ar
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

الذهاب إلى القناة على Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 728
المشتركون
-224 ساعات
-697 أيام
-1 73030 أيام
أرشيف المشاركات
#Obodonlashtirish #YangiChoshtepa 📍 "Yangi Choshtepa" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 👩🏻‍🚒 Yangihayotda bo‘lajak qutqaruvchilar tahsil oladigan Akademiya faoliyat yuritadi 🥳. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 16-fakt. Bilasizmi? YYangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi faoliyat yuritadi. 🏢 Mazkur oliygohda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi hamda qutqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#ob_havo 📆 Bugun 21-avgust, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

▫️ Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mahallalarda o‘rganish olib bordi 🔹 Bugun Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot
+6
▫️ Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mahallalarda o‘rganish olib bordi 🔹 Bugun Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumanida bo‘lib, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda aholi osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 📍 Xususan, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mas’ullar hamrohligida "Tashabbus" va "Mash'al" mahallalarida bo‘lib, tungi vaziyat, profilaktik tadbirlarning borishi hamda hududlarda jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. ♻️ O‘rganishlar davomida mas’ullar va profilaktika inspektorlariga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🔹 "День молодёжи": состоялась встреча с девушками Янгихаётского района ▫️ В Янгихаётском районе каждый четверг в рамках "Дня молодёжи" регулярно проводятся встречи и открытые диалоги с молодёжью. 💬 В частности, сегодня состоялась встреча с участием заместителя хокима города Ташкента – начальника Управления по делам семьи и женщин, хокима Янгихаётского района, заместителя хокима района – начальника отдела по делам семьи и женщин, а также группы девушек. ♻️ На мероприятии, прошедшем в формате "Встреча руководителя и молодёжи," талантливые и активные девушки рассказали о своих достижениях и планах на будущее, а также озвучили свои предложения и инициативы. Кроме того, были даны разъяснения по волнующим их вопросам. 📑 В завершение мероприятия была предоставлена подробная информация об условиях, созданных сегодня в нашей стране для получения женщинами образования, освоения профессий и организации предпринимательской деятельности, а также о существующих льготах.

🔹 "Yoshlar kuni”: yangihayotlik qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi ▫️ Yangihayot tumanida har payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar muntazam o‘tkazilmoqda. 💬 Xususan, bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Yangihayot tumani hokimi, tuman hokimi o‘rinbosari –oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, bir guruh qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  ♻️ “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan tadbirda iqtidorli va faol yoshlar o‘zlarining erishgan yutuqlari va kelgusi rejalari haqida, shuningdek, o‘zlarining taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tdi. Shu bilan birga, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. 📑 Shuningdek, tadbir yakunida bugungi kunda yurtimizda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar uchun ta’lim olish, kasb-hunar egallash va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔹 Yangihayotda davlat tilida ish yuritish samarali tashkil etilmoqda 📑 Yangihayot tumanida davlat tilida ish yuritish, rekl
+2
🔹 Yangihayotda davlat tilida ish yuritish samarali tashkil etilmoqda 📑 Yangihayot tumanida davlat tilida ish yuritish, reklama va tashqi yozuvlarda til qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. ▫️ Xususan, tuman hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan yuridik shaxslar bilan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, sohaga oid hukumat qarorlari va farmoyishlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 📌 Ushbu jarayonda Yangihayot tumani nomining reklama va axborot materiallarida noto‘g‘ri yozilgani yuzasidan tashkilot rahbarlari va mas’ullari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ularga qonun va qonunosti hujjatlari talablari tushuntirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Yangihayotlik bitiruvchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi ◽️ Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish an’anasi davom etmoqda. 📌 Xususan, bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar prokurori v.b., tuman hokimi, tuman prokurori, mas’ul rahbarlar hamda bir guruh bitiruvchi yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 🖇 Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda yoshlarning kelgusi rejalari, ularni qiziqtirgan masalalar, fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. 📈 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔹 Koreyalik mutaxassislar 51-DMTTdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishdi 📍 Yangihayot tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilo
+6
🔹 Koreyalik mutaxassislar 51-DMTTdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishdi 📍 Yangihayot tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning qiziqishi, mustaqil fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi asosida o‘yinga asoslangan ta’lim jarayonlari olib borilmoqda. ♻️ Mazkur yo‘nalishdagi amaliy jarayonlarni o‘rganish, ilg‘or tajribalar bilan tanishish maqsadida Koreya Respublikasidagi nufuzli universitet vakillari Yangihayot tumanidagi 51-sonli DMTTda bo‘lishdi. 📌 Jarayon davomida mas'ullar ta’lim muhiti, o‘yinga asoslangan mashg‘ulotlar, pedagoglarning bolalar bilan ishlash usullari hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishdi. ▫️ Shuningdek, tajriba almashinuvi davomida o‘yin orqali bolalarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilishiga imkon yaratish va individual yondashuv masalalari muhokama qilindi.

🧹 "Yangi Choshtepa" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda 🌳 Yangihayot tumanidagi mahallalarda hududlarni ob
+5
🧹 "Yangi Choshtepa" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda 🌳 Yangihayot tumanidagi mahallalarda hududlarni obod va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📍 Xususan, bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yangi Choshtepa” mahallasi hududidagi ko‘chalar va yo‘l bo‘ylari supurilib, to‘plangan chiqindilar olib chiqib ketilmoqda. Shu bilan birga, qarovsiz hududlar tartibga keltirilib, sanitar tozalanmoqda. Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

😎 Yangihayotning bugungi qiyofasiga yuqoridan birga nazar tashlaymiz! 🏙 Soya-salqin ko‘chalar, zamonaviy infratuzilma, bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan qulayliklar — tumandagi o‘zgarishlarning yorqin ifodasidir. 🇺🇿 Har bir yangi bino, har bir obod ko‘cha, har bir yashil hudud — Yangihayotning ertangi qiyofasiga qo‘shilayotgan yangi bir chiziq. _______________________ 😎 Давайте вместе взглянем на сегодняшний облик Янгихаёта с высоты! 🏙 Тенистые улицы, современная инфраструктура, созидательные работы и создаваемые удобства — яркое отражение преобразований в районе. 🇺🇿 Каждое новое здание, каждая благоустроенная улица, каждая зелёная зона — это новый штрих к завтрашнему облику Янгихаёта.

❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari! 👍 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani h
❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari! 👍 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar qabullari o'tkaziladi. 👍 Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin: https://gov.uz/uz/yangihayot/news/view/169713 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 📍 Yangihayotda xizmat itlarini tayyorlaydigan kinologiya markazi faoliyat yuritadi 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 15-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyat yuritadi. 🦮 Mazkur markazda xizmat itlarini tayyorlash, ularning maxsus ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kinolog mutaxassislarni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#ob_havo 📆 Bugun 20-avgust, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

❗️ Hurmatli “Chortoq” mahalla ahli! 🛠️ Hududdagi yerusti o‘rta bosimli gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlari olib boril
❗️ Hurmatli “Chortoq” mahalla ahli! 🛠️ Hududdagi yerusti o‘rta bosimli gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlari olib borilishi sababli, 20-avgust soat 11:00 dan 17:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

🥳 “Yangi Umid” mahallasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi 👍 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati b
+5
🥳 “Yangi Umid” mahallasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi 👍 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida "Mustaqillik to‘yi" shiori ostida qator madaniy-ma'rifiy va ommaviy tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Bugun ham tuman hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan “Yangi Umid” mahallasida konsert dasturi tashkil etildi. 🎊 Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari ijro etgan qo‘shiqlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 Yangihayotda Markaziy Osiyodagi eng yirik eshik va rom konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi fabrika joylashgan 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 🔹 14-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan “Akfa Assembly” MChJ Markaziy Osiyodagi eshik va rom konstruksiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik fabrikalardan biridir. 📌 Mazkur korxona “Imzo” brendi ostida zamonaviy va raqobatbardosh eshik hamda rom konstruksiyalarini ishlab chiqarib, ichki bozor bilan birga xorijiy bozorlarga ham yetkazib bermoqda. 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

🔹 Xushnud mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi ♻️ Yangihayot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli Xushnud mahallasida tashkil etildi. 📌 Qabul davomida 10 nafarga yaqin fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Murojaatlar asosan bolalar maydonchasini ta’mirlash, uy-joy, tibbiyot, bandlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa masalalarga oid bo‘ldi. ▫️ Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. 💠 Bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📍 “Yangi Darxon” va “Yangi Umid” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi 📌 Ayni kunlarda Yangihayot tumani hokimi mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Ushbu qabullar murojaatlarni bevosita o‘rganish va ularni hal etishga amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qilmoqda. ▫️ Xususan, bugun “Yangi Darxon” va “Yangi Umid” mahallalarida tuman hokimi hamda hududda istiqomat qiluvchi 10 dan ortiq fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. 📑 Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy xizmatlar, uy-joy, ishga joylashish, kadastr, kommunal xizmatlar va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. ♻️ Natijada murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.