ar
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

الذهاب إلى القناة على Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

إظهار المزيد
830
المشتركون
-4824 ساعات
-707 أيام
-39230 أيام
أرشيف المشاركات
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitte
#iqlim 👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#ovozli_chat #Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️ "Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ-641-sonli qarorda "O'zagroinspeksiya" vakolatiga kiruvchi vazifalar yuzasidan "OVOZLI CHAT"tashkil etilgan еdi. ‼️ Mazkur ovozli chat yozuvlari e'lon qilinmoqda 🎙Suhbat spikerlari:
🔂Murod Qurbonboyev-Inspeksiyaning Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lari etishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligi 🔂Farxod Usubaliyev-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lalarini navdorligini baholash bo'limi boshlig'i
©Moderator: Xolida Shadiyeva 👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ XORAZM: DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN DON TOPSHIRISH REJASI ORTIG‘I BILAN BAJARILDI ▶️ Xorazm viloyati respublikada birinchi bo‘
XORAZM: DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN DON TOPSHIRISH REJASI ORTIG‘I BILAN BAJARILDI ▶️ Xorazm viloyati respublikada birinchi bo‘lib davlat ehtiyojlari uchun don topshirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni ortig‘i bilan bajardi. Viloyatda 2026-yil hosili uchun jami 33,2 ming gektar maydonlarda boshoqli don ekinlari parvarishlandi.
Asosiy maydonlarda Asr va Andijon-2 kabi mahalliy, Yelanchik, Vexa, Alekseyeich kabi xorijiy navlar parvarishlanib, g‘alla yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarni tanlash, urug‘larni yarovizatsiya qilib ekish hamda barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuqori natijalarga erishishga zamin yaratdi.
👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

👍👍👍 🌿“Qog’ozsiz bir kun” O'zagroinspeksiya huzuridagi Markaz faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish orgali gog'ozdan foydalanishni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masadida "Qog'ozsiz bir kun" ekoaksiyasi davom etmoqda. "Qog'ozsiz bir kun" ekoaksiyasi jamoada ekologik mas'uliyatni oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida ish yuritish tizimini rivojlantirishga xizmat qildi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ 165 MING GEKTARDAN ORTIQ G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLARDA KAMCHILIKLAR ANIQLANDI ▶️ Bugungi kunda Respublikamizda
+2
165 MING GEKTARDAN ORTIQ G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLARDA KAMCHILIKLAR ANIQLANDI ▶️ Bugungi kunda Respublikamizda 2026-yil paxta hosili uchun 889,5 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.
Joriy yilning 15 iyun holatiga hududlarda parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarining 71 ming gektari yoki 8 foizi 5-6 chinbarg, 594 ming gektari yoki 67 foiz shonalash va 223,3 ming gektari yoki 25 foizi gullash fazalarida rivojlanmoqda.
👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Davlat korxonalarida funksiyalarni autsorsing shartlari asosida tashkil etish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (306-son, 12.06.2026-y.) bilan “Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🔰 Ushbu Nizom ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat korxonalarida funksiyalarni autsorsing shartlari asosida tashkil etish tartibini belgilaydi. 📝 Nizomga ko‘ra, autsorsing xizmati quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi: ▪️ autsorserni aniqlash; ▪️ korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; ▪️ autsorser tomonidan funksiyalarning sifatli bajarilishi; ▪️ davlat buyurtmachisining funksiyalarini bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish. 🗒 Ishtirokchilarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: ➖ tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi; ➖ beriladigan funksiyalar yo‘nalishida kamida 6 oy faoliyat olib borgan bo‘lishi; ➖ autsorsing shartnomasini bajarish uchun yetarli ish tajribasi hamda boshqa resurslarga ega bo‘lishi; ➖ soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi; ➖ ishtirokchining sud qarorlari bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi. ⏳ Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring davlat buyurtmachisi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿🇺🇸Donald Tramp O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan taklif etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziy
🇺🇿🇺🇸Donald Tramp O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan taklif etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampni tavallud kuni munosabati bilan tabriklab, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollariga alohida to‘xtaldi. Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida AQSH bilan o‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
“Bugun O‘zbekiston – AQSH aloqalari har qachongidan ham mustahkam va amaliy ruh kasb etayotgani ayni haqiqatdir”, – deyiladi maktubda.
Prezidentimiz O‘zbekiston ochiq va konstruktiv hamkorlikka intilayotgan mamlakat sifatida AQSH bilan ko‘p qirrali va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Donald Trampning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarini yuksak baholab, xalqaro va mintaqaviy platformalar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik bundan buyon ham yangi amaliy natijalar bilan boyib borishiga ishonch bildirdi.
Strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida Prezidentimiz amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

👍👍👍 Xorijiy mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi nazorati: zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalar ™️™️™️™️™️™️ 🇨🇳Xitoy tajribasi: yer resurslarini muhofaza qilish Xitoyda qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda unumdor yerlarning qisqarib ketishining oldini olish maqsadida qatʼiy nazorat choralari amal qiladi. Raqamli monitoring tizimlari orqali yer maydonlarining holati doimiy kuzatib boriladi, qonun buzilishlari aniqlangan hollarda tezkor choralar ko‘riladi. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🇰🇿Qozog‘iston tajribasi: yer nazorati va veterinariya xavfsizligi Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi nazorat yer qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlash, fitosanitariya va veterinariya talablarini bajarishga qaratilgan. So‘nggi yillarda mamlakatda elektron yer kadastri va raqamli monitoring tizimlari rivojlantirilmoqda. Bu esa yer resurslaridan samarali foydalanish hamda davlat nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🌱Xulosa Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligi nazoratining asosiy tendensiyasi raqamlashtirish, profilaktik yondashuv, xavf-xatarga asoslangan monitoring va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish bilan xarakterlanadi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

👍👍👍 #shanba_mutolaasi Xorijiy mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi nazorati: zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalar ™️™️™️™️™️™️ Bugungi kunda dunyo aholisi sonining ortishi, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning o‘sishi hamda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar qishloq xo‘jaligi sohasida samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishni muhim vazifaga aylantirmoqda.
🌱Shu bois rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanish, mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash, tabiiy resurslarni muhofaza qilish hamda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy nazorat mexanizmlari joriy qilingan.
🔰Qishloq xo‘jaligi nazoratining ahamiyati Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat nazoratining asosiy maqsadi yer resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va agrar sohaning barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, nazoratning zamonaviy tizimi faqat tekshiruvlar bilan cheklanib qolmay, balki profilaktika, monitoring, tahlil va raqamli kuzatuv usullarini ham o‘z ichiga oladi. 🇺🇸AQSH tajribasi: xavf-xatarga asoslangan nazorat AQSHda qishloq xo‘jaligi sohasidagi nazorat tizimi yuqori darajada raqamlashtirilgan bo‘lib, yer va suv resurslaridan foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda fitosanitariya talablariga rioya etilishi muntazam monitoring qilinadi. Bu mamlakatda davlat organlari tomonidan tekshiruvlar asosan xavf-xatar darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarga yo‘naltiriladi. Natijada resurslar tejaladi va nazoratning samaradorligi oshadi. Shu bilan birga fermerlar uchun elektron hisobot tizimlari keng joriy etilgan. 🌍Yevropa Ittifoqi: sputnik monitoringi va shaffoflik Yevropa davlatlari qishloq xo‘jaligi nazoratida zamonaviy geoaxborot texnologiyalaridan faol foydalanmoqda. Ayniqsa, yer maydonlarini sunʼiy yo‘ldosh orqali kuzatish tizimi keng tarqalgan. Sputnik monitoringi orqali ekin maydonlarining haqiqiy holati, yerlardan maqsadli foydalanilayotgani va davlat tomonidan ajratilgan subsidiyalarning to‘g‘ri sarflanayotgani nazorat qilinadi. Bu esa inson omilini kamaytirish va nazorat jarayonining shaffofligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. 🇩🇪Germaniya tajribasi: raqamli texnologiyalar ustuvorligi Germaniya qishloq xo‘jaligi nazoratini raqamlashtirish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Bu yerda dronlar, sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari va elektron maʼlumotlar bazalari orqali yer maydonlarining holati doimiy ravishda kuzatib boriladi. Fermerlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar elektron platformalar orqali qabul qilinib, avtomatik tahlil qilinadi. Bu esa ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish imkonini beradi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Jarayon_Qashqadaryo #Galla_2026 📹Xavfsizlik va mas’uliyat — barakali hosil garovi 🚒🚨🚜Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “O‘zagroinspeksiya” va Ekologiya boshqarmasi hamkorligida tayyorlangan ushbu videorolikda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida yong‘in xavfsizligi, texnikalar sozligi hamda atrof-muhitni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. 🌾G‘alla — rizq-ro‘zimiz, uni asrash barchamizning burchimiz! 🌾 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ 420 GEKTAR URUG’LIK GA’LLA MAYDONLARI YAROQSIZ DEB TOPILDI ▶️“Aprobatsiya” Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik j
420 GEKTAR URUG’LIK GA’LLA MAYDONLARI YAROQSIZ DEB TOPILDI ▶️“Aprobatsiya” Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik jihatidan tozaligi, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligi, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligi hamda ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
📌 Navoiy viloyati tumanlarida kelgusi yil hosili uchun 80 ta subyektlarning 2 685 gektar yer maydonlarida urug‘lik boshoqli doni yetishtirildi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARI NAZORATDA: 2 ta holatda keltirilgan zarar 6 mlrd.dan ziyod ▶️ "O‘zagroinspeksiya"ning Qashqadaryo
+3
QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARI NAZORATDA: 2 ta holatda keltirilgan zarar 6 mlrd.dan ziyod ▶️ "O‘zagroinspeksiya"ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi natijasida foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar ustidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
📌 Nazorat tadbirlari davomida qator qonunbuzilishi holatlari aniqlanmoqda.Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning 14 ta tumanlarida 217 ta yer qonun buzilishlari aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlariga 106 ta materiallar  kritildi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#22_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Samarqand viloyatining olis va chekka hududlari rivojlantiriladi
“Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–219-son, 10.06.2026-y.) qabul qilindi. 📃 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustgacha Oqdaryo tumanida 100 gektar yer maydonida mini-tuganak ekilib, olingan 4 ming tonna super-super elita kartoshka urug‘i belgilangan tartibda dehqonlarga bepul tarqatiladi. 🏛 Bulung‘ur tumanida Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlar bilan birgalikda qiymati 50 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan yiliga 100 ming bosh ishlab chiqarish quvvatiga ega naslchilik korxonasi ishga tushiriladi. 💸 Oqdaryo, Qo‘shrabot va Samarqand tumanlarida niderlandiyalik investorlar bilan hamkorlikda 20 mln AQSH dollari qiymatidagi yillik ishlab chiqarish quvvati 800 ming dona naslli jo‘ja yo‘nalishidagi korxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 🔎Paxtachi tumanining suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan “Qirguli” MFY hududidagi 28,6 gektar yer maydonida tomchilatib sug‘orish tizimi asosida pista va bodomzor plantatsiyasi tashkil etiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Kredit muddatlari uzaytiriladi, subsidiyalar oshiriladi
"Paxta va bug‘doy yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori( (VMQ-295-son, 10.06.2026 y.) qabul qilindi. 📃 Qarorga ko'ra, 2024–2025 yillarda paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati istisno tariqasida 2027-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. 🔂Yer ijara huquqi garov sifatida qabul qilinadi Endilikda qarz oluvchining to‘lov intizomi va kredit tarixi hisobga olingan holda yer uchastkasining ijara huquqi garov sifatida qabul qilinishi belgilandi. Shuningdek, ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining ijara huquqini ham belgilangan shartlar asosida garovga qo‘yish imkoniyati yaratildi. 🔂 Paxta uchun hisob-kitob tartibi o‘zgardi Fyuchers shartnomalari bo‘yicha qabul qilingan paxta xomashyosi uchun: To‘lovning 80 foizi mahsulot qabul qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida amalga oshiriladi; Qolgan qismi moliya yilining 31 dekabrigacha to‘lanadi; Natura shaklida hisob-kitob qilish taʼqiqlandi; Barcha jarayonlar elektron tizimlar orqali rasmiylashtiriladi. Klaster tomonidan hisob-kitob oxirigacha amalga oshirilmasa birja kliring palatasi ushbu klasterga yana birja savdolarida qatnanishishini taʼqiqlaydi. 🔂Paxta kreditlari bo‘yicha subsidiyalar oshirildi Imtiyozli kreditlarni belgilangan muddatda qaytargan fermerlarga: kredit foizlarining 5 foiz punkti qismi; kredit muddatidan oldin yoki shartnomada belgilangan vaqtda to‘liq qaytarilganda qo‘shimcha 2,5 foiz punkti qismi subsidiya sifatida qoplab beriladi. 🔂Bug‘doy yetishtiruvchilar uchun yangi subsidiya Qaror bilan bug‘doy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustigacha to‘liq qaytargan qishloq xo‘jaligi subyektlariga yangi subsidiya joriy etildi. Unga ko‘ra, kredit bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foiz punkti davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. 🔂Bog‘lar uchun suv tejovchi texnologiyalarga subsidiya qiymati oshirildi Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha subsidiya miqdorlari ham oshirildi. Xususan, mevali ekinlar uchun ajratiladigan mablag‘ hisob-kitobidagi ko‘rsatkich 6 000 dan 8 000 gacha oshirildi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦 🏆“Eng yaxshi blog” tanlovi g‘oliblari aniqlandi 📃 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabr
+5
🟦🟦🟦 🏆“Eng yaxshi blog” tanlovi g‘oliblari aniqlandi 📃 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasi” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 10–11-iyun kunlari O‘zagroinspeksiyada “Eng yaxshi blog” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 I-o‘rin — X.Shadiyeva, O‘zagroinspeksiya boshlig‘ining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi; 🥈 II-o‘rin — Sh.Sheraliyev, O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi; 🥉 III-o‘rin — U.Yusupova, O‘zagroinspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi kotibasi.
🎉Tanlov g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter