ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك 👈

𝐌𝐔𝐓𝐌𝐀𝐈𝐍𝐍𝐀

𝐌𝐔𝐓𝐌𝐀𝐈𝐍𝐍𝐀

الذهاب إلى القناة على Telegram

"𝐊𝐢𝐦 𝐢𝐥𝐦 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐢 𝐭𝐮𝐭𝐬𝐚, 𝐀𝐥𝐥𝐨𝐡 𝐭𝐚𝐨𝐥𝐨 𝐮𝐧𝐢 𝐣𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐲𝐨'𝐥𝐥𝐚𝐛 𝐪𝐨'𝐲𝐚𝐝𝐢".   Admin @Wunchaakiii_bot 

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 405
المشتركون
-524 ساعات
-687 أيام
+66930 أيام
أرشيف المشاركات
Robbim izni ila 31 ta iwtrokchi qatnawdi ))) Rondomni aniqliymizmi

➡️•••••31 ishtirokchi •••••👈
Uzb.2007
Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻrta boʻyli, yelkalari keng, sochlari koʻp boʻlib, yelkalariga tushib turadigan kishi edilar. Ustilarida qizil rangli kiyim boʻlardi. U zot sollallohu alayhi vasallamdan goʻzalroq narsani hech qachon koʻrmaganman». Ikkisini ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan. 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢

➡️••••30 ishtirokchi •••••👈
S. S. N.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas Ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi:"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning xulqi eng go'zali edilar". Meni bir ish uchun yubordilar(ya'ni bir joyga borishga buyruq berdilar).Men esa:"Allohga qasam,bormayman", dedim. Dilimda esa Nabiy alayhissalom aytgan joyga borishni niyat qildim. So'ngra yo'lga chiqdim.Bozorda o'ynayotgan bolalarning oldidan o'tib qoldim.(Hadisning zohiriga ko'ra Anas roziyallohu anhu ularning oldida o'ynash yoki ko'rish uchun turib qolganlar). Kutilmaganda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam orqa tarafimdan,gardanimdan ushladilar.U zotga qarasam kulib turgan ekanlar. So'ngra menga:"Ey Anascha, senga buyurgan joyimga bordingmi?" dedilar. Men:"Ha, ketyapman, ey Allohning Rasulni", dedim. Allohga qasam,u zot sollallohu alayhi vasallamga o'n yil xizmat qildim, biror bir qilgan ishimga:"Nega unday qilding, nega bunday qilding?" deganlarini yoki bajarmagan ishimga:"Unday qilsang bo'lmasmidi, bunday qilsang bo'lmasmidi", deganlarini bilmayman". ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅

➡️••••• 29 ishtirokchi •••••👈
Ҳазратов
Сийрат шундай бир тарихки, у Яратувчи Аллоҳ таолонинг маҳлуқотлари ичидаги энг яхшиси, анбиё ва расуллар саййиди, башарият фарзандларининг энг афзали, энг ҳулқи гўзали, оламларга раҳмат Пайғамбар – Муҳаммад алайҳиссаломнинг тарихлари. Сийрат шундай бир тарихки, у бизлар учун нур бўлган – Қуръони Каримни Раҳмли Зот Аллоҳ таолодан Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламга нозил бўлиш тарихидир. Сийрат шундай бир тарихки, у асрларнинг энг яхшиси бўлган – замони саодат ҳақида сўзловчи тарих. 🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴

➡️•••••28 ishtirokchi •••••👈
Sayyodbek Ibrohimov
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh sollollohu alayhi vasallamdan: Ey Allohning Rasuli, qaysi sadaqaning savobi eng ulug‘? deb so‘radi. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam dedilar: “Sog‘lom va baxil bo‘lgan, kambag‘allikdan qo‘rqib, boylikni umid qilayotgan paytingda sadaqa qilishing. Uni jon halqumga kelguncha kechiktirma. Ana shunda: ‘Falonchiga shuncha, falonchiga shuncha’, deysan. Holbuki, u paytda mol allaqachon falonchining bo‘lib qolgan bo‘ladi.” 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢

➡️•••••27 ishtirokchi •••••👈
𝓔𝓵𝓷𝓾𝓻𝓪
ֶ 🌙 РАСУЛУЛЛОҲ ﷺНИНГ ГЎЗАЛ ХУЛҚЛАРИ! • Кимгадир учрасангиз, салом беринг. • Яхшилик қилсангиз, миннат қилманг. • Бирор киши гапирса, уни диққат билан тингланг. • Кичикларга меҳр, катталарга ҳурмат кўрсатинг. • Ғазабланганингизда ўзингизни тийинг. • Хато қилсангиз, узр сўрашдан ор қилманг. • Биродарингизга табассум қилинг. • Яхши сўз айтинг ёки сукут сақланг. • Бировнинг айбини қидирманг. • Одамларга енгиллик қилишга ҳаракат қилинг. 🌸 РАСУЛУЛЛОҲ ﷺНИНГ СУННАТЛАРИДАН • Овқатни “Бисмиллаҳ” билан бошланг. • Ўнг қўл билан овқатланинг. • Овқатдан сўнг Аллоҳга ҳамд айтинг. • Саломни кенг ёйинг. • Меҳмонни ҳурмат қилинг. • Қўшнига яхшилик қилинг. • Ота-онага яхшилик билан муомала қилинг. • Бировга озор беришдан сақланинг. • Кўп гапиришдан кўра, фойдали сўзни танланг. • Аллоҳни кўп зикр қилинг. • Яхшиликни кичик санаманг. • Ҳеч кимни камситманг. • Ғазабни енгишга ҳаракат қилинг. • Кечиришни ўрганинг. • Етимга меҳр кўрсатинг. • Камбағални унутманг. • Бировнинг кўнглини оғритманг. • Ҳар бир ишда яхши ният қилинг. • Аллоҳдан умидингизни узманг. • Яхшиликка шошилинг. ➡️👈➡️👈➡️👈➡️👈➡️👈➡️

➡️•••••26 ishtirokchi •••••👈
тасним
Аср намозининг фазилати.! Кўпчилик билмайдиган аср намозининг фазилатларидан бири уни ўз вақтида адо этган кишига икки ҳисса ажр берилишидир. Абу Басра Ғифорий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Мухаммасда* бизга аср намозини ўқиб бергач, шундай дедилар: «Бу намоз сизлардан олдингиларга ҳам таклиф қилинган, лекин улар уни зое қилишди. Ким уни муҳофаза қилса, унга икки марта ажр бўлади. Ундан кейин юлдуз чиққунча намоз йўқ».   * Мухаммас – Маккага кетаверишда Ийр тоғидаги йўл шундай номланган.   Имом Муслим ривояти. ©️Ummul Masokiyn 🧬🧬🧬🧬🧬🧬🧬🧬🧬🧬🧬

➡️•••••25 ishtirokchi •••••👈 𝆹꯭𝅥𝆭🕋꯭𝆹꯭𝅥𝆭𝐑꯭✧꯭𝐀꯭✧꯭𝐇꯭✧꯭𝐌꯭✧꯭𝐀꯭✧꯭𝐓꯭✧꯭𝐔꯭✧꯭𝐋꯭✧꯭𝐋꯭✧꯭𝐎꯭✧꯭𝐇꯭✧꯭𝆹꯭𝅥𝆭🕋꯭𝆹꯭𝅥𝆭 Rasuli muhtaram Sollollohu alayhi vasallam dedilar: "Men sizlarni tuni kunduzdek oppoq- yorugʻ boʻlgan yoʻl uzra qoldirib ketmoqdaman. U (yoʻl) dan faqat halok boʻluvchi (haqdan yuz oʻgʻiruvchi) kimsagina adashadi" . Habibimiz oramizda boʻlsalar edi. 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢

➡️•••••24 ishtirokchi •••••👈
گلسور بنت بهروم
𝓢𝓾𝓵𝓪𝔂𝓯𝓪𝓱... Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Paygʻambarimiz ﷺ shunday dedilar:«Uchta xislat borki, ular kimda boʻlsa, u iymon halovatini (shirinligini) totibdi: Alloh va Uning Rasuli u uchun ikkisidan boshqa barcha narsadan koʻra sevikliroq boʻlishi Bir kishini yaxshi koʻrsa, faqat Alloh roziligi uchungina yaxshi koʻrishi Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin, xuddi olovga tashlanishni yomon koʻrgandek, yana kufrga qaytishni yomon koʻrishi Sahih al-Buxoriy, 16-hadis; Sahih Muslim,43-hadis. ❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️

➡️•••••23 ishtirokchi •••••👈
Yaxshi bola
Abu Saʼid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam mastura qizdan ham hayoliroq edilar. Qachon bir narsani yoqtirmasalar, yuzlaridan bilar edik». Boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fahshchi emas va fahshni qilmas ham edilar. Ul zot: «Sizlarning yaxshilaringiz, axloqi yaxshilaringizdir», deyilgan. Boshqa bir rivoyatda:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam xulq jihatidan odamlarning eng yaxshisi edilar», deyilgan. Manba: Ruhiy tarbiya 3-juz ➡️👈➡️👈➡️👈➡️👈➡️👈➡️👈

➡️•••••22 ishtirokchi •••••👈
Музаййин
Анас розияллохуанхудан ривоят қилинади: « Ақлида бир нарсаси ( ноқислиги) бор бир аёл: « Эй Аллоҳнинг Расули, сизда бир юмушим бор », деди. У зот: « Эй Умму Фулон, қайси кўчадан юрасан? Юмушингни бажариб берай », дедилар, сўнгра у ҳожатидан фориғ бўлгунича кўчаларнинг бирида у билан бирга кетдилар ». Муслим ривоят қилган. Шарҳ: Хабарларда келишича, ўша аёлнинг исми Умму Зуфар бўлиб, Хадийжа онамизнинг сочларини тараб қўядиган аёл бўлган экан. Бир оз ақли заифроқ бу аёл Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳузурларига келиб, бир эҳтиёжи борлигини айтибди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унинг кўнглига қараб, у юрадиган кўчага бурилиб, унинг арзини эшитиб кетаверибдилар. Хадис ва Хаёт 19-жуз. 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢

➡️••••• 21 ishtirokchi •••••👈
Shodiya
Huzayfa roziyallohu anhu Rasululloh Sollolohu Alayhi Vasallam ibodatlari haqida hikoya qiladi: Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini o‘qiy boshladilar. Yuz oyat bo‘lganda rukuga ketamiz, deb o‘yladim. Davom etdilar. Bir rakatda Baqarani o‘qiydilar, deb o‘yladim. Davom etdilar. Ortidan Niso surasini boshladilar. Keyin Oli Imron sursini o‘qidilar. Ketma-ket o‘qir edilar. Tasbeh oyati chiqqanida tasbeh aytar edilar. Oyatlarda Allohdan so‘rash ma’nosi bo‘lganida, Allohdan so‘rardilar. Panoh so‘rash kerak bo‘lgan o‘rinlarda panoh so‘rardilar. Keyin ruku qildilar, «Subhana Robbiyal a’zim”. Rukulari odatdagidan uzun bo‘ldi. Qiyomlari Ham odatdagidan uzun bo‘ldi. «Samiallohu liman hamidah”, deb rukudan turdilar. Rukuda turgan miqdorcha turdilar. Keyin sajdaga ketdilar. Sajdalari ham qiyomlari singari uzoq bo‘ldi. 🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴

➡️•••••20 ishtirokchi •••••👈
.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам Ҳадича розияллоҳу анҳога: «Эй Ҳадича! Мана Жаброил алайҳиссалом сизга Роббингиздан салом йўлламоқда ва сиз учун ичида ғавғо ҳам, чарчоқ ҳам бўлмаган жаннатдаги (ато этилажак) уйнинг хушхабарини айтмоқда», деганларида, Ҳадича ўша кеча қандай ухладилар экан?! ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅

➡️••••• 19 ishtirokchi •••••👈
🍓
,,Alloh taolo Quronda: ,,Albatta, sen buyuk xulq ustodadirsa"(Qalam surasi,4 oyat)feb marhamat qilgan. Rasullolloh Muhammad sollalohu alayhi vassalom: -juda rahimdil, -rostgoʻy, -kechirimli , -kamtar, -saxiy, -sabrli, -adolatli edilar. Rasulollohning siyratlaridan eng katta saboqlaridan: U zot bizga Allohga ishonch,sabr kechirimlilik,ota onaga yaxshilik,qoʻshniga hurmat,yetim va miskinlarga gʻamxprlik qilishni oʻrgatdilar. 🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢

Zotan iqtibosimiz faqat payĝambarimiz Muhammad sollolohu alayhissalom siymolari xulq atvori xaqida edi ))) lek kópchilik hadis jónatyabdida ))) mayli nima ham derdik xammaga omad

➡️••••••18 ishtirokchi •••••👈
ℒ𝒶𝓎𝓁ℴ🤍
🌿 Rasululloh ﷺ va kechirimlilik Rasululloh ﷺga ko‘p bor ozor yetkazilgan. Ammo u zot shaxsiy ranjishlarini dushmanlikka aylantirmasdilar. Aksincha, imkon topilganda kechirishni, yaxshilik bilan javob qaytarishni afzal ko‘rardilar. U zotning hayotlarida kechirimlilik juda go‘zal tarzda namoyon bo‘lgan. Bu bizga insonning kuchi faqat javob qaytarishda emas, balki kerak bo‘lganda kechira olishida ham ekanini o‘rgatadi. 🤍 Biz uchun ibrat: Kimdir bizni xafa qilganda darhol yomonlik bilan javob berish shart emas. Sabr qilish, kechirish va chiroyli muomala qilish — mo‘minning go‘zal fazilatlaridandir. ✨ Rasululloh ﷺning hayotlari — biz uchun eng go‘zal namuna. ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅

➡️••••• 17 ishtirokchi •••••👈
Ummu Hadicha 🌺
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Mening va mendan oldingi anbiyolarning misoli xuddi bir uyni yaxshilab, chiroyli qilib qurib, bir burchagidan bir gʻishtning oʻrnini qoldirib qoʻygan kishiga oʻxshaydi. Odamlar uni aylanib koʻrib, qoyil qolishadi va: “Mana shu gʻisht ham oʻrniga qoʻyilganda edi!” deyishadi. Men oʻsha gʻishtman. Men nabiylarning xotamiman”, dedilar”. Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅

➡️•••••16 ishtirokchi •••••👈
زَهْرَاء
Жаноби Пайғамбаримиз (с.а.в)ӯрни келганда тишларининг оқи зӯрға кӯринар даражада табассум қилганлар. Қаҳқаҳа отиб асло кулмаганлар."Агар сизлар мен билганимни билганларингизда, оз кулар кӯп йиғлар эдиларингиз ". (Доримий."Сунан", 2619). 🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴

➡️••••• 15 ishtirokchi •••••👈
Ziyodaxon Bahtiyarovna95🩵
Rasululloh solallohu alayhi vasallam o‘zlariga qilingan ozor uchun qasos olishga shoshilmas edilar. Oisha roziyallohu anho aytadilar: Rasululloh solallohu alayhi vasallam o‘zlariga qilingan biror ozor uchun intiqom olmas edilar. Faqat Allohning haromlari buzilgandagina Alloh uchun g‘azab qilardilar. 🤍 U zotning hayotlari bizga bir narsani o‘rgatadi: kuch — qasos olishda emas, nafsni tiyib, kechira bilishdadir. Sahih Muslim 232 ➡️👈➡️👈➡️👈👈👈➡️👈➡️👈

➡️••••• 14 ishtirokchi •••••👈
Abu
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni va Hasan ibn Aliyni olib ikki sonlari ustiga oʻtqazar va: «Allohim, ikkisini yaxshi koʻraman. Albatta, ikkisini yaxshi koʻraman», der edilar».Buxoriy rivoyat qilgan.Boshqa rivoyatda shunday kelgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni olib sonlariga oʻtqazar edilar va Hasanni boshqa sonlariga oʻtqazar edilar. Soʻng ikkimizni quchoqlab turib: «Allohim, ikkisiga rahm qilaman. Albatta, ikkisiga rahm qilaman», der edilar».Buxoriy rivoyat qilgan. 🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴🔴