Nilufar Matkarimova | Rasmiy
الذهاب إلى القناة على Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 757
المشتركون
+1 78224 ساعات
+1 6637 أيام
+3 46630 أيام
أرشيف المشاركات
📢 XIV Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz!
Ibn Sino jamoat fondi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida 2026-yil 14–16-avgust kunlari Buxoro shahrida "Abu Ali ibn Sino: zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati – innovatsiya va investitsiya" mavzusida XIV Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi. Anjumanda O‘zbekiston va xorijning yetakchi olimlari, mutaxassislari hamda tadqiqotchilari ishtirok etadi.
✅Asosiy yo‘nalishlar: 1. Abu Ali ibn Sino merosining Fan va Sivilizatsiya rivojidagi orni. 2. Abu Ali ibn Sino merosining zamonaviy tibbiyot rivojidagi orni. 3. Ibn Sino talimotining xalq tabobati rivojidagi o`rni. 4. Zamonaviy farmatsevtika rivojida Ibn Sino talimoti. 5. Tibbiyot – Tabobat – Innovatsiyalar – Sun’iy intellekt Konferensiyada ishtirok etish turlari: 1. Ilmiy tezis va maqolalarni nashr etish 2. Tezislar va maqolalarni nashr etish + maruza📝 Tezis va maqolalar 2026-yil 25-iyul soat 16:00 gacha qabul qilinadi. Konferensiya materiallari ilmiy to‘plam shaklida nashr etiladi. 📧 Tezis va maqolalarni yuborish: avicennafoundation@yandex.com 🌐 Konferensiya dasturi va qabul qilingan ilmiy ishlar: www.ibn-sino.uz 📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: ibnsino2013@yandex.com ☎️ (+998 71) 268-08-97 Barcha olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va izlanuvchilarni ushbu nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik va oqova suv xizmatlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам дальнейшего улучшения услуг питьевого водоснабжения и канализации.
#Mirziyoyev #taqdimot #suvtaminoti #ichimliksuvi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📍 Toshkent shahri | 20-iyul 2026-yil
Bugun Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi Nozimxon Mahmudov hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi mas’ullari bilan samarali uchrashuv oʻtkazdik.
Uchrashuv davomida 2026-yil 14–16-avgust kunlari Buxoro shahrida boʻlib oʻtadigan “Abu Ali ibn Sino: zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati – innovatsiyalar va investitsiyalar” mavzusidagi an’anaviy XIV Xalqaro Ibn Sino oʻqishlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Xususan, partiya rahbariyati va mutaxassislarining mazkur nufuzli xalqaro anjumanda ilmiy maqolalar, ma’ruzalar hamda ko‘rgazmalar bilan ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Ibn Sino jamoat fondi va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirildi. Mazkur hamkorlik doirasida:
🔹 “Ekologiya va salomatlik” yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
🔹 aholi oʻrtasida tibbiy va ekologik madaniyatni rivojlantirish;
🔹 Ibn Sino merosi, ekologiya va dolzarb ijtimoiy mavzularga oid media resurslar tayyorlash;
🔹 yoshlar oʻrtasida keng qamrovli ma’rifiy hamda targʻibot ishlarini birgalikda olib borish masalalari muhokama qilindi.
Ishonamanki, ushbu hamkorlik sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlarning ilm-fan va ma’rifatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga munosib hissa qoʻshadi.
+5
Shaharsozlik talablarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Dastlab, shaharsozlik sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirish va urbanizatsiya jarayonlarining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan loyihasi ko‘rib chiqildi.
#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
#gender_statistika
Xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, ularning davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi jarayonlaridagi ishtiroki ham izchil kengaymoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017-yildagi 27 foizdan hozirgi kunda 35 foizga yetgan.
Mahalliy vakillik organlarida ayollar ulushi 16 foizni, Qonunchilik palatasida 17,5 foizni, Senatda esa 15 foizni tashkil etadi; sud organlarida bu ko‘rsatkich 22,7 foizga teng.
Telegram | Instagram | Facebook
Xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish — islohotlarning muhim bo'g‘ini
Bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar xotin-qizlar hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/884
#gender_statistika
Oliy ta'lim tizimida xotin-qizlar ulushi ortib bormoqda!
2025/2026-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 1,535 mln talabaning 782,9 ming nafari xotin-qizlarni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich xotin-qizlarning ilm-fan va ta'limdagi faolligi izchil ortib borayotganidan dalolat beradi.
Telegram | Instagram | Facebook
Xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, ularning davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi jarayonlaridagi ishtiroki ham izchil kengaymoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017-yildagi 27 foizdan hozirgi kunda 35 foizga yetgan.
Mahalliy vakillik organlarida ayollar ulushi 16 foizni, Qonunchilik palatasida 17,5 foizni, Senatda esa 15 foizni tashkil etadi; sud organlarida bu ko‘rsatkich 22,7 foizga teng.
#gender_statistika
🌿 Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash – amaliy natijalarda!
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy va siyosiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar xalqaro maydonda ham e'tirof etilmoqda.
📊 Muhim indeks ko'rsatkichlar:
• "Parlamentdagi ayollar" reytingida +92 pog‘ona – 36-o‘rin;
• "Gender tenglik va boshqaruv" indeksida 103-o‘rindan 52-o‘ringa;
• Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonun" indeksida +43 pog‘ona – 48-o‘rin.
Bu ko‘rsatkichlar Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlarning yaqqol natijasidir.
+6
#Zakovat
2026-yil 16-iyul kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining "Xotin-qizlar bilan ishlash" bo‘limi tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida "Zakovatli ayol – yashil taraqqiyot tayanchi" mavzusida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuv xotin-qizlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ekologik tafakkur va madaniyatni rivojlantirish, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, jamoaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.
Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi xodimlari, "Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi, "Yoshlar qanoti" faollari hamda ekolog faol fuqarolardan iborat 24 nafar ishtirokchi 4 ta jamoa tarkibida o‘z bilim va intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🌱 Bilimli va intellektual salohiyatga ega xotin-qizlar — yashil taraqqiyotning mustahkam tayanchidir!
#Sarhisob
2026-yilning birinchi yarmida qonun ijodkorligini yanada takomillashtirish, ekologik xavfsizlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, saylovchilar bilan ochiq muloqotni kengaytirish va hududlardagi tizimli muammolarga yechim topishda partiyamiz fraksiyasi qator natijalarga erishdi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Ilm-fanda ayollar
So'nggi yetti yil ichida 5 ming 247 nafar xotin-qizlar fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo'lga kiritgan.
Faqatgina 2023-yilning o'zida 147 nafar xotin-qiz fan doktori, 1 ming 238 nafari esa falsafa doktori unvoniga sazovor bo'lgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan sohasida jami 5 mingga yaqin olima faoliyat yuritayotgan bo'lsa, oliygohlarda 14 mingdan ziyod xotin-qiz pedagogika va ilmiy-tadqiqot yo'nalishida mehnat qilmoqda.
#tadqiqotchilar_uchun #foydali
Q1, Q2, Q3, Q4 degani nima?
Ko‘pchilik jurnal tanlayotganda “Q1 jurnal”, “Q2 jurnal” degan gaplarni eshitadi. Bu kvartil deb ataladi. U jurnalning o‘z sohasidagi nisbiy o‘rnini ko‘rsatadi.
Q1 — sohasidagi eng yuqori guruhdagi jurnallar;
Q2 — yaxshi darajadagi jurnallar;
Q3 va Q4 — pastroq guruhlar.
Buni ko‘rish uchun eng qulay manbalardan biri — SCImago Journal Rank.
Lekin esda tuting: faqat kvartilga qarab maqola yuborilmaydi. Jurnal mavzungizga mosmi, taqriz tizimi bormi, nashr talablari qanday — bular ham muhim.
Eng yaxshi jurnal — eng baland reytingli emas, sizning maqolangizga eng mos va ishonchli jurnal.
ORCID — olimning xalqaro ID raqami
Dunyoda bir xil ism-familiyali olimlar juda ko‘p. Shuning uchun xalqaro ilmiy maydonda muallifni aniq tanish uchun ORCID kerak bo‘ladi.
ORCID — olimning raqamli identifikatori. U maqolalar, loyihalar, grantlar va ilmiy faoliyatni bitta profilga bog‘lashga yordam beradi. Bu ayniqsa yosh tadqiqotchilar uchun muhim. Chunki bugun yozilgan maqola ertaga xalqaro ilmiy profilingizning bir qismiga aylanadi.
ORCID ochish qiyin emas. Lekin uni yuritish ilmiy madaniyat belgisidir. Olimning ismi maqolada qoladi. ORCID esa uni dunyo ilmiy xaritasida ko‘rsatadi.
🌿 Oʻzbekiston Respublikasining Ekologik kodeksi shakllantirilmoqda!
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish maqsadida Ekologik kodeks ishlab chiqilmoqda.
♻️ Kodeksda: - iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish; - issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish; chiqindilarni samarali boshqarish; - biologik xilma-xillikni saqlash; -ekologik baholash va monitoring tizimini takomillashtirish kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olinmoqda.🌍 Ekologik kodeksning shakllantirilishi mamlakatimizning yashil taraqqiyot va barqaror kelajak sari qo‘yayotgan muhim qadamlaridan biridir.
Repost from Oliy Majlis Senati
+6
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yosh ekologlar xalqaro sammitda dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi
____________
Молодые экологи выдвинули актуальные инициативы в ходе международного саммита
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X | Threads | Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
#ZAKOVAT
Aziz opa-singillar!
📅 16-iyul kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy Kengashi binosida xotin-qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Bu nafaqat bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, balki yanada oshirish uchun qulay imkoniyatdir.
⚠️ Shoshiling, joylar soni cheklangan!
Ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔗 LINK
🎁 Sizni qiziqarli bahslar, unutilmas lahzalar va maxsus sovg‘alar kutmoqda!
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🖥 2026-yil 15-iyuldan mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlanadi.
Mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) uchun nimalar talab etiladi? Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirishni rejalashtirayotganlar uchun asosiy talablar: 🎓 PhD (mustaqil izlanuvchilik) ✔️ Magistr diplomi ✔️ Kamida 1 ta ilmiy maqola ✔️Tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis ✔️ Suhbat 🎓 DSc (mustaqil izlanuvchilik) ✔️ PhD (yoki unga tenglashtirilgan) diplomi ✔️ Ilmiy daraja olgandan so‘ng kamida 3 ta ilmiy maqola ✔️ Ilmiy daraja olgandan so‘ng tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis ✔️ Suhbat ✔️Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasiEslatma: Hujjatlarning bir qismi davlat axborot tizimlari orqali avtomatik olinadi, qolganlarini esa belgilangan tartibda yuklash talab etiladi.
