ar
Feedback
Azizbek Mamatqulov

Azizbek Mamatqulov

الذهاب إلى القناة على Telegram

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
199
المشتركون
-124 ساعات
-17 أيام
-330 أيام
أرشيف المشاركات
Adabiy til va sheva

Quyosh va oy kabi samoviy jismlarni bildiruvchi birliklar deyarli barcha tillarda eng qadimgi leksik qatlamga mansub hisoblan
Quyosh va oy kabi samoviy jismlarni bildiruvchi birliklar deyarli barcha tillarda eng qadimgi leksik qatlamga mansub hisoblanadi. Vaqtni o‘lchashga oid tushunchalar esa, odatda, ana shu tabiiy hodisalarning kuzatilishi asosida ikkilamchi ravishda shakllanadi. Shuning uchun turkiy tillarda kun so‘zining dastlabki semantik yadrosi “quyosh” ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgani haqidagi fikr ilmiy jihatdan asosli. Qadimgi turkiy manbalarda kün shakli ham “quyosh”, ham “yorug‘ vaqt” ma’nolarida qo‘llangan. Taraqqiyot jarayonida “quyosh”, “yorug‘ davr” kabi ma’no kengayishi yuz bergan. Bu hodisa tilshunoslikda metonimik kengayish deb izohlanadi. Natijada kun so‘zi dastlab kunduzgi vaqtni anglatgan, uning antonimi esa tun bo‘lgan. Keyinchalik vaqtni aniqroq ajratish zarurati tug‘ilgach, “bir quyosh chiqishidan keyingisigacha bo‘lgan davr” ham kun deb atala boshlagan. Kunduz leksemasi esa kun + duz asosida yasalgan deb qaraladi. Garchi ularning etimologiyasi barcha tadqiqotchilar tomonidan bir xil talqin qilinmasa-da.

TILNING PAYDO BO'LISHI Tilning paydo bo‘lishi haqida o‘ylaganda, biz faqat “qachon” va “qanday” emas, balki yana bir muhim savolga duch kelamiz: barcha tillar aslida bitta ildizdan chiqqanmi yoki ular mustaqil ravishda paydo bo‘lganmi? Ilmiy qarashlar bu masalada yakdil emas. Ba’zi tilshunoslar “monogenez” g‘oyasini ilgari suradi — ya’ni insoniyatning ilk tili bitta bo‘lgan, keyinchalik u turli xalqlarga ajralib, bugungi minglab tillarga aylangan. Bu fikrni qo‘llab-quvvatlovchilar barcha tillarda uchraydigan umumiy xususiyatlarga e’tibor qaratadi: masalan, barcha tillarda ot va fe’l kabi asosiy kategoriyalar bor, gap tuzish ehtiyoji mavjud, va eng muhimi — cheklangan tovushlardan cheksiz ma’no yaratish qobiliyati mavjud. “Poligenez” nazariyasiga ko'ra til turli hududlarda mustaqil ravishda paydo bo‘lganini ta’kidlaydi. Ya’ni inson tafakkuri qayerda rivojlangan bo‘lsa, o‘sha yerda til ham alohida shakllangan. Bu fikr ham mantiqan asosli: axir insoniyat bir vaqtning o‘zida turli qit’alarda yashagan va ularning tajribasi, muhiti, hayot tarzi turlicha bo‘lgan. Agar inson bir markazdan chiqqan bo‘lsa, ehtimol uning ilk tili ham umumiy bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu til parchalanib, o‘zaro tushunilmaydigan darajada o‘zgarib ketgan. Bu yerda diniy qarashlar ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Masalan, diniy tushunchalarda insoniyat dastlab bir jamoa bo‘lgani, keyinchalik turli xalqlarga ajralgani ta’kidlanadi. Tilning xilma-xilligi esa insonlar o‘rtasidagi farqlanish va sinov sifatida talqin qilinadi. Dunyoviy va diniy qarashlar turlicha yo‘l bilan bir haqiqatga yaqinlashadi: til inson bilan birga shakllangan va uning ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Ilm tilni evolyutsiya natijasi desa, din uni ilohiy tartibning bir qismi sifatida ko‘radi. Ammo har ikkisi ham tilni insoniyatni birlashtiruvchi va ayni paytda ajratuvchi kuch sifatida tan oladi.

“Tarvuz” so‘zining kelib chiqishi til tarixining qiziqarli qatlamlarini ochib beradigan misollardan biridir. Bu atama uzoq ma
“Tarvuz” so‘zining kelib chiqishi til tarixining qiziqarli qatlamlarini ochib beradigan misollardan biridir. Bu atama uzoq madaniy va lingvistik aloqalar natijasida shakllangan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, uning ildizi qadimgi yunon tilidagi karpós — “meva” ma’nosini bildiruvchi so‘zga borib taqaladi. Ushbu birlik esa karpóō — “hosil bermoq, meva tug‘moq” fe’lidan kelib chiqqan. Demak, semantik jihatdan bu so‘zning markazida “hosildorlik” va “baraka” g‘oyasi yotadi. Keyinchalik bu leksik qatlam Vizantiya davridagi yunon muhitidan sharq tillariga o‘tadi va fors tilida xarbūza shaklini oladi. Ba'zi fikrlaga ko'ra so'z aslida kelib chiqishi forscha bo'lib, tarqalishi ham o'sha hududlarga to'g'ri keladi. Shundan so‘ng, so‘z yana kengroq geografiyaga tarqaladi. Bu esa qadimgi savdo yo‘llari, ayniqsa, Sharq va O‘rta Osiyo hududlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar kuchli bo‘lganini ko‘rsatadi. Insoniyat tajribasida oziq-ovqat nomlari ko‘pincha geografik chegaralardan tez o‘tadi.

ONA Turkiy tillarda “ona” tushunchasi nafaqat leksik birlik, balki qadimgi ijtimoiy ongning ajralmas qismi bo'lgan. O‘zbek tilida ona so‘zi me’yoriy birlik bo‘lsa-da, og‘zaki nutqda bu so‘zning faol emasligi e’tiborni tortadi. Ko‘plab hududlarda farzandlar onasiga oyi, aya, oya kabi shakllarda murojaat qiladi. Bu variantlar aslida bir so‘zning fonetik differensiallashuvi hisoblanadi. Mazkur so‘zlarning semantik tarixi ham qiziqarli. Uyg‘ur tilida äyä shakli “ona” ma’nosida ishlatiladi, no‘g‘ay tilida esa qisman “buvi” ma’nosida uchraydi. Bu esa qarindoshlik terminlarining semantik siljishi – ya’ni bir avlodni ifodalovchi so‘zning boshqa avlodga ko‘chishi hodisasini ko‘rsatadi. Bunday jarayon antropologik jihatdan ham tushuntiriladi: qadimgi jamiyatlarda katta ayol – oilaning bosh ayoli sifatida “ona”, “opa”, “buvi” tushunchalari keskin farqlanmagan. Qipchoq lahjasidagilar uchun "opa" yoki " ena" termini ona ma'nosini bergan. Ilmiy-falsafiy nuqtayi nazardan qaraganda, “ona”ni bildiruvchi so‘zlarning xilma-xilligi tilning biologik emas, balki ijtimoiy hodisa ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Inson bolasi eng yaqin shaxsni turlicha atashi mumkin, ammo mazmun o‘zgarmaydi. Til esa shu hissiy tajribani fonetik shakllarga soladi. Qizig‘i shundaki, “opa” va “ona” ma’nosidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘liqligi turkiy tillarda tasodifiy emas. Qadimgi oilaviy tuzumda katta opa ko‘pincha kichik farzandlarga ona vazifasini bajargan. Natijada “katta ayol” ma’nosidagi so‘zlar asta-sekin “ona” semasini ham o‘zlashtirgan.

Avstraliya til zonasidagi guugu yimithiri tili da “chap” va “o‘ng” degan grammatik tushunchalar yo‘q. Ular doimo yo‘nalishlar
Avstraliya til zonasidagi guugu yimithiri tili da “chap” va “o‘ng” degan grammatik tushunchalar yo‘q. Ular doimo yo‘nalishlarni kompas asosida aytadi: shimol, janub, sharq, g‘arb.  Bu shuni anglatadiki, bu tilda gapirish uchun odam doim qayerda ekanini bilib turishi kerak. Til tafakkurni “geografik ong”ga majbur qiladi. Amazonka hududidagi tuyuja tili esa yana ham g‘aroyib: har bir gapda ma’lumot manbayini ko‘rsatish grammatik jihatdan majburiy. Masalan, “U keldi” deyishning o‘zi yetarli emas. “U keldi — men ko‘rdim”, kabi. Afrika til zonasidagi yoruba tili da esa zamon qo‘shimchalari deyarli yo‘q. Vaqt kontekst orqali beriladi. “Men boraman” va “Men bordim” farqi ko‘pincha alohida grammatik shakl bilan emas, vaziyat bilan anglashiladi. Bu til vaqtni qat’iy chiziq emas, jarayon sifatida ko‘radi.

TILIMIZDAGI BARCHA BEGONA SO'ZLARDAN QUTULISH KERAKMI? Tilni begona so'zlardan tozalash kerakmi yoki uni erkin qo‘yib, tabiiy rivojiga yo‘l berish kerakmi? Bir qarashda, tilni tozalash milliy o‘zlikni himoya qilishdek ko‘rinadi. Shu bois ayrim jamiyatlarda begona unsurlarni chiqarib tashlash orqali “asl til”ni tiklashga intilish kuzatiladi. Biroq masalaga chuqurroq qaralsa, til hech qachon sof bo‘lmagan. Har bir til tarix davomida boshqa tillar bilan aloqada yashaydi, ulardan so‘z oladi, ularni qayta ishlaydi va o‘z tizimiga moslashtiradi. Tilni mutloq tozalashga urinish ma’lum ma’noda tarixni “qayta yozish”ga o‘xshaydi. Bu esa tilni to'la ma'noda yuqoridan turib to‘liq boshqarib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Bu masalaga ko'r-ko'rona yondoshuv hech samara bermagan va bermaydi ham. Tilni tozalash g‘oyasining yana bir qiziq jihati — bu estetik va psixologik omil bilan bog‘liq. Inson ongida “toza” va “begona” degan qarama-qarshilik mavjud. Shuning uchun ayrim so‘zlar “o‘zimizniki” deb iliq qabul qilinsa, boshqalari “yot”dek tuyuladi. Ammo bu hissiy baho ilmiy haqiqat bilan har doim ham mos kelmaydi. Chunki til — bu biologik organizm emas, balki ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning “tozaligi”ni aniq mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Natijada shunday xulosaga kelish mumkin: tilni tozalash mutlaq ma’noda amalga oshiriladigan jarayon emas, balki muvozanat masalasidir. Til o‘z tarixiy ildizlarini yo‘qotmasligi kerak va terminologik tizim tilning o'z qatlamida shakllantirish kerak. Eng muhim jihat — tilning funksionalligi, ya’ni u fikrni aniq, ravon va ta’sirchan ifoda eta olishidir. Shunday ekan, “toza til”dan ko‘ra “tilni rivojlantirish” tushunchasi ilmiy jihatdan ancha asosliroqdir. (Azizbek Mamatqulov)

DUNYODA TILLAR YO'QOLİB, YAGONA TIL HUKMRON BO'LADİMİ? Lingvistik va falsafiy nuqtayi nazardan qaraganda, yagona umumiy tilga yaqinlashuv jarayonlari mavjud bo‘lsa-da, butun insoniyatning mutlaq bitta tilga o‘tishi ehtimoli nihoyatda past. Avvalo, zamonaviy dunyoda kuchli integratsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Global aloqa, internet va migratsiya natijasida ayrim tillar, xususan, ingliz xalqaro muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Bu jarayon muloqotlararo til fenomeni bilan izohlanadi. Ya’ni turli tillarda so‘zlashuvchilar umumiy aloqa uchun bir tilni tanlaydi. Til tabiatan bo‘linishga moyil. Hududiy farqlar paydo bo‘ladi va ijtimoiy guruhlar o‘z nutqini shakllantiradi. Vaqt o‘tishi bilan yangi variantlar yuzaga keladi. Tarix shuni ko‘rsatadiki, hatto bir til keng hududga yoyilsa ham, u tez orada turli sheva va keyinchalik mustaqil tillarga ajraladi (masalan, lotindan roman tillarining ajralishi). Demak, tilni birlashtirishdan ko‘ra uni ajratish kuchi kuchliroq. Agar barcha tillar yo‘qolsa, dunyoni idrok etishning xilma-xilligi kamayadi, madaniy tafakkur soddalashadi. Til — bu xilma-xillikka intiluvchi hodisa. Tabiatda qanday mutlaq bir xillik mavjud bo‘lmasa, insoniyat tafakkurida ham mutlaq yagona shakl barqaror bo‘la olmaydi. Hatto sun’iy ravishda yagona til joriy qilinsa ham, vaqt o‘tishi bilan u ichidan yangi farqlar — lahja, sheva va variantlar paydo bo‘ladi. Bu esa tilning “tirik organizm” ekanini yana bir bor isbotlaydi.Xulosa qilib aytganda, insoniyat yagona aloqa tiliga ega bo‘lishi mumkin, lekin yagona tilga to‘liq o‘tishi deyarli imkonsiz.

Dunyoning ko‘plab tillarida egizak ma’nosini bildiruvchi so‘zlar “ikki” soni bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu holat tilning tasodifi
Dunyoning ko‘plab tillarida egizak ma’nosini bildiruvchi so‘zlar “ikki” soni bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu holat tilning tasodifiy hodisasi emas, balki inson tafakkurining oddiy va tabiiy mantiqidan kelib chiqadi: egizak — bu aslida bitta manbadan paydo bo‘lgan ikki mavjudot demakdir. Masalan, fors tilidagi doqolu (دوقلو) so‘zida du — “ikki” elementi aniq ko‘rinadi. Turkiy tillarda bu bog‘liqlik yanada yaqqol seziladi: qozoq va qirg‘iz tillarida egiz, tatar tilida igezek, ozarbayjon va turkman tillarida ekiz, turk tilida esa ikiz shakllari qo‘llanadi. Bu shakllarning barchasi qadimgi turkiy iki / ikiz ildizi bilan aloqador. O‘zbek tilidagi egizak so‘zi ham shu tarixiy ildizga borib taqaladi. Egiz shakliga -ak qo‘shimchasi qo‘shilib, hozirgi egizak shakli yuzaga kelgan. Shu tariqa so‘z nafaqat sonni, balki bir ildizdan chiqqan juftlik g‘oyasini ham ifodalaydi.

Ro‘mol so‘zi eski o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan kirib kelgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida va lahjalarda faol qo‘ll
Ro‘mol so‘zi eski o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan kirib kelgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida va lahjalarda faol qo‘llanadi. Qadimgi turkiy manbalarda va Devonu lugʻotit turkda bu so‘z uchramaydi. Keyingi davr manbalarida esa paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, Alisher Navoiy asarlarida ro‘ymol shaklida ishlatilgan. Fors-tojik tilida ro'mol dastlab to‘rt burchak matodan tikilgan bosh yopinchig‘i yoki yuz artadigan mato ma’nosini bildirgan. Hozirgi eroniy tillarda ham bu so‘z sochiq, ro‘mol ma’nolarida ishlatiladi. Etimologik jihatdan so‘z ro'y (yuz) va mālidan (artmoq, surmoq) unsurlaridan tuzilgan. Demak, uning dastlabki ma’nosi “yuzni artadigan mato” bo‘lgan. Keyinchalik ma’nosi kengayib, boshga bog‘lanadigan mato ma’nosini ham anglatadigan bo‘lib qolgan. Shu asosda dastro‘mol (“qo‘l va yuzni artadigan mato”) so‘zi ham shakllangan.

“Domla” — oddiy murojaatmi yoki ming yillik hurmat ramzi? Biz kundalik hayotda ustozlarga ko‘pincha “domla” deb murojaat qilamiz. Bu so‘z shu qadar odatiyki, uning ortida qanday tarix va ma’no yashiringanini ko‘p ham o‘ylab ko‘rmaymiz. Aslida esa bu kichik so‘z ichida til tarixi, madaniyat va ustozga bo‘lgan qadimiy ehtirom mujassam. So‘zning qadimgi shakli domulla bo‘lgan. Bu esa uning ikki qismdan tashkil topganini ko‘rsatadi: do + mulla. Do unsuri qadimgi turkiy til qatlamida katta, ulug‘ ma’nosini bildirgan ta so‘zi bilan bog‘liq. Til taraqqiyoti jarayonida ayrim hollarda so‘z boshidagi t tovushi d ga almashib, ta → da / do ko‘rinishiga o‘tgan. Ikkinchi qism — mulla. Bu so‘z arab tilidagi mavlā so‘ziga borib taqaladi. Arab tilida mavlā “sohib”, “homiy”, “ustoz”, “yo‘lboshchi” kabi ma’nolarni bildiradi. Shu ildizdan Mavlono — ya’ni “bizning murabbiyimiz, bizning yo‘lboshchimiz” degan ulug‘ unvon ham shakllangan. Vaqt o‘tishi bilan mavlā xalq talaffuzida mulla ko‘rinishini olgan va “ilm egasi, tarbiyachi, ustoz” ma’nosida mustahkamlangan. Natijada do + mulla birikmasi “katta ustoz”, “ulug‘ murabbiy” degan chuqur ma’noni anglatgan. Keyinchalik talaffuz soddalashib, domulla- domla shakli yuzaga kelgan.

Olovda pishirilgan go‘sht qadimdan turli xalqlarning sevimli taomi bo‘lib kelgan. Ammo bu taomni ifodalovchi so‘zlar turli ma
Olovda pishirilgan go‘sht qadimdan turli xalqlarning sevimli taomi bo‘lib kelgan. Ammo bu taomni ifodalovchi so‘zlar turli madaniyatlarning izini saqlab qolgan. Masalan, shashlik so‘zi aslida qadim turkiy ildizga borib taqaladi. Uning o‘zagi shish bo‘lib, “six”, ya’ni go‘sht teriladigan tayoqni anglatadi. -lik qo‘shimchasi esa “shunday narsa” ma’nosini beradi. Demak, dastlabki shakli shishlik — “sixda pishirilgan go‘sht” bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan fonetik o‘zgarishlar natijasida u shashlik ko‘rinishiga kelgan. Qrimtatar va tatar tillarida bu so‘z hanuz shishlik tarzida ishlatiladi. Kabob esa boshqa manbadan — fors tilidan kirgan so‘z bo‘lib, umumiy ma’noda “qovurilgan yoki olovda pishirilgan go‘sht”ni bildiradi. Shu sababli o‘zbek tilida tandir kabob, qozon kabob kabi birikmalar paydo bo‘lgan.

Miyamiz ichida yashirin “til zavodi” bor! Biz gapiramiz. Eshitamiz. Tushunamiz. Juda oddiydek, to‘g‘rimi? Aslida esa har bir
Miyamiz ichida yashirin “til zavodi” bor! Biz gapiramiz. Eshitamiz. Tushunamiz. Juda oddiydek, to‘g‘rimi? Aslida esa har bir jumla ortida butun boshli aqliy mexanizm ishlaydi.  Nega ba’zan tanish so‘z til uchiga kelib, chiqmay qoladi? Masalan, “qalam”ni ko‘rib turib: “Haligi… yozadigan narsa…” deymiz. Ma’no bor, lekin so‘z “yashirinib” qolgan. Bu — miyadagi so‘z ombori bilan ma’no ombori alohida ishlashini ko‘rsatadi. 2 yoshli bola: “Dada ketdi” deydi. U “Dada ishga ketdi” demaydi. Chunki u hali tilni qisqa va asosiy shaklda quradi. Bu xato emas — bu tilning tabiiy rivojlanish bosqichi.  Miya nafaqat so‘zlarni, balki ohang va vaziyatni ham hisobga oladi. Agar miyaning chap yarim shari shikastlansa, odam so‘zlarni unutishi mumkin. Bu hodisani XIX asrda Pol Broka va Karl Vernike o‘rgangan. Ular til markazlari borligini ilmiy isbotlagan. Til — bu oddiy gapirish emas. Bu ong, xotira, tafakkur va sezgi birlashgan mo‘jiza. Va eng qizig‘i — biz buni har kuni, o‘ylamasdan amalga oshiramiz.

Chukot tili — tilshunoslikda alohida fenomen sifatida qaraladi. Bu til oddiy muloqot vositasigina emas, balki dunyoni idrok e
Chukot tili — tilshunoslikda alohida fenomen sifatida qaraladi. Bu til oddiy muloqot vositasigina emas, balki dunyoni idrok etishning o‘ziga xos modeli hisoblanadi. Bir so‘z — bir olam Chukot tili polisintetik tuzilishga ega. Ya’ni gapdagi subyekt, obyekt, sifat, miqdor va hatto zamon birgina so‘z tarkibida ifodalanishi mumkin. Masalan, “Biz to‘rtta kuchli bug‘uni qo‘riqlayapmiz” degan fikr birgina murakkab so‘z orqali beriladi. Bu hodisa shunchaki grammatik ixchamlik emas — bu tafakkurning boshqacha tashkil etilgan shakli. Chukcha uchun “fikr” bo‘laklarga ajralib emas, bir butun holda namoyon bo‘ladi. Chukot tilida vulgarizm yo'q. Ular so'kinishsa ruscha so'zlarni ishlatadi. Yigirmalik tafakkur Chukotlarda sanoq tizimi 20 lik. “Bir kishi” — 20 barmoq. 40 — ikki kishi, 100 — besh kishi. Demak, hisoblash tizimi ham antropologik asosga ega. Inson tanasi — matematika manbayi. Bu tilning uzoq vaqt izolyatsiyada bo'lganidan darak.

Til — qadriyat

O'ZBEK TİLİNİ SEVİSH YETARLİMİ? Biz ko‘pincha “tilimiz jonimiz”, “ona tilim faxrim” deymiz. Bu juda yaxshi. Ammo savol boshqa: til faqat qalbimizdami yoki hayotimizning barcha sohalaridami? Agar til uyda gaplashilsa, lekin ilm boshqa tilda bo‘lsa, biznes boshqa tilda yuritilsa, texnologiya boshqa tilda ishlasa, unda muhabbat yetmaydi. Tilning kuchi — uning institutsional faolligida. Odamlar qaysi til orqali muvaffaqiyatga erishishni ko‘rsa, o‘sha tilga intiladi. Ota-ona farzandiga qaysi tilni ko‘proq o‘rgatadi? Kelajak ochadigan tilni. Tilning barqarorligi esa uning funksional kengligiga bog‘liq. U ilmiy maqolada, media va internetda faolmi? Masalan, lotin tili Rim qulagach ham yashab qoldi. Nega? Chunki u cherkov va universitet tiliga aylandi, ya’ni yuqori sohalarni ushlab turdi. Sevgi emas, institutlar saqlab qoldi. Demak, tilni sevish muhim. Ammo yetarli emas.Tilni saqlamoqchi bo‘lsak, uni ilmga olib kirish, texnologiyaga olib kirish, iqtisodga olib kirish, kundalik va professional hayotga singdirish kerak. Til shior bilan emas, ishlatish bilan yashaydi.

Papua-Yangi Gvineya — dunyodagi eng ko‘p til mavjud bo‘lgan hududlardan biri. Bu yerda 850 dan ortiq til mavjud, ya’ni har 10
Papua-Yangi Gvineya — dunyodagi eng ko‘p til mavjud bo‘lgan hududlardan biri. Bu yerda 850 dan ortiq til mavjud, ya’ni har 1000 kishiga taxminan 1 til to‘g‘ri keladi. Nega bu shunday bo‘lgan? Sababi Papua-Yangi Gvineya tog‘li, qiyin hudud va kichik jamoalarga bo‘lingan, har bir qabila o‘z nutqi va madaniy tajribasini mustaqil rivojlantirgan. Migratsiya deyarli yo'q. Lingvistik nuqtayi nazardan, bu tillar xilma-xillikka ega. Ba’zilari faqat yuzlab so‘zlardan iborat, ba’zilari murakkab grammatik tizim bilan ajralib turadi. Ko‘pchilik tillar og‘zaki, yozma shakli yo‘q, shuning uchun ularning madaniy xotirasi og‘zaki rivoyatlarda saqlanadi. Har bir qabila til orqali o‘z dunyoqarashini, urf-odatlarini va tabiat bilan munosabatini aks ettiradi.Tarixiy nuqtayi nazardan, bu tillar ko‘p yuz yillar davomida cheklangan hududlarda rivojlangan. Mahalliy aholining o'zaro etnokontaktologik aloqalarining kuchli darajada bo'lmaganligi va markaziy siyosiy kuch vujudga kelmaganligi ana shunday til makonini vujudga keltirgan.

“Gilos” so‘zi bir o'zbek tilida faol so'zlar qatoridadir, ammo uning ortida ko‘p asrlik til va madaniyatlararo aloqalar yashi
“Gilos” so‘zi bir o'zbek tilida faol so'zlar qatoridadir, ammo uning ortida ko‘p asrlik til va madaniyatlararo aloqalar yashirin. O‘zbek tilidagi gilos shakli bevosita turkiy emas, balki fors tilidagi gilās orqali kirgan. Forschaga esa bu so‘z arab tilidan o‘tgan. Arab tilidagi shakllar (karaz/kiraz) esa qadimgi yunoncha kérasos  so‘ziga borib taqaladi. Bu yunoncha nom Qora dengiz bo‘yidagi Giresun shahrining qadimgi nomi — Kerasous bilan bog‘liq. Rivoyatlarga ko‘ra, rimliklar aynan shu hududdan gilosni tanib, uni O‘rta yer dengizi va Yevropaga yoygan. Lotin tilida Cerasus shakli paydo bo‘lgan, undan esa ko‘plab Yevropa tillaridagi atamalar (masalan, inglizcha cherry, fransuzcha cerise) kelib chiqqan.

Soʻzlashuvda odamlar stakanni istakan deyishi bejiz emas. Chunki soʻz boshida ikki undoshning yonma-yon kelishi oʻzbek tiliga
+1
Soʻzlashuvda odamlar stakanni istakan deyishi bejiz emas. Chunki soʻz boshida ikki undoshning yonma-yon kelishi oʻzbek tiliga xos emas. Stakan rus tili taʼsirida shunday koʻrinish olgan xolos. Eski oʻzbek tilida, yaʼni chigʻatoychada toʻstugʻon, tustigʻon, toʻstugʻan shaklida qoʻllangan bu soʻz ruschada tovush oʻzgarishlariga uchragan: dostokanʼ > stokan > stakan. “Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati” toʻstugʻon va tustigʻon soʻzini qimiz quyib ichiladigan idish; yogʻoch kosa deb izohlagan. Baxtiyor Abdushukurov