Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
الذهاب إلى القناة على Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 708
المشتركون
-624 ساعات
-507 أيام
-1 73930 أيام
أرشيف المشاركات
+6
🌱 Qarovsiz yer o‘rnida yashil maskan barpo etiladi
📍 Gap shundaki, "Navqiron" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Dinara Sharipova o‘zi yashaydigan hududdagi qarovsiz va bo‘sh turgan yer maydonini obodonlashtirib, turli gullar va butalar ekib, yashil maskan yaratish tashabbusini bildirgan edi.
📌 Mazkur tashabbus Yangihayot tumani hokimi hamda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari e’tiboridan chetda qolmadi. Tuman hokimi mazkur loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan joyiga chiqib, hududni ko‘zdan kechirdi.
👍 O‘rganishlar davomida hududni tozalash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tuman hokimi mazkur xayrli tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirib, loyiha aholi uchun qulay va shinam hordiq chiqarish maskaniga aylanishi lozimligini ta’kidladi.
Repost from Saida Mirziyoyeva
+5
Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi.
Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti.
Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi.
—
Городские пространства, отведённые под нужды людей, должны служить только своему назначению, а не использоваться под строительство офисов или жилых домов.
К примеру, мы посетили махаллю «Лолазор» в Мирабадском районе столицы. Здесь варварски были уничтожены деревья, посаженные жителями, а на месте детской площадки планировалось построить бизнес-центр.
Ташкентцы справедливо возмущаются строительными работами, которые уничтожают их родные дворы, игровые и спортивные площадки.
Генеральная прокуратура проведёт инвентаризацию подобных объектов по всему Ташкенту. Важно проверить законность выданных разрешений на строительство, соблюдение градостроительных норм и прав жителей. И если выявятся нарушения, ответственные должны понести наказание, вплоть до лишения свободы.
🇺🇿 "Choshtepa" mahallasida o‘rganish ishlari olib boridi
⭕️ Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari erta tongdan mahallalarda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
⚫️ Xususan, "Choshtepa" mahallasida "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlari, hududning sanitariya holati, ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar hamda jamoat joylarining holati ko‘zdan kechirildi.
⭕️ Shuningdek, aholi uchun yaratilgan qulayliklar, hududdagi infratuzilma, xavfsiz muhitni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar berildi.
🇺🇿 "Oriyat" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
📍 Yangihayot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli "Oriyat" mahallasida tashkil etildi.
👍 Qabul davomida 10 nafarga yaqin fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Murojaatlar asosan tibbiyot, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid bo‘ldi.
🔘 Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar ijrosi alohida nazoratga olindi.
🔹 Sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
+3
🇺🇿 Tuman hokimi va tuman hokimi o’rinbosarlari "Choshtepa" mahallasidagi o‘rganish olib bordi
👍 Yangihayot tumani hokimi o’rinbosarlar bilan birgalikda an’anaga muvofiq erta tongdan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
📍 Xususan, "Choshtepa" mahallasida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hudud qiyofasi, obodonlashtirish va tozalash ishlaring holati, aholi uchun yaratilgan qulayliklar hamda xavfsiz muhit o‘rganildi.
👍 Batafsil keyinroq
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik”: mahallalar hududi obod qilinmoqda
🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida erta tongdan Yangihayot tumanining barcha mahallalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+3
🇺🇿 Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mahallalaeda o‘rganish olib bordi
✅ Bugun Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumanida bo‘lib, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda aholi osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
♻️ Xususan, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mas’ullar hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamrohligida Xo‘ja Uchqun va "Yangi Gulzor" mahallalarida bo‘lib, tungi vaziyat, profilaktik tadbirlarning borishi hamda hududlarda jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
👍 O‘rganishlar davomida mas’ullar va profilaktika inspektorlariga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
+6
🇺🇿 Tuman hokimi harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashdi
💬 Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar davom etmoqda.
📌 Xususan, bugun ham an’anaga muvofiq Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, mas’ul rahbarlar hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
☑️ Muloqotlar davomida yoshlarning kelgusidagi maqsadlari, kasb-hunar egallash, oliy ta’limga kirish, bandlik hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi fikr va takliflari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan vazifalar belgilandi.
👍 Shuningdek, uchrashuvda harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, bandlikni ta’minlash va ta’lim olishga oid mavjud mexanizmlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
❗️Hurmatli "Navqiron" mahallasi ahli!
Sergeli tumani hududida joylashgan nimstansiyada yuzaga kelgan nosozlik sababli, mahallada elektr ta’minoti to‘xtatildi.
Hozirda avariya tiklash brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
+6
🇺🇿Navbatdagi tibbiy ko‘riik tashkil etildi
👍 Yangihayot tumani Tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar hamda mahalla raislari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
👍 Tibbiy ko‘rik davomida xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar hamda mahalla raislari endokrinolog, ginekolog, terapevt va kardiolog shifokorlari ko‘rigidan o‘tkazildi. Shuningdek, laboratoriya tahlillari hamda ultratovush tekshiruvlari amalga oshirildi.
👩🏻⚕️ Mazkur tibbiy ko‘rik ularning salomatlik holatini baholash, kasalliklarni erta aniqlash, tibbiy madaniyatni yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
+6
🇺🇿 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, Soliq qo‘mitasi va tuman prokuraturasining mas’ul xodimlari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda soha xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
👍 Yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosi, soliq tushumlarini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mas’ullarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
👍 Shuningdek, yig'ilish davomida Soliq qo‘mitasi va tuman prokuraturasining mas’ul xodimlari tomonidan xizmat faoliyatida amaldagi qonunchilik hamda Ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xizmat odob-axloqi me’yorlariga amal qilish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, tamagirlik, firibgarlik va boshqa korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettirmiz.
✅ 2-fakt. Yangihayot tumani — o‘z logotipiga ega bo‘lgan ilk tuman
🇺🇿 Bilarmidingiz? Yangihayot tumani O‘zbekistonda o‘z logotipiga ega bo‘lgan ilk tuman hisoblanadi.
⚡️ Mazkur logotip mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Logotip o‘ziga xos ma'noga ega bo‘lib, unda Yangihayot so‘zidagi ikki kalit harf — "Y" va "h" ifodalangan. Ushbu harflar moviy va zangori ranglarda tasvirlangan bo‘lib, ular yangi, toza va sof hayotni bildiradi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Tuman hokimi Xo'ja Uchqun mahallasidagi fuqarolarning muammolarini o‘rgandi
👍 Ayni kunlarda Yangihayot tumani hokimi mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Ushbu qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda mahallalar hayotidagi muhim o‘zgarishlarga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👍 Xususan, kuni kecha Xo‘ja Uchqun mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul ham fuqarolar tomonidan mahalla ravnaqiga qaratilgan murojaatlar ko‘pligi bilan ajralib turdi. Qabul davomida shaxsiy emas, balki butun mahalla manfaatlariga xizmat qiladigan ko'plab taklif va murojaatlar ilgari surilib, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator masalalar ko‘tarildi.
👍 Muloqot davomida fuqarolar so‘ngi yillarda mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va yaratilgan shart-sharoitlar natijasida hududda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganini alohida ta’kidladi. Tuman hokimi esa Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida, eng avvalo, inson manfaatlari va mahallalarni kompleks rivojlantirish masalasi turishini qayd etdi.
👍 Shuningdek, qabul davomida mahalla hududida jamoat transporti tizimini yanada takomillashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, obodonlashtirish ishlarini izchil tashkil etish kabi mahalla hayoti uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan yillar davomida yechim topmay kelayotgan ayrim muammolar ham ko‘rib chiqildi.
Repost from Rasmiy axborot
🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.
Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.❗️Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿 "Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari o‘rganildi
👍 Yangihayot tumani hokimining mahallalarda tashkil etilayotgan sayyor qabullari ko‘plab fuqarolarning muammolarini o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topish imkonini bermoqda.
👍 Xususan, kuni kecha tuman hokimi boshchiligida "Yangihayot" mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda hududda istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin fuqaroning murojaatlari o‘rganildi.
👍 Masalan, qabulda ishtirok etgan fuqarolardan biri bandlik masalasida murojaat qildi. Shunga ko‘ra, fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish orqali uning daromadini oshirish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi. Shuningdek, kontrakt to‘lovi masalasida ham fuqaroga zarur yo‘l-yo‘riqlar berildi.
⚡️ Bundan tashqari, yana bir fuqaroning hududda bolajonlar uchun sport maydonchasi qurish bo‘yicha taklifi ham o‘rganildi. Bu borada dasturlar asosida ishlar olib borilishi tashkil etilishi yuzasidan tushuntirish berildi.
👍 Shu bilan birga, qabul davomida bandlik, tibbiyot, infratuzilmani yaxshilash va boshqa masalalarga oid ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqildi.
🇺🇿 "Mahalladagi har bir o‘zgarish aholiga qulaylik yaratishi kerak." — Xayot Inogamov
👍 Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Yangihayot tumani hokimi an'anaga muvofiq erta tongdan mahallalar bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.
📍 Xususan, tuman hokimi "Tashabbus" mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari hamda mas'ullar bilan birgalikda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va samaradorligini o‘rgandi. Shuningdek, mahalla hududida aholi uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda xavfsiz muhit holati ko‘zdan kechirildi.
📌 Bundan tashqari, mahalla hududida "Obod mahalla" dasturi doirasida olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari ham o‘rganildi. Qurilish ishlari sifati va belgilangan muddatlarga qat'iy rioya etish, aholi uchun yanada qulay hamda xavfsiz sharoitlar yaratish, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
🇺🇿 Tuman hokimi "Tashabbus" mahallasida o‘rganish olib bordi
📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi an'anaga muvofiq erta tongdan mahallalar bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.
👍 Xususan, "Tashabbus" mahallasida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, ularning samaradorligi, shuningdek, mahalla hududida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsiz muhit o‘rganildi.
👍 Batafsil keyinroq
