Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
200
المشتركون
-324 ساعات
-17 أيام
-1130 أيام
أرشيف المشاركات
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nosirova Lobar Alixonovna tomonidan joriy yilning 31-mart kuni 56-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmonov Farxod Suvonqulovich tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Repost from Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+3
#Bugun Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari A.Omonov, G‘.Uzoqov, Z.Norova hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar ishtirokida 🏫 71-sonli umumta’lim maktabining ta'lim-tarbiya jarayonlari va yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
O‘quv jarayoni: Darslarning sifat darajasi va o‘qituvchilarning metodik ta’minlanganligi;
Davomat va tarbiya: O‘quvchilarning darslarga qatnashishi hamda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning borishi;
Moddiy-texnik holat: Maktab binosining isitish tizimi, sinfxonalar jihozi va oshxona faoliyati;
Bitiruvchilar bandligi: Yuqori sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish va oliy ta’limga tayyorlash ishlari.
📌 Yakunda maktab ma’muriyati va pedagogik jamoa bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
|Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
13-17-Aprel kunlari uchun ish reja ANONSI
13-Aprel kotibiyat mudiri tomonidan tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatlari.
👤 Mas’ul:
J.Ergashev – tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
14-Aprel tuman Kengashi raisi S.Qodirov tomonidan Poliklinika va shifoxonalarda shifokorlar hamda tibbiyot xodimlari ish faoliyatini o'rganish.
👤 Mas’ul:
O.Nosirov – tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
15-Aprel Bog’bon saylov okrugi deputati L.Nosirova tomonidan «Yoshlar daftari» dagi mablag‘lar maqsadli sarflanishining nazorati qanday holatda.
👤 Mas’ul:
J.Ergashev – tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
16-Aprel Sevaz saylov okrugi deputati D.Razzoqova tomonidan Maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalarida sanitariya holati o’rganish.
👤 Mas’ul:
O.Nosirov – bosh mutaxassisi
17-Aprel Surum saylov okrugi deputati A.Rasulov tomonidan Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirganlik holatini o’rganish.
👤 Mas’ul:
J.Ergashev – bosh mutaxassisi
Kengash
Repost from Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
📊 6–11-aprel kunlari Kitob tuman Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
D A Y J E S T I
TA’LIM VA IJTIMOIY SOHA 🏫
Xususiy maktablar: O‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar deputatlar tomonidan ko‘zdan kechirildi.
Tibbiyot:16-sonli oilaviy poliklinikada xizmat sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.
IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK 💰
Chorvachilik: Sohani rivojlantirish – tumanning ustuvor iqtisodiy vazifasi.
Tadbirkorlarning murojaatlari deputat tashabbusi bilan joyida hal etildi.
Budjet va Islohot: Doimiy komissiya yig‘ilishida aholi farovonligini oshirish choralari belgilandi.
NAZORAT VA QONUNCHILIK ⚖️
17-Sessiya_Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
Ijro intizomi: Deputat so‘roviga javob bermagan tashkilotlar faoliyati keskin muhokama qilindi
Infratuzilma: Daryo o‘zanlari, ichki kanallar va xiyobonlar holati deputatlar nazoratiga olindi.
#Dayjest _Deputat_Faoliyati
+7
Daromadli oila - farovon oila
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, mahallalarda ishsizlik darajasini kamaytirish va fuqarolarning daromad manbalarini o‘rganish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri Uzoqov Gʻulom Baxronovich tomonidan “Xalqlar Doʻstligi” MFY hududidagi xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida e’tibor qaratilgan asosiy masalalar:
Mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Aholining tomorqadan unumli foydalanishi, issiqxonalar faoliyati va oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
🏛 Deputat so‘rovi yuborildi.
Sanam mahalla fuqarolar yigʻini aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Hakimovich tomonidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmonov Farxod Suvonqulovichga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
⚖️ Aholi murojaatlari va huquqiy ko‘mak: Muammolarga yechim izlandi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maslahat byurosi hamkorligida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuvda tuman Kengashi mas’ullari hamda “Madad” NNT mutaxassisi S.Usmonov ishtirok etib, fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlarini tingladilar.
Qabul davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish;
✅ Ijtimoiy himoya, yer va mulk huquqi, oilaviy munosabatlar bo‘yicha yuridik tushunchalar berish;
✅ Qiynab kelayotgan muammolarga qonuniy yechim topish.
Muloqot davomida ko‘plab fuqarolarga joyida huquqiy maslahatlar berilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.
“Maqsadimiz — fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishda ko‘maklashish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir”Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+2
Qonun ijrosi amalda O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, mahallalarda ishsizlik darajasini kamaytirish va fuqarolarning daromad manbalarini o‘rganish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan, tuman kengashi deputati Zilola Norova tomonidan “Charmgar” MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida e’tibor qaratilgan asosiy masalalar: Mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Aholining tomorqadan unumli foydalanishi, issiqxonalar faoliyati va oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi. Ish qidirayotgan fuqarolar bilan bevosita suhbatlashib, ularni kasb-hunarga qayta tayyorlash va bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish choralari muhokama qilindi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+3
📌 MUHOKAMA VA NAZORAT: XIYOBONLAR QIYOFASI DOIMIY DIQQAT MARKAZIDA
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati mudiri G'Uzoqov, bosh mutaxassis J.Ergashev O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev tomonidan tumandagi madaniyat va istirohat bog‘lari hamda xiyobonlarning bugungi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
✅ Obodonlashtirish ishlari: Xiyobonlarning sanitariya holati va ko‘kalamzorlashtirish darajasini yaxshilash;
⚠️ Xavfsizlik choralari: Foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan, ma’nan eskirgan va fuqarolar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan attraksionlarni qisqa muddatda demontaj qilish (olib tashlash);
🛠 Modernizatsiya: Eskirgan qurilmalar o‘rniga zamonaviy va xavfsiz dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
👉🏻 |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan joriy yilning 06-aprel kuni 57-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmonov Farxod Suvonqulovich tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+1
🏥 Tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tomonidan tumanimizdagi “Sharq Yulduzi” mahallasida joylashgan Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati atroflicha o‘rganildi.O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati; ✅ Dori-darmon zaxirasi va ularning saqlanish holati; ✅ Tibbiy xodimlarning fuqarolar bilan ishlash madaniyati; ✅ Binoning isitish tizimi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi. 📌 Natijalar va vazifalar Deputat o‘rganish davomida muassasaga tashrif buyurgan bemorlar bilan muloqot qilib, ularning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasini so‘radi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan muassasa mas’ullariga tavsiyalar berilib, hal etilishi deputat nazoratiga olindi. 👉🏻 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
+4
Hunarmandchilik — milliy qadriyat va daromad manbai
Bugun O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi apparat rahbari Visola Parmonova hamda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘ayrat Uzoqov tomonidan tuman Hunarmandlar uyushmasi faoliyati va hunarmandlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.O‘rganish davomida:
✅ Hunarmandlarning faoliyatini kengaytirishdagi mavjud to‘siqlar; ✅ "Usta-shogird" an’analari asosida yoshlarni band qilish; ✅ Tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlardan foydalanish holatlari tahlil qilindi.Uchrashuv davomida hunarmandlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga yo‘nalishlar berildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
+5
🌊 Suv inshootlari va kanallar rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Kitob tumanida daryo o‘zanlarini tartibga solish hamda ichki kanallarni rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati R.Kamilov hududlardagi qurilish va ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🚜 Kanallarni betonlashtirish va suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish;
💧 Suv isrofini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan texnik yechimlar;
🏗 Qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi;
🛡 Daryo bo‘ylarini mustahkamlash orqali aholi xavfsizligini ta’minlash.
"Suv — hayot manbai. Har bir tomchi suvdan unumli foydalanish va suv inshootlarini sifatli qurish bugungi kunning eng muhim vazifasidir,"Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
+9
#sessiya
Kitob tumanida Xalq deputatlari Kengashining 17- sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Kitob tumani hokimligida Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining VII chaqiriq 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga kiritilgan navbatdagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Har bir masala bo‘yicha deputatlar tomonidan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
✈️Qabul qilingan barcha qarorlar kengashning rasmiy veb-sayti — kengash.gov.uz da e’lon qilinishi belgilandi.
Mazkur sessiya tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor muhim masalalarni hal etish, aholining murojaatlari va ehtiyojlariga javob berish borasida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/kitob_tuman_Kengashi
#sessiya
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n yettinchi sessiyasi o'z ishini boshladi.
Sessiya kun tartibidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish hamda boshqa qator dolzarb va muhim masalalar o‘rin olgan.
🔹 Sessiya jarayonlarini bizni kuzatishda davom eting.
🔹 Eng muhim qarorlar va yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar berib boramiz
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
+2
Kitob tumanida "Tashabbusli budjet" g‘oliblari moliyalashtirildi
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-16-22-4-62-K/26-sonli qaroriga muvofiq, "Tashabbusli budjet" jarayonining 2026-yil 4-bosqichi g‘oliblarini moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
✅ Fuqarolar ovozi bilan: 12 ta loyiha uchun 18 milliard 928 million 932 ming so‘m;
“Deputatlar tashabbusi” mexanizmiga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lmagan, biroq hudud uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan, yetarlicha ovoz to'play olmagan bo'lsa-da, uning ahamiyati inobatga olinib tumandagi 1-son sport maktabida fudbolni rivojlantirish maqsadida balansidagi markaziy o'yingohini joriy ta'mirlash uchun 1 milliard 647 million so'm mablag' ajratildi.
Batafsil: qarorning to'liq matni
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
|Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
🏛 KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Deputatlik nazorati doirasida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.
* UMUMIY NATIJALAR 📨 56 ta deputat so‘rovi yuborildi Shundan: ✅ 36 ta — hal etildi ⏳ 4 ta — jarayonda 📌 16 ta — keyingi yil dasturiga kiritildi 📅 2025-yilning mos davrida — 19 ta 📊 +295% o‘sish kuzatildi * ASOSIY YO‘NALISHLAR ⚡️ Elektr ta’minoti — transformator, tarmoqlar va ustunlar 🏗 Obodonlashtirish — hududlarni tartibga keltirish 🛣 Yo‘l va infratuzilma — ichki yo‘llar, shag‘allashtirish * ENG KO‘P MUROJAATLAR YO‘NALTIRILGAN SOHALAR ⚡️ Elektr tarmoqlari — yetakchi yo‘nalish 🏗 Obodonlashtirish boshqarmasi 🚧 Yo‘llardan foydalanish tashkilotlari 🏫 Ta’lim tizimi * AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR 🔌 Transformator va elektr tarmoqlari o‘rnatildi 🛣 Ichki yo‘llar shag‘allashtirildi 🏘 Mahalla infratuzilmasi yaxshilandi 💧 Sug‘orish tizimlari rivojlantirildi 💡 Ko‘cha yoritish tizimlari o‘rnatildi
+4
🏥 16-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi jamoasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida 16-sonli oilaviy poliklinika faoliyati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalar tahlil qilindi:
✅ Tibbiy xizmat sifati: Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish holati va shifokorlar qabuli;
✅ Dori-darmon ta'minoti: Imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari zaxirasi va ularning taqsimlanishi;
✅ "Elektron poliklinika" tizimi: Navbatlarni tartibga solish va bemorlar haqidagi ma'lumotlarni raqamlashtirish jarayoni;
✅ Patronaj xizmati: Mahalla hududidagi xonadonlarga chiqib, aholi salomatligini tekshirish ishlarining samaradorligi.
📍 O‘rganish yakunida tibbiyot xodimlarining mas'uliyatini oshirish, aholi murojaatlari bilan tezkor ishlash va servis sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
#Sog‘liqniSaqlash #Tibbiyot #Poliklinika #Salomatlik #AholiMurojaati
👉🏻Telegram
