Jarqo'rg'on 66-maktab
الذهاب إلى القناة على Telegram
Jarqo'rg'on tumani Yangi O'zbekiston massividagi 66-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi rasmiy kanali Bunda ta'limga oid yangiliklar va maktab xaqida yoritiladi Murojaat uchun: +998 97 550 05 84
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
282
المشتركون
-35324 ساعات
-3537 أيام
-36130 أيام
أرشيف المشاركات
TALABGA BINOAN
10-11 sionflar alohidaladik 66-maktabda «Eng namunali sinf» tanlovi davom etmoqda!
TALABGA BINOAN
10-11 sionflar alohidaladik 66-maktabda «Eng namunali sinf» tanlovi davom etmoqda!
🏆 «ENG NAMUNALI SINF» TANLOVI: BAHOLASH MEZONLARI VA HAKAMLAR
66-maktabda o‘tkazilayotgan «Eng namunali sinf» tanlovida sinflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
🔹 1. Sinf xonasining namunali holati
Sinf xonasining tozaligi, jihozlanishi va tartibi.
👤 Hakam: ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X. Samanova.
🔹 2. O‘quvchilarning kiyinish madaniyati
Maktab formasiga rioya etish va tashqi ko‘rinish madaniyati.
👤 Qizlar uchun: rus tili fani o‘qituvchisi N. Raxmatova.
👤 O‘g‘il bolalar uchun: ChQBT rahbari G‘. Yakubov.
🔹 3. Fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari
O‘quvchilarning fanlardan olgan baholari va o‘zlashtirishi.
👤 Hakam: o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. Normatov.
🔹 4. Davomat
O‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishi.
👤 Hakam: X. Samanova.
📅 Tanlov muddatlari:
🗓 10–20-noyabr 2026-yil — sinflar belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
🏆 21-noyabr, shanba kuni — tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilinadi.
📢 DIQQAT! Tayyorgarlikni bugundan boshlashingiz mumkin! Sinf xonasini tartibga keltiring, kiyinish madaniyatiga, fanlarni o‘zlashtirishga va davomatga alohida e’tibor qarating.
🔥 Har bir mezon muhim! Sinfingizni g‘oliblikka munosib tayyorlang!
🏆 66-maktabning eng namunali sinfi kim bo‘ladi?
@jarqurgon_66_maktab
📚66-maktabda «Eng namunali sinf» tanlovi davom etmoqda!
🏆 Sizningcha, qaysi sinf 1-o‘rinni oladi?
+3
🇺🇿 66-MAKTABDA “MILLIY LIBOSLAR KUNI”
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-“A” sinf o‘quvchilari juma — “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan milliy liboslarda ishtirok etdilar. 🇺🇿
Milliy liboslarimiz xalqimizning boy tarixi, o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari va asriy qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Yosh avlodning milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmatini oshirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
✨ Milliy qadriyatlarimiz — millatimiz faxri, ma’naviy boyligimiz!
@jarqurgon_66_maktab
+2
📚 66-maktabda yutuqlar e’tirofi
Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan fan olimpiadasining II bosqichida 66-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ishpulatova Sogdiana Eduardovna faxrli II o‘rinni egalladi.
Ushbu yutuq munosabati bilan maktab rahbariyati tomonidan o‘quvchi, uning fan o‘qituvchisi Raxmatova Nigora Baxtiyarovna munosib taqdirlandilar.
Mazkur natija o‘quvchining bilim va salohiyati, ustozlarning samarali mehnati hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi hamkorlikning munosib samarasidir.
66-maktab jamoasi o‘quvchimizni erishgan yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Ustozlarga esa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi sharafli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va yangi yutuqlar yor bo‘lishini tilab qoladi.
@jarqurgon_66_maktab
🏆 YANA BIR YUTUQ — 66-MAKTAB FAXRI! 🇺🇿
📚 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-maktab o‘quvchilari “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar!
🥉 1-toifa bo‘yicha — Qurbonov Elyor Erkin o‘g‘li;
🥉 2-toifa bo‘yicha — Bo‘riyev Oyatullo Otabek o‘g‘li.
👏 O‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ularning bilimga intilishi, izlanishi va jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik merosiga bo‘lgan qiziqishi barchamizni quvontiradi.
✨ Yoshlarimizning kelgusi faoliyatida bundan-da ulkan marralar, yangi zafarlar va yuksak natijalar tilaymiz!
66-maktab — bilim va yutuqlar maskani! 💚
+3
🏆 Jarqo‘rg‘on tumani olimpiadasida 66-maktab o‘quvchisi faxrli 3-o‘rinni egalladi!
Jarqo‘rg‘on tumani fan olimpiadasida informatika fani bo‘yicha 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ma’murov Ozodbek o‘zining bilim va salohiyatini namoyon etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Ushbu yutuq munosabati bilan maktab direktori S. Adinayev tomonidan quyidagilar munosib taqdirlandi:
✅ Ma’murov Ozodbek – 9-sinf o‘quvchisi, olimpiada sovrindori;
✅ Namozova Nodirabegim Ziyodullo qizi – sinf rahbari;
✅ Irnazarov Ilyos Abdumo‘min o‘g‘li – informatika fani o‘qituvchisi.
Ozodbekni qutlaymiz va unga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilaymiz! Ustozlarga esa o‘quvchi tarbiyasi va bilim berishdagi fidokorona mehnati uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.
Bilim va izlanish – muvaffaqiyat kaliti!
@jarqurgon_66_maktab
+6
📚 Jarqo’rg’on tumani 66-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida yig’ilish o’tkazildi
Jarqo’rg’on tumani 66-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida maktab direktori rahbarligida, sinf rahbarlari va o’quvchilar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda o’quvchilarning o’zlashtirishi, intizomi, darslarga qatnashishi va maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, o’quvchilarni har tomonlama yetuk, bilimli va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Direktor o’z so’zida o’quvchilarga o’qishga mas’uliyat bilan yondashish, ustozlarga hurmat va o’zaro do’stlik muhitini mustahkamlash borasida o’z tavsiyalarini berdi. Sinf rahbarlari esa o’z sinflaridagi holat, mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida so’z yuritdi.
Tadbir davomida o’quvchilar ham o’z taklif va savollarini bildirib, faol ishtirok etdi.
Bunday yig’ilishlar maktabda ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilar bilan ochiq muloqot o’rnatish va sog’lom ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
@jarqurgon_66_maktab
🏆 YANA BIR YUTUQ — YANA BIR FAXR!
💻 Jarqo‘rg‘on tumani olimpiadasida informatika fani bo‘yicha 66-maktab o‘quvchisi Ma’murov Ozodbek faxrli 3-o‘rinni egalladi! 🥉
🎉 Ushbu yutuq munosabati bilan o‘quvchimiz maktab ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.
👏 Ozodbekni ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi o‘qishlarida ulkan zafarlar, yangi marralar va bundan-da yuksak natijalar tilaymiz!
🌟 66-maktab — bilimli yoshlar va porloq kelajak maskani!
🏆 YANA BIR YUTUQ, YANA BIR FAXR! 🇺🇿✨
🌟 Yosh ijodkor — kelajak bunyodkori!
Quvonchli xabar! 🎉 Jarqo‘rg‘on tumani 66-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Bo‘riyev Oyatullo «Uyg‘onish (yosh ijodkor)» tanlovida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥇👏
📚 Bu yuksak natija — yosh avlodning ijodiy salohiyati, bilimga intilishi va izlanishlari samarasidir. Har bir yutuq ortida mehnat, intilish va katta orzular mujassam!
💐 Maktabimiz faxri bo‘lgan Oyatullo Bo‘riyevni ushbu ajoyib g‘alaba bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelgusida ham ijod yo‘lida ulkan marralarni zabt etishini, yangi yutuqlar va zafarlar unga doimo hamroh bo‘lishini tilaymiz!
🌱 Bugunning iste’dodi — ertangi kunning buyuk ijodkori!
🏫 66-maktab — yutuqlar va iste’dodlar maskani!
+2
📚 66-MAKTABDA XODIMLAR YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab direktori S. Adinayev rahbarligida xodimlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilash, o‘quvchilar davomatini mustahkamlash hamda maktabda ichki tartib-qoidalarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
🔹 O‘quvchilar davomati — darslarga o‘z vaqtida kelishni ta’minlash va sababsiz dars qoldirish holatlarining oldini olish.
🔹 Ta’lim sifati — fan olimpiadalarida o‘quvchilar ishtirokini kengaytirish va ularni yuqori natijalarga tayyorlash.
🔹 Darsdan tashqari to‘garaklar — o‘quvchilarni turli fan va yo‘nalishlardagi to‘garaklarga jalb etish orqali ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish.
🔹 O‘qituvchilar va o‘quvchilar formasi — belgilangan kiyinish talablariga rioya etish.
🔹 Ichki tartib-qoidalar — maktab xodimlarining xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi va ichki intizomga qat’iy amal qilishi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ta’lim sifati va intizomni yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
✔️ Maqsad — ta’lim sifatini oshirish, mustahkam intizomni ta’minlash va o‘quvchilar uchun yanada samarali ta’lim muhitini yaratish!
@jarqurgon_66_maktab
+1
🏆 USTOZLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI! 💐
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ramazonova Intizor Ilhomovna kimyo fani bo‘yicha fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi. 🥉
Ushbu yutuqqa qo‘shgan hissasi, o‘quvchiga bergan bilimi va ko‘rsatgan mehnati uchun kimyo fani o‘qituvchisi Yo‘ldosheva Gulijaxon Erkin qizi hamda sinf rahbari Namozova Nodirabegim Ziyodullo qizi maktab rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
👏 Ustozlarning fidokorona mehnati, mas’uliyati va o‘quvchilar yutuqlariga qo‘shayotgan hissasi e’tirofga loyiq.
Maktab jamoasi ustozlarimizni tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
@jarqurgon_66_maktab
+2
🇺🇿 TIL BILGAN — EL BILADI!
📚 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
🏫 Ushbu muhim sana munosabati bilan 66-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Til bilgan — el biladi” mavzusida diktantlar tanlovi tashkil etildi.
🖋️ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish hamda yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
💚 Ona tilimiz — millatimiz g‘ururi, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va o‘zligimiz timsolidir. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir!
✨ Tilga e’tibor — elga e’tibor! Ona tilimizning nufuzi va jozibasi qalblarimizda hamisha barhayot bo‘lsin!
🇺🇿 Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
+4
🏆 66-MAKTAB O‘QUVCHISI — FAN OLIMPIADASI SOVRINDORI!
🧪 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ramazonova Intizor Ilhomovna kimyo fani bo‘yicha fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
🎉 Maktabimiz yaqinda tashkil etilganini inobatga olsak, bu natija jamoamiz uchun quvonchli va dastlabki yutuqlardan biri hisoblanadi.
👏 Ushbu muvaffaqiyat munosabati bilan maktab direktori S. Adinayev o‘quvchini shaxsan tabriklab, uning ota-onasiga farzandining ta’lim-tarbiyasiga qaratayotgan e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
🎁 O‘quvchiga erishgan natijasi uchun qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
🌟 Intizorning ushbu yutug‘i kelgusidagi yanada yuksak marralar sari muhim qadamdir! Unga o‘qishlarida ulkan zafarlar, yangi bilimlar va olimpiadalarda yanada yuqori natijalar tilaymiz!
💐 Ota-onasiga, ustozlariga va maktab jamoasiga ham ushbu quvonchli natija muborak bo‘lsin!
📚 66-sonli maktab — bilim, intilish va yuksak natijalar sari!
+8
📢 66-MAKTABDA O‘QUVCHILAR KENGASHI SAYLOVI O‘TKAZILDI!
🏫 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 25-sentabrdagi 365-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida O‘quvchilar Kengashi saylovi tashkil etildi.
🗳 Saylov jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligi va yetakchilik salohiyatini namoyon etishiga alohida e’tibor qaratildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 1 nafar Kelajak lideri hamda 7 nafar yo‘nalish koordinatori saylab olindi.
🌟 Mazkur Kengash o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, maktab hayotida faol ishtirokini ta’minlash hamda tengdoshlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Saylangan lider va koordinatorlarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat, yangi g‘oyalar va ulkan yutuqlar tilaymiz!
Faol yoshlar — yorqin kelajak bunyodkorlari! 🇺🇿
Maktab maslahatchi: Xudoyqulov Mahmud
17-oktabr 2026-yil
#66maktab
+9
🇺🇿 66-MAKTABDA “MILLIY LIBOSLAR KUNI”
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari juma — “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan dars mashg‘ulotlarida milliy liboslarda ishtirok etishdi.
Milliy liboslarimizda xalqimizning boy tarixi, madaniyati, urf-odatlari va ezgu qadriyatlari mujassam.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda o‘zbekligimizdan faxr va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
✨ Milliy qadriyatlarimiz — millatimiz faxri, ma’naviy boyligimiz!
@jarqurgon_66_maktab
🐈⬛ 66-MAKTABDA XORIJIY INGLIZ TILI O‘QITUVCHISI BILAN MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILMOQDA
🏫 Jarqo‘rg‘on tumani 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xorijlik ingliz tili fani o‘qituvchisi Rolando C. tomonidan har hafta shanba kuni ingliz tili to‘garaklari tashkil etilmoqda.
🇬🇧 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
✅ E’tiborlisi, to‘garak mashg‘ulotlari bepul tashkil etiladi.
👨👩👧👦 Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlang va ularni ushbu to‘garaklarga jalb qiling!
📍 Manzil: Jarqo‘rg‘on tumani, 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi.
@jarqurgon_66_maktab
+9
BOLA XAVFNI ANGLAMASLIGI MUMKIN, KATTALAR ESA UNI OLDINDAN KO‘RA BILISHI SHART!
Bola dunyoni qiziquvchan nigohlar bilan taniydi. U uchun rozetka – oddiy buyum, elektr ustuni – qiziqarli manzara, uzilgan sim esa xavf ekanini anglash qiyin. Chunki bola xavfni emas, qiziqishni ko‘radi. Kattalarning vazifasi esa aynan shu nuqtada boshlanadi: bola hali anglamagan xavfni oldindan ko‘ra bilishi va uning oldini olishi kerak.
Farzandimizga «tegma», «yaqinlashma», «mumkin emas» deyishning o‘zi yetarli emas.
Unga nima uchun mumkin emasligini tushuntirish, xavfni tanishni o‘rgatish va xavfli vaziyatda qanday yo‘l tutishni singdirish lozim.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha ota-onalar, pedagoglar va fuqarolarni elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.
Unutmang: elektr xavfsizligi borasidagi bugungi bir daqiqalik e’tibor ertaga bir umrga tatigulik ne’mat – inson hayotini saqlab qolishi mumkin.
@jarqurgon_66_maktab
