisi bo‘yicha “Davlat soliq qo‘mitasi” kubogi o‘tkazildi 🏆 Kuni kecha Yangihayot tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida stol tennisi bo‘yicha “Davlat soliq qo‘mitasi” kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 👍 Musobaqada tumanimiz mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar faol ishtirok etdi. Bahslar davomida ishtirokchilar stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. 🥳 Musobaqa yakunlariga ko‘ra faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar aniqlanib, ular diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

⚽️ Shomurodovning goli, tarixiy lahzalar va katta tajriba! ⚽️ Natija qanday bo'lishidan qat'i nazar, ushbu Jahon chempionati biz uchun ulkan tajriba va kelajak sari tashlangan juda muhim, tarixiy qadam bo'ldi! Yigitlarimiz katta maktabni o'tashdi. 👏 Yangihayotlik muxlislar terma jamoamizni oxirigacha, chin yurakdan qo'llab-quvvatladi va bundan keyin ham qo'llab-quvvatlaydi 👍 O'yindagi eng yorqin emosiyalari aks etgan maxsus video rolikni e’tiboringizga havola etamiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#FotoLavha ⚽️ Garchi bugun Kongo DR terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan bo'lsak-da, ushbu Jahon chempionati biz uchun ulka
+5
#FotoLavha ⚽️ Garchi bugun Kongo DR terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan bo'lsak-da, ushbu Jahon chempionati biz uchun ulkan tajriba va tarixda qoladigan buyuk qadam bo'ldi! Biz ilk bor dunyoning eng nufuzli maydonida o'z so'zimizni aytdik. 🙂 Yangihayotlik muxlislar terma jamoamizga oxirigacha chin dildan muxlislik qildi! Biz yigitlarimiz bilan faxrlanamiz va ularni har qanday vaziyatda oxirigacha qo'llab-quvvatlashda davom etamiz! 🇺🇿 Olg'a, O'zbekiston! 👍 Futbol ishqibozlarining haqiqiy, jonli va yorqin emosiyalari aks etgan video rolikni bir ozdan so'ng havola etamiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from Rasmiy axborot
➡️98 kunqizg‘in treninglar. ➡️12 mingdan ziyod ishtirokchi. ➡️14 ta hudud. ➡️100 ga yaqin mentor. ➡️50 ga yaqin dolzarb mavzu. Media haftalik davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar Media forum doirasida sarhisob qilindi. Forumda haftalikni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga munosib hissa qo‘shgan ekspertlar hamda axborot xizmatlari rahbarlari taqdirlandi.
Media haftalik — bu nafaqat bilim va tajriba almashish maydoni, balki mamlakat media makonini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🇺🇿 Aziz jurnalistlar, muharrirlar, matbuot kotiblari va axborot maydonining fidoyi vakillari! 👍 Sizlarni 27-iyun – Matbuot
🇺🇿 Aziz jurnalistlar, muharrirlar, matbuot kotiblari va axborot maydonining fidoyi vakillari! 👍 Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman! 👍 Bugungi tezkor axborot asrida haqiqatni topish, uni xolis va ishonchli tarzda jamoatchilikka yetkazish katta mas’uliyat va jasorat talab etadi. Yangi barpo etilayotgan va jadal rivojlanayotgan Yangihayot tumanimiz hayotidagi o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ham sizlarning xizmatingiz beqiyos. Ana shu sharafli vazifani sidqidildan bajarayotgan sizlar jamiyatimiz taraqqiyoti, ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlashda muhim o‘rin tutib kelmoqdasiz. 📌 Sizlarning qalamingizda – haqiqat kuchi, so‘zingizda – xalq ishonchi, mehnatingizda esa Vatan taraqqiyoti mujassam. Har bir maqola, har bir reportaj, har bir tahlil va surishtiruv orqali jamiyatning dardi, odamlarning orzu-intilishlari va hayotiy muammolari keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. 👍 Bugun axborot maydoni nafaqat voqealarni yoritish, balki odamlar bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqot ko‘prigiga aylandi. Bu ezgu vazifada sizlarning mehnatingiz va fidoyiligingiz alohida tahsinga loyiq. 🙂 Hurmatli soha fidoyilari! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, yuksak ijodiy parvozlar, qalamingizga baraka va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman ✍🏻 Hurmat bilan, Yangihayot tumani hokimi H. Inogamov 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik — Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrikПоздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katt
📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katta ekranlarda birgalikda ko‘rishga nima deysiz?! 🏆 Gap shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari “Index Broadway” hududida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. 🏆 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchrashuvlari quyidagi sana va vaqtlarda bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan): 🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 28-iyun | 04:30 🪇 Terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Barchangizni “Index Broadway” hududida kutib qolamiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚀 Tadbirkorlar va investorlar uchun ajoyib imkoniyat! 🇺🇿 Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Endi Yangihay
🚀 Tadbirkorlar va investorlar uchun ajoyib imkoniyat! 🇺🇿 Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Endi Yangihayot tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish uchun yer uchastkalarini yanada qulay shartlarda xarid qilishingiz mumkin! ✅ Atigi 35% dastlabki to‘lov ✔️ Qolgan mablag‘ni 1 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash ✅ To‘liq to‘lov amalga oshirilganda 20% chegirma 👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF–135-son Farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk yoki ijara huquqi asosida xarid qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 📍 Yangihayot tumani — poytaxtning jadal rivojlanayotgan hududlaridan biri. Kelajagingizga bugundan sarmoya kiriting, biznesingiz uchun eng qulay manzilni tanlang! 🔗 Elektron onlayn savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing: 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24005511 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23938002 🗺https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23867503 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23890360 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23935411 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23915868 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23916390 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23915865 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23920907 🏗 Bugun yer xarid qiling — ertaga muvaffaqiyatli biznes egasiga aylaning! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotda kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi 👍 Yangihayot tumanida j
+6
🇺🇿 Yangihayotda kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi 👍 Yangihayot tumanida joylashgan Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi hamda “JAC Motors Toshkent” MCHJ QK o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi. 👍 Memorandum doirasida korxona va texnikum o‘rtasida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, ta’lim dasturlarini ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va malakaviy talablarni korxona tajribasi hamda takliflari asosida shakllantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. 📄 Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoni hamda “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-316-son Qarori ijrosi doirasida yo‘lga qo‘yildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿Toshkent shahar hokimligi tizimida ichki nazorat, komplayens hamda xizmat etikasiga rioya qilish mexanizmlari izchil must
🇺🇿Toshkent shahar hokimligi tizimida ichki nazorat, komplayens hamda xizmat etikasiga rioya qilish mexanizmlari izchil mustahkamlanib borilmoqda. Yaqinda joriy etilgan va vazifalariga muammolarni tizimli aniqlash, kadrlar bo‘yicha qarorlarni dastlabki o‘rganish, hujjatlar loyihalarini tahlil qilish, manfaatlar to‘qnashuvi xavfini belgilash, korrupsiyaga qarshi talablar, xizmat intizomi va halol boshqaruv tamoyillariga rioya etilishini nazorat qilish kiradigan Komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat xizmati faoliyati tufayli bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligi oshdi. Qabul qilinayotgan qarorlarning shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaviy omillarning oldini olish, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda professionallik, kompetentlik va mas’uliyat xizmat pog‘onalarida ko‘tarilish va kadrlar masalasida qaror qabul qilishning asosiy mezoni bo‘lgan meritokratiya tamoyillarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aniqlangan holatlar va kamchiliklar muammolarning yashirilayotganidan emas, balki ularni o‘z vaqtida aniqlash, huquqiy baho berish va sabablarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan tizim ishlayotganidan dalolat beradi. Har bir holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi: profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi, materiallar vakolatli odob-axloq komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi, manfaatlar to‘qnashuvi xavfini kamaytirish va ichki jarayonlarning shaffofligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Hokimlik va joylardagi idoralarning kundalik ma’muriy faoliyati ochiqligini oshirish alohida yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardan tashqari, qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar jamoatchilik uchun imkon qadar tushunarli hamda ochiq bo‘lishi lozim. Ishlarning bosh tamoyili – muammolarni aniqlash, sabablarini bartaraf etish va takrorlanish xavfini kamaytirishdir. Poytaxt hokimligi ichki nazoratni mustahkamlash, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishdagi mas’uliyatini oshirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan ochiq boshqaruv tizimini rivojlantirishda davom etadi. 🇺🇿В системе хокимията города Ташкента последовательно укрепляются механизмы внутреннего контроля, комплаенса и соблюдения служебной этики. Эффективность работы в этом направлении возросла благодаря работе Службе комплаенса и антикоррупционного внутреннего контроля, внедренной в последнее время и задачами которой являются системное выявление проблем, предварительное изучение кадровых решений, анализ проектов документов, определение рисков конфликта интересов, контроль соблюдения антикоррупционных требований, служебной дисциплины и принципов добросовестного управления. Особое внимание уделяется обеспечению прозрачности принимаемых решений, предупреждению коррупционных факторов, недопущению непотизма и продвижению принципов меритократии, при которых профессионализм, компетентность и ответственность являются основными критериями служебного роста и принятия кадровых решений. Выявленные случаи и недостатки свидетельствуют не о замалчивании проблем, а о работе системы, направленной на их своевременное обнаружение, правовую оценку и устранение причин. По каждому случаю принимаются соответствующие меры: проводятся профилактические мероприятия, материалы рассматриваются компетентными комиссиями по этике, принимаются меры по снижению рисков конфликта интересов и повышению прозрачности внутренних процессов. Отдельным направлением остается повышение открытости ежедневной административной деятельности хокимията и органов на местах. Принимаемые решения и распоряжения должны быть максимально понятными и доступными для общества, за исключением случаев, прямо предусмотренных законодательством. Главный принцип работы — системно выявлять проблемы, устранять их причины и снижать риски повторения. Хокимият столицы продолжит укреплять внутренний контроль, повышать ответственность сотрудников при исполнении служебных обязанностей и развивать открытый контур управления, соответствующий современным требованиям. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

📍 “Chortoq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi 🇺🇿 Yangihayot tumanidagi “Chortoq” mahallasida yozning issiq kunlarida ichimlik suvi bosimining pasayishi aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri edi. 🚰 Mahalla aholisining murojaatlari asosida mazkur masala mas’ullar tomonidan tezkor o‘rganilib, zarur choralar ko‘rildi. Natijada suv bosimi yaxshilanib, mavjud muammo bartaraf etildi. 👍 Bugungi kunda mahalla aholisi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 👍 Batafsil videolavhamizda ________________________ 📍 В махалле "Чорток" улучшено снабжение питьевой водой 🇺🇿 Одной из проблем, беспокоивших жителей махалли "Чорток" Янгихаётского района, было падение давления питьевой воды в жаркие летние дни. 🚰 На основании обращений жителей махалли данный вопрос был оперативно изучен ответственными лицами, и были приняты необходимые меры. В результате напор воды улучшился, и существующая проблема была устранена. 👍 На сегодняшний день жители махалли обеспечены качественной питьевой водой. 👍 Подробнее в нашем видеоролике. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👍 Xushnud mahallasida o‘quv seminar o‘tkazildi 🇺🇿 Yangihayot tumanida oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni
+4
👍 Xushnud mahallasida o‘quv seminar o‘tkazildi 🇺🇿 Yangihayot tumanida oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrash va yoshlarni nikoh hamda oilaviy hayotga tayyorlash borasida tizimli ishlar amlaga oshirilmoqda. 👍 Xususan, bugun Xushnud mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tegishli tashkilotlar, mahalla faollari hamda turmush qurish ostonasida turgan yoshlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi. 📄 Shuningdek, tadbir davomida zamonaviy oila modeli, qadriyatlar, oila muqaddasligi, oila a’zolarining huquq va majburiyatlari, er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat hamda mustahkam oilani shakllantirish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi. Seminar yakunida esa ishtirokchi yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

В Ташкенте появилась первая «спортивная» остановка На остановке рядом с автомобильным рынком в Сергелийском районе, через кот
В Ташкенте появилась первая «спортивная» остановка На остановке рядом с автомобильным рынком в Сергелийском районе, через которую проходят 12 автобусных маршрутов появилась зона воркаута. По инициативе Центра организации дорожного движения остановочное пространство дополнено элементами для короткой физической активности. Такой формат отражает подход, при котором городская инфраструктура создаётся не только для передвижения, но и для удобства, здоровья и повседневного комфорта людей. Теперь пассажиры могут использовать время ожидания автобуса для разминки, подтягиваний или простых упражнений. Это делает спорт ближе к обычному городскому маршруту — по дороге на работу, учёбу или домой. Подобные решения встречаются и в других городах: в Сеуле, Пекине, Сингапуре, Париже, Боготе и Кали автобусные павильоны превращали в мини-зоны активности с турниками, ступенями и другим спортивным оборудованием. Их идея проста — движение может быть естественной частью обычного дня. Для Ташкента такая остановка — это ещё один шаг к созданию более комфортной среды вокруг общественного транспорта. Приоритизация автобусов — это не только маршруты, полосы и обновлённые остановочные комплексы, но и качество самого ожидания: безопасность, удобство, доступность и дополнительные возможности для жителей. Такие объекты будут устанавливаться точечно — прежде всего в густонаселённых районах, на остановках с оживлённой маршрутной сетью и там, где есть достаточно пространства для безопасного разделения зоны ожидания и зоны активности. Главные условия — безопасность, удобство для пассажиров, прочные конструкции, регулярное обслуживание и отсутствие помех для движения общественного транспорта и пешеходов. Следует напомнить, что приоритизация общественного транспорта является ключевой задачей хокимията столицы и эта работа включает не только новые маршруты и полосы, но и ряд сопутствующих мер. Мы открыты к предложениям жителей и готовы рассматривать новые локации, где такие воркаут-остановки действительно будут полезны и востребованы, а также варианты их комплектации. Если вы знаете место с активным пассажиропотоком и достаточным пространством для безопасного размещения такой зоны, направляйте свои предложения в телеграм бот @codd_tashkent_bot

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalish
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchasi tashkil etildi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashabbusi bilan bekat maydoni qisqa muddatli jismoniy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan unsurlar bilan to‘ldirildi. Bunday yondashuv shahar infratuzilmasi nafaqat harakatlanish, balki aholining qulayligi, salomatligi va kundalik farovonligi uchun ham yaratilayotganini aks ettiradi. Endi yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtidan yengil mashqlar, tortilish yoki oddiy jismoniy harakatlar uchun foydalanishlari mumkin. Bu esa sportni odatiy shahar qatnoviga — ishga, o‘qishga yoki uyga ketish yo‘liga yaqinlashtiradi. Bunday yechimlar boshqa shaharlarda ham uchraydi: Seul, Pekin, Singapur, Parij, Bogota va Kalida avtobus pavilyonlari turniklar, zinapoyalar va boshqa sport anjomlari bilan jihozlangan kichik faollik hududlariga aylantirilgan. Ularning g‘oyasi oddiy — harakat kundalik hayotning tabiiy bir qismiga aylanishi mumkin. Toshkent uchun bunday bekat jamoat transporti atrofida yanada qulay muhit yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Avtobuslarga ustuvorlik berish nafaqat yo‘nalishlar, yo‘laklar va yangilangan bekat majmualarini, balki kutish jarayonining sifatini ham anglatadi: xavfsizlik, qulaylik, ochiqlik va aholi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar. Bunday obyektlar aniq manzillarda — avvalo aholi zich joylashgan hududlarda, serqatnov yo‘nalishlar tarmog‘iga ega bekatlarda hamda kutish va faollik hududlarini xavfsiz ajratish uchun yetarli joy mavjud bo‘lgan yerlarda o‘rnatiladi. Asosiy shartlar — xavfsizlik, yo‘lovchilar uchun qulaylik, mustahkam konstruksiyalar, muntazam texnik xizmat ko‘rsatish hamda jamoat transporti va piyodalar harakatiga xalaqit qilmaslikdir. Shuni eslatib o‘tish joizki, jamoat transportiga ustuvorlik berish poytaxt hokimligining asosiy vazifasi bo‘lib, bu ish nafaqat yangi yo‘nalishlar va yo‘laklarni, balki bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi. Biz aholi takliflariga ochiqmiz va bu kabi vorkaut-bekatlar haqiqatan ham foydali va zarur bo‘ladigan yangi manzillarni, shuningdek, ularning jihozlanish turlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Agar siz yo‘lovchi oqimi faol bo‘lgan va bunday maydonchani xavfsiz joylashtirish uchun yetarli joyga ega manzillarni bilsangiz, o‘z takliflaringizni @codd_tashkent_bot telegram-botiga yuboring.

🇺🇿 Xushnud mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi 📍 Kuni kecha Yangihayot tumani hokimining Xushnud mahallasida sayyor qabuli bo'lib o'tdi. 👍 Qabul davomida 10 ga yaqin fuqaro tomonidan tibbiyot, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uy-joy, obodonlashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. 👍 Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site