Jahongir Ahmedov | Rasmiy
الذهاب إلى القناة على Telegram
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Odilxo‘jayevich Ahmedovning rasmiy kanali.
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
301
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+37 أيام
+1430 أيام
جارٍ تحميل البيانات
القنوات المماثلة
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
نوفمبر '26نوفمبر '26
نوفمبر '26
+13
في 8 قنوات
أكتوبر '26
+267
في 5 قنوات
Get PRO
سبتمبر '260
في 11 قنوات
Get PRO
أغسطس '26
+27
في 48 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 11 نوفمبر | +4 | |||
| 10 نوفمبر | 0 | |||
| 09 نوفمبر | 0 | |||
| 08 نوفمبر | 0 | |||
| 07 نوفمبر | 0 | |||
| 06 نوفمبر | +1 | |||
| 05 نوفمبر | +2 | |||
| 04 نوفمبر | +2 | |||
| 03 نوفمبر | 0 | |||
| 02 نوفمبر | +4 | |||
| 01 نوفمبر | 0 |
منشورات القناة
+6
Kino uçun hayotning özi eng katta ilhom manbai.
Ayniqsa, öz mehnati, taşabbusi va qat’iyati bilan muvaffaqiyatga erişgan insonlarning hayot yöli alohida e’tiborga loyiq.
Davlatimiz rahbarining «Özbekfilm»ga taşrifi çoğida ham ana şunday insonlar hayoti asosida ta’sirçan kinoasarlar yaratiş taşabbusi ilgari surilgan edi.
Şu maqsadda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov hamda bir guruh tadbirkorlar bilan uçraşdik. Ularning hayot yöli, mehnat tajribasi va bosib ötgan maşaqqatli yöli haqida suhbatlaşdik.
Quvonarlisi, tadbirkorlar bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşdi. Endi bu hayotiy voqealardan kino uçun munosib qahramonlar va ta’sirçan syujetlar izlaymiz.
Uçraşuv iştirokçilari:
Valijon Salixov — «Ermakplus» korxonasi rahbari.
Şavkat Şaripov — «Zarafşon Tekstil» rahbari.
Ziyoviddin Rözmetov — «ROZMETOV ZM» rahbari.
Ilhomjon Abdurahmonov — «Paxtakor teks» rahbari.
Alişer Nazirov — «Fergany Remeslennik» vakili.
Jamşid Şakirov — «Uzbekistan Hydrogen Peroxide» rahbari.
Kamol Abdullayev — «Sam Antep Gilam» rahbari.
Baxtiyor Marupov — «Pet Agro Oil» rahbari.
Fayzulla Ziyoyev — «Konserva SN» vakili.
Abdulxoşim Ismoilov — «Ravon Taraqqiyot Orzusi» rahbari.
Rahmatjon Abdullayev — «ALMERRO GROUP» rahbari.
Baxtiyor Umarov — «Istiqlol textile dizayn» rahbari.
Şavkat Jalolov — «AGROMIR» rahbari.
Işonamanki, bu insonlarning hayot yölidan hali köplab yaxşi filmlar tuğiladi.
✅ Instagram | ✅ Telegram
| 2 | ⚡️ Davlatimiz rahbarining «Özbekfilm» kinostudiyasiga taşrifi çoğida taşabbuskor tadbirkorlar va bunyodkor insonlarning maşaqqatli hayot yöli hamda erişgan yutuqlari haqida taʼsirçan kinofilmlar yaratiş böyiça topşiriq berilgan edi.
Mazkur topşiriq ijrosi doirasida «Renessans» kino uyida Madaniyat vaziri birinçi örinbosari Jahongir Ahmedov, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda bir guruh yirik tadbirkor va işbilarmonlar bilan uçraşdi.
Uçraşuvda tadbirkorlarning hayotiy tajribasi, muvaffaqiyatlari va maşaqqatli mehnat yölini aks ettiruvçi kinofilmlar yaratiş böyiça hamkorlik qilişga kelişib olindi.
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram | 1 |
| 3 | ⚡️ Davlatimiz rahbarining «Özbekfilm» kinostudiyasiga taşrifi çoğida taşabbuskor tadbirkorlar va bunyodkor insonlarning maşaqqatli hayot yöli hamda erişgan yutuqlari haqida taʼsirçan kinofilmlar yaratiş böyiça topşiriq berilgan edi.
Mazkur topşiriq ijrosi doirasida «Renessans» kino uyida Madaniyat vaziri birinçi örinbosari Jahongir Ahmedov, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda bir guruh yirik tadbirkor va işbilarmonlar bilan uçraşdi.
Uçraşuvda tadbirkorlarning hayotiy tajribasi, muvaffaqiyatlari va maşaqqatli mehnat yölini aks ettiruvçi kinofilmlar yaratiş böyiça hamkorlik qilişga kelişib olindi.
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram | 1 |
| 4 | Özbekiston delegatsiyasi Istanbul şahrida bölib ötayotgan “Qörqut ota” VI turkiy dunyo kinofestivalining yopiliş va taqdirlaş marosimiga yetib keldi.
Yaqin soatlarda ğoliblar va sovrindorlar aniqlanadi.
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 🕊 Telegram | 171 |
| 5 | Istanbulda özbek yoşlari bilan uçraşuv
Turkiyadagi Istanbulkent universitetida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan uçraşuv ötkazildi.
Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi hamkorligida taşkil etilgan uçraşuv kino, ijod, Vatan va kelajak haqida samimiy suhbat şaklida keçdi. Yoşlar özbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar, xalqaro hamkorlik va mamlakatimizda sohada keçayotgan özgarişlar bilan qiziqişdi. Delegatsiya a’zolari esa ularning fikrlari, orzu-intilişlari va ijodiy rejalarini tinglaşdi.
Ayniqsa, universitetning kino yönalişida tahsil olayotgan talabalari bilan kelgusida milliy kino loyihalarida hamkorlik qiliş, ularning iqtidori va bilimlarini özbek kinosi rivojiga yönaltiriş haqida kelişib olindi.
Bugun xorijda tahsil olayotgan yoşlarimiz orasida ham özbek kinosiga daxldor bölişni istaydigan, yangi ğoya va taşabbuslarga ega avlod borligi quvonarli.
Işonamizki, bugungi uçraşuvimiz yangi ijodiy hamkorliklar uçun yaxşi bir boşlaniş böladi!
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram | 120 |
| 6 | لا يوجد نص... | 124 |
| 7 | Istanbuldagi kinofestival va Turkiy dunyo kino sammiti doirasida TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev bilan uçraşdik.
Men Sulton oğani, avvalo, katta ijodkor, adib va dramaturg sifatida bilaman. U kişi ham ijodimni muntazam kuzatib borar ekanlar. Suhbatimizda «Islomxöja», «Ilhaq» va «Bahodir Yalangtöş» tarixiy filmlarimizni alohida eslab ötganlari men uçun ayniqsa quvonarli böldi.
Tabiiyki, gapimiz kino bilan çeklanib qolmadi. Turkiy xalqlarning muştarak tarixi, madaniyati, buyuk siymolari va bugungi kino san’atining oldida turgan vazifalar haqida fikrlaşdik.
Men bir haqiqatga işonaman: Özbekiston kinosi turkiy dunyoning boy tarixi va madaniy merosini jahonga tanitişda katta örin tutişi kerak. Buning uçun bizda tarix ham, qahramonlar ham, kuçli ijodiy salohiyat ham bor. Endi bu imkoniyatlarni özaro hamkorlik, qöşma filmlar va yagona kino makoni orqali yanada keng namoyon etişimiz zarur.
Bizni bir tarix boğlaydi. Bu tarixni kino orqali kelajak avlodlarga yetkaziş esa bizning ijodiy va ma’naviy mas’uliyatimizdir.
✅ Instagram | ✅ Telegram | 1 119 |
| 8 | Istanbulda Turkiy dunyo kino sammiti boshlandi.
Unda mamlakatimiz kinoindustriyasidagi islohotlar va imkoniyatlar haqida aytildi.
Turkiy davlatlarni qo‘shma kinoloyihalarga hamkorlikka chorlandi.
Sammit o’z ishini davom ettirmoqda
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram | 107 |
| 9 | Bugun, Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy dunyo kino sammitining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston vakillari o‘z mamlakatlaridagi kinoindustriyaning bugungi holati hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimlari yuzasidan taqdimotlarl bilan ishtirok etmoqda.
Sammitning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Мadaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda kino sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy hamda xorijiy kinoijodkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar va soliq imtiyozlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, u turkiy dunyo kino sanoati vakillarini O‘zbekistonda film suratga olishga taklif etib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma kinoloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini o‘rtaga tashladi.
Anjumanda turkiy davlatlar o‘rtasida kino sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalar uchun istiqbolli imkoniyatlar muhokama qilindi. Turkiyadagi xalqaro tadbirlar joriy yilning 7-noyabriga qadar davom etadi.
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram | 135 |
| 10 | ISTANBULDA VI “QÖRQUT OTA” TURK DUNYOSI KINO FESTIVALI BÖLIB ÖTMOQDA
3-noyabr kuni festivalning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda turkiy davlatlar kino sohasi vakillari, taniqli aktyor va rejissyorlar hamda mutaxassis ekspertlar iştirok etmoqda.
Özbekiston delegatsiyasiga Madaniyat vazirining birinçi örinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov rahbarlik qilmoqda.
Delegatsiya tarkibidan 20 dan ortiq özbek kinosining yetuk vakillari örin olgan.
Festivalning tanlov dasturida uçta yönalişda quyidagi özbek filmlarining iştirok etişi közda tutilgan:
🎥 “Farz” — rejissyor Sarvar Karimov (töliq metrajli badiiy film);
🎥 “Quyoş bolasi Yusuf” — rejissyorlar Dilşodbek Usmonov va Suhrob Qodirov (qisqa metrajli film);
🎥 “Hayotga taşnalik” — rejissyor Möminjon Tursunov (hujjatli film).
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram | 118 |
| 11 | ⚡️ Bugun Özbekiston xalq artisti, özbek dublyaj san’atining fidoyi vakili Mukambar Rahimova bilan samimiy suhbatlaşdik.
Milliy dublyajning buguni, soha muammolari va kelajagi haqida fikr almaşdik. Ustozning boy tajribasini yoş avlodga yetkaziş, malakali mutaxassislar tayyorlaş muhimligini ta’kidladik.
Prezidentimiz taşabbusi bilan barpo etiladigan 10 gektarlik «Özbekfilm kinоshaharchasi» tarkibida zamonaviy dublyaj va ovozlaştiriş markazi ham taşkil etiladi.
Şuningdek, Mukambar Rahimovaning ijodiy maktabi asosida dublyaj san’ati böyiça mahorat maktabini taşkil etişga kelişib oldik.
Maqsadimiz — nafaqat zamonaviy studiyalar barpo etiş, balki milliy dublyaj an’analarini davom ettiradigan, söz va ovoz san’atini yuksak darajada egallagan yangi avlodni tarbiyalaş.
Dublyaj — bu şunçaki ovoz emas. Bu ona tilimiz jozibasi va milliy san’atimiz ifodasidir.
✅ Instagram | ✅ Telegram | 3 301 |
| 12 | Талотўп сал тинчиса, фикримни айтмоқчи эдим. Дилшоднинг ўзи айтиб қўя қолибди. Бу гапларни юзида табассум билан гапира олганига қойилман. Кулиб турибди-ю, аммо юрагидаги тошни ҳис қилиб турибман.
Тоғда съёмкадамиз. Дилшодга отаси вафот этгани ҳақида хабар келди. Эски, ижарага олган «Тико»си бор. Бензини йўқ. Чорвоқдан Сирдарёга етиб бориши керак. Аксига олиб, биронтамизда ҳам пул йўқ. Алишер Узоқов ўша пайтда энг бойимиз эди. Шартта чўнтагидан 100 доллар чиқариб берди.
Дилшод йиғлайди. Съёмка тўхтаб қолаётгани учун биздан узр сўрайди. Ҳамон эсимда, Жаҳон, деб менга қараб:
«Отамнинг умри далада, заводда оғир меҳнат билан ўтди. Бирон марта касалхонага ётмаган, ётолмаган. Улгурмадим, ошна…»
Деб дод солганлари ҳали ҳам қулоғим остида жаранглайди.
Ҳақиқатдан ҳам, қийинчиликнинг оғирини кўрган бола. Беғубор кунлар кўрмаган, бағрига шамол текканига ҳам тўрт-беш йил бўлди.
Интернетдаги гап-сўзларни ўқиб, телефон қилдим.
— Дилшод, онангда телефон борми?
— Бор.
— Олиб қўй. Ўқимасинлар, дедим.
«У қилдинглар, бу қилдинглар, нима қилдинглар?» Ҳеч нарса.
Майли, дўстим. Ўша гапларни ёзганларни қарғама. Кечир уларни.
Илоҳим, ўшаларнинг болалари, набиралари 200 миллион ойлик оладиган бўлсин! | 294 |
| 13 | Özbekiston xalq artisti, «Ilhaq» filmining boş rol ijroçisi Dilorom Karimovaning qalamiga mansub «Rejissyor» nomli kitob taqdimotida iştirok etdim.
Dilorom aya bilan 2019–2020-yillarda, aynan «Ilhaq» filmini suratga oliş jarayonida tanişganman. Öşa kezlardanoq bu ustoz san’atkorning naqadar keng qalb egasi, öz kasbiga nisbatan öta talabçan va haqiqiy professional ijodkor ekanini his qilganman.
Bir voqea hanuzgaça yodimda.
Suratga oliş işlari avjida. Dilorom aya iştirok etmaydigan epizodlardan birini tasvirga olyapmiz. Ijro ham, kadr ham köngildagidek çiqdi. Quvonçim içimga siğmay, bor ovozim bilan:
— OLINDIIIIII! — deb baqirib yubordim.
Emotsional jihatdan murakkab sahnalardan biri edi. Jamoa ham quvonçimga şerik bölib, qarsak çaldi.
Şu payt Dilorom aya yonimga kelib:
— Jahongir, bu epizoddagi ikkinçi kelinimning libosi boşqaça bölişi kerak, — dedilar.
— Qayerdan bildingiz, aya? — deb söradim.
Ayam katta daftarlarini oçib, körsatdilar. Qarasam, butun filmni epizodma-epizod, qahramonma-qahramon yozib boribdilar. Har bir qahramonning libosi, grimi — hammasi qayd etilgan.
Ötgan kadrlarni tekşirib körsak, aya haq ekanlar. Epizodni qaytadan suratga oldik.
Öşanda yana bir bor anglaganman: haqiqiy professionallik faqat öz rolini mukammal ijro etişda emas, balki butun asar taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaşda ham namoyon böladi.
Dilorom aya — mohir aktrisa, qalam tebratishda ham öz söziga ega ijodkor. Har qanday sinovlarga qaramay, özining insoniy qiyofasi, samimiyati va içki gözalligini saqlab qolgan ulug‘ san’atkor.
Bugun «Rejissyor» kitobining taqdimotida Dilorom ayani samimiy tabriklar ekanman, beixtiyor şu xotiramni yiğilganlar bilan örtoqlaşdim.
Ayani yangi kitoblari bilan çin qalbimdan qutladim.
Söng işga qaytdim. | 2 879 |
| 14 | Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 231 |
| 15 | Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка! | 266 |
| 16 | 🇺🇿 Aziz vatandoshlar! Qadrli kino san’ati vakillari!
Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklayman!
Milliy kinematografiya ham ona tilimizning imkoniyatlarini keng namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni asrash va ularni kelajak avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Ekran orqali yangragan har bir so‘z, qahramonlar nutqi va dialoglarning tabiiyligi filmning badiiy ta’sirini belgilovchi muhim omillardandir.
Shu bois milliy filmlarimizda o‘zbek tilining sofligi, ravonligi va ifoda imkoniyatlarini asrash, yosh avlodda ona tiliga hurmat va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash barchamizning mas’uliyatli vazifamizdir.
Ona tilimizning qadri va nufuzi hamisha yuksak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori
Jahongir Ahmedov
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram | 245 |
| 17 | #shanbahikoyasi
Onam juda ziyoli ayol edilar. Ular haqida ko‘p xotiralarimni yozganman. Bugun esa yana bir xotirani qog‘ozga tushirgim keldi.
Institutning ikkinchi kursida o‘qib yurgan paytlarim edi. Oilamiz hayotining eng qiyin davrlaridan biriga to‘g‘ri kelgan. Ketma-ket yo‘qotishlar, moliyaviy qiyinchiliklar, qamalishlar va yana qancha sinovlar…
Ana shunday og‘ir kunlarda men talaba edim. Oilamga yordam berish u yoqda tursin, har kuni pul olishimga to‘g‘ri kelar, ustiga-ustak, boshqa xarajatlarim bilan ham oilamga yuk bo‘lardim.
Vijdonim qiynaldi. O‘qimayman, ishlayman, dedim.
Shunda onam bir og‘iz gap aytdilar:
— Meni ham, otangni ham bor umidimiz sendan, bolam…
Bu shunchaki aytilgan gap emas edi. Bu mening butun umrimga yetadigan kuch, hayotimning eng og‘ir damlarida suyanadigan tayanchim bo‘lib qoldi. Yiqilganimda turishga, umidim so‘nganida yana oldinga qarashga, har qanday qiyinchilik qarshisida taslim bo‘lmaslikka undaydigan bir ichki qudratga aylandi.
Hayotda shunday lahzalar bo‘ladiki, inson ularning ma’nosini o‘sha zahoti anglamasligi mumkin. Ammo ayrim so‘zlar yillar o‘tsa ham eskirmaydi. Aksincha, hayot sinovlari og‘irlashgan sari ularning qadri va ma’nosi yanada chuqurlashadi.
Onamning o‘sha gaplari hamisha qulog‘im ostida jaranglab turadi. Eng og‘ir vaziyatlarimda, kuchim qolmagandek tuyulganida, o‘zimni yo‘qotib qo‘ymasligimga yordam beradi.
Hozir ham shunday…
✅ Instagram | ✅ Telegram | 475 |
| 18 | Bugun bir haqiqatni tan olishimiz kerak: badiiy kengashning amaldagi formati eskirgan va zamonaviy kino talablariga javob bermaydi.
Bir nechta odamning shaxsiy didi butun kino sohasi uchun mezon bo‘la olmaydi.
Bir ekspertga yoqmagani uchun ijodkorning mehnati rad etilishi yoki loyihasi to‘xtatilishi mumkin emas.
Shuning uchun badiiy kengash o‘rniga janr va yo‘nalishlar bo‘yicha professional ekspertlik tizimi joriy etiladi.
Har bir loyiha tegishli sohaning mutaxassislari tomonidan aniq va shaffof mezonlar asosida baholanadi.
«Yoqdi — yoqmadi» emas, professional xulosa asosiy mezon bo‘ladi.
✅ Instagram | ✅ Telegram | 3 954 |
| 19 | #yakshanbahikoyasi
Adashmasam, 5-sinfda o‘qiydigan paytimiz. Shanba kuni hamma darslar bekor qilinib, maktabda shanbalik e’lon qilindi.
5-sinfdan to 11-sinfgacha — hammaga maktab hududidan joy ajratib berishdi. Bizga hovlidagi uch sotixcha keladigan yerni shudgor qilish vazifasi tushdi. Mehnat o‘qituvchisi Ilhom aka keldi-da:
— Ta-a-a-ak, 5-«A»! Mana shu yerni o‘yib bo‘lsalaring, Elmurod akalaringdan koptok olib beraman, futbol o‘ynaysanlar, — dedi.
Sinfimizda o‘g‘il bolalar ko‘p bo‘lib, futbol o‘ynash jon-u dilimiz edi. Darrov ishga kirishdik. Hamma o‘z ishi bilan ovora bo‘lib ketgan bir paytni kutib, yerning bir sotixini ag‘dardik-da, qolgan qismiga shu joydan tuproq olib sochib chiqdik. Bir zumda hamma joy chopilgandek bo‘ldi-qoldi.
Ilhom akani chaqirib keldik. U hayron. Ikki soatga ham qolmay ish bajarilgan, hudud yashnab turibdi. O‘qituvchi noiloj bergan va’dasini bajarib, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Elmurod akadan koptokni olib berdi.
Kechgacha maza qilib futbol o‘ynadik.
Qolgan sinflar esa qosh qorayguncha o‘zlariga topshirilgan ishni arang bajarishdi.
Ikki-uch kundan keyin qattiq shamol bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. Sochilgan tuproqlar ochilib qoldi, yerni birpasda ajriq bosib ketdi.
Mehnat o‘qituvchisi bizdan: «Yerni qanday ag‘darsak yaxshi bo‘ladi?» — deb so‘ramadi. Buni qanday amalga oshirish haqida ham gaplashmadi biz bilan. Faqat natija talab qildi va agar natijaga erishilsa, rag‘bat ham borligini aytdi.
Biz esa ish haqida emas, va’da qilingan rag‘bat haqida o‘ylay boshladik…
✅ Instagram | ✅ Telegram | 513 |
| 20 | Sohada professional muhit va o‘zini o‘zi boshqarish madaniyati shakllanib, kinoijodkorning ovozi, tajribasi va kasbiy obro‘si munosib qadrlanadi.
S. Sh. Mirziyoyeva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
✅ Instagram | ✅ Telegram | 2 963 |
