Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
200
المشتركون
-324 ساعات
-17 أيام
-1130 أيام
أرشيف المشاركات
QASHQADARYO AXBOROTI| Joylarda aholi bilan muloqotlar qilib, muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratmoqda.
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻
👉🏻 Telegram
👉🏻 YouTube
👉🏻 Facebook
👉🏻 Instagram
+1
#Kitob tumanida deputat va tashkilot rahbari hamkorligi: Murojaat o‘z yechimini topdi Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash, ularning muammolariga amaliy yechim topish an’anaga aylangan. Navbatdagi fuqarolar qabuli ham kutilgan natijani berdi. Qabulning o‘ziga xosligi: Bu galgi uchrashuvda nafaqat murojaatlar tinglandi, balki masalaga daxldor tashkilot rahbarining shaxsan ishtirok etishi ta’minlandi. Bu esa muammoning "kabinetma-kabinet" sarson bo‘lmasdan, joyida hal etilishiga xizmat qildi. 👉🏻 Telegram
+2
Kitob tumani, "Makrid" MFYning "Xonaqo" qishlog‘ida yangi qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida binoning sifati, muhandislik tarmoqlari (suv, elektr, isitish tizimi) va xavfsizlik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. 👉🏻 Telegram
+3
Kitob tumanida ekologik nazorat: "Ulug‘bek" MFY hududi chiqindilardan tozalandi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Kitob tuman Kengashi apparat rahbari I.E.Ashurov tashabbusi bilan "Ulug‘bek" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi ekologik aksiya o‘tkazildi. Tadbir davomida hududda to‘planib qolgan noqonuniy chiqindilar to‘liq bartaraf etildi. Bu kabi choralar nafaqat hudud orastaligini ta’minlash, balki aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi. Ekologik tozalik — sog‘lom kelajak garovidir! 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram
+2
Deputat ishtirokida "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun muhokama qilindi 8-Panji saylov okrugi deputati Ismoilov Maxmud Siddiqovich ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ta’lim tizimidagi islohotlar, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini nazorat qilish masalalari muhokama qilindi. Deputat M.Ismoilov qonundagi yangi normalar, masofaviy va inklyuziv ta’lim imkoniyatlari hamda soha xodimlarining huquqiy himoyasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda soha vakillari va saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTebe 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram
+1
📍 Deputat va saylovchilar muloqoti
7-Surum saylov okrugi deputati Alisher Rasulov navbatdagi uchrashuvini "Mustaqillik" mahallasida o‘tkazdi.
Muloqot davomida mahalla aholisining murojaatlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi belgilab olindi.
Xalq dardi bilan yashash – asosiy maqsadimiz.
👉🏻 Telegram
+3
Bitiruvchilardan yashil meros: 84-maktab yoshlarining namunali ishi 🌳 Maktabni bitirish — nafaqat xayrlashuv, balki ortdan ezgu nom qoldirish demakdir. Kitob tumani "Istiqbol" MFYda joylashgan 84-sonli maktab bitiruvchilari bu yil o‘zgacha an’anani boshlab berdilar. Ular maktab atrofidagi qarovsiz bo‘sh turgan yer maydonini obodonlashtirib, o‘z qo‘llari bilan manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Bugun ekilgan bu nihollar ertaga ulkan bog‘ga aylanib, qishloq ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi shubhasiz. ✅ Bu — tabiatga muhabbat va kelajak oldidagi mas’uliyat namunasidir. Aziz bitiruvchilar, siz ekkan har bir nihol bilan birga orzu-niyatlaringiz ham bo‘y cho‘zsin! 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram
Repost from Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi
+1
❗️ Hokimlar saylov okrugida nimalarni muhokama qildi?
Qashqadaryo viloyatida tuman va shahar hokimlari deputat sifatida o‘zlari saylangan okruglariga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda hududlarni rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish hamda fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi.📌 Quyida hududlar kesimida uchrashuvlar tafsiloti bilan tanishishingiz mumkin: 🔹 Qarshi shahar 🔹 Shahrisabz shahar 🔹 G‘uzor tumani 🔹 Dehqonobod tumani 🔹 Qamashi tumani 🔹 Qarshi tumani 🔹 Kasbi tumani 🔹 Kitob tumani 🔹 Koson tumani 🔹 Ko‘kdala tumani 🔹 Mirishkor tumani 🔹 Nishon tumani 🔹 Yakkabog‘ tumani ✅ Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
+4
Yashil makon — obod xonadon va fayzli tomorqadan boshlanadi! 🌱🏡 Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari hamda deputatlar ishtirokida “Obod xonadon — obod mahalla” tamoyili asosida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida aholi xonadonlaridagi tomorqa madaniyati, yerga bo‘lgan munosabat va ekologik tozalik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Zero, tabiatni asrash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash har bir xonadonning ostonasidan, har bir qarich tomorqadan boshlanadi. ✅ Tadbir davomida namunali tomorqa egalarining tajribasi o‘rganildi va aholiga ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yashil kelajakni birgalikda quramiz! 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram
+2
Xalq dardi bilan yashash — deputatning asosiy vazifasi 15-saylov okrugi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna hududdagi aholi holidan xabar olish maqsadida "Saroy" MFYda bo‘ldi. Tashrif davomida deputat mahalladagi keksalar va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olib, ularga ma’naviy ko‘mak berdi. Xususan, 1-guruh nogironligi bo‘lgan F.Xomidov tomonidan tashkil etilgan kichik oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi. N.Mirova tadbirkorning mehnatsevarligi va irodasini e’tirof etib, faoliyatni yanada kengaytirish va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram
Repost from N/a
📊 2025-YILDA DEPUTATLAR FAOLLIGI
OAV VA IJTIMOIY TARMOQLAR TAHLILI
🔢 Umumiy ko‘rsatkich:
📌 Jami yoritilgan materiallar soni – 2090 ta
✅ 1701 ta (81%) – hududiy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlarida
✅ 389 ta (19%) – boshqa OAV va ijtimoiy tarmoqlarda
🏛 VILOYAT KENGASHI BO‘YICHA
📌 Jami – 633 ta material
✅ 383 tasi – viloyat Kengashi tarmoqlarida
✅ 58 nafar deputatdan 54 nafari (93%) faol
✅ Boshqa OAV va ijtimoiy tarmoqlarda – 58 nafar deputatdan 30 nafari (52%) faol
⭐️ Eng faol viloyat deputatlari: 🥇 Karomova Komila Zaydullayevna – 124 ta 🥈 Murtazova Sahodat Buriyevna – 62 ta 🥉 Kesimov Davron Bobomurodovich – 59 ta🏙 TUMAN VA SHAHARLAR KESIMIDA FAOLLIK 🔝 Eng yuqori ko‘rsatkichlar: 📍 Mirishkor tumani – 220 ta 📍 Shahrisabz tumani – 135 ta 📍 Nishon tumani – 120 ta 📍 Koson tumani – 116 ta 📍 Ko‘kdala tumani – 113 ta 📍 Qamashi tumani – 119 ta 🥇 100% FAOLLIK KO‘RSATGAN HUDUDLAR ✅ Qamashi tumani – 25/25 deputat (100%) ✅ Ko‘kdala tumani – 25/25 deputat (100%)
🏆 TUMAN VA SHAHARLAR BO‘YICHA ENG FAOL 3 NAFAR DEPUTAT 🥇 18-Bahoriston saylov okrugi deputati Nuryagdiyeva Navbahor (Mirishkor tumani) – 25 ta 🥈 20-Chamanzor saylov okrugi deputati Hasanova Oybahor (Mirishkor tumani) – 17 ta 🥉 16-Sohibkor saylov okrugi deputati Sattorov Bobonazar Nuftilayevich (Kasbi tumani) – 13 ta🌟 HUDUDLAR BO‘YICHA ENG FAOL DEPUTATLAR 👉Batafsil ma'lumot 👈 ✅ Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
+6
Xalq vakillari mahalla va tibbiyot maskanlarida bo‘lishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda tuman Kengashi deputati Nargiza Sayfullayevna Mirova ishtirokida hududiy o‘rganishlar o‘tkazildi. Tashrif davomida Denov mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Obod xonadon” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, xalq vakillari tumandagi oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻
👉🏻 Telegram
👉🏻 YouTube
👉🏻 Facebook
👉🏻 Instagram
+2
Mahalla obodligiga deputat hissasi. 17-Bog‘bon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovna tashabbusi bilan hududdagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. "Yashil makon" loyihasi doirasida maktab hovlisiga 100 tup gul ko‘chatlari ekildi. Bu kabi xayrli tashabbuslar nafaqat hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki yosh avlod qalbida tabiatga daxldorlik tuyg‘usini ham shakllantiradi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram
+2
🏢 Mahallada aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
💧Xususan, mahalla hududida toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari bilan yaqindan tanishilib, bu borada aholining fikr va mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, mahalla bo‘ylab yangi beton ustunlarni o‘rnatish hamda hududni obodonlashtirish ishlarining borishi o‘rganildi. Aholi farovonligi yo‘lidagi bu kabi xayrli ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻
👉🏻 Telegram
👉🏻 YouTube
👉🏻 Facebook
👉🏻 Instagram
+4
🤩 PARTIYALAR BILAN HAMKORLIKDA QONUNLAR IJROSI MUHOKAMASI
✨ Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.Xushmurodova, O’zbekiston XDP viloyat Kengashi raisi O.Ravshanov, xalq deputatlai viloyati Kengashi kotibiyati mudiri R.Raupov, hamda viloyati Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti A.Gulmurodovlar ishtirokida Nishon tumanida
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
🇺🇿 “O’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo’lgan huquqlarni e’tirof etish to’g’risida”gi O’RQ-937-sonli hamda 🇺🇿 “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yish tartib-taomillari to’g’risida”gi O’RQ-781-sonliQonunlarining mazmun-mohiyati va amaliyotda qo’llanishi yuzasidan fuqarolarga tushuntirish berildi. 💬 Shuningdek, fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. ✅ Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
+2
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi hamda 10-Palandara saylov okrugi deputati D.Inoyatova Palandara mahallasida joylashgan 17-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida tibbiyot maskanidagi mavjud sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti ko‘zdan kechirildi.
Muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklar va soha mutaxassislari hamda aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
Salomatlik — eng oliy ne’mat. Tibbiy xizmat sifatini oshirish deputatlar e’tiborida.
👉🏻 Telegram
🏗Makridda yangi bog‘cha qurilishi deputatlar e’tiborida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Xolmaxmatova, 23-Makrid saylov okrugi deputati G.Kenjayeva hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqovlar ishtirokida Makrid mahallasida saylovchilar bilan muloqot o‘tkazildi. 🏗Tashrif davomida deputatlar Xonaqo qishlog‘ida “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida barpo etilayotgan 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Asosiy e'tibor: 🏗🚧Qurilish ishlarining sifati va muddatlariga rioya etilishi; Bolajonlar uchun yaratiladigan zamonaviy shart-sharoitlar; Aholi talab va istaklarining loyihada aks etishi. Ushbu yangi bog‘chaning foydalanishga topshirilishi hududdagi maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bilan birga, qishloq ahlini uzoq kutilgan ijtimoiy ob’ekt bilan ta’minlashga xizmat qiladi. 👉🏻 Telegram
Xalq bilan muloqot qilish va mahallalardagi haqiqiy holatni o‘rganish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Xolmaxmatova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G‘.Uzoqov va N.Turayevlar Kitob tumanidagi "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.
Tashrif davomida deputatlar mahalla "yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash tizimini yaqindan o‘rgandilar.
O‘rganish markazida bo‘lgan asosiy masalalar:
Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan tomorqa xizmati va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatilgan amaliy yordam;
Xotin-qizlar faoli tomonidan ayollar daftaridagi fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar;
Mahallada jinoyatchilikni jilovlashda profilaktika inspektorining mahalla yettiligi bilan hamkorligi.
👉🏻 Telegram
Har oyning oxirgi haftasida saylovchilar bilan uchrashamiz. Bu galgi uchrashuvlarimizni Kitob tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshladik. Bugun bunday markazlar minglab insonlarimizning og‘irini yengil qilmoqda, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga zarur ko‘mak va yordamlarni tizimli hamda manzilli tarzda yetkazmoqda. Quvonarlisi, Kitob tumanida ham bu yo‘nalishdagi ishlar aniq natija bermoqda, tumandagi 55 ta mahallaga ijtimoiy xodimlar biriktirilgan hamda mazkur markazga 2025-yilning o‘zida 36 mingdan ortiq murojaat kelib tushib, ijobiy hal etilgani e’tiborga molikdir. Aholining ijtimoiy muammolarini manzilli hal etishda “Inson” markazlari faoliyati nihoyatda muhim. Bu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kuchaytirib, tizim samaradorligini oshirish ustida birgalikda ishlashni davom ettiramiz. 👉🏻 Telegram
