ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Ilm nuri

Ilm nuri

الذهاب إلى القناة على Telegram

📚 Ilm — qalb ziyosi. 🌿 Qur’on | Hadis | Savol-javob | Nasihat 🤍 Foydali ilmni birga o‘rganamiz.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
156
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-77 أيام
-1830 أيام
أرشيف المشاركات
11:11 o'clock ⏰

🌟 KALIMA — QALBNING NURI «La ilaha illalloh» — bu shunchaki til bilan aytiladigan so‘z emas, balki qalbning iymonini ifoda etuvchi buyuk kalimadir. 🌟 Kalima qalbni poklaydi 🌟 Ko‘ngilga xotirjamlik beradi 🌟 Allohni yod etishga sabab bo‘ladi 🌟 Bandani tavhidga chorlaydi “La ilaha illalloh” — dunyodagi eng buyuk haqiqat va eng ulug‘ kalimadir. Qalbingizni zikr bilan tirik tuting. Tilimiz doimo “La ilaha illalloh” bilan nam bo‘lsin. 🌱🌙

Masha Allah hayrli ish boshlanibdi ilm egalari uchun mukofot bor ekan😇

Reaksiya tekin ekan a💥

📚 Qo‘shimcha — BUGUNGI ILM 💡 Bilarmidingiz?
Asharai mubashshara — Rasululloh ﷺ hayotlik vaqtlarida jannat bashorati berilgan o‘n sahobaga aytiladi. Ular orasida Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Talha, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Sa’id ibn Zayd va Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhum bor.

🌙 Qalbga Nasihat 🌸 HAMMA NARSANI NAZORAT QILISHGA URINMANG
Ba’zi narsalar sizning qo‘lingizda emas. Odamlarning fikri — sizning qo‘lingizda emas. Kelajak — sizning qo‘lingizda emas. Boshqalarning qalbi — sizning qo‘lingizda emas.
Ammo niyatingiz, harakatingiz va Allohga bo‘lgan tavakkulingiz sizning qo‘lingizda. 🤲 Qo‘lingizdan kelganini qiling, qolganini Allohga topshiring. «Alloh menga kifoya, U qanday yaxshi vakildir».

🌱 QUR’ON OYATI + QISQA TAFSIR > إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ «Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir». 📖 Baqara surasi, 153-oyat.
🪴Sabr — faqat qiyinchilikka chidash emas. Sabr — gunohdan tiyilishda, ibodatda davom etishda va sinov paytida Allohdan umid uzmaslikda ham namoyon bo‘ladi.
🌷 Sinov og‘ir bo‘lishi mumkin, ammo Allohning yordami undan ham yaqin.

11:11 o'clock ⏰

11:11 o'clock ⏰

✨ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh 🦋 Kuningiz xayrli, qalbingiz xotirjam va rizqingiz barakali bo‘lsin 🌱
✨ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh 🦋 Kuningiz xayrli, qalbingiz xotirjam va rizqingiz barakali bo‘lsin 🌱

01;01

🤩 Vaqtni to‘g‘ri sarflash Vaqt — inson uchun berilgan eng qimmat ne’matlardan biridir. O‘tgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir kunimizni foydali ishlar bilan o‘tkazishga harakat qilaylik. 📖 Ilm olishga vaqt ajrataylik 🕌 Namoz va zikrni unutmaylik 🩷 Ota-onamizga yaxshilik qilishga shoshilaylik ✉️ Yaxshi insonlarga yaxshilik qilishni ko‘paytiraylik Bugun qo‘limizdagi vaqt — ertaga bizga berilmasligi mumkin. Vaqtni qadrlagan inson hayotini ham qadrlagan bo‘ladi. ✨

11:11 o'clock ⏰

✨ Sakinat Qalbga eng go‘zal xotirjamlik — Allohni eslash bilan keladi. Inson hamma narsani o‘zi hal qila olmasligini anglab, ishlarini Allohga topshirsa, qalbi taskin topadi. 🤩 📖 “Ogoh bo‘lingizkim, qalblar faqat Allohning zikri bilan orom olur.” (Ra’d surasi, 28-oyat) Alloh qalblarimizga sakinat, hayotimizga baraka va qalbimizga go‘zal sabr ato etsin. 🌱

14:14

Hayo haqida ekan maʼruza

11:11 o'clock ⏰

🌱 Juma Mubarak! Alloh bugungi muborak kunni barchamiz uchun xayrli va barakali qilsin. Qalblarimizga xotirjamlik, uylarimizga fayz-u baraka bersin. 🌱 Barcha ezgu niyatlarimizni ijobat qilib, gunohlarimizni mag‘firat aylasin. Juma kunimiz rahmat va barakalarga to‘la bo‘lsin. 🤩 Jumangiz muborak bo‘lsin! 📖