A.Halikov │Yangi Davr
الذهاب إلى القناة على Telegram
Bu guruh tez boyish yoki "signal ovlash" uchun emas. Bu yerda biz: • Xavfsiz va professional treydingni o'rganamiz. • Fundamental va statistik yondashuv asosida. https://telegra.ph/Xavf-haqida-ogohlantirish-07-19
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
9 144
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
Assalomu alaykum!
Barchangizga ajoyib dam olish kunlari tilaymiz! 😊
Dam olish kunlarini foydali o'tkazish uchun sizlar uchun yangi ta'limiy postlar seriyasini tayyorladik.
XAUUSD M1 skalping: matematika sizga qarshi
Ko‘pchilik XAUUSD ni M1 grafikda savdo qilish eng tez pul ishlash usuli deb hisoblaydi. Ammo tez-tez savdo qilish har doim ham ko‘proq daromad degani emas.
Keyingi 10 ta post davomida M1 skalpingning yashirin tomonlari, uning matematikasi, xarajatlari va uzoq muddatli natijalari haqida sodda tilda bosqichma-bosqich gaplashamiz.
Hech bir filtr 100% natija bermaydi. Ammo bir nechta filtrni birgalikda qo'llash noto'g'ri kompaniyalarni saralab tashlash imkonini sezilarli darajada oshiradi.
Professional investorlarning maqsadi har bir aksiyani topish emas, balki eng sifatli imkoniyatlarni tanlab, riskni kamaytirishdir. Aynan shu 6 ta filtr ham shunday tizimli yondashuvni shakllantirishga yordam beradi.
#SNDK
Long (bozor ochilganda sotib olinadi)
SanDisk Corporation (SNDK) — raqamli xotira kartalari va flash-xotiraga asoslangan saqlash qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha tarixiy yetakchi brend. Kompaniya ma'lumotlarni saqlash texnologiyalari va yuqori unumdorlikdagi xotira yechimlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan.
TP1: 1,942.41
TP2: 2,314.50
Balansning 4-5% ga spotda sotib olinadi.
Fundamental sabab: Ma'lumotlar markazlari va iste'molchilar elektronikasida yuqori sig‘imli flash-xotiraga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, xotira texnologiyalari bozoridagi umumiy narx konyunkturasining ijobiy dinamikasi kompaniya rentabelligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tehnik sabab: Linya yorilishi
Xavf haqida ogohlantirish
💳 AMANA.APP'DA DEPOZITNI QANDAY TO'LDIRISH MUMKIN?
Hisob ochganingizdan so'ng keyingi qadam - hisobingizni to'ldirish.
AMANA ilovasida depozit qilish juda oddiy va atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.
Quyidagi bosqichlarni bajaring:
1️⃣ Profile bo'limiga kiring
Hisobingizga kirgandan so'ng Profile bo'limini oching va Deposit tugmasini bosing.
2️⃣ To'lov usulini tanlang
O'zingizga qulay usulni tanlang:
💳 Bank kartasi
🏦 Bank o'tkazmasi
💼 Elektron hamyonlar
So'ng depozit qilmoqchi bo'lgan summani kiriting.
3️⃣ Depozitni tasdiqlang
Ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling va to'lovni yakunlang.
4️⃣ 6 000 USD gacha depozit
Yangi hisoblarda dastlab 6 000 AQSH dollarigacha depozit qilish mumkin.
Agar bundan ko'proq mablag' kiritmoqchi bo'lsangiz, avval qo'shimcha verifikatsiyadan o'tishingiz talab qilinadi. Bu haqda keyingi qo'llanmada batafsil ko'rsatamiz.
🎉 Shundan so'ng mablag'ingiz hisobingizga tushadi va siz investitsiya yoki savdoni boshlashingiz mumkin.
📌Eslatma: Xavfsizlik qoidalariga ko'ra, mablag' faqat o'zingizga tegishli bank kartasi yoki hisobidan kiritilishi tavsiya etiladi.
Keyingi postda qo'shimcha verifikatsiyadan qanday o'tish va depozit limitini oshirish bo'yicha bosqichma-bosqich qo'llanmani ulashamiz. 🚀
Bozor siz kutgan tomonga emas, qarama-qarshi harakat qilishi mumkin.
Shunday vaziyatda broker qo‘shimcha mablag‘ talab qilishi yoki pozitsiyangizni sizning roziligingizsiz yopishi mumkin.
Tarix shuni ko‘rsatadiki, deyarli har bir yirik moliyaviy inqirozda ortiqcha leverage muhim omillardan biri bo‘lgan.
Texnologiyalar o‘zgaradi, lekin riskni boshqarmaslik oqibatlari o‘zgarmaydi.
🚨 SpaceX aksiyalari keskin pasaydi
SpaceX IPO’dan keyingi eng yuqori qiymatidan qariyb $1 trillion bozor kapitalizatsiyasini yo‘qotdi. Kompaniya aksiyalari esa IPO narxidan ham pastga tushib ketdi.
Pasayishga bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda: kompaniyaning juda yuqori baholangani, AI loyihalariga rejalashtirilgan katta xarajatlar, qisqa muddatli qarzlarni qayta moliyalashtirish bo‘yicha xavotirlar va short sotuvchilarning faollashuvi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bozorda erkin savdo qilinayotgan aksiyalarning katta qismi short pozitsiyalar uchun qarzga olingan. Narx tushishi natijasida short sotuvchilar milliardlab dollar miqdorida qog‘oz foyda ko‘rgan.
Muhim jihat: SpaceX 1 trillion dollar real pul yo‘qotgani yo‘q. Bu kompaniyaning bozordagi umumiy bahosi pasayganini anglatadi.
#DHR
Long
Danaher Corporation (DHR) — hayot haqidagi fanlar (life sciences) va diagnostika sohasida dunyodagi yetakchi texnologik kompaniyalardan biri. Kompaniya biotexnologiya, laboratoriya uskunalari va tibbiy diagnostika yechimlarini ishlab chiqish hamda yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Danaher o‘zining "Danaher Business System" (DBS) operatsion modeli bilan mashhur bo‘lib, u doimiy takomillashtirish va samaradorlikni ta'minlaydi.
TP1: 213.00
TP2: 228.58
Balansning 4-5% ga spotda sotib olinadi.
Tehnik sabab: Linya yorilishi
Xavf haqida ogohlantirish
#BMY
Long (bozor ochilganda sotib olinadi)
Bristol-Myers Squibb Company (BMY) — dunyodagi yirik biopharmaceutical (biofarmatsevtika) kompaniyalaridan biri bo‘lib, onkologiya, immunologiya, yurak-qon tomir kasalliklari va nevrologiya yo‘nalishlarida innovatsion dori vositalarini tadqiq qilish, ishlab chiqish va tijoratlashtirish bilan shug‘ullanadi.
TP1: 69.48
TP2: 78.39
Balansning 4-5% ga spotda sotib olinadi.
Fundamental sabab: Kompaniyaning yangi avlod onkologiya va immunologiya dori vositalari portfelining kengayishi hamda patent muddatlari tugayotgan eski mahsulotlar o‘rnini bosuvchi yangi mahsulotlar savdosining o‘sishi kelgusidagi moliyaviy barqarorlikni ta'minlaydi.
Tehnik sabab: Linya yorilishi
Xavf haqida ogohlantirish
Aksiya narxi uzoq muddatda kompaniyaning foydasiga ergashadi.
Agar foyda muntazam o'sayotgan bo'lsa, biznes rivojlanmoqda degani. Shu sababli investorlar kelajakdagi foyda o'sish sur'atiga katta e'tibor berishadi. Bu kompaniyaning kelajak salohiyatini baholashda muhim omillardan biridir.
📹 Apple (AAPL) uchun DCF natijasi tayyor!
Bu safar dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri - Apple'ni DCF modeli yordamida baholadik.
📊 Hisob-kitob natijasiga ko'ra:
💰 Fair Value: $204.47
📈 Joriy narx: $324.85
Natijaga ko'ra, Apple aksiyasi hozirgi narxiga nisbatan taxminan 37% qimmat (Overvalued) bo'lib chiqdi.
Lekin bu "Apple aksiyasi albatta tushadi" degani emas.
📌 DCF modeli kompaniyaning kelajakdagi pul oqimlari, o'sish sur'ati va diskont stavkasi asosida adolatli qiymatni hisoblaydi.
Agar kelajakdagi o'sish biz kutganimizdan yuqori bo'lsa, Fair Value ham oshadi. Aksincha, o'sish sekinlashsa, baholash pasayadi.
Shuning uchun DCF natijasi bozor narxini emas, balki kiritilgan raqamlar asosidagi nazariy qiymatni ko'rsatadi.
📈 Hozirgacha natijalar:
🟢 NVIDIA — juda optimistik parametrlar sabab juda yuqori Fair Value chiqdi.
🔴 Apple — tanlangan parametrlar asosida hozirgi narxidan qimmatroq baholandi.
🚀 Keyingi postda yana bir TOP kompaniyani DCF modeli orqali tahlil qilamiz va uning Undervalued yoki Overvalued ekanini birgalikda ko'ramiz.
5️⃣
Qisqa muddatda omad siz tomonda bo‘lishi mumkin.
Lekin savdolar soni oshgani sari tasodifning ta'siri kamayadi va yakuniy natijani matematika belgilay boshlaydi.
#META
Long
Meta Platforms, Inc. (META) — ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, WhatsApp) va raqamli reklama sohasidagi global texnologiya giganti. Kompaniya hozirda sun'iy intellekt (AI) infratuzilmasiga, jumladan, o‘zining maxsus AI chiplarini ishlab chiqarish va bulutli hisoblash quvvatlarini kengaytirishga katta sarmoya kiritmoqda.
Balansning 4-5% ga spotda sotib olinadi.
Tehnik sabab: Uchburchak modeli
Xavf haqida ogohlantirish
📊 DCF (Discounted Cash Flow) nima? Uni qanday hisoblashadi?
Oldingi postlarda Fair Value haqida gaplashgandik. Endi esa professional investorlar eng ko‘p foydalanadigan usullardan biri - DCF (Discounted Cash Flow) modelini sodda tilda tushuntiramiz.
Tasavvur qiling, siz biznes sotib olmoqchisiz.
Sizni bitta savol qiziqtiradi:
"Bu kompaniya kelajakda menga qancha pul ishlab beradi?"
DCF aynan shu savolga javob beradi.
Lekin bir muhim qoida bor.
💵 Bugungi $100 va 5 yildan keyingi $100 bir xil qiymatga ega emas.
Chunki bugungi pulni investitsiya qilib daromad olish mumkin. Shuning uchun kelajakdagi pulning bugungi qiymatini hisoblash kerak. Bu jarayon discounting (diskontlash) deb ataladi.
DCF qanday ishlaydi?
1️⃣ Avval kompaniyaning kelgusi 5–10 yildagi Free Cash Flow (Erkin pul oqimi) prognoz qilinadi.
2️⃣ Har bir yil uchun pul oqimi Discount Rate yordamida bugungi qiymatga keltiriladi.
3️⃣ Prognoz davridan keyingi kompaniya qiymati (Terminal Value) hisoblanadi.
4️⃣ U ham bugungi qiymatga diskont qilinadi.
5️⃣ Barcha qiymatlar qo‘shiladi.
Natijada kompaniyaning Enterprise Value hosil bo‘ladi.
Keyingi bosqich
Enterprise Value'dan:
➖ Qarzlar ayiriladi.
➕ Naqd pul va ekvivalentlari qo‘shiladi.
Natijada Equity Value olinadi.
So‘ng:
Equity Value ÷ Muomaladagi aksiyalar soni = 1 dona aksiyaning Fair Value'si.
DCF ning eng katta afzalligi
✔️ Bozor narxiga emas, kompaniyaning biznesiga qaraydi.
✔️ Kelajakdagi pul oqimlari asosida haqiqiy qiymatni baholaydi.
✔️ Har qanday vaqtinchalik bozor shovqinidan mustaqil hisob-kitob qilish imkonini beradi.
Ammo DCF ning kamchiligi ham bor, DCF natijasi siz kiritadigan raqamlarga juda bog‘liq.
Masalan:
• Daromad qanchaga o‘sadi?
• Marja qanday bo‘ladi?
• Discount Rate necha foiz?
• Terminal Growth qancha?
Shu sababli kichik o‘zgarish ham Fair Value'ni sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Shu bois professional investorlar DCF natijasini odatda P/E, EV/EBITDA va boshqa baholash usullari bilan ham solishtiradilar.
💡 Xulosa
DCF - bu kelajakdagi pul oqimlarini bugungi qiymatga keltirib, kompaniyaning haqiqiy qiymatini aniqlash usuli.
Shuning uchun Warren Buffett va boshqa value investorlar kompaniyani baholashda aynan biznesning kelajakdagi pul ishlab chiqarish salohiyatiga katta e'tibor berishadi.
8️⃣
M1 grafikda ko‘rinayotgan har bir harakat savdo signali emas.
Qisqa taymfreymlarda narxning katta qismi tasodifiy tebranishlardan iborat bo‘lib, ular ko‘pincha foydali signal bermaydi.
#PRI
Long
Primerica, Inc. (PRI) — Shimoliy Amerikadagi o‘rta daromadli xo‘jaliklari uchun hayot sug‘urtasi, investitsiya va boshqa moliyaviy mahsulotlarni taqdim etuvchi yetakchi moliyaviy xizmatlar kompaniyasi. Kompaniya o‘zining agentlar tarmog‘iga asoslangan distribyutsiya modeli bilan ajralib turadi.
Balansning 4-5% ga spotda sotib olinadi.
Fundamental sabab: AQShdagi demografik o‘zgarishlar va o‘rta sinf vakillarining moliyaviy rejalashtirishga bo‘lgan ehtiyojining ortishi kompaniyaning hayot sug‘urtasi polislari va o‘zaro fondlar savdosi orqali daromadlar oqimini barqaror o‘sishini ta’minlamoqda.
Tehnik sabab: Linya yorilishi
Xavf haqida ogohlantirish
📉 #NASDAQ100 | Kichik master-klass
Amerikaning asosiy indeksiga e'tibor bering. Narx hozir minimumni buzish arafasida turibdi.
Qiziq tomoni nimada bilasizmi?
Bozorda doim ham katta bo'shliqlar paydo bo'lmaydi. Ammo narx minimum yoki maksimumni buzib, bo'shliqqa o'tsa, ko'p hollarda aynan o'sha tomonga kuchli harakat davom etadi.
Rasmda strelkalar bilan bunga bir nechta misollarni ko'rsatganman. Hozir ham vaziyat shunga o'xshash shakllanmoqda.
❓Xo'sh, minimum buzilsa SELL olish kerakmi? Men bu holatdan boshqacha foydalanaman.
❌ Men uchun bu avtomatik SELL signali emas.
✔️ Ammo BUY pozitsiyalarni faol ochishni qisqartiraman yoki yangi xaridlarni vaqtincha to'xtataman.
Shuning uchun har bir minimum yoki maksimum buzilishini faqat kirish signali sifatida emas, balki bozor kontekstida baholash kerak.
✍️ Eslab qoling va konspekt qilib qo'ying
