ar
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

الذهاب إلى القناة على Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 752
المشتركون
-724 ساعات
-677 أيام
-1 71230 أيام
أرشيف المشاركات
Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta
Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. “Dolzarb 40 kunlik” doirasida shahardagi 2 ming kilometr ariq chiqindilardan tozalandi, 500 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi. Elektr ta’minotida muammo bo‘lgan 114 ta mahallada transformatorlar yangilanib, 443 tasi ta’mirlandi. 600 kilometr elektr tarmog‘i almashtirilib, 2,5 mingta yoritish ustuni soz holatga keltirildi. Noqonuniy iste’molning oldini olish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bir oyda poytaxtda 11 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 10 million kub metr tabiiy gaz tejaldi. Elektr va gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qariyb 1 foizga kamaytirishga erishildi. Mutasaddilarga noqonuniy qurilmalarni aniqlash, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash ishlarini tizimli davom ettirish topshirildi. Olmazor misolida ko‘rib chiqilgan vazifalar poytaxtning barcha tumanlariga birdek tegishli ekani qayd etildi. Yakunda poytaxt tumanlari hokimlari va boshqa rahbarlarning axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X

Mahallalarda kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta
Mahallalarda kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarini savdo va servis faoliyatiga moslashtirish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu bilan birga, Toshkent shahrida biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 100 million so‘mdan 200 million so‘mga oshiriladi. Olmazor tumanida ushbu imkoniyatlardan foydalanib, joriy yilning o‘zida 300 nafar yangi tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va 1 mingta ish o‘rni yaratish belgilandi. Mazkur tajribani poytaxtning boshqa tumanlariga ham kengaytirib, yil yakunigacha 20 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Miskin va Ibrohim ota mahallalari hududidagi 305 gektar sanoat zonasida 504 ta tadbirkorlik obyekti mavjud. Ularning aksariyati 1-2 qavatli binolarda joylashgani sababli hududning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Bu yerda ish o‘rinlarini hozirgi 35 mingtadan 100 mingtaga, eksport hajmini esa 600 million dollarga yetkazish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi. Tadbirkorlarga sanoat ipotekasi, kredit va lizing kabi qulay moliyaviy instrumentlarni taklif etib, sanoat hududida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan yangi loyihalar boshlanishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangi investitsiya va biznes loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari k
Yig‘ilishda davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangi investitsiya va biznes loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Birgina Olmazor tumanining o‘zida qiymati 100 milliard so‘m bo‘lgan 52 ta davlat obyekti savdoga chiqarilmoqda. Ularni tayyor biznes loyihalari bilan birga tadbirkorlarga taklif etish budjet tushumlari va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, aholining ko‘proq piyoda yurishi, sport bilan shug‘ullanishi va ochiq havoda dam olishi uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Qichqiriq mahallasida 2,5 kilometr soybo‘yi hududida ekosayilgoh va 12,5 kilometr piyodalar yo‘lagi tashkil etilgan. Bu aholi orasida ertalab badantarbiya qilish va kechqurun piyoda sayr qilish odatini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Poytaxtdagi kanal va katta ariqlar bo‘yini aholi uchun ochiq va xavfsiz sayr hududiga aylantirish taklif qilindi. Jumladan, Bo‘zsuv kanalining Shahidlar xotirasi xiyobonidan Chilonzor tumanigacha bo‘lgan qismida 20 kilometrlik uzluksiz piyodalar yo‘lagini tashkil qilish imkoniyati mavjud. Bu borada bir oy ichida alohida loyiha ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

Poytaxtning tarixiy qismi – Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi. Xorijiy kompaniyalarn
Poytaxtning tarixiy qismi – Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi. Xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar mazkur hududni rivojlantirish bo‘yicha yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilishda poytaxtdagi davlat idoralariga tegishli binolardan samarali foydalanish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Bugun Toshkentda umumiy maydoni 765 ming kvadrat metr bo‘lgan 497 ta ma’muriy bino mavjud. Davlat tashkilotlarini maqbul tarzda joylashtirish, bo‘sh va samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, servis, xususiy tibbiyot va ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi. Mas’ullarga davlat idoralari binolarini xatlovdan o‘tkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi. Facebook|Instagram|X

Olmazor tumanida mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi
Olmazor tumanida mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yil boshidan tumandagi 9 ta ko‘cha biznes, aholi va sayyohlar uchun jozibador hududga aylantirildi. Bu borada Qichqiriq mahallasidagi o‘zgarishlar yaxshi natija bergani qayd etildi. Ilgari infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan hududda qisqa vaqt ichida 450 o‘rinli bog‘cha, sport maydonchalari, sayilgoh, amfiteatr, piyodalar yo‘lagi va favvoralar barpo etildi. Natijada 5,5 ming nafar aholi uchun yashash va dam olish sharoiti sezilarli darajada yaxshilandi. Ushbu tajribani kengaytirib, Olmazorda yana 8 ta ko‘chada, poytaxtning qolgan 11 ta tumanida esa kamida 3-4 tadan ko‘chada shu kabi ishlar boshlanishi belgilandi. Toshkent shahridagi 100 ta ko‘chani kompleks yangilash uchun 1 trillion so‘m ajratilgan. Shuningdek, 400 ta mahallani “Qichqiriq” namunasi asosida obod qilish bo‘yicha 4 yillik, 10 trillion so‘mlik dastur ishlab chiqiladi. Har bir tumanda qaysi ko‘cha va mahallada, qachon va qanday o‘zgarish bo‘lishi aniq belgilab olinib, mahalliy kengashlarda muhokama qilinishi va aholiga ochiq e’lon qilinishi zarurligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda Toshkent shahrida investorlar bilan ishlash tizimi samaradorligi ham ko‘rib chiqildi. Joriy yilda poytaxtning 12
Yig‘ilishda Toshkent shahrida investorlar bilan ishlash tizimi samaradorligi ham ko‘rib chiqildi. Joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani bo‘yicha 9 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Biroq ayrim hududlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Investorlarning masalalarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qilish uchun alohida ish tizimi joriy etilishi belgilandi. Respublika va shahar darajasidagi mas’ullar har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkor va investorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini tezkor hal qiladi. Yuqori darajada yechim talab qiladigan masalalar bo‘yicha shu kunning o‘zida asoslangan takliflar tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Mazkur tartib yil oxiriga qadar alohida nazoratda ishlaydi. Kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshiri
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish avvalida bugungi murakkab sharoitda har bir tuman va mahallaning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, qo‘shimcha qiymat, investitsiya va yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirishga yangicha yondashish zarurligi ta’kidlandi. Poytaxt tumanlarining har biri o‘z salohiyatidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashishi lozimligi qayd etildi. Xususan, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarida Toshkentga kirib kelayotgan yuklarni saralash, qadoqlash, taqsimlash va yetkazib berishga ixtisoslashgan yirik logistika majmualarini tashkil etish uchun katta imkoniyat bor. Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarni ko‘paytirish orqali 2 milliard dollarlik kapital bozorini shakllantirish hamda 20-25 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi. Olmazor, Chilonzor va Uchtepada esa ta’lim, tibbiyot, savdo va servis sohalarida kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 15-20 mingta ish o‘rni yaratish salohiyati mavjud. Facebook|Instagram|X

Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi. — Ситуационный центр Студенческого городка представлен Президенту нашей страны. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz obod bo‘lgan Qichqiriq mahallasida bo‘ldi. — Президент нашей страны посетил благоустроенную махаллю Кичкирик. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Olmazordagi zamonaviy farmatsevtika korxonasi bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился с современным фармацевтическим предприятием в Алмазаре. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “RomPharm NS” dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasida boʻldi. — Презид
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “RomPharm NS” dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasida boʻldi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил предприятие по производству лекарственных средств «RomPharm NS» в Алмазарском районе. #Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #korxona Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi. — Глава нашего государства осмотрел ход строительства Национального музея Узбекистана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Yangihayot tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda 👍 Yangihayot tumanida yoshlarni ekstremizm va boshqa yot
+6
🇺🇿 Yangihayot tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda 👍 Yangihayot tumanida yoshlarni ekstremizm va boshqa yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. 👍 Xususan, bugun “Yangi Choshtepa” mahallasidagi 32-sonli umumta’lim maktabida tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi, tuman IIO FMB mas’ul xodimlari hamda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat yoxud ma’naviy tahdidlar — sog‘lom e’tiqod kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 📎 Tadbir davomida tinchlik ne’mati uchun shukronalik tuyg‘usi, yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, diniy-ekstremistik oqimlarning zararli targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarga nisbatan hushyor bo‘lish zarurligi haqida fikrlar bildirildi. 👍 Shuningdek, tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida ama
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с ходом строительства Национального музея Узбекистана и созидательной работой, проводимой в Алмазарском районе столицы. Глава нашего государства также проведет видеоселекторное совещание по изучению исполнения задач по повышению доходов населения на примере Алмазарского района. Facebook|Instagram|X

🇺🇿 Yangihayot tumanidagi ta’lim muassasalarida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat marka
+5
🇺🇿 Yangihayot tumanidagi ta’lim muassasalarida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 👍 Xususan,kuni kecha 2-sonli umumta’lim maktabida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i, tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Shukronalik” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 👍 Uchrashuvda mustaqillikning 35 yillik davrida yurtimizda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash haqida so‘z yuritildi. Nuroniylar esa o‘z hayot yo‘li va ko‘rgan-kechirganlari asosida yoshlarga hayotiy saboqlar derdi.

#OAVvaBiz 🇺🇿 Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumida aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar OAV nigohida “Toshkent” telekanali O’zbek tilida Rus tilida 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 11-sentabr, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli "Binokor" mahalla ahli! ⛓️ Hududda joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 11-sentabr soat 10:00 dan 17:
❗️ Hurmatli "Binokor" mahalla ahli! ⛓️ Hududda joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 11-sentabr soat 10:00 dan 17:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 📌 Sessiya kun tartibida “Tashabbusli budjet”
+9
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 📌 Sessiya kun tartibida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. 👍 Sessiya davomida Yangihayot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar, shuningdek, tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish borasida olib borilgan ishlar hamda “Soyali sayr ko‘chasi” barpo etish masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlari va tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi. 👍 Shuningdek, sessiyada Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish, tumanda tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.

❗️ Hurmatli “Yangi Choshtepa” mahalla ahli 📌 Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasidagi O‘zar ko‘chasida joylashgan y
❗️ Hurmatli “Yangi Choshtepa mahalla ahli 📌 Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasidagi O‘zar ko‘chasida joylashgan yer osti past bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi holati aniqlandi. ⛽️ Ayni paytda nosozlikni bartaraf etish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zar ko‘chasidagi 4 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi 224 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. ☺️ Mutaxassislar tomonidan avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 🛠 Nosozlik to‘liq bartaraf etilgach, aholi oldindan ogohlantirilgan holda tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.