Student Parliament of KIUT
الذهاب إلى القناة على Telegram
إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
354
المشتركون
+124 ساعات
+97 أيام
+930 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
+2
🇺🇿 Bugun Yangi O‘zbekiston bog‘ida o‘tkazilgan “Talaba yugur” sport musobaqasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollik va sportga qiziqishni oshirishga qaratildi.
Talabalarimiz belgilangan masofani bosib o‘tib, o‘z kuch va chidamliliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
🔗 www.kiut.uz
#XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS
🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?
⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan:
☑️ bevosita muloqot qilishingiz;
☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz;
☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz;
☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.
🎁 Shuningdek, IELTS va Mock imtihonlari bo‘yicha tanlovlar, bepul IELTS vaucherlari, sertifikatlar hamda qimmatbaho sovrinlar sizni kutmoqda! Kelajagingizni uzoqdan izlamang, unga eltuvchi imkoniyat shu yerda!
📂 Ro‘yxatdan o‘tishni unutmang - chunki sovg‘a va bonuslar faqat RO‘YXATDAN o‘tganlarga beriladi!
🔗 https://forms.gle/mSJp296uhr31Bm3E9
☎️ Hamkorlik va qo‘shimcha ma’lumot uchun +998712309191
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
+3
ONE DAY. A THOUSAND THANKS.
🇺🇿 USTOZLAR KUNI MUBORAK!
KIUT Talabalar Parlamenti O‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan samimiy tabrik tadbirini o‘tkazdi. Talabalarimiz ustozlariga o‘z minnatdorchiliklari, iliq tilaklari va samimiy so‘zlarini yo‘lladilar.
Bizga bergan bilimingiz, sabringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun rahmat, aziz ustozlar!
🇷🇺 С ДНЁМ УЧИТЕЛЯ!
Студенческий парламент KIUT провёл поздравительное мероприятие, посвящённое Дню учителя. Наши студенты поделились с преподавателями тёплыми пожеланиями и словами благодарности.
Спасибо за ваши знания, терпение, поддержку и вклад в наше будущее!
🇬🇧 HAPPY TEACHERS’ DAY!
The KIUT Student Parliament held a special Teachers’ Day celebration. Our students shared their warm wishes and heartfelt gratitude with their teachers.
Thank you for your knowledge, patience, support and for inspiring us every day!
With love and gratitude,
KIUT STUDENT PARLIAMENT
#KIUT #KIUTStudentParliament #TeachersDay
😎 TELEGRAM 😎 INSTAGRAM
🇺🇿🎉 Hurmatli ustozlar! 👩🏫 👨🏫💙
📚 Bizga bergan bilimingiz, sabringiz va doimiy qo‘llab-quvvatlovingiz uchun katta rahmat!
✨ Sizning mehnatingiz — bizning kelajagimizga qo‘shilgan bebaho hissa.
💙 Barchangizni O‘qituvchilar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
KIUT Talabalar Parlamenti
⸻
🎉 Уважаемые преподаватели! 👩🏫👨🏫💙
📚 Спасибо вам за знания, терпение и поддержку, которые вы дарите нам каждый день!
✨ Ваш труд — бесценный вклад в наше будущее.
💙 От всей души поздравляем вас с Днём учителя!
Студенческий парламент KIUT
⸻
🎉 Dear Teachers! 👩🏫👨🏫💙
📚 Thank you for the knowledge, patience, and support you give us every day!
✨ Your dedication is a valuable contribution to our future.
💙 Wishing you a very Happy Teachers’ Day!
KIUT Student Parliament
😎 TELEGRAM 😎 INSTAGRAM
Eng qiziq lahzalarni o'tkazib yubormaslik uchun obuna bo'ling!
Подписывайтесь, чтобы не пропустить самые интересные моменты!
Subscribe so you don’t miss the most exciting moments!
https://www.instagram.com/sp_kiut?stkn=MXV3cmNleXNyNng5bg%3D%3D&utm_source=qr
+9
🇺🇿 KIUT × Narxoz Business School
KIUT va Narxoz Business School hamkorligida biznes ta’limining yangi yo‘nalishi ishga tushirildi.
Student Parliament ushbu tadbirni tashkil etish va mehmonlarni kutib olish jarayonida faol ishtirok etdi.
🇷🇺 KIUT × Narxoz Business School
KIUT совместно с Narxoz Business School запустил новое направление бизнес-образования.
Student Parliament принял активное участие в организации мероприятия и встрече гостей.
🇬🇧 KIUT × Narxoz Business School
KIUT and Narxoz Business School have launched a new direction in business education.
The Student Parliament actively contributed to the organization of the event and welcoming the guests.
#KIUT #StudentParliament
+8
🇺🇿 KIUT Student Parliament — kelajak sari!
24-sentabr kuni 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiya bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
🇷🇺 KIUT Student Parliament — навстречу будущему!
24 сентября состоялась презентация стратегии на 2026–2030 годы, в ходе которой были обсуждены ключевые направления дальнейшего развития.
🇬🇧 KIUT Student Parliament — Moving Towards the Future!
On September 24, the 2026–2030 development strategy was presented, followed by a discussion of key directions for future development.
#KIUT #StudentParliament
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
+3
🇺🇿 Talabalar muammolari ochiq muloqotda o‘rganildi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning yashash sharoiti, ta’lim jarayonida duch kelayotgan muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandilar.
🇷🇺 Проблемы студентов обсудили в формате открытого диалога
Представители Ташкентского международного университета Кимё посетили студенческое общежитие, чтобы непосредственно ознакомиться с условиями проживания студентов, их потребностями и вопросами, возникающими в процессе обучения.
🔗🇬🇧🇷🇺🇺🇿: www.kiut.uz
🇯🇵🤝🇺🇿
Three days of new connections, warm conversations & unforgettable moments.
#kiut #StudentParliament
+8
🇺🇿×🇯🇵 KIUT × KEIO University
Keio universiteti talabalari bilan uch kunlik madaniy almashinuv, yangi tanishuvlar va unutilmas lahzalar.
🇺🇿×🇯🇵 KIUT × KEIO University
Три дня культурного обмена, новых знакомств и незабываемых моментов вместе со студентами Keio University.
🇺🇿×🇯🇵 KIUT × KEIO University
Three days of cultural exchange, new connections and unforgettable moments with Keio University students.
#kiut #StudentParliament
Repost from N/a
🚨 Ҳа, яна бир эълон… лекин бу сафар зерикарли эмас 😄
Университетда нимадир ўзгариши керак деб ўйлайсизми?
«Шуни ҳам тўғрилаб қўйишса яхши бўларди» деган фикрларингиз борми?
Унда сиз излаётган жой шу ерда 👇
🏗️ Студентлар парламентининг Университет инфратузилмасини яхшилаш департаментига координаторлар қабул қилинмоқда!
Бизга муаммони кўриб, «ҳа, бу муаммо экан» деб ўтиб кетадиганлар эмас 😄
«Буни қандай қилиб яхшилаш мумкин?» деб ўйлайдиган талабалар керак.
Ғоялар, таклифлар, янги лойиҳалар — ҳаммаси муҳокама қилинади. Энг муҳими, имкони бор ғояларни амалга оширишга ҳаракат қиламиз. 🔥
👀 Қизиқ бўлса — жамоага қўшилинг. Балки университетдаги кейинги ўзгариш айнан сиздан бошланар.
Жамоага кошилиш учун LINK
Repost from “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
Akmal ALLAKULIYEV: Yangi O‘zbekiston universitetlarining taraqqiyot yo‘li
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini baholashdagi muhim mezonlardan biri bitiruvchilarning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati hisoblanadi.Batafsil: https://marifat.uz/show-post/yangi-ozbekiston-universitetlarining-taraqqiyot-yoli-1501 ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
+7
🇯🇵🤝🇺🇿 “MENING OVOZIM JAMIYATNI O‘ZGARTIRISH KUCHIGA EGA”: BUNGA ISHONCH BERADIGAN TA’LIM QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Joriy yilning 9–10-sentyabr kunlari Kimyo xalqaro universitetida O‘zbekiston va Yaponiya talabalari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida “Future Dialogue: Japan × Uzbekistan” xalqaro debati bo‘lib o‘tdi.Munozarada zamonaviy ta’limda talabalar fikrini eshitish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni jamiyatdagi jarayonlarda faol ishtirok etishga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Universitet nomidan Tibbiyot maktabi talabasi Kabulov Sarvarbek hamda Biznes maktabi talabasi Xoliqova Umida ishtirok etib, o‘z fikr va qarashlarini xalqaro ekspertlar hamda yaponiyalik tengdoshlari bilan o‘rtoqlashdi. Bunday xalqaro muloqotlar yoshlarning ovozi eshitilishi va o‘zgarishlarga ta’sir qila olishiga ishonchini oshiradi. 🔗 🇬🇧🇷🇺: www.kiut.uz
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
YANGI O‘QUV YILI MUBORAK
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va universitetimiz jamoasi,
Barchangizni 2026/2027 o‘quv yili boshlanishi hamda Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Yangi o‘quv yili oldimizga yangi maqsad va vazifalarni qo‘ymoqda. Ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etish — universitetimiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qoladi.
Aziz talabalar!
Universitetdagi yillaringiz — kelajak kasbingiz va hayot yo‘lingiz uchun muhim davr. Bu vaqtni bilim olish, tajriba orttirish, izlanish va o‘z ustingizda ishlash uchun imkoniyat sifatida qadrlang. Bugungi mehnatingiz ertangi natijangizni belgilaydi.
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Universitetimizning har bir natijasi ortida sizning bilimingiz, tajribangiz va mehnatingiz turibdi. Talabaga nafaqat bilim berish, balki uni mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli va o‘z kasbini puxta egallagan mutaxassis sifatida shakllantirishda ustozning o‘rni beqiyos.
Ishonamanki, 2026/2027 o‘quv yili universitetimiz uchun ta’lim va ilm-fanda yangi natijalar, xalqaro hamkorlikda yangi imkoniyatlar va muhim yutuqlar yili bo‘ladi.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, yangi o‘quv yilida kuch-g‘ayrat, izlanish va muvaffaqiyat tilayman.
Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin.
Hurmat bilan,
Akmal Allakuliyev
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori
🇷🇺🇬🇧: www.kiut.uz
🎓 FRESHMEN DAY
🇺🇿 Bugun biz universitetimizning yangi talabalarini iliq kutib oldik! Yangi bosqichingiz muborak bo‘lsin!
🇷🇺 Сегодня мы тепло встретили наших первокурсников! Добро пожаловать в новую главу вашей студенческой жизни!
🇬🇧 Today, we warmly welcomed our freshmen! Welcome to a new chapter of your university journey!
Welcome to KIUT! 🦁
#kiut #studentparliament
🇺🇿 Biz endi Instagram’damiz! 👀📸
Student Parliament’ning rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling!
Oldinda sizni qiziqarli postlar, yangiliklar, loyihalar va kutilmagan kontentlar kutmoqda. 🔥
👉 [Instagram sahifamizga obuna bo‘lish
(https://www.instagram.com/sp_kiut/?utm_source=chatgpt.com)
---
🇷🇺 Мы теперь в Instagram! 👀📸
Подписывайтесь на официальный Instagram Student Parliament!
Впереди вас ждут интересные публикации, новости, проекты и много нового. 🔥
👉 [Подписаться на Instagram]
(https://www.instagram.com/sp_kiut/?utm_source=chatgpt.com)
---
🇬🇧 We’re now on Instagram! 👀📸
Follow the official Student Parliament Instagram page!
Interesting posts, updates, projects and exciting content are coming your way. 🔥
👉 [Follow us on Instagram]
(https://www.instagram.com/sp_kiut/?utm_source=chatgpt.com)
+9
🇺🇿 TALABALAR PARLAMENTI | KIUT
Talabalar ovozi. Yangi g‘oyalar. Katta imkoniyatlar.
Biz talabalar fikrini tinglaymiz, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz va universitet rivojiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Birgalikda — biz kuchmiz.
🇷🇺 СТУДЕНЧЕСКИЙ ПАРЛАМЕНТ | KIUT
Голос студентов. Новые идеи. Большие возможности.
Мы слышим студентов, поддерживаем инициативы и вместе развиваем университет.
Вместе — мы сила.
🇬🇧 STUDENT PARLIAMENT | KIUT
Students’ voice. New ideas. New opportunities.
We listen, support and create positive change together.
Together — we are stronger.
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
Азиз ватандошлар, ҳурматли устозлар, талабалар ва ҳамкасблар
Барчангизни юртимиз мустақиллигининг 35 йиллиги билан самимий муборакбод этаман.
Ўтган йиллар давомида мамлакатимиз ҳаётининг барча соҳалари қатори таълим ва илм-фанда ҳам улкан ўзгаришлар амалга оширилди. Бугун Ўзбекистон ёшларининг замонавий билим олиши, дунё билан рақобатлаша оладиган мутахассис бўлиб етишиши учун кенг имкониятлар яратилмоқда.
Президентимиз Шавкат Мирзиёев таъкидлаганидек, мустақилликнинг қадр-қиммати фарзандларга таълим-тарбия бераётган устоз ва мураббийлар меҳнатида ҳам намоён бўлади. Бу эътироф зиммамиздаги масъулиятнинг нақадар юксак эканини яна бир бор англатади.Университетимиз жамоаси учун ҳам Ватан тараққиётига муносиб ҳисса қўшадиган билимли, ташаббускор ва юксак малакали мутахассисларни тайёрлаш энг муҳим вазифадир. Зеро, мамлакатнинг эртанги салоҳияти бугун ёшларга бераётган билимимиз, тарбиямиз ва яратаётган имкониятларимиз билан белгиланади. Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги барчамизга муборак бўлсин! Юртимиз тинч, халқимиз фаровон, ёшларимизнинг орзу ва мақсадлари ҳамиша улуғ бўлсин. Ҳурмат билан, Тошкент Кимё халқаро университети ректори А.Аллакулиев
